Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mualliflardan
- Biotsid
- BMT Xavfsizlik Kengashi
- Birlashgan Milllatlar Tashkiloti (BMT)
- Davlat suverenitet
- Davlat yurisdiksiysi
- Ekosid
- Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa byurosi (OLAF)
- Jinoyatchini ushlab berish (ekstraditsiya )
- Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlar bilan muloqot qilish bo‘yicha BMTning Kongressi
- Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik
- Insoniyatga qarshi sodir etilgan jinoyatlar
- Segregatsiya
- Tinchlikka qarshi jinoyatlar
- Xalqaro terrorizm
- Xalqaro tribunallar
Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI TASHKILOTLAR O‘quv qo‘llanma Toshkent – 2016 2 А.Egamberdiyev, Sh.Mirzayev, Z.Borsieva, U.Zakirova. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar. O‘quv qo‘llanma.– Т.: Nashriyot TDYU 204– bet. Taqrizchilar: Аdilxodjaeva S.М. – Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Saipov I.G. – O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo’yicha Milliy markazi bosh maslahatchisi Davlat va jamiyatni isloh qilish va demokratlashtirish sharoitlarida yaqin kelajakda shaxsni, jamiyatni, davlat va xalqaro hamjamiyatni xalqaro jinoyatlar hamda xalqaro tusdagi jinoyatlardan himoya qilishga qaratilgan yangi tartibot va institutlar yaratilishi va joriy etilishida tashabbuskorlari, faol ishtirokchilari bo‘ladigan yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlash eng dolzarb masalaga aylanmoqda. O‘quv qo‘llanmada maxsus vakolatga ega xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning institutsional hamda funksional asoslari, shuningdek ularning milliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyunda “Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta‘minlash yuzasidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yuridik oliygohlar talabalari va o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, amaliyotchi huquqshunoslar, shuningdek, xalqaro huquqni muhofaza qilish mаsalalari bilan qiziquvchilarga bag‘ishlanadi. © Mualliflar jamoasi. © Toshkent davlat yuridik universiteti, 2016 y. 3 M U N D A R I J A KIRISH............................................................................................4 Glossariy..........................................................................................7 I BOB. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani predmeti, asosiy tushunchalari va tizimi.................................................14 II BOB. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat ………......21 III BOB. Jinoyatchilik bilan kurashda xalqaro hamkorlik.............33 IV BOB. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar”........43 V BOB. Xalqaro jinoyatlardan huquqiy himoya qilishni ta‘minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik va davlatning ichki huquqiy munosabatlari sub'ektlari................................................................................................53 VI BOB. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) tizimi: shakllanish tarixi.........................................................................59 VII BOB. Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti – Interpol............71 VIII BOB. Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT)......................................................88 IX BOB. Yevropa Ittifoqida sud va politsiya hamkorligi – YEVROPOL…………………………………………………………...98 X BOB. Yevropa firibgarlik bilan kurashish byurosi (OLAF).................................................................................................108 XI BOB. BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qo‘shimcha organlar sifatida tuziladigan ad hoc Xalqaro jinoyat tribunallari….....121 XII BOB. Aralash xalqaro jinoyat sudlar (tribunallar)................134 XIII BOB. Xalqaro jinoyatlar bo‘yicha jinoyat ishlar yuzasidan odil sudlovni halqaro sud’yalar va jinoyat sudlovining boshqa ishtirokchilari ishtirokida amalga oshirishga vakolatli milliy sudlar....147 XIV BOB. Xalqaro jinoyat sudi...................................................159 XV BOB. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) zamonaviy tizimi...................................................................................176 Bibliografiya ...............................................................................187 4 KIRISH Hozirgi kunda, huquq va qonunlarning ahamiyati oshib borayotgan bir vaqtda, jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni qonunchilikda, kodekslar va huquqiy normalarda ko‘rsatib borish oson emasligini nazarda tutgan holda, adolat va haqiqat etalon sifatida yuridik kasb faoliyatiga nisbatan katta talab qo‘yilayotganligi bejiz emas, unga ega bo‘lgan shaxslarga esa uning mavqei, mansabi va yuridik mutaxassisligidan qat‘iy nazar faoliyatiga jamiyatning e’tiborini oshirmoqda. Yuridik kadrlarni hozirgi davr talabidan kelib chiqib tayyorlashda, respublikamizda hukumat tomonidan katta ahamiyat qaratilmoqda. 2013-yil 28-iyunda “Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 1990-sonli qaroriga Toshkent davlat yuridik Instituti Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirildi. hamda “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda oliy o‘quv va ilmiy-metodik davlat muassasasi deb belgilandi. Malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida masalalarni amalga oshirish borasida TDYUda bu borada tashkiliy-huquqiy kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan, huquqiy darsliklar “Yangi avlod darsliklari”ni tayyorlash borasida kompeks reja qabul qilindi. Dasturni tayyorlash jarayonida hozirgi davr yuridik fan yutuqlarini hamda davlat huquqiy, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari sohasida demokratik o‘zgarishlarni, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2013-yil 2-avgustdagi 278-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim muassasalari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotini tayyorlash bo‘yicha Konseptsiyasi”dan kelib chiqqan holda yangi avlod o‘quv adabiyotlariga qo‘yilgan talablarni inobatga olgan holda ish olib borildi. Bu borada Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar kafedrasi mualliflar jamoasi bilan birgalikda tayyorlangan “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” yangi avlod darsligi bo‘yicha barcha qo‘yilgan talablarga javob beradi. Hozirgi davrda shunday vaziyat hosil bo‘ldiki, hattoki davlatning o‘zi ham jinoyatchilikning ko‘pgina turlarini hal etishga qodir emas. Shu bilan birgalikda jinoyatchilik milliy hududlardan chetga chiqib 5 transchegaraviy ko‘rinishga ega bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun ham jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatning muhim manfaatlarini himoyasini ta’milashda ham ichki ham xalqaro darajadagi harakatlarni umumlashtirish lozim. Alohida turdagi jinoyatlar hamda umumiy ko‘rinishdagi jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro huquqiy choralarga hamda xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga katta ahamiyat berilmoqda. Prezidentimiz I.Karimov 1998 yildaalohida ta’kidlaganlaridek: “...O‘zbekiston o‘zining jo‘g‘rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo‘lga qo‘yilmagan mintaqada joylashgan. Bu ham tahdid tug‘diruvchi sababdir” 1 . Hozirgi kunda, jinoyatchilikka va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlatlar bilan bir qatorda xalqaro hukumatlararo tashkilotlar (BMT, MAGATE, MDH, ShHT va bosh.) muhim ahamiyatga ega. Jinoyatchilikka qarshi kurashda, shuningdek, maxsus xalqaro hukumatlararo tashkilotlar (Interpol, Yevropol, XJS, ShHT MATT) tashkil etilgan. Shu bois 2013/2014 o‘quv yilida TDYU o‘quv rejasiga “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani joriy qilindi. Fanning maxsus vakolatga ega bo‘lgan xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning institutsional va funksional faoliyat asoslarini o‘rganishini inobatga olgan holda, “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fanini talabalarga o‘qitish vazifasi Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar kafedrasi zimmasiga yuklatildi. Sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish va jamiyatni modernizatsiyasi qilish jarayonida “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” o‘quv qo‘llanmasi talablarida xalqaro huquqni muhofaza qilish faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalarni ishlab chiqishda va qo‘llashda muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni hosil qilish hamda xalqaro huquqiy munosabatlarga oid bilimlarni egalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birgalikda, taqdim etilgan darslikning materiallari oddiy va barcha uchun tushunarli tilda yoritilgan hamda alohida yoritiladigan tushuncha va ta‘riflar sxemalar va illustratsiyalar bilan boyitilgan. Alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi paytda “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” o‘quv fani TDYuUning 2-kurs talabalari uchun nazarda tutilgan. Shu bilan birga, 2-kurs talabalari uchun o’quv 1 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari// Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6. – T.: «O‘zbekiston», 1998. – B. 35. 6 rejasi “Xalqaro huquq”, “Jinoyat huquqi”, “Jinoyat-prozessual huquq” kabi fanlarni oz ichiga kiritmaydi, shunga ko’ra, oquv qo’llanmasi tarkibi faqat xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini tashkil etishning institutsional va funksional asoslarini qamrab oladi. Xususan, qo’llanmada ushbu tashkilotlarning amaliy faoliyat ochib berilmasdan, asosan ularning tizimi, tuzilishi, shuningdek, asosiy funksiyalari, vakolat doirasi yoritiladi. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” o‘quv qo‘llanmasi ham milliy ham xalqaro huquq sohalari uchun yuksak malakali professional yuristlarni tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma talabalar uchun xalqaro huquqiy faoliyating asoslarini o‘zlashtirishda yordam beradi degan umiddamiz. Mualliflardan 7 GLOSSARIY Agressiya (lot. aggressio – hujum) – umume‘tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalariga binoan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1974-yil 14- dekabrda qabul qilingan “Agressiya tushunchasi” to‘g‘risidagi rezolyutsiyasining 1-moddasida belgilangan xatti-harakatlar agressiya hisoblanadi. Aparteid – insoniyatga qarshi yo‘naltirilgan xalqaro jinoyat bo‘lib davlat aholising irqiy belgilari bo‘yicha ajratishga yo‘naltirilgan irqiy siyosat. Biotsid (hayotdan mahrum etish) – insoniyatga qarshi qaratilgan xalqaro jinoyat. Barcha tirik jonzotlarga qarshi qaratilgan, harbiy nizoda dushman ustidan g‘alaba qozonish maqsadida qasddan ommaviy qirg‘in qurollarini ishlatishni bildiradi. BMT Xavfsizlik Kengashi – BMTning eng muhim organi bo‘lib, 15 a’zodan iborat, uning eng asosiy vazifasi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlashi lozim. Ushbu a’zolarning beshtasi (AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy) doimiy, qolgan o‘ntasi nodoimiy bo‘lib, ular Nizomda asosan ikki yillik muddatga saylandilar. Birlashgan Milllatlar Tashkiloti (BMT) – tinchlikni, xavfsizlikni va xalqaro hamkorlikni ta‘minlash bo‘yicha universal xalqaro tashkilot. 1945-yil antigitlerchilar koalitsiyasi (SSSR, AQSh, Xitoy, Angliya va Fransiya) tomonidan tashkil qilingan. 2015-yilga kelib BMT a‘zolari soni 193 ta yetdi. 8 BMT bosh organlari: BMT Bosh Assambleyasi, BMT Xavfsizlik Kengashi, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Vasiylik Kengashi, BMT Xalqaro sudi va BMT Kotibyati. Genotsid – xalqaro jinoyat bo‘lib, biror-bir milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni qirib tashlash, Shu guruh a‘zolarini o‘ldirish, ularga og‘ir tan jarohati yetkazish yoki butunlay qirib tashlash. Davlat suverenitet (fransuz. souverainete – oliy hokimiyat) – davlat hokimiyatining davlat ichidagi ustunligi va uni tashqi muhitda, ya‘ni horijiy hokimiyatini istisno qiluvchi davlat hokimyatlari – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining hududida to‘la amal qilishi hamda xalqaro aloqalarda davlatning xorijiy davlat hokimiyatlaridan mustaqilligi (davlat tomonidan suverenitetini cheklashga o‘z xohishi bilan rozilik berilgan hollar bundan mustasno). Davlat yurisdiksiysi – muayyan davlat sud va ma‘muriy organlarining ishlarni o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqish va hal qilish huquqlari. Xalqaro huquqda hududiy va shaxsiy (milliy) yurisdiksiya turlari mavjud. Hududiy yurisdiksiyada davlatlar yurisdiksiyani amalga oshirishga haqli, agar bunda xalqaro shartnoma va kelishuvlarda boshqa holatlar belgilanmagan bo‘lsa. Cheklangan maqsadli yurisdiksiya davlatlar tomonidan uning zonalarida amalga oshiriladi. Shaxsiy (milliy) yurisdiksiya davlat chegaralarining tashqarisida bo‘lgan fuqarolariga nisbatan amalga oshiriladi. Diskriminatsiya – odatda, davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari (boshqa davlatlar yuridik yoki jismoniy shaxslarga nisbatan) kamsitilishni anglatadigan umumhuquqiy atama. Ekosid (yun. oicos – uy, lot. caedo - o‘ldiraman) – genotsidning bir turi bo‘lib, o‘simlik yoki hayvonot dunyosi obyektlarini ommaviy qirg‘in qilish, atmosfera havosi yoki suvni zaxarlash. Shuningdek ekologik halokatga sabab bo‘luvchi boshqa (jinoiy) harakatlar. Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa byurosi (OLAF) – Yevropa Ittifoqi siyosati va dasturini amalga oshirishda firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa Komissiyasi qoshida tashkil qilingan. Byuro mustaqil tashkilot bo‘lib milliy agetntliklar bilan birgalikda firibgarlik va poraxo‘rlikka qarshi kurashadi. 9 Jinoyatchini ushlab berish (ekstraditsiya) – bir davlatdan boshqa bir (xorijiy) davlatga o‘z fuqarosini (yoki chet el fuqarosini) ushlab berish. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni berishga, xalqaro shartnomalarda ko‘rsatilganidek, faqat tegishli davlatlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki “o‘zarolik prinsipiga” asosan yo‘l qo‘yiladi. Xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan prinsiplariga asosan, fuqarolarga nisbatan o‘lim jazosi yoki qiynoqqa solish xavfi bo‘lgan davlatlarga ekstraditsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlar bilan muloqot qilish bo‘yicha BMTning Kongressi – 1950-yil 1-yanvarda Birlashgan Millatlarning Bosh Assambleyasi tomonidan 415/Y Rezolyutsiyasiga asosan tashkil qilingan va har besh yilda bir marta yig‘ilishlari lozim. Kongress o‘z vakolati doirasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha davlatlararo hamkorlikni amalga oshiradi, huquqbuzarlar bilan muloqot qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik va o‘zaro tajriba almashishni muvofiqlashtiradi. Kongressning qilingan ishlari bo‘yicha ma’ruzalarini BMTning Bosh Assambleysiga taqdim etadi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik – barcha dolzarb muammolar kabi jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi davlatlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik. Mamlakatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi xalqarohamkorlik masalalari bilan BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi bevosita shug‘ullangan. 1993-yilda mazkur Kengash Jinoyatchilikni oldini olish va jinoyat adliyasi bo‘yicha komissiya deb qayta nomlangan. Insoniylikka qarshi jinoyat – og‘ir turdagi xalqaro jinoyat bo‘lib, Xalqaro harbiy tribunalning ustavining tasnifiga ko‘ra umumjahon tinchligi va xalqaro xavfsizlik, davlatlar va xalqlar va millatlarning o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqi, urush qonunlari va odatlari, inson huquqlari xalqaro jinoyatning obyekti insoniyat uchun katta miqdorda zarar yetkazishi bilan ajralib turadi. Xalqaro jinoyat subyektlari davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor davlatlar va boshqa subyektlar ma’naviy va siyosiy javobgarlikka tortiladilar. Insoniyatga qarshi sodir etilgan jinoyatlar – bu urushgacha yoki urush davrida tinch aholini o‘ldirish, yo‘q qilish, qul qilish, sotish, 10 surgun qilish va boshqa qat‘iy choralarni qo‘llash, siyosiy, irqiy, diniy sabablarga ko‘ra ularni ta‘qib qilish yoki qayerda amal oshirilganidan yoki ular davlatlarning ichki huquqini buzish yoki buzmasligidan qat‘iy nazar, tribunal yurisdiksiyaga kiradigan jinoyatlar Insoniyatga qarshi sodir etilgan jinoyatlar sirasiga: kolonializm, genotsid, aparteid, atmosfera va dengizlarni ifloslash (enotsid). Harbiy jinoyatlar – istilo qilingan hudud aholisini o‘ldirish, qiynash va qo‘llika yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish; harbiy asirlarni yoki dengizda mavjud shaxslarni o‘ldirish; mahbuslarni o‘ldirish; shaxslar va aholini yashash joylarini behuda vayron qilish, mulkni talon-taroj qilish, tanlovsiz hujum qilish oqibatida tinch aholi va obyektlariga hujum qilish, xavfli turdagi qurollarni (yadroviy elektrostansiya, suv omborlari va gidrouzellar) o‘z ichiga olgan qurilma va binolarga hujum qilish; harbiy yurushlarda qatnashishni to‘xtatgan shaxslarga hujum qilish, shuningdek bunday harakatlarni qilishga buyruq berishda ifodalangan urush qonun va udumlarni buzish. 1968-yil harbiy va insoniyatga qarshi sodir etilgan jinoyatchilarga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortish muddati qo‘llanilmaydi. Segregatsiya (lotincha. segregacio – bo‘lish, ajratish so‘zidan) – irqiy yoki milliy kamsitish ko‘rinishlaridan biri; davlatning oq tanlilarni qora tanlilardan ajratish siyosati – oq tanlilar foydalanadigan umumiy transportlardan foydalanish, ular istiqomat qiladigan umumiy uylarda yoki shaxslarning ma‘lum qismlarida birga yashash, teatrlar, restoranlarga borishni ta‘qiqlash va boshqa diskriminatsion choralarni qo‘llash. ShHT MATT – Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 2004-yil 1- yanvardan faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur tuzilma zimmasiga extremism, terrorizm va separatism bilan kurash yuzasidan xborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasini yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqo‘mitasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tinchlikka qarshi jinoyatlar – xalqaro jinoyatlarning og‘ir turi. Xalqaro harbiy tribunal ustaviga asosan bu jinoyatlar agressiv urushni tashkil etish, rejalashtirish, keltirib chiqarish yoki amalga oshirish kabilar o‘z ichiga oladi. Bu kabi jinoyatlar xalqaro keliShuv va 11 shartnomalarda belgilangan tartiblarni buzishga qaratilgan harakatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. 1947-yil 3-noyabr BMT Bosh Assambleyasining Rezolyutsiaysiga asosan urushni targ‘ib qilish ham tinchlikka qarshi sodir etilgan jinoyat hisoblanadi. Xalqaro terrorizm (lotin. tеrror – qo‘rquv) – odamlarning behuda halok bo‘lishiga olib keluvchi, davlatlar va ular vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek davlatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini amalga oshirishini qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli qilmishlar yig‘indisi. Xalqaro tribunallar – xalqaro jinoyatlarni sodir etishda aybdor bo‘lgan jinoyatchilar va davlarni sud qilish uchun tuziladigan xalqaro organlar. Xalqaro jinoyat – xalqaro huquqqa zid bo‘lgan, xalqaro huquq prinsiplarini buzuvchi, milliy va davlatlararo tinchlik va xavfsizlik munosabatlarining turli sohalariga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmish. Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan tayyorlangan davlatlar javobgarligi haqidagi loyihaning moddalarida: “Xalqaro jinoyat bu davlat tomonidan xalqaro huquqiy tartibga tajovuz qilish bilan birga xalqaro hamjamiyatning muhim manfaatalariga zarar keltiruvchi qilmish” – deb belgilaniladi. Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling