Termiz davlat pedagogika instituti tarix sanat sport


Download 6.56 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi6.56 Kb.
#1410681
Bog'liq
HUQUQNING SHAKLLARI


TAQDIMOTI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIX SANAT SPORT
FAKULTETI
MILLIY G'OYA MA'NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA'LIMI
1-BOSQICH 102- GURUH TALABASI
CHOREYEVA LAYLO
DAVLAT HUQUQ NAZARIYASI FANIDAN
TAYYORLAGAN

HUQUQNING SHAKLLARI

Reja

  • Huquqning manbalari (shakllari) tushunchasi
  • Huquqiy odat
  • Huquqiy pretsedent
  • Normativ-huquqiy aktlar
  • Normativ shartnomalar
  • Huquqning manbalari (shakllari) tushunchasi
  • Yuridik adabiyotlarda e’tirof etilishicha, huquqning manbai deganda umumiy ma’noda huquqning ifoda etilish shakli tushuniladi.
  • Huquq tushunchasida maxsus huquqiy mazmunnigina emas, balki uning mavjud bo‘lishining ichki shaklini ham tushunmoq lozim. Huquqning manbalari (shakllari) tushuncha sifatida huquqning davlat bilan bog‘liqligini bevosita ifodalaydi
  • . Huquqiy odat
  • Tarixan huquqning dastlabki manbai (shakli) bo‘lib huquqiy odat hisoblanadi.
  • Huquqiy odat - uzoq davr mobaynida amalda bo‘lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir.
  • Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki ma’lum bir guruh, sinf yoki butun jamiyatning manfaatlariga javob bera oladigan va davlat tomonidan sanksiyalangan odatgina huquqiy odat bo‘lishi mumkin.
  • Shunday qilib, ma’lum bir ish bo‘yicha qabul qilingan qaror huquqiy norma sifatida tan olinadi. Huquqiy pretsedent umumiy (anglo-sakson) huquqiy tizimi amalda bo‘lgan davlatlar - Angliya, AQSh, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarda keng qo‘llaniladi, lekin shu davlatlarda huquqiy pretsedent turlicha qo‘llanishi mumkin. Masalan, Angliyada huquqiy pretsedent quyidagi qoidalarga bog‘liq bo‘ladi:
  • . Huquqiy pretsedent
  • Huquqiy pretsedent - lot. praecedens - «avvalgisi, oldingisi» ma’nosini anglatadi.
  • Sud yoki ma’muriy organning yozma yoki og‘zaki qarori, kelgusida barcha shunga o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun asos bo‘ladigan namuna, etalon, norma sifatida qabul qilinsa, u pretsedent bo‘ladi.
  • Normativ-huquqiy aktlar
  • Normativ huquqiy akt - davlat vakolatli organlari tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan huquqiy aktdir. Normativ-huquqiy akt deganda, davlat vakolatli organining ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umumiy majburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorlik akti tushuniladi.
  • Normativ huquqiy akt - davlat vakolatli organlari tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan huquqiy aktdir. Normativ-huquqiy akt deganda, davlat vakolatli organining ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umumiy majburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorlik akti tushuniladi.
  • Normativ shartnomalar
  • Normativ shartnoma ham huquqning manbai (shakli) hisoblanadi.
  • U normativ-huquqiy aktga o‘xshasa ham, lekin tashkil topish xususiyatlariga qarab, undan farq qiladi.
  • Xalqaro shartnoma - ikki yoki undan ortiq davlatlar o‘rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimdir. Shartnomalar - norma o‘rnatadigan (masalan, yadroviy qurollarni tarqatmaslik haqidagi shartnoma) yoki ta’sis qiluvchi (masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi haqida) bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy aktlarning quyidagi turlari mavjud:

  • ) qonunlar (Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va joriy qonunlar);
  • 2) Prezident Farmonlari, qaror va farmoyishlari;
  • 3) Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari;
  • 4) davlat va xo‘jalik boshqaruv organining qaror, buyruq va yo‘riqnomalari.
  • 5) mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari
  • Huquqning manbalari haqida yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, huquqning tarixiy rivojlanish davrida shunday hollar ham uchrab turadiki, bunda huquqiy doktrina va g‘oyalar ham huquqning manbai hisoblangan. Musulmon huquqida esa, diniy matnlar, aqidalar huquqning manbai bo‘lib hisoblanadi. Musulmon huquqining quyidagi asosiy manbalari mavjud:
  • Qur’on va Sunnada berilmagan biror huquqiy masala, ulardagi shunga o‘xshash masala bo‘yicha berilgan ko‘rsatmaga taqqoslash yo‘li bilan sharh etiladi

Download 6.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling