Amaliy mashg‘ulot savollariga javoblar
savol. Xalqaro huquq manbalari tushunchasi.
Javob. Xalqaro huquq manbalari - o’zida xalqaro munosabatlar sub'ektlarining xulq-atvor qoidalarini namoyon etadigan va ushbu qoidalarga xalqaro-huquqiy normalar xususiyatini joriy qiladigan shakllardir. Xalqaro huquq manbalari - davlatlar tomonidan tan olingan davlatlarning xohish-irodalarini muvofiqlashtirish natijalarini mujassamlashtirgan xalqaro-huquqiy normalarni qayd etish shakllaridir.
Xalqaro huquq normalar ko’rinishida mavjuddir. O’ar qanday xalqaro huquq normasining mohiyati uning sub'ektlari irodalarining kelishuvi jaraѐnida erishilgan bitimdan iboratdir. Har xil holatlarda xalqarohuquqiy normalarni yaratish jaraѐni turlicha kechadi hamda turli shakllarni oladi. Xalqaro huquq normalarini yaratishning ana shu shakllari xalqaro huquq manbalari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |