Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonuni


Download 110.73 Kb.
bet24/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonuni 2019 yil 6 fevralda qabul qilingan. Qonun O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, ularning amal qilishini to’xtatib turish va ularni tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va normalari bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir. Qonunda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi deganda, bitta hujjatdan, ikkita yoki bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bir nechta hujjatdan iborat bo’lishidan, shuningdek o’zining muayyan nomidan va tuzilish usulidan (shartnoma, bitim, konventsiya, akt, pakt, bayonnoma, xatlar yoki notalar almashinuvi hamda xalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qat'i nazar, O’zbekiston Respublikasi tomonidan chet davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo’lgan boshqa sub'ekt bilan yozma shaklda tuzilgan, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro kelishuv tushuniladi.

Mazkur hujjatda belgilanishicha, Davlat organlari o’z vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda xalqaro shartnoma loyihasini yoki O’zbekiston Respublikasining ko’p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqidagi tashabbus taklifi bilan chiqishi mumkin. Аyrim hollarda, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga ko’ra davlat organlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash to’g’risida qaror qabul qilish uchun tashabbus taklifi kiritishi mumkin.



Download 110.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling