7-savol. Xalqaro huquq manbasi sifatida xalqaro – huquqiy ta’limot (doktrina)ga ta`rif bering.
Javob. Hozirgi davrda xalqaro huquq manbalari hisobidan «xalqaro huquq doktrinalari» deb nomlanuvchi manbalarni, ya'ni xalqaro huquq sohasi atoqli olimlarining ishlarini to’laligicha istisno etib bo’lmaydi. Bunday ishlar ko’pincha ayrim xalqaro-huquqiy qoidalarni, shuningdek muayyan davlatlarning xalqaro-huquqiy pozitsiyasini aniqlashtirishda qo’l keladi. Xususan, nizolashaѐtgan tomonlar o’zlarining xalqaro sudlov organlariga taqdim etadigan hujjatlarida ba'zi hollarda xalqaro huquqning turli masalalari bo’yicha mutaxassislarning fikrlaridan foydalanadilar. Bu esa huquqning ushbu sohasi manbalari doirasini aniqlashtirish chog’ida hisoblashish zarur bo’lgan faktdir.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, xalqaro huquq doktrinasining o’ziga xalqaro huquq manbai sifatida qaralmaydi. U normalarni belgilashda ko’magi tegadigan qo’shimcha vositadan boshqa narsa emas.
Hozirgi paytda xalqaro huquqqa oid yirik asarlarga havola qilishni BMT ning xalqaro huquq Komissiyasi materiallarida, arbitraj va ayrim sud qarorlarida, Xalqaro sud a’zolarining alohida fikr-mulohazalarida kuzatish mumkin. Ta’limot xalqaro huquq yordamida hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni, xalqaro munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini, usul va yo‘llarini zamonaviy tarzda tushuntirishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |