Individ, shaxs, individuallik tushunchalari. 225-guruh talabasi Yaqubova Sarvinoz
Download 468.8 Kb.
|
9.Individ,shaxs ,individuallik
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat
Individ, shaxs, individuallik tushunchalari.225-guruh talabasi Yaqubova SarvinozIndividual yondashuv o’quvchining aqliy qobiliyati, bilishga bo’lgan qiziqishi va iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bolaning harakatlari uning ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ongli ishtiroki natijasida shakllana boradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishida irsiyat, ijtimoiy muhit va tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ta’siridagina individ shaxs sifatida rivojlanib boradi. Bola shaxsining rivojlanishi shaxs ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik biologik mavjudot hamdir. Inson hayoti davomida doimo o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Zero, rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. SHu sababli shaxsga xos fazilatlarni to’g’ri va ob’ektiv baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. SHaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar va shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs va jamiyat o’rtasida uzviy aloqa mavjud. SHunday qilib, shaxsning jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi; inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. Individ - bu biologik, fiziologik, ijtimoiy, psixologik xususiyatlari birligida alohida olingan insondir. Individ bolib dunyoga kelgan insonni shaxs bolib shakllanishi uchun bir qancha shartlar zarur boladi: 1. Ijtimoiylik individ ijtimoiy sharoitda, yani kishilik jamiyatida shaxs bolib shakllanadi 2. Ongga ega bolishi tevarak-atroftogrisidabilimga egabolish, ozliknianglash,bilishfaoliyatmaqsadlarini shakllanishi 3. Aktivligi faoliyat maqsadlariga erishishga yonaltirilganligi 4. Ehtiyojlarinin g shakllanishi avvalambormanaviy,madaniy,oz-ozini mukammallashtiradigan ehtiyojlarni rivojlanishi. E’tiboringiz uchun raxmatDownload 468.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling