Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

 
KAZUSLAR 
Fuqaro A.Xoshimova bir qator O‘zbekistonlik dugonalari bilan 3 yil 
mobaynida  har  oy  Toshkent  Turkiya  yo‘nalishi  bo‘yicha  “O‘zbekiston 
havo  yo‘llari”  havo  kemalarida  qatnab,  kiyim  kechak  biznesi  bilan 
shug‘ullangan. Kunlarning birida Toshkent aeroportiga uni kutib olgani 
chiqqan  oilasi,  O‘zbekistonlik  dugonalari  orasidan  uni  topa  olishmadi. 
Bu haqida turmush  o‘rtog‘i dugonalaridan so‘raganda “Xoshimova ular 
bilan birga Turkiyaga uchgani, biroq uni qaysi mexmonxonada tunagani 
va Toshkent shahriga qaytish muddatini bilmasliklarini” bayon etishgan. 
Xoshimovlar oilasi 3 oy mobaynida A.Xoshimovani aloqaga chiqishidan 
umidvor bo‘lib kutishgan. Biroq, A.Xoshimova qo‘ng‘iroq ham, pochta 
orqali xabar ham yubormagan. Shundan so‘ng B.Xoshimov o‘z turmush 
o‘rtog‘ini  qidirib  topish  maqsadida  IIVga  murojaat  etgan,  biroq  3  oy 
o‘tsa ham qidiruv ishlari natija bermagan. Shundan so‘ng, B.Xoshimov 
o‘zining  tanish  advokatidan  turmush  o‘rtog‘i  A.Xoshimovani  Turkiya 
davlatidan  qanday  izlab  topsa  bo‘ladi,  deb  so‘raganda,  advokat 
Xoshimovga  O‘zbekistonning  Interpol  Milliy  Markaziy  byurosiga 
murojaat etishni maslahat bergan. 
 
1. Mazkur holatga baho bering. 
2. Bedarak  yo‘qolgan  shaxslarni  qidirish  maqsadida  fuqarolar 
Interpolga murojaat etishi mumkinmi?  
3. Interpol  xalqaro  tashkilotining  asosiy  funktsiya  va  vazifalari 

32 
 
qanday? Fikrlaringizni xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib 
tushuntiring. 
 
Xitoy  Xalq  Respublikasi  fuqarosi  Li  Qirg‘iziston  Respublikasi 
hududida  Qirg‘iziston  Respublikasi  fuqarosi  Ashirbekov  Serikga 
nisbatan  qasddan  odam  o‘ldirish  jinoyatini  sodir  qilib,  yashirin  yo‘llar 
orqali  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  chegarasidan  noqonuniy  o‘tib, 
shu  yerda  yashirindi.  Interpolning  Qirg‘iziston  Respublikasi  Milliy 
Markaziy  byurosi  bergan  tezkor  ma‘lumotiga  asosan  O‘zbekiston 
Respublikasi  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlari  tezkor-qidiruv 
tadbirini  o‘tkazib,    natijada  XXR  fuqarosi  Lini  Andijon  viloyati 
hududida yashirinib yurgan yerida qo‘lga olindi. Mazkur holat bo‘yicha 
XXR  vakolatli  organi  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasiga 
fuqaro Lini javobgarlikka tortish uchun so‘rov yubordi. 
 
1. Mazkur holatga baho bering. 
2. Ushbu 
holat 
yuzasidan 
Interpol 
xalqaro 
tashkilotining 
funksiyalarini  ochib  bering.  Interpol  faoliyatining  boshqa  huquqni 
muhofaza qiluvchi tashkilotlardan farqli jihatlari qanday? 
3. O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  XXR  vakolatli 
organi so‘rovi bo‘yicha qanday qaror qabul qilishi mumkin? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

33 
 
 
III bob 
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHDA XALQARO 
HAMKORLIK  
 
1. Jinoyatchilik bilan kurashda xalqaro hamkorlik tushunchasi. 
Jinoyatchilik bilan kurashda xalqaro hamkorlik belgilari.2. Jinoyatchilik 
bilan kurashda xalqaro hamkorlik shakllari. 3. Jinoyatlar jinoyatchilik 
bilan kurashda xalqaro hamkorlik predmeti sifatida. 4. Jinoyatchilik 
bilan kurashda xalqaro hamkorlikni huquqiy tartibga solishning 
politizimligi. 
   
 
1. Jinoyatchilik bilan kurashda xalqaro hamkorlik tushunchasi. 
Jinoyatchilik bilan kurashda xalqaro hamkorlik belgilari. 
 
Jinoyatchilikka  xalqaro  kurash  deganda  individlar  tomonidan  sodir 
etilgan  jinoyatlarning  muayyan  turlariga  qarshi  kurashdagi  davlatlar 
hamkorligi 
tushuniladi. 
Bunda 
xalqaro 
jinoyatchilikka 
qarshi 
kurashdagi davlatlar hamkorligi ikki asosiy turga yoki shaklga ajratiladi: 
mazkur faoliyatning turli jabhalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar tuzish 
va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashga  ixtisoslashgan  xalqaro  tashkilotlarda 
davlatlarning ishtiroki. 
 
Jinoyatchilikning 
zamonaviy 
ko‘rinishlari, 
uning 
davlatlar 
chegaralaridan  o‘tib  ketganligi,  jinoyatchilikning  mutlaq  va  nisbiy 
darajada o‘sishi, ayniqsa, uning uyushgan shakllari, transmilliy va ko‘p 
hollarda 
global 
xususiyat 
kasb 
etishi 
davlatlardan 
kuchlarni 
jinoyatchilikka qarshi kurashlik orqali birlashtirishlikni talab etdi.  
Xalqaro  huquq  fanida  jinoyatchilikka  qarshi  kurashdagi  xalqaro 
hamkorlik  (jinoyatchilikka  xalqaro  kurash)  deganda,  odatda,  “ijtimoiy 
xavfi  bir  nechta  davlatlar  kuchlarini  birlashtirilishini  talab  etadigan 
Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik – bu xalqaro 
huquq subyektlari va ichki davlat munosabatlarini xalqaro huquq 
normalari va milliy qonunchilik bilan  tartibga solish bilan  xalqaro 
xarakterga ega bo’lgan xalqaro jinoyatlardan inson, jamiyat, davlat va 
xalqarohamjamiyatning  huquq va erkinliklarini himoya qilishga 
qaratilgan faoliyat 

34 
 
jinoiy  xatti-harakatlarga  qarshi  turi  davlatlar  orasidagi  hamkorlik 
tushuniladi.”
13

Davlatlar hamkorligi uchta darajada rivojlanadi: 
1)  Ikki  tomonlama  hamkorlik.Bunda  jinoyat  ishlari  bo‘yicha 
huquqiy  yordam  ko‘rsatish,  jinoyatchilarni  qaytarib  berish,  ozodlikdan 
mahrum  etilgan  shaxslarni  jazo  o‘tash  uchun  fuqarosi  bo‘lgan 
mamlakatga  qaytarish  kabi  masalalar  bo‘yicha  ikki  tomonlama 
kelishuvlar  keng  tarqalgan.  Odatda,  xalqaro  va  hukumatlararo 
kelishuvlarga 
qo‘shimcha 
muayyan 
idoralar 
hamkorligini 
aniqlashtiruvchi idoralararo bitimlar ilova qilinadi. 
2

M
int
aq
av
iy 
da
ra
ja
da
gi 
ha
m
ko
rli
kmuayyan  mintaqadagi  mamlakatlar  o‘rtasidagi  munosabatlarda 
manfaatlar va xususiyatlarning uyg‘unligidan kelib chiqadi.  
Masalan,  1971-yilda  14  ta  ADT  (Amerika  davlatlari  tashkiloti) 
ishtirokchi davlatlar Vashingtonda Terrorchilik harakatlarini oldini olish 
va  ularni  sodir  etganlarni  jazolash  to‘g‘risidagi  Konvensiyani 
imzoladilar.  1959-yil  20-apreldagi  Strasburgda  Yevropa  Kengashi 
ishtirokchi  mamlakatlari  “Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  o‘zaro  huquqiy 
yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Yevropa Konvensiyasini imzoladilar.  
MDH doirasida 1993 yil yanvar oyida Minsk shahrida Hamdo‘stlik 
davlatlari  “Fuqarolik,  oila  va  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  huquqiy  yordam 
ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Konvensiyani imzoladilar. 
                     
12
 Халқаро ҳуқуқ луғати: 2-нашр, қайта ишлан. ва тўл. / Бацанов С.Б., Ефимов Г.К., Кузнецов В.И. ва 
бошқ. - М.: Халқаро муносабатлар, 1986. – 173 б.
 

35 
 
Osiyoda  esa  davlatlar  va  ularning  vakolatli  organlari  o‘rtasida 
Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  (SHHT)  doirasidagi  hamkorlikni  misol 
tariqasida  keltirish  mumkin.  Xalqaro  idoralararo  hamkorlikka  ko‘proq 
e’tibor  qaratilgan  2001-yil  15-iyundagi“Terrorizm,  separatizm  va 
ekstremizmga  qarshi  kurash  to‘g‘risida”gi  Shanxay  Konvensiyasi 
bunday hamkorlikni huqiqiy jihatdan tartibga solishga bag‘ishlangan.   
3)  Global  miqyosda  hamkorlik  Millatlar  Ligasi  doirasida 
boshlanib,  BMTda  davom  etgan.  Hozirgi  kunda  xalqaro  jinoyat  huquqi 
sohasidagi  ko‘p  tomonlama  universal  bitimlarning  butun  bir  tizimi 
yaratilgan: 
1.
 
“Genotsid  jinoyatlarini  oldini  olish  va  ular  uchun  jazolash 
to‘g‘risida”gi Konvensiya (1948); 
2.
 
“Odam  savdosi  va  uchunchi  shaxslar  tomonidan  fohishalik 
ekspluatatsiyasiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiya (1949); 
3.
 
“Qullik,  qul  savdosi  va  qullikka  o‘xshash  institutlar  va 
an’analarni bekor qilish to‘g‘risida”gi qo‘shimcha Konvensiya (1956); 
4.
 
Irqchilik jinoyatini oldini olish va buning uchun jazolash bo‘yicha  
xalqaro Konvensiya (1973); 
5.
 
Havo  kemalari  bortida  sodir  etiladigan  jinoyatlar  va  boshqa 
harakatlar bo‘yicha Tokio Konvensiyasi(1963); 
6.
 
Havo  kemalarini  noqonuniy  egallashga  qarshi  kurash  bo‘yicha 
Gaaga Konvensiyasi (1970); 
7.
 
Fuqaro  aviatsiyasi  xavfsizligiga  qarshi  qaratilgan  harakatlarga 
qarshi kurash bo‘yichaMonreal Konvensiyasi (1971); 
8.
 
Giyohvand moddalar to‘g‘risida Konvensiya (1961); 
9.
 
Psixotrop moddalar  to‘g‘risida Konvensiya (1971); 
10.
 
Giyohvand  vositalar  va  psixotrop  moddalarning  noqonuniy 
aylanishiga qarshi kurash to‘g‘risida Konvensiya (1988);  
11.
 
Xalqaro  himoyadagi  shaxslar  hamda  diplomatik  agentlarga 
qarshi qaratilgan jinoyatlarni to‘xtatish va jazolash bo‘yichaKonvensiya 
(1973); 
12.
 
Garovga  olishga  qarshi  kurash  to‘g‘risida  Xalqaro  Konvensiya 
(1979); 
13.
 
Yadro  materiallarini  jismoniy  himoyalash  bo‘yicha  Konvensiya 
(1980);  
14.
 
Qiynoq  hamda  muomala  va  jazolashning  o‘ta  shafqatsiz, 
insoniylikka  zid  yoki  qadr-qimmatni  kamsituvchi  turlariga  qarshi 
Konvensiya (1984); 

36 
 
15.
 
Yollanma  ishchilar  jalb  etish,  ishlatish,  moliyalashtirish  va 
tayyorlashga qarshi kurash bo‘yicha Konvensiya va hokazo
14

 
2. Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik shakllari 
 
Davlatlarning  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  sohasidagi  hamkorligi 
bir nechta shakllarda olib boriladi: 

 
birinchidan,  muayyan  jinoiy  xatti-harakatlarning  hamjamiyatga 
xavfli ekanligini va birgalikda xalqaro-huquqiy qonun hujjatlarini qabul 
qilish orqali ularni to‘xtatish bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish zarurligini davlatlar tomonidan e’tirof etilishi; 

 
ikkinchidan,  begona  hududda  yashirinib  yurgan  huquqbuzarlar 
qidiruviga yordam ko‘rsatish orqali. Buni amalga oshirishning ikki yo‘li 
bo‘lishi  mumkin  –  diplomatik  muassasalar  orqali  va  o‘z  mamlakatida 
qidiruv  va  dastlabki  tergovni  olib  borayotgan  organlar  (huquqni 
muhofaza  qilish  organlari)  o‘rtasidagi  bevosita  aloqalar  orqali. 
Hamkorlikning  mazkur  yo‘nalishi  kengayganligini  ta’kidlab  o‘tish 
lozim:  agar  oldin  davlatlar  jinoyatchini  qidirish  yoki  qaytarib  berish 
iltimosi  bilan  muayyan  mamlakatga  murojaat  etgan  bo‘lsa,  hozirgi 
kunda  qidiruv  butun  dunyo  miqyosida  olib  boriladi,  nafaqat  qochib 
ketgan  jinoyatchi,  balki  o‘g‘irlangan  mol-mulkning  qidiruvi  e’lon 
qilinadi.  Qidiruvni  engillashtirish  maqsadida  ba’zan  ma‘lumotlarni 
ayirboshlash amalga oshiriladi; 

 
uchinchidan,  jinoyat  ishi  bo‘yicha  zarur  materiallarni  olishda 
yordam  ko‘rsatish  orqali.  Jinoyatni  sodir  etgan  yoki  uni  bir  nechta 
mamlakatda  sodir  etgan  yoki  uning  bir  qismini  boshqa  davlatda  sodir 
etgan  taqdirda  v.h.  Guvohlar  va  ashyoviy  dalillar  boshqa  davlatda 
bo‘lishi mumkin. Ayrim holatlarda ish bo‘yicha materiallar olish uchun 
chet  elda  tergov  harakatlarini  olib  borish  lozim  bo‘ladi,  bu  esa  tegishli 
maxsus  topshiriq  yuborish  orqali  amalga  oshiriladi  (commissions 
rogatoires)
15
.  Bu  guvohni,  jabrlanuvchini  so‘roq  qilish,  voqea  joyini 
ko‘zdan  kechirish  v.h.  topshirig‘i  bo‘lishi  mumkin.  Kelishuv  boshqa 
davlatning  tegishli  organlari  tomonidan  qanday  turdagi  toprshiriq 
berilishi  mumkinligini  belgilaydi.  Mazkur  topshiriqni  bajaruvchi  organ 
o‘zining  milliy  protsessual  me‘yorlariga  tayanadi.  Bunda  topshiriqdagi 
barcha savollarga javob berilishi shart; 
                     
13
  Богатырев  А.Г.  Халқаро  хусусиятга  эга  жиноятларга  қарши  кураш  бўйича  Конвенция. 
//Келишувлар тўплами: Ўқув қўлланма. - М., 1990.
 
14
 Родионов К.С. Халқаро полиция: кеча, бугун, эртага. М. Норма, 1990 – 45 б.
 

37 
 

 
to‘rtinchidan,  jinoyatchilik  muammolarini  hal  etish  va  bu 
muammolarni o‘rganishda ayrim davlatlarga metodik va amaliy yordam 
ko‘rsatish  orqali.  Yordamning  bu  turi  aniq  yordam  ko‘rsatishga  jalb 
etilgan 
ekspertlarni 
ayrim 
mamlakatlarga 
jo‘natishda 
ifodalanadi.(jinoyatchilikka  qarshi  kurashning  asosiy  yo‘nalishlarini 
belgilash, penitensiar tizimni shakllantirish bo‘yicha  yo‘riqlar berish va 
boshq.); 

 
beshinchidan, jinoyatchilik va unga qarshi kurash muammolarini 
birgalikda  o‘rganish  orqali.  Shu  maqsadda  xalqaro  kongresslar  va 
anjumanlar chaqiriladi, xalqaro tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari 
tuziladi; 

 
oltinchidan,  tezkor  va  boshqa  axborotni  ayirboshlash  orqali. 
Davlatlar ko‘pincha tergov va jinoyatchini qo‘lga olishni muvaffaqiyatli 
amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  axborot  hamda  jinoiy  xususiyatga 
ega  boshqa  axborotni  bir-birigataqdim  etadilar.  Xususan,  boshqa  davlat 
fuqarolariga 
nisbatan 
chiqarilgan 
hukmlar 
haqidagi 
axborotni 
ayirboshlash. 
 
3. Jinoyatchilik, jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikning 
predmeti sifatida 
 
Davlatlar  hamkorligi  orqali  qarshi 
kurashiladigan jinoyatlarning bir nechta 
tasnifi bor
16
.  
Tafovut borligiga qaramay ularning 
barchasining  umumiy  ibtidosi  bor: 
jinoyatchiligi 
xalqaro 
bitimlarda 
belgilangan  xatti-harakatlarning  ikki 
katta guruhi turlar bo‘yicha tasniflanadi 
– xalqaro jinoyatlar vaxalqaro xususiyatga ega jinoyatlar. 
Xalqaro  jinoyatlarning  ro‘yxati  dastlab  Xalqaro  harbiy  tribunal 
Ustavida  (1945)  va  Uzoq  Sharq  Xalqaro  harbiy  tribunalining  Shunday  
Ustavida  (1946).  Xalqaro  jinoyatlar  bo‘yicha  me‘yorlarni  rasmiy 
kodlashga  doir  bir  necha  bor  qilingan  urinishlar  bugungi  kunga  kelib 
Xalqaro  jinoyat  sudi  Rim  Statuti  (1998)  bilan  tugadi.  Statutning  II 
qismiga  ko‘ra,  sud  yurisdiksiya  butun  xalqaro  hamjamiyatni  tashvishga 
                     
15 
Карпец И.И. Халқаро хусусиятга эга жиноятлар. - М.: Юрид. адаб., 1979; Карпец И.И., Кудрявцев 
В.Н.  Халқаро  жиноятчилик.  -  М.:  Фан,  1988;  Кибальник  А.Г.  Ҳозирги  замон  халқаро  жиноят  ҳуқуқи: 
тушунча,  вазифалар  ва  тамойиллар  /  Юрид.  фанлар  доктори  А.В.  Наумовнинг  илмий  таҳ.  остида.  -  СПб.: 
“Пресс юридик маркази” нашриёти, 2003 ва бошқ.
 
Xalqaro jinoyatlar deb,  xalqaro 
huquq normalari va tamoyillari      
bilan  tartibga solinadigan,  xalqaro 
xarakterga ega ijtimoiy xavfi katta 
bo‘lgan inson, jamiyat, davlat va 
xalqarohamjamiyatning  huquq va 
erkinliklarigadaxl soluvchi 
jinoyatlar hisoblanadi. 

38 
 
soluvchi  jinoyatlar  bilan  cheklanib,  ular  qatoriga  quyidagilar  kiradi: 
genotsid (ommaviy qirg‘in) jinoyati; bashariyatga qarshi jinoyat; harbiy 
jinoyatlar;  tajovuzkorlik  jinoyati.  Mazkur  jinoyatlar  uchun  javobgarlik 
va jazo choralari bevosita xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. 
 
 
1948-yil 9-dekabrdagi “Genotsid jinoyatlarini oldini olish va buning 
uchun jazolash to‘g‘risida”gi Konvensiyada genotsid deganda  muayyan 
milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni butunlay yoki qisman yo‘q qilish 
maqsadida  amalga  oshirilgan  harakatlar  tushuniladi.  Genotsid  to‘rt 
shaklda amalga oshiriladi: 
 a) jismoniy genotsid, ya’ni irqiy, milliy, etnik yoki diniy belgilariga 
ko‘ra aholining butun bir guruhlarini jismonan yo‘q qilish; 
b)  ijtimoiy-iqtisodiy  genotsid,  ya’ni  bunday  guruhlarga  ularni 
butunlay  yoki  qisman  yo‘q  qilishga  qaratilgan  yashash  sharoitlarini 
qasddan yaratish; 
v)  biologik  genotsid,  ya’nibunday  guruhlar  o‘rtasida  bola  tug‘ilishi 
oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
 g)  milliy-madaniy  genotsid,  ya’nibunday  guruhlarning  madaniy  va 
ma’naviy qadriyatlarini yo‘q qilish. 
Mazkur  jinoyatlar  uchun  javobgarlik  va  ularni  sodir  etilishi  uchun 

39 
 
jazo  choralari  xalqaro  bitimlarga  asoslanib  milliy  jinoyat  qonunchiligi 
bilan  belgilanadi.  Bu  bitimlar  ularda  ishtirok  etuvchi  davlatlarni 
“ularning  qonunchiligiga  ko‘ra  xalqaro  bitimlarda  jinoyat  deb  tan 
olingan  xatti-harakatlarni”  jinoyat  deb  e’tirof  qilish  uchun  zarur 
choralarni  ko‘rishlikka  majbur  etadi.    Shuning  uchun  bunday  toifadagi 
jinoyatlar  hatto  “konvension  jinoyatlar”  deb  nomlanadi
17
.  Jinoyat  sud 
ishlarini  yuritish  faqat  milliy  huquqni  muhoqaza  qilish  organlari  va 
sudlar vakolatiga kiradi. 
A.Volevodzning  fikriga  ko‘ra,  quyidagilar  xalqaro  xususiyatga  ega 
jinoyatlar turkumiga kiradi: 

 
xalqaro  munosabatlar  barqarorligi  va  jamoat  xavfsizligiga  qarshi 
xatti-harakatlar  (turli  ko‘rinishdagi  terrorizm,  garovga  olish,  kemalar 
qatnovi xavfsizligi va havo transporti 
xavfsizligiga  qarshi  jinoyatlar,  yadro 
materiallarining noqonuniy aylanishi, 
ekologik  jinoyatlar  –  ekotsid  va 
biotsid;  o‘qotar  qurollar  va  o‘q-
dorilarning noqonuniy aylanishi); 

 
davlatlar  iqtisodiy,  ijtimoiy  va 
madaniy 
rivojlanishiga 
ziyon 
etkazadigan  xatti-harakatlar  (qalbaki 
pul  chiqarish,  jinoiy  daromadlarni 
legallashtirish,  korrupsiya,  tarixiy, 
ilmiy,  badiiy  va  madaniy  qadriyatga 
ega  predmetlar  va  hujjatlarga  jinoiy 
tajovuz  qilish,  behayolik  va  bolalar 
orasida  behayolikni  targ‘ib  qiluvchi 
mahsulotlarning 
noqonuniy 
aylanishi); 

 
aholi  salomatligiga  qarshi  jinoyatlar 
(giyohvand 
vositalar 
va 
psixotrop 
moddalarning noqonuniy aylanishi); 

 
insonning 
shaxsiy 
huquqlariga 
jinoiy tajovuz qilish (qullik va qul savdosi, 
qullik maqsadida bo‘lmagan odam savdosi, 
jinsiy  ekspluatatsiya,  g‘ayriinsoniy  yoki  inson  qadr-qimmatini 
                     
16
 Лукашук И.И., Наумов А.В.  Халқаро жиноят  ҳуқуқи. - М., 1999. – 112 б; Лукашук И.И. Халқаро 
ҳуқуқ. Махсус қисм: Дарслик. – 2-нашр, қайта ишланган ва тўлдир. - М.: БЕК нашриёти, 2001. – 340 б.
 
Xalqaro  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan  jinoyatlar  –  xalqaro 
jinoyatlar  sirasiga  kirmaydigan, 
xalqaroshartnomalar 
bilan 
belgilangan, 
davlatlar 
o‘rtasidagi  munosabatlar  va 
hamkorlikka 
hamda 
boshqa 
sohalariga 
daxl 
soluvchi 
ijtimoiy  xavfi  katta  bo‘lgan 
qilmish.  Xalqaro  jinoyatlardan 
farqli 
o‘laroq 
javobgarlikka 
davlat  emas,  balki  individlar 
tortiladi. 
Jinoiy 
javobgarlik 
xalqaroshartnomalar 
asosida, 
lekin    milliy  qonunchilikni 
qo‘llagan holda tortiladi.  
 
Transnatsional jinoyat – 
bu ikki va undan ortiq 
davlatlar yurisdiksiyasiga 
tegishli jinoyat 

40 
 
kamsituvchi muomala va jazo turlari)
18

Bugungi kunda xalqaro hamkorlik asosan  davlatning ichki huquqiy 
tartibotiga  tajovuz  qiluvchi  transmilliy  jinoyatlarga  qarshi  kurashishga 
to‘g‘ri  keladi.Ularni  mazkur  jinoyatlar  qatoriga  qo‘shish  uchun  asosiy 
mezon  ularning  milliy  chegaralardan  oshib  ketganligidadir.Binobarin, 
BMT  ularni  “rejalashtirish,  sodir  etish  bevosita  va  bilvosita  oqibatlari 
nuqtai 
nazaridan 
birdan 
ortiq 
mamlakatni 
qamrab 
oluvchi 
huquqbuzarliklar” sifatida baholadi
19

 
4. Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni huquqiy 
jihatdan tartibga solishning politizimliligi 
 
Jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlikni  huquqiy 
jihatdan tartibga solish  politizimlilik xususiyatiga ega, chunki   u ham 
xalqaro  huquqiy  va  ham  ishtirokchi  davlatlarning  milliy  huquqiy 
me‘yorlari  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  bu  ikki  Mustaqil  huquqiy  tizimga 
asoslanadi. 
Yuqorida  ta’kidlab  o‘tilgan  hamkorlik  yo‘nalishlari  xalqaro 
shartnomalar bilan tartibga solinadi. Mazkur shartnomalar milliy va chet 
el  adabiyotida  turli  ta‘riflarning  mavjudligiga  qaramay,  uning 
subyektlari  o‘rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  tamoyillardan 
iborat,  maxsus  huquqiy  tizim  sifatida  e’tirof  etiladigan  xalqaro  huquq 
manbalaridan biri hisoblanadi.  
Yuqorida  zikr  etilgan  hamkorlikning 
har  bir  shakliga  tegishli  me‘yorlarni 
o‘zida 
mujassam 
etgan 
BMTning 
Transmilliy  uyushgan  jinoyatga  qarshi 
Konvensiyasini  (2000)  misol  tariqasida 
keltirish  mumkin.  Ba’zi  shartnomalar 
faqat  ulardan  biriga  tegishli  bo‘lgan 
me‘yorlardan  tarkib  topgan.  Masalan, 
1957-yil  13-  dekabrdagi  “Jinoyatchilarni 
qaytarib  berish  to‘g‘risida”gi  Yevropa 
konvensiyasi  va  1959-yil  20-apreldagi 
“Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  o‘zaro  huquqiy 
yordam  ko‘rsatish  to‘g‘risida”gi  Yevropa  konvensiyasi  faqat  jinoyat 
                     
17
  А.Волеводз.  Халқаро  ҳуқуқни  муҳофаза  қилиш  ташкилотлари:  Ўқув  қўллқнма  –  М.,  Проспект, 
2011. 17 б. 
18
  BMTning  jinoyatchilik  sohasidagi  yo’nalishlar  va  jinoyat  odil  sudlov  tizimining  faoliyati  masalalari 
bo’yicha to’rtinchi tadqiqot natijalari - А/ Кonf. 169/ 15 / Qo’sh. 1, 20 dek. 1994.
 
Esda tuting! 
O‘zbekiston uchun xalqaro 
huquqning huquqiy asos 
bo‘lib Konstitutsiyaning 
preambulasida belgilangan 
holat xizmat qiladi 
“O‘zbekiston xalqi,...  
xalqaro huquqning umum 
e’tirof etilgan qoidalari 
ustivorligini tan oladi”. 

41 
 
sudlov  sohasida  huquqiy  yordam  ko‘rsatish  masalalarini  huquqiy 
jihatdan tartibga solishga bag‘ishlangandir. Ta’kidlab o‘tilgan hamkorlik 
qilish  yo‘nalishlarining  ayrimlari  (xalqaro  jinoyatlar  tadqiqoti,  ularni 
sodir  etishda  aybdor  shaxslarni  jinoiy  ta‘qib  qilish  va  jazolash)  alohida 
xususiyatlarga  ega,  chunki  ular  xalqaro  tashkilotlar  va  organlar  vakolat 
doirasiga kiradi, masalan, Xalqaro jinoyat sudi vakolatiga. 
Shu  bilan  birga  hamkorlikning  yuqorida  sanab  o‘tilgan  barcha 
yo‘nalishlarini  huquqiy  jihatdan  tartibga  solish  qonunlar  va  boshqa 
tizimning  turli  sohalariga  oid  me‘yoriy-huquqiy  hujjatlar  –  davlat 
darajasida  xalqaro  majburiyatlarni  haqiqiy  bajarilishini  ta‘minlovchi 
davlat huquqi bilan amalga oshiriladi. 
Xalqaro  huquqiy  bitimlar  davlat  ichki  munosabatlarini  ularning 
huquq  manbai  bo‘lmasdan  tartibga  soladi.  Lekin  sohaviy  davlat  ichki 
qonunchiligi  ham  mazkur  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  va  ham 
davlatning  ichki  huquq  manbai  sifatida  amal  qiladi.  Shuning  uchun 
huquqni  muhofaza  qilish  subyektlarining  faoliyatini  huquqiy  tartibga 
solish  xalqaro  majburiyatlarning  haqiqiy  ijrosini  ta‘minlaydigan 
qonunlar  va  davlat  milliy  huquqining  turli  sohalariga  oid  boshqa 
me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.    
Mamlakatimiz  misolida  xalqaro  shartnomani  ijro  etish  maqsadida 
biror  bir  xatti-harakatni  jinoyat  deb  tavsiflash  faqat  O‘zbekiston 
Respublikasi  Jinoyat  kodeksiga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Tezkor-
qidiruv  harakatlarini  olib  borish  faqat  “Tezkor-qidiruv  faoliyati 
to‘g‘risida”gi Qonun doirasida amalga oshiriladi, jinoiy jazoni ijro etish 
tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-ijroiya  kodeksining  talablariga 
muvofiq  bo‘lishi  shart.  Lekin  bu  va  ko‘pgina  boshqa  qonunlar 
O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga zid bo‘lmasligi kerak.  
Yana  bir  xususiyat  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro 
hamkorlikni  huquqiy  jihatdan  tartibga  solishning  tizimlararo  tabiatiga 
xos:  u  ham  xalqaro  huquq  me‘yorlar  bilan,  ham  hamkorlikda  ishtirok 
etuvchi  davlatlarning  huquqiy  me‘yorlari  bilan  tartibga  solinadi. 
Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  va  Buyuk  Britaniya  va  Shimoliy 
Irlandiya  Birlashgan  Qirolligi  o‘rtasida  estraditsiya  bo‘yicha  aniq  bir 
masalani  hal  etishda  kamida  uchta  huquqiy  tizimning  keng  doiradagi 
huquqiy  hujjatlarini  hisobga  olish  kerak.  Agar  jinoyat  sodir  etgan  bir 
shaxsni  qaytarib  berish  iltimosi  bilan  bitta  emas,  bir  nechta  davlat 
murojaat  etsa,  bu  doira  yanada  kengayishini  tasavvur  qilish  qiyin  emas 
va bu amaliyotda tez-tez uchraydigan holatdir.  
 

42 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling