Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


-savol. Xalqaro huquq manbasi sifatida xalqaro odatga ta`rif bering. Javob


Download 110.73 Kb.
bet29/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

4-savol. Xalqaro huquq manbasi sifatida xalqaro odatga ta`rif bering.

Javob. Xalqaro odatlar shartnomalar kabi xalqaro huquqning manbasi ham hisoblanadi. 1969-yilgi “Xalqaro shartnomalar huquqi” deb nomlangan Vena konvensiyasi shuni qayd etadiki, xalqaro odat normalari xalqaro munosabatlarning muhim masalalarini oldingiday hal qiladi.

Odatlar xalqaro huquqiy munosabatlar subyektlarining yetarli darajadagi uzoq muddatli takrorlanuvchi harakatlari davomida yuzaga keladi. Misol tariqasida, davlat suverenitetining yuqori chegarasini hamda davlat hududining yer sathidan 100 km yuqoridagi chegarasini aniqlashda; kosmik kemalarning uchish va qo‘nishida moneliksiz o‘zga davlatlarning havo havzasi orqali uchib o‘tishi va boshqalarni keltirish mumkin. Odat normalarining ko‘pchiligi davlatlar va hukumatlarning tan olish va huquqiy vorislik, xalqaro iqtisodiy huquq kabi institutlarini o‘z ichiga olsa, gumanitar huquq esa harbiy mojarolar davrida ko‘pincha “urush qonunlari va odatlari” nomini oladi.

Boshqa xalqaro-huquqiy normalar kabi xalqaro huquqning odat normalari ikkita bosqichda paydo bo‘ladi:


  1. yurish-turish qoidalarini kelishib olish;

  2. kelishilgan yurish-turish qoidalariga xalqaro-huquqiy normaning yuridik kuchini berish.

U yoki bu qoidani odat normasi sifatida qabul qilish xalqaro huquq subyektlariga bog‘liq tarzda bo‘ladi hamda turli xil shakllarda namoyon bo‘ladi (davlat organlarining yuridik ahamiyatga ega harakatlari, qonunchilik va sud organlarining rasmiy bayonoti, yozishmalari, qarorlari).

Shuningdek yurish-turish qoidalarini odat normasi sifatida tan olinishi faol harakatlar orqali yoxud ushbu harakatdan o‘zini tiyish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Biron davlatning xalqaro huquqning boshqa bir subyektining xatti-harakatlariga nisbatan qarshilik bildirmasligi ushbu harakatning qonuniyligini tan olganligidan dalolat beradi.


GFR bilan Daniyaning va GFR bilan Niderlandiyaning 1969-yildagi Shimoliy dengizning kontinetal shelfi bo‘yicha nizoli ishida BMT Xalqaro sudi odat huquq normasini shakllantirishning ikki xil shartini belgiladi. Sudning fikricha, “tegishli xatti-harakatlar mavjud amaliyotni tashkil qilishi, lekin ushbu harakatlar shunday amalga oshirilishi kerakki, undu mazkur amaliyot huquq normasining mavjudligi bo‘yicha umumajburiy tarzda bo‘lishi lozim. Ushbu qat’iy ishonchning muhimligi, ya’ni subyektiv elementning opinio juris sive necessitates tushunchasi bilan o‘ziga xoslikni keltirib chiqaradi. Davlatlar o‘zlarining xatti-harakatlarini yuridik jihatdan mavjud majburiyatlarga mosligini fahmlashlarini (tushunishlarini) his qilishlari lozim”.

Xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalari ham ma’lum bir sharoitlarda odat normasi sifatida chiqishlari mumkin. Jumladan, Nogironlarni teng miqyosdagi imkoniyatlar bilan ta’minlashning standart qoidalarining


14-bandida (BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq) : “Garchi ushbu qoida majburiy bo‘lmasa ham, agarda xalqaro huquq normalariga rioya etish xohish-istagini bildirayotgan ko‘pgina davlatlar tomonidan ushbu qoida qo‘llanilsa, xalqaro odat huquqining normasi bo‘lishi mumkin”.

1998-yilgi Vengriya va Slovakiya o‘rtasidagi Dunay daryosi dambasi bo‘yicha vujudga kelgan nizoli ishda BMT Xalqaro sudi shuni tasdiqladiki, unda umumiy tarzda shartnomani izohlash va ijro qilish maqsadida shartnomani qonuniy kuchga kirish sanasidagi mavjud odat huquqini Sud tan oldi, ammo shartnomaga muvofiq tegishli maqsadlarga erishish uchun ham boshqa odat normalari ko‘rsatilgan sanadan keyin rivojlanish oqibatida ham qo‘llanilishi nazarda tutilgan edi.

Xalqaro-huquqiy odatdan yuridik majburiy sifatga ega bo‘lmagan xalqaro huquqiy munosabat subyektlarining oddiy – yurish-turish qoidalarini ajaratish lozim bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, odatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro huquq normasi sifatida tan olinmaydi. Shuning uchun odatlarga rioya etilmaslik xalqaro huquq subyektlari tomonidan oddiy bir huquqbuzarlik deb faqatgina nodo‘stona hujjat sifatida qaraladi. Misol tariqasida, qoidaga ko‘ra yana qaytadan kelgan chet el elchisini aeroport yoxud vokzalda Tashqi ishlar vazirligining protokol xizmatining rahbari kutib oladi.

Garchand odat asosiy manba bo‘lib qolsa ham zamonaviy xalqaro huquqning ildam rivojlanishida shartnomaviy masalalar muhim hisoblanadi.


Download 110.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling