Xalqaro huquq tushunchasi. Xalqaro huquq funktsiyalari
Download 51.5 Kb.
|
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro huquqning tarixiy turlari. Xalqaro huquq soxalari Xalqaro huquq tushunchasi.
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va tizimi Reja: Xalqaro huquq tushunchasi. Xalqaro huquq funktsiyalari. Xalqaro huquq predmeti, tizimi. Xalqaro huquqning tarixiy turlari. Xalqaro huquq soxalari Xalqaro huquq tushunchasi. XALQARO HUQUQ – bu davlatlar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro huquq milliy huquqdan farq qilib, bir qator o`ziga hos xususiyatlariga ega. Xalqaro huquqda milliy huquqiy tizimdan farqli ularoq oliy organ mavjud emas va tegishli masalalar xalqaro munosabatlar ishtirokchilarining roziligi bilan tartibga solinadi. Xalqaro huquq – davlatlararo tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan, xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi hamda xalqaro huquq sub'yektlari tomonidan yaratilgan yuridik normalar va printsiplar tizimidan iboratdir. Mazkur ta'rifdan xalqaro huquqning quyidagi o`ziga xos jihatlari kelib chiqadi: – xalqaro huquq – yagona maqsad va printsiplar asosida yaratilgan normalarga ega tizim ; – xalqaro huquq normalari davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi; – hozirgi zamon halqaro huquqining asosiy maqsadi – xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash hamda davlatlar o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etishni ta'minlashdan iboratdir. Xalqaro huquq normasida sub'yektlarning, avvalo, davlatning umumiy irodasi ifodalangan. Ya'ni davlatlar muayyan xalqaro huquq normasini yaratish jarayonida o`z xohish-istaklari bilan harakat qilishadi. Xalqaro huquq ob'yektiga muayyan xalqaro munosabatlar, eng avvalo, suveren davlatlar o`rtasidagi munosabatlar kiradi. Xalqaro munosabatlar – bu xalqaro huquq sub'yektlari o`rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa turdagi aloqalar va munosabatlar majmuidir. Xalqaro huquq huquq tarmog`i sifatida quyidagi munosabatlarni tartibga soladi: birinchidan, davlatlar o`rtasidagi – ikki tomonlama va ko`p tomonlama munosabatlarni; ikkinchidan, davlatlarning xalqaro tashkilotlarga a'zo bo`lishi bilan bog`liq davlatlar hamda hukumatlararo tashkilotlar o`rtasidagi munosabatlar; uchinchidan, hukumatlararo tashkilotlar o`rtasidagi munosabatlar; to`rtinchidan, davlatlar hamda davlatga o`xshash to`zilmalar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro huquqning sub'yektlari: mustaqil davlatlar; o`z mustaqilligi va ozodligi uchun ko`rash olib borayotgan millatlar va elatlar, davlatga o`xshash to`zilmalar to`zilmalar (Vatikan, Malta ordeni); xalqaro va xalqaro hukumatlararo tashkilotlardir. Xalqaro huquq sub'yektlari o`zaro kelishib, mustaqil ravishda xalqaro huquq normalarini yaratadilar. Xalqaro huquqda xalqaro huquqiy normalarning bajarilmaganligi uchun javobgarlik mavjud bo`lib, turli siyosiy va moddiy choralar qo`llaniladi. Huquqiy tuzilmalar va huquq tarmoqlariga huquqiy normalar huquq tizimining real mazmunini tashkil etadi. Huquq normasi, huquqiy to`zilma va huquq tarmog`i – huquq tizimining asosiy qismlari hisoblanadi. Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling