Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Davlatlarning suveren tengligi prinsipi


Download 110.73 Kb.
bet40/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

Davlatlarning suveren tengligi prinsipi davlatlar bir xildagi barcha huquq va majburiyatlarga ega bo‘lsa, xalqaro munosabatning teng huquqli a’zosi bo‘ladi: ular xalqaro munosabatlarning boshqa a’zolarining suverenitetini hurmat qilishlari lozimligini anglatadi. Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga muvofiq davlatlar o‘zlarining turli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy yoki boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar, bir xildagi huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar hamda xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi hisoblanadilar. Mazkur Deklaratsiyaga muvofiq davlatning suveren tengligi konsepsiyasi (mohiyati) quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi, jumladan: 1) barcha davlatlar yuridik jihatdan teng; 2) har bir davlat “odatdagi butun suverenitetlik” huquqidan foydalanadilar; 3) har bir davlat boshqa davlatning qonuniy subyektligini hurmat qilishi lozim; 4) davlatlarning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligi daxlsizdir; 5) har bir davlat o‘zining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tizimini mustaqil ravishda tanlashi va uni rivojlantirish huquqiga egadir; 6) har bir davlat o‘z xalqaro majburiyatlarini to‘liq va vijdonan bajarishi lozimdir.





  1. Download 110.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling