Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


-savol. Xalqaro huquq manbasi sifatida madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplariga ta`rif bering. Javob


Download 110.73 Kb.
bet30/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

5-savol. Xalqaro huquq manbasi sifatida madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplariga ta`rif bering.

Javob. “Madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplari” kategoriyasi xalqaro munosabatlarning faol ishtirokchisi bo‘lgan turli davlatlar huquqlarining bir xillashtirish va uyg‘unlashtirishni ta’minlovchi muhim vositasi hisoblanadi.

Xalqaro sud Nizomining 38-moddasi 1-bandining “s” kichik bandiga muvofiq “Sud o‘ziga berilgan nizoli ishni xalqaro huquq asosida hal qilishda “millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplari”ni qo‘llaydi”.

Huquqning umumiy prinsiplari deb nimaga aytilishi haqidagi tushunchani belgilovchi u yoki bu xalqaro-huquqiy aktlar mavjud emas.

Shu asnoda xalqaro-huquqiy adabiyotlarda huquqning umumiy prinsiplarining huquqiy tabiati haqida bir nechta nuqtayi nazar yuzaga keldi. Bir guruh olimlar huquqning umumiy prinsipi deb xalqaro huquqning umume’tirof etilgan asosiy prinsiplari deb hisoblaydi. Boshqa bir olimlar esa buni inkor etib, huquqning umumiy prinsiplari deb xalqaro huquqning asosiy manbalarida, shartnomalarda, odat normalarida aks ettirilganlari hisoblanadi, “umumiy prinsiplar” ko‘pgina davlatlarda o‘zlarining milliy huquqiy tizimlarida yuridik asosiy qonunlar deb tushuniladi.

Ushbu masalaga oid turli xil fikrlar mavjud. Umumiy tarzda tushunish tarafdorlari ushbu tushuncha tabiiy huquq va adolatlilikning umumiy prinsiplarini qamrab oluvchi xalqaro huquqning alohida manbasi jihatini qamrab oladi deb hisoblaydilar. Ushbu nuqtayi nazar xalqaro huquqning tabiatiga zid keladi hamda amaliyotda qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Ularga qarshi fikrlovchi tarafdorlar esa umumiy prinsip tushunchasi deb xalqaro huquqning asosiy prinsipi hisoblanishini ta’kidlaydi. Biroq huquqning umumiy prinsip tushunchasi xalqaro huquqning asosiy prinsipi tushunchasini tan olinishidan oldin paydo bo‘lgan. Shu asnoda umumiy prinsip deb milliy huquqiy tizimi uchun joriy etilgan umumiy prinsip tushuniladi. Bunda normalarni xohlagan huquqiy tizimda qo‘llanilish qonuni aks ettirilishi haqida fikr ilgari suriladi. Xalqaro huquq uchun ushbu prinsiplardagi protsessual huquqning rivojlanmaganlik imkoniyati juda muhimdir. Prinsipning xalqaro huquq tizimiga kiritilishi uchun uning milliy huquqiy tizimlar uchun umumiy bo‘lishi yetarli emas, balki u mazkur tizimlarda joriy etilishi uchun yaroqliligi muhimdir.

BMT ning Xalqaro sudi biror marta ham xalqaro huquqning umumiy prinsiplari bo‘yicha o‘z qarorlarini asoslantirmagan. Ushbu prinsiplar ularning huquqning umumiy prinsiplari ekanligi haqida ta’kidlanmasdan qo‘llanilib kelingan. Bular halollik, huquqni suiiste’mol qilmaslik, huquqbuzilishlar uchun javobgarlik. Aksariyat protsessual prinsiplar qo‘llanilmoqda (misol uchun, hech kim o‘ziga taalluqli ishda sudya bo‘lishi mumkin emas, nizoda taraflarning tengligi, maxsus qonunlarning ustvorligi v.b.).

Umumiy prinsipning amal qilishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Xalqaro miqyosda uning qo‘llanilishining asosiy sohasi inson huquqlari hisoblanadi. Xususan, ushbu prinsiplar inson huquqlari va jinoiy tribunallar bo‘yicha sudlar tomonidan qo‘llaniladi. Shu bilan birga, ushbu prinsiplarning qo‘llanilish spetsifikasini inobatga olish darkor.

Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro tribunal ayblanuvchining Tribunal yurisdiksiyasiga qarshi asosli e’tirozini ko‘rib chiqdi. Ayblanuvchi yuqorda qayd etilgan Konvensiya bilan mustahkamlangan umumiy prinsipga murojaat qilgan va sud faqat qonuniy yo‘l bilan tashkil etilishini bayon qilgan. Tribunal faqat ijroiya organ (Xavfsizlik Kengashi) qarori bilan tuzilgan edi. Tribunal o‘zining 1995-yil 2-oktabrdagi qarorida ushbu e’tirozni asosli emas deb topib, uni xalqaro sudga nisbatan tatbiq etilmasligini bayon qilgan. Bunda Tribunal BMT da hokimiyatlar bo‘linish prinsipi mavjud emasligi, xalqaro munosabatlarda qonun chiqaruvchi hokimiyat mavjud emasligi kabi faktlarga tayandi. Binobarin, “tribunalni qonun bilan tuzish degan talab xalqaro-huquqiy sohada qo‘llanilmaydi. Ushbu prinsip faqat davlatga uning ichki milliy qonunchilik tizimi uchun majburiyat yuklaydi”3.


Download 110.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling