Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari
Download 110.73 Kb.
|
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH
III Xalqaro huquq manbalari
Xalqaro huquq manbalarini xalqaro-huquqiy normaning ifodasi shakli sifatida hisoblash odat tusiga kirgan. Xalqaro huquq manbalari - o’zida xalqaro munosabatlar sub'ektlarining xulq-atvor qoidalarini namoyon etadigan va ushbu qoidalarga xalqaro-huquqiy normalar xususiyatini joriy qiladigan shakllardir. Yana bir ta'rif shundan iboratki, xalqaro huquq manbalari - davlatlar tomonidan tan olingan davlatlarning xohish-irodalarini muvofiqlashtirish natijalarini mujassamlashtirgan xalqaro-huquqiy normalarni qayd etish shakllaridir. Xalqaro huquqning davlat ichki huquqidan katta farq qiluvchi o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, xalqaro huquq normalari sub'ektlar tomonidan ular o’rtasida o’zaro kelishilgan va shu bilan umumiy xohish-irodasini ifoda etuvchi bitimlarga binoan o’rnatiladi. Shuning uchun bunday bitimlar xalqaro-huquqiy normalarning manbai hisoblanadi; ikkinchidan, aytib o’tilganidek, xalqaro huquqda nazarda tutilgan sub'ektlarning sub'ektiv huquqiga hamisha xalqaro huquq boshqa sub'ektlarining yuridik majburiyatlari qarama-qarshi turadi. Ayrim olimlar xalqaro huquqning manbalari ro‘yxatiga BMT ning Xalqaro sudi Nizomining 38-moddasini kiritadi, unda qayd etilishicha: “O‘ziga biriktirilgan nizoli ishlarni xalqaro huquq normalari asosida hal qilish majburiyatiga ega bo‘lgan sud quyidagilarni qo‘llaydi: a) nizolashuvchi davlatlar tomonidan ma’lum jihatdan tan olingan, qoidalarni o‘rnatuvchi, umumiy va maxsus xalqaro konvensiyalar; b) umumiy tajribaning isboti sifatida huquqiy norma sifatida tan olingan xalqaro odat normalari; s) madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy prinsiplari; d) huquqiy normalarni belgilash uchun yordamchi vosita sifatida sud qarorlari va malakali mutaxassislarning turli millatlarning ommaviy huquqqa oid ta’limoti (doktrina) va 59-moddada qayd etilgan izoh”. Mavjud normalarni izohlashda xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalarining roli beqiyos.
Download 110.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling