3-savol. Xalqaro huquq manbasi sifatida xalqaro shartnomalarga ta`rif bering.
Javob. Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro-huquqiy shartnoma deganda, xalqaro huquqning asosiy va muhim manbalaridan biri tushuniladi. Bu BMT Ustavida hamda BMT Xalqaro sudi statutida ham o’z aksini topgan.
1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena konventsiyasi hamda 1986 yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena konventsiyasining 2- moddasiga muvofiq, xalqaro shartnoma — xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub'ektlari o’rtasidagi bitimdir.
Xalqaro huquq manbalari sirasiga davlatlararo shartnomalarni ham, shuningdek xalqaro shartnomalar ishtirokidagi shartnomalarni ham kiritish qabul qilingan. Unda barcha xalqaro shartnomalar, ularda ishtirok etuvchilar sonidan qat'i nazar, xalqaro huquqning u ѐki bu sub'ektlari 4 uchun xalqaro huquq manbalari hisoblanishini ham ta'kidlash lozim. Ularga umumiy talablar qo’yiladi. Huquqiy asosli shartnomalargina xalqaro huquqning asl manbalariga mansub hisoblanadi, ya'ni bunday shartnomalar sirasiga faqat ixtiѐriy teng huquqli xohish-iroda sifatida xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplariga muvofiq, kuch ishlatmasdan va kuch ishlatish bilan tahdid qilmasdan tuzilgan shartnomalar kiradi.
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro shartnomalarning xalqaro huquq manbalari sifatidagi turli qirralari qayd etiladi. Аyniqsa, davlat manfaatlarini ifodalovchi va har qanday davlat qo’shilishi uchun ochiq bo’lgan universal shartnomalar muhim o’rin tutadi. Ular orasida BMT Ustavi xalqaro shartnomalar ichida oliy yuridik kuchga ega bo’lib, xalqaro huquqning asosiy manbai sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |