Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Download 110.73 Kb.
bet33/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

8-savol. Xalqaro huquq manbasi sifatida xalqaro tashkilotlarning hujjatlariga ta`rif bering

Xalqaro tashkilotlarning qarorlari Xalqaro Sud Nizomining


38-moddasida ko‘rsatilgan ro‘yxatda qayd qilinmagan. Shunday bo‘lsa ham ilmda shunday qarorlar (asosan BMT doirasidagi) ko‘pincha xalqaro huquqning yordamchi manbasi sifatida kiritiladi.

Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning hujjatlari maqomi ularning Nizomlariga muvofiq belgilanadi. Vakolat doirasida ushbu tashkilotlarning organlari asosan tavsiyaviy xarakterga ega hujjatlar yoxud huquqni qo‘llashga oid hujjatlarni qabul qiladilar. BMT Nizomining 10, 11, 13- moddalariga muvofiq Bosh Assambleya “tavsiya berish” vakolatiga egadir, ammo 25-moddaga ko‘ra BMT a’zolari Xavfsizlik kengashining qarorlariga itoat etishlari lozim, lekin ushbu qarorlar huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liq.

O‘z-o‘zidan xalqaro tashkilot xalqaro “qonun chiqaruvchi” ga aylanib qolish huquqiga ega emas. Shu bilan birga, tashkilot a’zolari – davlatlar ushbu tashkilot hujjatlaridan foydalanishlari mumkin. BMT Bosh Assambleyasi sessiyalarida xalqaro shartnomalar doirasida ishlab chiqilgan (tayyorlangan), tashkilot nomidan ma’qullanganlikni belgilovchi rezolyutsiyalar qabul qilinadi.

Bu 1968-yildagi “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi Shartnoma, 1971-yildagi “Kosmik obyektlar orqali yetkazilgan zarar uchun xalqaro javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiya, 1966-yilgi Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro paktlar, 1979-yilgi “Insonlarni garovga olishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiya va boshqa hujjatlarga nisbatan ham taalluqlidir. Ushbu holda hujjatning matni Bosh Assambleya rezolyutsiyalariga ilova sifatida BMT ning hujjatlarida chop etiladi. Aynan shartnoma (uni davlatlar tomonidan imzolanishi va kuchga kirishi bilan) rezolyutsiya emas, xalqaro huquq manbasi sifatida ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro sud tomonidan 1996-yildagi Yadro qurolining qonuniyligi va undan foydalanish xususida konsultativ xulosasida: “Bosh Assambleya rezolyutsiyasida, agarda ular umummajburiy bo‘lmasa ham, ba’zida normativ qiymatiga ega bo‘ladi. Ular ayrim sharoitlarda opinio jurisning vujudga kelishiga va uning mavjudligidan muhim dalolat berishi mumkin”4.

Shu munosabat bilan xalqaro tajribada “yumshoq huquq” tushunchasi qo‘llanilmoqda. BMT Bosh Assambleyasi, boshqa tashkilotlar, jumladan, BMTning maxsus muassasalari tomonidan xalqaro munosabatlarning turli masalalar bo‘yicha ko‘p miqdordagi rezolyutsiyalar, tavsiyalar va boshqa hujjatlarni qabul qilinishi xalqaro huquq subyektlarida qiziqish ahamiyatiga ega. Ushbu hujjatlar asosan tavsiyaviy xarakterga ega.

Misol tariqasida, BMT Bosh Assambleyasining 1948-yilgi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, 1960-yilgi “Mustamlaka davlatlar va xalqlarga mustaqillik berish to‘g‘risida”gi Deklaratsiya, 1974-yilgi “Xalqaro huquqning Agressiyani aniqlash haqidagi prinsiplari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya, 1994-yilgi “Xalqaro terrorizmga barham berish choralari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya v.b.ni keltirish mumkin.

Bunday rezolyutsiyalar o‘zida yurish-turish namunalarini ifoda etadi. Ular xalqaro huquq normalarining paydo bo‘lish jarayonida ma’lum o‘ringa ega: ushbu hujjatlarda ifodalangan yurish-turish qoidalari keyinchalik (xalqaro huquq subyektlari tomonidan tegishli tarzda tan olinganda) shartnomaviy yoki odat xalqaro-huquqiy normalariga aylanshi mumkin. Bunday ahamiyatga 1975-yilgi Yakuniy akt, 1990-yilgi Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi, YXHKning boshqa hujjatlari ega. Bularning barchasi o‘z-o‘zidan yuridik jihatdan majburiy hisoblanmaydi, biroq YXHK ga a’zo davlatlar uchun majburiy bo‘lgan hujjatlar mavjud. Misol tariqasida, 1975-yilgi Yakuniy aktda e’lon qilingan chegaralarning mustahkamligi prinsipini keltirish mumkin.



Download 110.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling