Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish prinsipi


Download 110.73 Kb.
bet42/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish prinsipi, boshqacha qilib aytganda, asosiy prinsiplar tizimida protsessual prinsip hisoblanadi. Hamkorlikning barcha sohalarida u davlatning tinchlik yo‘lidagi hamkorligini ta’minlashining takomillashgan mexanizmlari, bir qator usullari va yo‘llarini anglatadi.

1907-yilgi Xalqaro to‘qnashuvlarni tinch yo‘l bilan hal etish to‘g‘risidagi Konvensiyada davlatlarni “kuch ishlatishga murojaat qilishni imkon qadar oldini olish” ga (1-modda) hamda “qurol ishlatishdan oldin, avvalo, mavjud imkoniyatlar asosida tinchlikka va murosaga chaqirish” (2-modda) ta’kidlanadi.

Millatlar ligasi Nizomining 12-moddasiga muvofiq uning a’zolari agarda ular o‘rtasida uzilishlarga olib keluvchi nizo kelib chiqqan taqdirda, ushbu masalani hal qilish uchun yo hakamlik sudiga, yo bo‘lmasa sud muhokamasiga yohud Millatlar Ligasi Kengashiga murojaat qilishlarini kelishib oladilar. Ular, shuningdek sudning yoki hakamlik sudining qarori yoxud Millatlar ligasi Kengashining masalaning hal etilishi to‘g‘risidagi dokladining uch oylik muddati o‘tmagunicha hech qachon urushni ishga solmasliklari lozimligi to‘g‘risida ham kelishib oldilar. Briana-Kelloga Paktining 2-moddasi ilk marotaba: “ahdlashuvchi tomonlar, ular o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday kelishmovchiliklar va mojarolarning kelib chiqishi va xususiyatidan qat’i nazar, faqat tinch yo‘l bilan hal qilinishi”ni e’lon qildi.

BMT Nizomining 2-moddasi 3-bandida mazkur prinsip quyidagicha talqin qilingan: “BMTning barcha a’zolari o‘zlarining xalqaro miqyosdagi nizolarini tinch yo‘l bilan hal qilishi va bunda xalqaro tinchlikka va xavfsizlikka hamda adolatga tahdid solmasligi lozim”. Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning aniq vositalari hamda uni qo‘llanilish tartibi BMT Nizomining VI bobida mustahkamlangan. Jumladan, Nizomning
33-moddasiga muvofiq: “1. Har qanday nizoda ishtirok etuvchi taraflar, ushbu nizoning davomiyligi xalqaro tinchlikka va xavfsizlikka tahdid solib turgan taqdirda muzokaralar olib borish, ishni tekshirish, vositachilik, yarashish (kelishish), hakamlik (arbitraj), sud muhokamasi, mintaqaviy organlarga murojaat qilishlik yoki bitim va boshqa tinch yo‘llar bilan hal etishlari lozim. 2. Xavfsizlik kengashi zarur deb hisoblagan taqdirda taraflardan mazkur nizolarni yuqoridagi vositalar yordamida hal etishlikni talab qiladi”.



  1. Download 110.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling