Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Download 110.73 Kb.
bet37/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

Mavzu bo‘yicha kazuslar

  1. 1951 yilda Xalqaro Sud Angliya-Norvegiya o`rtasida baliq oviga oid nizoni ko`rib chiqdi. Angliya, ko'rfazga kirishning kengligi 10 dengiz milidan oshmasligi kerak, degan qoida xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normasi ekanligini ta'kidladi. Norvegiya ushbu qoida unga nisbatan qo'llanilmasligini ta'kidladi, chunki u doimo Norvegiyaning qirg`oqlarida qo'llanilishiga qarshi bo'lgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering. Muayyan davlatning yaqqol ifodalangan va izchil noroziligi xalqaro huquqning odatiy qoidasi paydo bo'lishiga to'sqinlik qila oladimi? Bu qoida mazkur davlatga nisbatan qo'llaniladimi?

2. 1957 yilda Portugaliyaning Hindiston hududidagi ikki anklavi - hududiy egaliklari hududida keskinlik kuchayganligi sababli Hindiston hukumati Portugaliyaning mazkur hududlarga kirishini to'xtatishni buyurdi. Portugaliya o’z talablarini shu bilan izohlar ediki, uning Hindiston hududi orqali o’tish huquqiga Buyuk Britaniya tomonidan, keyinchalik esa mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng huquqiy voris sifatida Hindiston tomonidan so’zsiz rozilik bildirilgan edi. Bunga Hindiston e'tiroz bildirar ekan, mahalliy urf-odatlarning paydo bo'lishi uchun ikkitadan ko'proq davlatning amaliyoti zarurligini ta'kidladi. Angliya hukmronligidan keying davrdagi tomonlar tomonidan tan olingan mahalliy amaliyot hududga kirish huquqini sukutli tan olishni bildiradimi? Xalqaro huquqning lokal normalari ikki davlatning tajribasi bilan yaratilishi mumkinmi yoki buning uchun ko'p sonli davlatlar amaliyoti talab etiladimi?




Download 110.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling