Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari
-savol. Xalqaro huquqda davlatlarning bir tomonlama hujjatlari. Javob
Download 110.73 Kb.
|
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH
9-savol. Xalqaro huquqda davlatlarning bir tomonlama hujjatlari.
Javob. Davlatlarning bir tomonlama aktlari miqdor jihatidan xilma-xil bo’lib, ular xalqaro huquq ijodkorligida muhim o’rin tutadi. Bu aktlarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh: davlat tomonidan chiqariladigan va boshqa davlatlar uchun muayyan oqibatlarga ega bo’lishi mumkin bo’lgan aktlar. Buni davlatlarning Jahon okeanida o’z huquqi va yurisdiktsiyasini o’rnatishiga qaratilgan bir tomonlama aktlar misolida tushuntirish mumkin. Masalan, davlat okean orqali o’tadigan (xuddi Rossiyaning Kamchatka sharqiy sohili bo’ylab o’tgan dengiz chegarasi kabi) o’z chegara chiziqlarini e'lon qiladi. Bu aktning ta'sir kuchi asosida sohilbo’yi davlati ochiq dengizdan, ya'ni davlatlar umum foydalanadigan dengiz maydonidan tegishli qismini egallab oladi. Аyni chog’da, ana shu hududga bevosita tutash boshqa davlat mavjud bo’lmasa, demak sohilbo’yi davlati bu borada qo’shimcha muzokaralar o’tkazishga majbur emas. Shu bilan birga, sohilbo’yi davlatining ushbu akti boshqa davlatlar uchun baliq ovlash, boshqa xil tabiat zaxiralariga egalik qilish, shuningdek hududiy dengiz deb e'lon qilingan suvlarda suzish chog’ida sohilbo’yi davlati qonunchiligiga amal qilish kabi majburiyatlarni yuzaga keltiradi. Аmmo sohilbo’yi davlatining tegishli tartibda chop etilgan mazkur aktiga nisbatan boshqa davlatlar tomonidan noroziliklar kelib tushmagan taqdirdagina xalqaro huquqning yangi normasi vujudga kelgani haqida gapirish mumkin. Bunday hollarda sohilbo’yi davlatining bir tomonlama akti e'tirozsiz tan olinganining qayd etilishi o’rinli bo’ladi. Bu — bir tomonlama akt bilan o’z-o’zidan normalar darrov yaratilavermaydi, deganidir. Bu holda ham norma bitim ѐrdamida yaratiladi, bitim esa bir tomondan, bir tomonlama akt tuzilishi, ikkinchi tomondan, uning sukut saqlash ko’rinishidagi tan olishi tufayli tashkil topadi. Xalqaro-huquqiy amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, davlatlar o’zlari uchun yuridik oqibatlarga ega bir tomonlama aktlar, agar mavjud xalqaro huquq normalariga asoslangan bo’lsa, bunday aktlarni tan olishga ko’proq moyildir. Аytaylik, 12 dengiz mili kengligida, BMTning Dengiz huquqi bo’yicha konventsiyasida ko’zda tutilganidek, hududiy dengiz chegaralarini belgilash ѐki odatiy huquqda mustahkamlanib qolganidek, chegara darѐsining o’rtasidan chegara chizig’i o’tkazish biron-bir e'tirozga sabab bo’lmaydi. Ikkinchi guruh: bayonotlar, notalar, davlat rahbarlarining chiqishlari va boshqalar. Bunday aktlardan istalgani davlatning zimmasiga baѐnot berilganiga muvofiq tarzda yo’l tutish bo’yicha muayyan majburiyatlar yuklaydi. Tinch okeani orollaridagi Frantsiya yadro quroli sinovlari bo’yicha ishni ko’rib chiqishda BMT Xalqaro sudi frantsuz hukumati sinovlarni to’xtatish to’g’risida bergan baѐnotning yuridik ahamiyatiga e'tibor qaratdi. Sud tomonidan frantsuz hukumati baѐnoti uning uchun xalqaro-huquqiy majburiyatni yuzaga keltirishi belgilandi. Bu kabi baѐnotlar yuridik ѐki faktik holatlarga nisbatan huquqiy majburiyatlar yaratishga qodirligidan kelib chiqib, ushbu holatning umum e'tirofga molik ekani ta'kidlandi. Bayonot berayotgan davlatning maqsadi ushbu baѐnot uning shartlariga muvofiq tarzda majburiy tus olishidan iborat bo’lgan hollarda tegishli baѐnot yuridik majburiyat hisoblanadi. Biroq bu mutlaqo — davlatning xohish-irodasiga bog’liq va u o’z majburiyatlarini o’zi istagan paytda bemalol bekor qilishi mumkin, degani emas. Sud tomonidan huquqiy majburiyatlarning yaratilishi va ijro etilishini tartibga soluvchi printsiplardan biri halollik, vijdoniylik printsipi ekani qayd etildi. Shunday qilib, manfaatdor davlatlar bir tomonlama deklaratsiyalarni e'tiborga olishi va ularga ishonch bildirishi mumkin va shu tariqa yuzaga keladigan majburiyatlar hurmat qilinishini talab etishga haqlidir. Bunday aktlar bayonot bergan davlat uchun majburiyatlarni yuzaga keltirishi barobarida, boshqa davlatlarga huquq va shu huquqdan foydalanish shartlarini vujudga keltiradi. Huquqdan foydalanishga rozilik bildirgan tomonlar tegishli shartlarni ham bajarishga majburdir. Xalqaro-huquqiy amaliѐt boshqa davlatlar o’zlariga qo’yilgan shartlarni buzgan hollarda bir tomonlama majburiyatdan bosh tortishning qonuniyligidan kelib chiqadi. Misol uchun Sobiq SSSR, АQSh ham shu yo’ldan borishi sharti bilan yerosti yadro sinovlarini amalga oshirmaslik yuzasidan o’z zimmasiga bir tomonlama majburiyat olgandi. Qo’shma Shtatlar tomonidan yadro sinovlari o’tkazilganidan so’ng SSSR hukumati 1986 yil aprelida bundan keyin o’zini zimmasiga olgan majburiyatidan ozod, deb hisoblashi to’g’risida baѐnot berdi. Uchinchi guruh: xalqaro huquqda tan olinishi juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan aktlar. Qaysidir yuridik akt ѐki vaziyatni tan olgan davlat ana shu e'tirofiga qarshi ish tutishga haqli emas. Boz ustiga, qoida bo’yicha, e'tirof qaytarib olinishi mumkin emas. E'tirofga misol sifatida yangi 10 davlatlarning paydo bo’lishi, davlat chegaralarining faktik o’zgarishi, nizoli huquqlar va da'volarning tan olinishi hollarini ko’rsatish mumkin. To’rtinchi guruh: e'tiroz — e'tirofga mutlaqo zid bo’lgan aktdir. Bu akt ѐrdamida davlat muayyan vaziyatga nisbatan o’zining noroziligini, da'vosini va huquqiy oqibatlarga ega boshqa holatlarni izhor etadi. Protest natijasida tegishli vaziyat manfaatdor davlatlar o’rtasida nizo mavzusiga aylanadi. U e'tiroz bildiraѐtgan davlat uchun hech qanday majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi. Beshinchi guruh: voz kechish — davlatning huquq, da'vo, vakolatdan bosh tortishi bo’lib, ular shu paytdan e'tiboran mavjud bo’lmaydi. Oltinchi guruh: sukut saqlash ko’rinishidagi voz kechishning alohida holati estoppelь bo’lib, uning mazmuni tomonlar o’z harakatlari bilan boQlanib qolganini va bu harakatlarga tayangan va o’zi ham shu bo’yicha harakat qilgan tegishli tomonga ziѐn yetkazadigan tarzda talablar qo’yish mumkin emasligini bildiradi. Masalan, 1969 yilgi Shartnomalar huquqi bo’yicha Vena konventsiyasining 45-moddasiga muvofiq, agar davlatga qoida buzilish fakti ma'lum bo’lsayu u shartnoma o’z kuchini yo’qotaѐtganiga sukut saqlash ko’rinishida rozilik bildirgan deb hisoblansa, shundan so’ng ushbu davlat shartnomani bekor qilishning qoida buzilish shaklidagi asosiga murojaat qilish huquqidan mahrum bo’ladi. Download 110.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling