Xalqaro huquq tushunchasi. Xalqaro huquq funktsiyalari
Xalqaro huquq funktsiyalari
Download 51.5 Kb.
|
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro huquq predmeti, tizimi.
Xalqaro huquq funktsiyalari.
Xalqaro huquqning funksiyalarini ko‘rib chiqmay, uning mohiyatini ochib berish mumkin emas. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquq. quyidagi funksiyalarni bajaradi: Muvofiqlashtiruvchi funksiY. Davlatlar xalqaro huquq. meyorlari yordamida xalqaro hamkorlikning turli sohalarida umumiy qabul qilingan xulq-atvor standartlarini belgilaydi. Tartibga soluvchi funksiY. Bu davlatlar tomonidan qatyiy qoidalarni belgilashda namoyon bo‘ladi. Bularsiz davlatlarning jahon hamjamiyati bilan munosabatlari va birgalikda mavjudligini tasavvur qilishning imkoni yo‘q. Ta’minlash funksiyasi Bunda xalqaro huquq. shunday meyorlarni o‘zida mustahkamlaydiki, bu davlatlarning ko‘p yillik aloqalari jarayonida belgilangan ma’lum xulq-atvor qoidalariga rioya qilishga undaydi. Muhofaza funksiyasi. Bu davlatlar milliy manfaatlari va qonuniy huquqlarini himoya qiladi. Xalqaro huquqning o‘ziga hos xususiyati shundaki, xalqaro munosabatlarda davlatlardan yuqori turuvchi majburlash mexanizmi mavjud emas. Zarur hollarda davlatlarning o‘zlari jamoa tarzida xalqaro-huquqiy meyorlarning bajarilishini va xalqaro huquqiy-tartibotni ta’minlaydilar Xalqaro huquq predmeti, tizimi. Xalqaro munosabatlarda davlatlararo munosabatlar asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga nodavlat xarakteridagi xalqaro munosabatlar, ya’ni turli davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari o‘rtasidagi shuningdek, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xalqaro xo‘jalik birlashmalari ishtirokidagi xalqaro munosabatlar ham mavjud. Xalqaro huquq obektiga, eng avvalo, suveren davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar kiradi. Davlatlararo munosabatlar — bu avvalambor hukumatlararo munosabatlardir. Davlatlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar tegishli xalqaro bitimlar bilan tartibga solingandagina xalqaro-huquqiy shaklga ega bo‘ladi. Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish BMT Ustavida mustahkamlab qo‘yilgan umum e’tirof etilgan xalqaro huquq. tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Xalqaro huquq tarmog‘i sifatida quyidagi munosabatlarni, ya’ni: birinchidan, davlatlar o‘rtasidagi — ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarni (ularning ichida butun xalqaro hamjamiyatni qamrab oladigan munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi); ikkinchidan, davlatlarning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq. davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar o‘rtasidagi; uchinchidan, hukumatlararo tashkilotlar o‘rtasidagi; to‘rtinchidan, davlatlar va nisbiy mustaqil xalqaro maqomga ega bo‘lgan davlat ko‘rinishidagi tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi (masalan, Vatikan rim-xatolik cherkovining markazi sifatida alohida o‘ziga hos xalqaro-huquqiy maqomga ega). Demak, xalqaro- huquqiy munosabatlar obekti — bu shunday voqelikdirki, unga ko‘ra subektlar xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va meyorlari asosida o‘zaro huquqiy munosabatlarga kirishadilar. Quyidagilar xalqaro-huquqiy munosabatlar obekti sifatida namoyon bo‘ladi: birinchidan, hudud (territoriya) va xalqaro yer kengligi; ikkinchidan, hatti-harakatlar; uchinchidan, hatti-harakatlardan tiyilish. hudud xalqaro-huquqiy munosabatlar obekti sifatida juda ko‘p namoyon bo‘ladi (masalan, tinchlik shartnomalarida). Xatti-harakatlar davlatlar o‘rtasidagi turli huquqiy munosabatlar obekti bo‘lishi mumkin (masalan, o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlarda, ittifoq shartnomalarida). Muayyan xatti-harakatlardan tiyilish ham xalqaro-huquqiy munosabatlar obekti hisoblanadi (masalan, neytralitet to‘g‘risidagi, urush odatlari va qonunlari to‘g‘risidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda). Xalqaro munosabatlarda davlatlararo munosabatlar asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga nodavlat xarakteridagi xalqaro munosabatlar, ya’ni turli davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari o‘rtasidagi shuningdek, xalqaro nohukumat tashkilotlar va xalqaro xo‘jalik birlashmalari ishtirokidagi xalqaro munosabatlar ham mavjud. Xalqaro huquq obektiga, eng avvalo, suveren davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar kiradi. Davlatlararo munosabatlar — bu avvalambor hukumatlararo munosabatlardir. Davlatlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar tegishli xalqaro bitimlar bilan tartibga solingandagina xalqaro-huquqiy shaklga ega bo‘ladi. Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish BMT Ustavida mustahkamlab qo‘yilgan umum e’tirof etilgan xalqaro huquq. tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Xalqaro huquq tarmog‘i sifatida quyidagi munosabatlarni, ya’ni: birinchidan, davlatlar o‘rtasidagi — ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarni (ularning ichida butun xalqaro hamjamiyatni qamrab oladigan munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi); ikkinchidan, davlatlarning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq. davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar o‘rtasidagi; uchinchidan, hukumatlararo tashkilotlar o‘rtasidagi; to‘rtinchidan, davlatlar va nisbiy mustaqil xalqaro maqomga ega bo‘lgan davlat ko‘rinishidagi tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi (masalan, Vatikan rim-xatolik cherkovining markazi sifatida alohida o‘ziga hos xalqaro-huquqiy maqomga ega). Demak, xalqaro- huquqiy munosabatlar obekti — bu shunday voqelikdirki, unga ko‘ra subektlar xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va meyorlari asosida o‘zaro huquqiy munosabatlarga kirishadilar. Quyidagilar xalqaro-huquqiy munosabatlar obekti sifatida namoyon bo‘ladi: birinchidan, hudud (territoriya) va xalqaro yer kengligi; ikkinchidan, hatti-harakatlar; uchinchidan, hatti-harakatlardan tiyilish. hudud xalqaro-huquqiy munosabatlar obekti sifatida juda ko‘p namoyon bo‘ladi (masalan, tinchlik shartnomalarida). Xatti-harakatlar davlatlar o‘rtasidagi turli huquqiy munosabatlar obekti bo‘lishi mumkin (masalan, o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlarda, ittifoq shartnomalarida). Muayyan xatti-harakatlardan tiyilish ham xalqaro-huquqiy munosabatlar obekti hisoblanadi (masalan, neytralitet to‘g‘risidagi, urush odatlari va qonunlari to‘g‘risidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda). Xalqaro huquq predmeti deganda, odatda xalqaro huquq sub'yektlari o`z huquq va majburiyatlarini ro`yobga chiqarishlari jarayonida yuzaga keladigan xalqaro munosabatlar tushuniladi. Bunday munosabatlar xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillari va normalari bilan tartibga solinadi. Xalqaro huquqning predmeti asosida xalqaro huquqning ob'yekti bilan birga xalqaro huquqni sohalarga ajratish ham muhim sanaladi. Masalan, xalqaro shartnomalar (xalqaro shartnomalar huquqi) tuzish, ularning amal qilishi va to`xtatilishi borasidagi (xalqaro dengiz huquqi), fazoviy hudud va samoviy jismlardan foydalanish hamda ularni tadqiq etishdagi (xalqaro kosmik huquqi) va boshqa o`rinlardagi huquqiy munosabatlar farqlanadi. Xalqaro huquq tizimi asosan yagonaligi, shu bilan birga, nisbatan mustaqil tarkibiy qismlar (institutlar va tarmoqlar) tarzida tartibga keltirilgan bo`lim ekani bilan ajralib turuvchi yuridik normalar majmuasidir. Barcha davlatlar uchun majburiy hisoblangan umumiy xalqaro huquq ushbu tizimning uzagini tashkil etadi. Sh sub'yektlar, yaxlit xalqaro hamjamiyat, ya'ni yetarli miqdordagi va nafaqat son jihatdan nufuzli bo`lgan davlatlarning yalpi sa'y-harakatlari bilan yaratiladi va o`zgartirib boriladi. U eng asosiy siyosiy va huquqiy tizimlarni, shuningdek barcha qit'alarni namoyon etishi shart.Umumiy xalqaro huquq odat normalaridan tashkil topadi va butun xalqaro hamjamiyatning huquqi hisoblanadi. Shu bois, har qanday davlat, jumladan yangi tashkil topgan davlatlar ham bu huquqni hurmat qilishga majbur. Bundan tashqari, bir guruh davlatlar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mintaqaviy xalqaro huquqiy majmualar ham mavjud. Amaldagi normalarning aksariyat qismi ikki tomonlama munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Mintaqaviy va ikki tomonlama normalar umumiy xalqaro huquqqa mos kelishi kerak, ular birgalikda global xalqaro huquqiy tizimni tashkil etadi. Xalqaro huquq tizimi — bu quyidagi o‘zaro ichki elementlarning obektiv mavjud bo‘lgan bir butunligidir. Birinchidan, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari, meyorlari(shartnomaviy va oddiy-huquqiy). Ikkinchidan, xalqaro tashkilotlarning qarorlari, tavsiyaviy rezolyutsiyalari, xalqaro sud organlarining qarorlari. Uchinchidan, xalqaro huquq institutlari (xalqaro tan olish instituti shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik instituti, xalqaro javobgarlik instituti va boshqalar). Tizimning qayd etib o‘tilgan barcha elementlari turli birikmalarda xalqaro huquq tarmoqlari (diplomatik huquq xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqalar) tashkil qiladi, ushbu har bir tarmoq o‘zi mustaqil tizim sifatida namoyon bo‘ladi, bunday tizimlar xalqaro huquqning yaxlit yagona tizimi doirasida shu tizimning bir qismi hisoblanishi mumkin. Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling