Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- V BOB XALQARO JINOYATLARDAN HUQUQIY HIMOYA QILISHNI TA‘MINLASH BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIK VA DAVLATNING ICHKI HUQUQIY MUNOSABATLARI SUBYEKTI
- Xalqaro huquqiy tartibot
- 2. Huquqni muhofaza qilish faoliyatining subyektlari
- VI bob XALQARO JINOYAT ODIL SUDLOVI (XALQARO JINOYAT ADLIYASI) TIZIMI: SHAKLLANISH TARIXI
tasniflanishi mumkin: a) sodir etilishi kutilayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish bilan bog‘liq, jumladan, zarur holatlarda tezkor-qidiruv harakatlarini olib borish hamda jinoyat sudlov sohasida huquqiy yordam ko‘rsatish orqali, xalqaro hamkorlikda bevosita ishtirok etadigan xalqaro tashkilotlar va ularning organlari, boshqacha qilib aytganda, huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar; Mazkur tashkilotlarning asosiy belgilari shuki, ular ishtirokchi 51 davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda keng ko‘lamli va ko‘p tomonlama hamkorlikni ta‘minlash uchun safarbar etilgan. Ta’kidlash joizki, chet el adabiyotlarida mazkur tashkilotlarga hatto xalqaro politsiya hamkorligi tashkilotlari deb ta’rif beriladi. Shu bilan birga, “huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar” tushunchasidan farqli o‘laroq “xalqaro politsiya hamkorligi tashkilotlari” xalqaro huquqiy hujjatlarda qo‘llanilmaydi. Shuning uchun ayrim mualliflar tomonidan “huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar” atamasini qo‘llash to‘g‘ri ekanligi ta’kidlanib, bu ingliz tilidagi “international law enforcement cooperation bodies” 25 . b) xalqaro jinoiy ishlari bo‘yicha sudlovni va ularni sodir etishda aybdor shaxslarni jinoiy ta‘qib qilish va jazolashni amalga oshiradigan xalqaro tashkilotlar va ularning organlari – xalqaro jinoyat sudlov organlari (xalqaro jinoyat adliyasi). Xalqaro jinoyat sudlov organlari (xalqaro jinoyat adliyasi) deganda xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro shartnomalar asosida yoki ularni ijro etish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti ishtirokida tuzilgan sudlar tushunilib, ular jinoiy ta‘qib, xalqaro hamjamyatni tashvishga soladigan o‘ta og‘ir jinoyatlarni (xalqaro jinoyatlarni) sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ishlarni hamda ularning vakolat doirasiga kiradigan boshqa ishlarni ko‘rish va hal etishni amalga oshiradi, bunday shaxslarga nisbatan jazo choralarini belgilaydi va odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur faoliyatni olib boradi. 25 A.Volevodz. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar: o‘quv qo‘llanma – M., Prospekt, 2011. 26 b. 52 NAZORAT SAVOLARI: 1. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tushunchasini ochib bering. 2. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyatlariniyoriting. 3. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarni tasniflang. 4. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning maqsadi, vazifalari va asosiy belgilarini ochib bering. 5. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning huquqiy maqomini aniqlang. KAZUS 2010 yilda AQSH Davlat departamenti vakili Markaziy Osiyo davlatlarining biriga tashrifi chog‘ida mazkur davlatni Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga qo‘shilishni taklif qildi. Uning ta‘kidlashicha, mazkur tashkilot siyosiy va harbiy sohagagina yo‘naltirilmay, balki diniy ekstremistik tashkilotlarni moliyalashtirishga qarshi kurashni, ularning saflariga yanada ko‘proq odamlar qo‘shilishining oldini olishni ham ko‘zda tutadi. 1. Mazkur vaziyatga baho bering. 2. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatidan xalqaro siyosiy va harbiy sohaga yo‘naltirilgan tashkilotlarning o‘xshash va farqli jihatlari, shuningdek, belgilarini ochib bering. 3. Xalqaro jinoyatlar, xalqaro xarakterdagi jinoyatlar hamda transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishda Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining o‘ziga xos xususiyatlarini yoriting. 4. Fikrlaringgizni xalqaro huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkillashtirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va olimlar ilmiy qarashlariga tayanib sharhlang. 53 V BOB XALQARO JINOYATLARDAN HUQUQIY HIMOYA QILISHNI TA‘MINLASH BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIK VA DAVLATNING ICHKI HUQUQIY MUNOSABATLARI SUBYEKTI 1.1 Xalqaro jinoyatlardan huquqiy himoya qilishni ta‘minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik va davlatning ichki huquqiy munosabatlari subyekti tushunchasi. 1.2 Huquqni muhofaza qilish faoliyati subyektlari. 1.1 Xalqaro huquq, xalqaro hamkorlik va xalqaro jinoyatdan himoyani ta‘minlash bo‘yicha ichki davlat huquqiy munosabatlar subyekti tushunchasi Jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar bilan kurash doirasidagi xalqaro huquq xalqaro sahnada davlatlar va ularning vakolatli organlarining o‘zaro munosabati bilan chegaralanib qolmaydi. Davlatlar majburiyatlari huquqni muhofaza qilish doirasida ichki davlat munosabatlariga singdirish uchun chaqirilgan axloq qoidalariga ega. Bunday majburiyatlar bevosita sudlar, prokuratura organlari, adliya tizimidagi ijro hokimiyati, ichki ishlar organlari, xavfsizlikni ta‘minlash, advokatura va boshqa huquqbuzarliklar bilan kurash organlari faoliyatiga tegishli. Xalqaro shartnomalar va boshqa xalqaro hujjatlardagi qoidalar ushbu organlar faoliyati uchun andoza (standart)ni tug‘diradi. Oxirgi paytlarda huquqiy tartibni saqlash, huquqni muhofaza qilish maqsadida qurol va kuch ishlatish, odil sudlovni amalga oshirish, mahbuslar bilan munosabatlar standartlarni o‘z ichiga olgan xalqaro huquqiy normalar paydo bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish doirasida xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalari, ayniqsa, BMT va uning ixtisoslashtirilgan idoralari katta o‘rin tutadi. Ular xalqaro huquq normalarining tuzilishi, davlatlar qonunchiligiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Rezolyutsiyalar qoidalarida jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar bilan kurash borasida tavsiyalar o‘z aksini topadilar. Jinoyatchilik bilan kurash ixtioslashtirilgan (huquqni muhofaza qilish) organlar, shuningdek, qonunchilik va sud hokimiyati davlat organlari, jamoat tashkilotlari, inson va fuqaro huquqi himoyasini ta‘minlash, jinoyatlarni oldini olish, fosh qilish va tergov ishlarini 54 amalga oshirish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan alohida davlat huquqiy faoliyat yig‘indisidir. Bu tavsifdan kelib chiqqan holda, jinoyatchilik bilan kurash, eng avvalo, davlat ichida amalga oshiriladi, muhim paytda esa aynan uning ishtirokchilari xalqaro hamkorlik va davlat jinoiy-protsessual faoliyatining subyektiga aylanadilar. Xalqaro huquqiy tartibotni yo‘lga qo‘yish faoliyatining xilma-xilligi shunday vaziyatni o‘ziga jalb qiladiki, xalqaro huquqning o‘zi davlatlar tomonidan turli forumlar va turli toifadagi uchrashuvlar (ikki tomonlama, ko‘p tomonlama, regional, global) doirasida tuziladi. Xalqaro huquqiy tartibot – xalqaro munosabatlarning xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan, davlatlar va boshqa subyektlarning asosiy ehtiyojlarini ta‘minlash, tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot sharoitida mavjudligini yaratish va saqlash borasidagi moslama. Ushbu tasnifdan shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro huquqiy tartibotning huquqiy asosi xalqaro huquq hisoblanadi, xalqaro munosabatlarni tartibga soladigan va davlatlar ixtiyorini ifodalaydigan, sivilizatsiya taraqqiyotining muayyan bosqichida xalqaro munosabatlar qonuniyatining harakati bilan yuzaga kelishi kabi 26 . 2. Huquqni muhofaza qilish faoliyatining subyektlari Ma‘lumki, huquqni muhofaza qilish faoliyati turli huquq sohalaridagi keng qonun va qonunosti hujjatlar bilan belgilanadi. Shu bilan birga tegishli sohaviy qonunchilik huquqni muhofaza qilish faoliyatining subyektlari (ishtirokchilari) doirasini belgilaydigan normalarni o‘z ichiga oladi. 26 См.: Международное право: учебник / Отв. ред. Ю.М. Колосов, Э.С. Кривчикова. - 2-е изд., перераб. и доп. М.: Международные отношения, 2005. - B. 27. Xalqaro hamkorlik, jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qilish faoliyatining yo‘nalishlaridan biri bo’lib, davlatlar xalqaro huquq hamda milliy huquq subyektlari sifatida qatnashadi. 55 Xalqaro toifada jinoyatchilik bilan kurashda xalqaro huquq subyektlarining ishtiroki kabi davlat ichi huquqi subyektlarining ishtiroki ham muassasa, tashkilot, xalqaro adliya-sud faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Jinoyatchilik bilan kurashning tayanch prinsipi ommaviylikdir, chunki u xalqaro hamkorlikning yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan ko‘pgina davlatlar tomonidan tan olingan qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga bo‘lingan davlat hokimiyati doirasidagi huquqiy munosabatlarga, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarga nisbatan ishlatilmaydi. Ular qat‘iy, ya’ni ommaviy vakolatlar egasi va xalqaro huquqiy subyektlik sohiblari hisoblanadilar. Ularning munosabatlari xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari jinoyatchilik bilan kurash xalqaro hamkorligida davlat ichidagi huquqiy munosabatlar subyektlari – bu doirada davlat xalqaro huquqiy majburiyatlarini bevosita amalga oshiradigan milliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar ishtirok etadilar. Xususan, aynan ular xalqaro shartnomalar asosida: - tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish, shu jumladan, lozim vaziyatlarda tezkor-qidiruv harakatlarni o‘tkazish yo‘li orqali; - jinoyat sud ishlarini yuritish doirasida huquqiy yordam ko‘rsatishda; - xalqaro tashkilotlar va uning xalqaro jinoyatlar ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshiradigan organlari bilan hamkorlikda; - xalqaro jinoyatlarni sodir etganligi uchun aybdor shaxslarga tayinlangan jinoiy jazolarni ijro etishda, shuningdek xalqaro sudlar tomonidan; - xalqaro toifada jinoyatchilik bilan kurashda moddiy, professional- texnik yordam ko‘rsatishda; Ammo: - xalqaro huquq xalqaro munosabatlarda bir qator vazifalarni bajargani uchun: koordinatsiyalovchi, tartibga soluvchi, saqlovchi, ta‘minlovchi 27 , uning manbasi esa xalqaro munosabatlar natijasi hisoblanadi, modomiki xalqaro hamkorlikka muvofiqlashtiruvchi, tartibga soluvchi, saqlovchi, ta‘minlovchi vazifalar xos. Boshqacha qilib aytganda, xalqaro huquq bilan tartibga solingan 27 O‘shayerda. – B. 20 - 21. 56 xalqaro munosabatlar subyektlari uning normalarini bajarishda koordinatsiyalovchi, tartibga soluvchi, saqlovchi, ta‘minlovchi vazifalarni amalga oshiradi. “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshirish huquqi maxsus vakolat berilgan ichki ishlar organlarining tezkor bo‘linmalari va boshqa ijroiya hokimiyati organlariga berilgan. Ma‘lumki, aytib o‘tilgan organlarning tezkor bo‘linmalari, ularning boshliqlari va mansabdor shaxslari xalqaro huquq subyektlari hisoblanmaydilar. Shunga qaramay, aynan ular aytib o‘tilgan tavsiyani bajarishda jinoyatchilik bilan kurash xalqaro hamkorligi ishtirokchilari bo‘ladilar. Bunday holatda, jinoyatchilik bilan kurashda xalqaro hamkorlik subyektlari sifatida, xalqaro huquq subyekti bo‘lmagan, jinoyat sud ishlarini yuritish ishtirokchilari – davlat ichida jinoyat-protsessual faoliyatning subyektlari, davlat organi (sud) va mansabdor shaxs bo‘ladi. Huquq muhofazasi doirasida qonun tomonidan ayrim vazifalarni ijro qilishi belgilangan boshqa ijro hokimiyati vakillari, jamoat tashkilotlari, yuridik shaxslar ularni xalqaro huquqbuzarliklar doirasida amalga oshiradilar. Subyektlarning to‘rtinchi guruhini shaxsan o‘zlari qonun buzilish bilan kurashda ko‘mak va ishtirok etadigan jismoniy shaxslar tashkil qiladilar. Ammo bu faoliyat ular uchun asosiy hisoblanmadi, aniq jinoiy tajovuzdan himoya shaklda amalga oshiriladi, eng asosiysi, uni bajarish uchun bunday shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri vakolat berilmaydi. Sanab o‘tilgan huquqni muhofaza qilish faoliyatining subyektlaridagi umumiy alomat, ularning hammasi u yoki bu tarzda shunday xalqaro huquqni 57 muhofaza qilish faoliyatini tashkil etadigan harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etadilar. Xalqaro huquq subyektlari – davlatlar, xalqaro tashkilotlar, Mustaqillik uchun kurash olib borayotgan millatlar, davlatga o‘xshash tashkilotlarning xalqaro hamkorlikdagi ishtiroki hech qanaqa savol tug‘dirmaydi. Ammo bir qator olimlarning fikricha, jismoniy shaxslar ham chegaralangan hajmda xalqaro huquq subyektlari hisoblanadilar 1 . Garchi bunday nuqtai nazarga umumiy e’tirof berilmagan bo‘lsa ham, shuni ta’kidlash kerakki, jinoyatchilik bilan kurashdagi xalqaro hamkorlikka muvofiq shaxs, xalqaro huquq normalariga ko‘ra, xalqaro huquq va majburiyatlar egasi hisoblanadilar, Shuningdek, xalqaro huquq subyektlari tomonidan xalqaro huquq normalarini bajarilishini ta‘minlaydilar 28 . NAZORAT SAVOLLARI: 1. “Xalqaro huquq subyekti, xalqaro hamkorlik subyekti, huquqni muhofaza qilish faoliyatining subyekti” tushunchasiga tasnif bering. 2. Huquqni muhofaza qilish faoliyati subyektlarining mohiyati va alomati nimada? 3. Jinoyatchilik bilan kurashda xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining huquqiy maqomining o‘ziga xos xususiyati nimada? 4. Xalqaro sud faoliyatining subyekti kim hisoblanadi? KAZUS Birlashgan Arab Amirligi (BAA) fuqarosi Ali Zakariy Markaziy Osiyo hududida bir qator og‘ir jinoyatlar, jumladan odam savdosi jinoyatini sodir etib, O‘zbekiston hududida bo‘lgan vaqtida O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qiluvchi organ tezkor xodimlari tomonidan ushlangan. BAA vakolatli organi Ali Zakariy BAA fuqarosi ekanligi sababli uni BAAga ekstraditsiya qilishni so‘ragan. Shu bilan birga, Interpol vakili ham Ali Zakariyni ko‘pgina davlatlar hududida odam savdosi jinoyati sodir etganligi sababli qidiruvdaligini ta'kidlab, unga taalluqli ish materiallarini Xalqaro Jinoyat sudiga yuborishni taklif qilgan. Shuningdek, Ali Zakariyni ekstraditsiya qilish bo‘yicha Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi davlatlari vakolatli organlaridan ham so‘rovlar kelib tushgan. 28 См.: Волеводз А.Г., Волеводз В.А. Современная система международной уголовной юстиции. – М.: Юрлитинформ, 2009. – B.78. 58 1. Mazkur holatga baho bering. 2. Birlashgan Arab Amirligi, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi davlatlari vakolatli organlarining ekstraditsiya talabnomasi asoslimi? 3. Mazkur vaziyatda Interpol tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlarni ochib bering. 4. Bir qancha davlatlar hududida odam savdosi jinoyati sodir etgan chet el fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish masalasini Xalqaro jinoyat sudida ko‘rishga asos mavjudmi? 59 VI bob XALQARO JINOYAT ODIL SUDLOVI (XALQARO JINOYAT ADLIYASI) TIZIMI: SHAKLLANISH TARIXI 1. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) tizimi: shakllanish tarixi 2. Xalqaro harbiy tribunallar faoliyatini huquqiy tartibga solish 1. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) tizimi: shakllanish tarixi Davlatlar hamdo‘stligi manfaatlariga ziyon yetkazgan xatti- harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish masalasi dastlab 1985-yilda antifransuz koalitsiyasi tomonidan ko‘p sonli Napoleon urushlari davrida yuz minglab odamlarning o‘limi va boshqa jinoyatlar ayblovi bzyicha Napoleon Bonapartni sudga topshirish masalasini muhokama etishda ko‘tarilgan. Biroq muhokamalardan so‘ng hech qanday harakatlar amalga oshirilmadi. Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish bo‘yicha berilgan taklifni doktrina nuqtai nazaridan batafsil isbotlab, Fransiya-Prussiya urushi 1870-1871 yillar tugaganidan keyin ilk bor 1872-yilda Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi Prezidenti (XQXQ) Gyustav Muane tashabbus qo‘rsatdi 25 . U sof ma’naviy sanksiyalar yyetarli emas deb hisoblardi, chunki ikkala tomon ham bir-birini harbiy huquq me‘yorlarini buzganlikda ayblar edi.Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro sudni tashkil etilishi va uning vakolat doirasiga 1964-yil 22-avgustdagi Urushayotgan armiyalardagi bemorlar va jarohatlanganlar sharoitini yaxshilash bo‘yicha Jeneva Konvensiyasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar kirishi, neytral sud instansiyalari yordamida huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor shaxslarni xolisona tekshirish, sudlash va jazolash imkonini berishi lozim edi. Muane Konvensiya loyihasining umumiy xususiyatlari quyidagicha: - bunday sudni betaraf davlatlar vakillaridan tuzish tartibi; - sudyalar zimmasiga uning faoliyati va sudlov tartibini belgilashni yuklash; - sud jarayoni boshlanishida da’vo arizaning (manfaatdor 60 tomonlarning da’volariga ko‘ra) xususiyati va dalillarni taqdim etish bo‘yicha davlatlar majburiyati; - bunday sudda sudlovning maqsadi – aybdor shaxslarni aniqlash va ularni jazolash; - qo‘llaniladigan moddiy huquq manbalari – konvensiyaga ilova sifatida ishlab chiqiladigan “xalqaro jinoyat qonuni”; - sudlovning oshkoraligi va sud qarorlarini e’lon qilish; - moddiy zararni qoplash bo‘yicha umumiy qoida; - sud faoliyatini moliyalashtirish tartibi va uning moliyaviy hisobot berishi; - uning arxivlarini saqlash bo‘yicha umumiy qoidalari. Monarxiya davlatlar davrida suveren mamlakatdagi amaldor shaxsning harakatlari xalqaro darajada jinoiy-huquqiy tartibda ta‘qib ostiga olinishini tasavvur qilish qiyin edi. O‘sha davrdagi atoqli xalqaro huquq nazariyotchilar (Liber, Vestlek, Golsendorf, Morena, Rolen- Jekmen) eng muhim xalqaro-huquqiy me‘yoriy hujjatlarni yuridik himoyalash uchun maxsus xalqaro organ kerakligi haqidagi fikrni ilgari surib, ammo buning uchun xalqaro jinoyat sudini tashkil etish zarurati yo‘q deb o‘ylardilar. Xalqaro sud, jumladan, maxsus xalqaro jinoyat sudi haqidagi g‘oyani har tomonlama isbotlashga bag‘ishlangan birinchi asosli ilmiy asar 1881-yilda himoya qilingan rossiyalik huquqshunos L. A. Kamarovskiyning “Xalqaro sud haqida” doktorlik dissertatsiyasi bo‘lib, u o‘sha yili alohida kitob sifatida chop etildi 1 va 1877-yilda Parijda fransuz tilida nashr etildi. L. A. Kamarovskiy “xalqaro adliya masalasi – davr masalasi” degan xulosaga keldi 29 . Urush qonuniyatlari (me‘yorlari) va an’analarini XIXoxiri va XX boshida xalqaro-huquqiy darajada 1899-1907-yillardagi Gaaga Konvensiyalari va Deklaratsiyasida kodifikatsiya qilish “harbiy jinoyatlar” degan xalqaro-huquqiy tushunchaning shakllanishiga olib keldi. Biroq xalqaro-huquqiy hujjatlarda harbiy jinoyatlar aniq tarkibining batafsil tavsifi yo‘q edi. Mazkur jinoyatlarni aniqlash va ularni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish milliy parlamentlar va davlat ichki adliya organlari ixtiyorida edi. 1919-yilning yanvar oyida Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, 29 А.Волеводз. Халқаро ҳуқуқни муҳофаза қилиш ташкилотлари: ўқув қўлланма – М., Проспект, 2011. 107 б. 61 Fransiya va Yaponiya hukumat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlarining uchrashuv chog‘ida urush tashabbuskorlarining javobgarligi masalarini ko‘rib chiqish uchun maxsus Komissiya tasdiqlandi. Komissiyaning aniqlashicha, to‘rtta davlat – Germaniya, Avstriya, Turkiya va Bolgariya tajovuzkorlik siyosati yurgizib urush e’lon qilgan, Komissiya urushning o‘zini Yevropada tinchlikka qarshi fitna deb tavsifladi. Mazkur Komissiyaning yakuniy hisobotida tajovuzkor mamlakatlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ikki toifaga bo‘lingan: 1) urushga tayyorgarlik va shart-sharoit yaratish; 2) urush qonuniyatlari va udumlarini qasddan buzish. Bunda mazkur jinoyatlarning quyidagi ro‘yxati keltirilgan, aynan: garovga olinganlarni o‘ldirish, nomusga tegish, bosqinchilik, davlat va xususiy mol-mulkni yo‘q qilish, zaharlovchi gazlardan foydalanish, tinch alohini va asirlarni qirib tashlash va boshq. Harbiy jinoyatchilar turli davlatlarning fuqarolari ekanligi va tegishli hokimiyatlar tomonidan berilgan jinoiy bo‘yruqlar ko‘pgina mamlakatlar harbiylariga tegishli bo‘lgani sababli, Komissiyaning fikricha, sud hukmlarini chiqarishni maxsus xalqaro tribunal zimmasiga yuklash kerak edi 30 . Germaniya va 27 ta ittifoqchi mamlakatlar o‘rtasidagi 1919-yil 28- iyundagi Versal tinchlik shartnomasi tomonlarning quyidagi vazifalar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z ichiga olgan (227, 228- moddalar) bookmark81 : - Imperator Vilgelm II Gogensollernni “xalqaro axloq qoidalari va muqaddas hokimiyat shartnomalariga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda” ayblash bo‘yicha ishlarni oshkora ko‘rib chiqish uchun maxsus xalqaro tribunalni tashkil etish; - Niderlandiya hukumatiga sobiq imperatorni sud uchun tutib berish talabi bilan murojaat etish; - gumon qilinayotgan harbiy jinoyatchilarni jinoiy ta‘qib qilish va tutib berish; - “zarur hujjatlar va ma‘lumotlarni taqdim etish” 31 . Bundan tashqari mazkur shartnomaning 229-moddasidaga muvofiq, agar bir nechta davlatga qarshi jinoyat sodir etilsa, ayblanuvchilarni ushbu davlatlar harbiy sudyalaridan tarkib topgan “qo‘shma komissiya” sud qiladi. 30 Арцибасов И.Н., Егоров С.А. Қуролли можаро: ҳуқуқ, сиёсат, дипломатия. - М., 1989. – 185 б. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling