savol. Xalqaro huquq manbalari tizimi nima? Xalqaro huquq manbalariga nimalar kiradi? Ularni sanab bering.
Javob. Hozirgi zamon xalqaro huquqi manbalarining tizimi quyidagi uchta guruhga jamlangan: Birinchi guruh — xalqaro huquqning universal manbalari: Xalqaro shartnoma; Xalqaro odat. Ikkinchi guruh — xalqaro huquqning maxsus manbalari, ya'ni xalqaro tashkilotlarning qarorlari. Uchinchi guruh — xalqaro huquqning qo’shimcha manbalari: Huquqning umumiy printsiplari; Xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalari; Xalqaro sud va arbitrajlarning qarorlari.
BMT Xalqaro sudi Nizomining 38-moddasiga ko`ra, xalqaro huquq manbalari sirasiga quyidagilar kiradi:
a) nizolashuvchi davlatlar tomonidan ma’lum jihatdan tan olingan, qoidalarni o‘rnatuvchi, umumiy va maxsus xalqaro konvensiyalar;
b) umumiy tajribaning isboti sifatida huquqiy norma sifatida tan olingan xalqaro odat normalari;
s) madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy prinsiplari;
d) huquqiy normalarni belgilash uchun yordamchi vosita sifatida sud qarorlari va malakali mutaxassislarning turli millatlarning ommaviy huquqqa oid ta’limoti (doktrina);
e) xalqaro tashkilotlarning qarorlari Xalqaro Sud Nizomining 38-moddasida ko‘rsatilgan ro‘yxatda qayd qilinmagan. Shunday bo‘lsa ham ilmda shunday qarorlar (asosan BMT doirasidagi) ko‘pincha xalqaro huquqning yordamchi manbasi sifatida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |