Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Download 110.73 Kb.
bet22/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

III Xalqaro huquq manbalari
Xalqaro huquq manbalarini xalqaro-huquqiy normaning ifodasi shakli sifatida hisoblash odat tusiga kirgan.

Xalqaro huquq manbalari - o’zida xalqaro munosabatlar sub'ektlarining xulq-atvor qoidalarini namoyon etadigan va ushbu qoidalarga xalqaro-huquqiy normalar xususiyatini joriy qiladigan shakllardir.

Yana bir ta'rif shundan iboratki, xalqaro huquq manbalari - davlatlar tomonidan tan olingan davlatlarning xohish-irodalarini muvofiqlashtirish natijalarini mujassamlashtirgan xalqaro-huquqiy normalarni qayd etish shakllaridir.

Xalqaro huquqning davlat ichki huquqidan katta farq qiluvchi o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, xalqaro huquq normalari sub'ektlar tomonidan ular o’rtasida o’zaro kelishilgan va shu bilan umumiy xohish-irodasini ifoda etuvchi bitimlarga binoan o’rnatiladi. Shuning uchun bunday bitimlar xalqaro-huquqiy normalarning manbai hisoblanadi; ikkinchidan, aytib o’tilganidek, xalqaro huquqda nazarda tutilgan sub'ektlarning sub'ektiv huquqiga hamisha xalqaro huquq boshqa sub'ektlarining yuridik majburiyatlari qarama-qarshi turadi.

Ayrim olimlar xalqaro huquqning manbalari ro‘yxatiga BMT ning Xalqaro sudi Nizomining 38-moddasini kiritadi, unda qayd etilishicha:

“O‘ziga biriktirilgan nizoli ishlarni xalqaro huquq normalari asosida hal qilish majburiyatiga ega bo‘lgan sud quyidagilarni qo‘llaydi:

a) nizolashuvchi davlatlar tomonidan ma’lum jihatdan tan olingan, qoidalarni o‘rnatuvchi, umumiy va maxsus xalqaro konvensiyalar;

b) umumiy tajribaning isboti sifatida huquqiy norma sifatida tan olingan xalqaro odat normalari;

s) madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy prinsiplari;

d) huquqiy normalarni belgilash uchun yordamchi vosita sifatida sud qarorlari va malakali mutaxassislarning turli millatlarning ommaviy huquqqa oid ta’limoti (doktrina) va 59-moddada qayd etilgan izoh”.

Mavjud normalarni izohlashda xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalarining roli beqiyos.


Download 110.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling