Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Download 110.73 Kb.
bet36/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

Mantiqiy savollar

1. BMT Nizomining 25-moddasiga ko’ra, tashkilotning barcha a'zo-davlatlari Xavfsizlik Kengashining qarorlariga bo’ysunishga va ularni ijro etishga rozilik bildirishadi.

Nizomning mazkur qoidasi Xavfsizlik Kengashi qarorlarini xalqaro huquqning manbasi sifatida qarashni taqozo etadimi? Fikringizni bildiring.

2. Xalqaro-huquqiy odat qanday shakllanadi? Qaysi elementlar uning shakllanishida asosiy rolь o’ynaydi?

3. Xalqaro huquqning shakllanishida xalqaro tashkilotlarning roli qanday?

4. Xalqaro sud, arbitraj va tribunallar huquqni yaratishda ishtirok etadimi? Fikringizni asoslang.

5. Berilgan variantlar ichidan to’g’ri javob (javoblar)ni aniqlang. Fikringizni asoslang: Xalqaro huquqda oliy yuridik kuchga ega normalar:

А) imperativ normalar

B) dispozitiv normalar

C) shartnomaviy normalar

D) odat-huquqiy normalar

E) deklarativ normalar


Xalqaro shartnoma va xalqaro-huquqiy odat quyidagi tartibdagi nisbatga ega:

А) bir xil yuridik kuchga ega

B) shartnoma ko’proq kuchga ega

C) odat ko’proq kuchga ega


Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi ...

А) milliy huquq manbasi

B) BMT tavsiyaviy hujjati

C) odat normalari to’plami

D)Xalqaro shartnoma

E) doktrina


6. BMTning dengiz huquqi bo’yicha Uchinchi Konferentsiyasi Konferentsiya Yakuniy aktini qabul qilish va Dengiz huquqi bo’yicha konventsiyani imzolash bilan yakunlandi.

Mazkur Yakuniy aktning huquqiy tabiatini aniqlang. Xalqaro konferentsiyalar aktlari xalqaro huquqning manbasi bo’lib hisoblanadimi?




Download 110.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling