Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

Xalqaro  tartibot  –  bu  real  mavjud  bo‘lgan  xalqaro  munosabatlar 
tizimi  bo‘lib  xalqaro  normalarga  asosan  shakllanadi,  rivojlanadi  va 
harakat  qiladi,  hamda  ma‘lum  maqsad  va  prinsiplar  asosida  xalqaro 
hamjamiyatning tuzulmasining barqarorligini ta‘minlaydi. 
Xalqaro  tartib  huquqiy  xavfsizlik  bilan  bog‘liq,  ya’ni  xalqaro 
munosabatlarning  har  bir  a‘zosining  huquq  va  qonuniy  manfaatlari 
ta‘minlanganligi kafolatlanganligidir.  
Xalqaro shartnoma –  xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri 
bo‘lib,  ikki  yoki  bir  necha  subyektlarning  aniq  sohadagi  o‘zaro 
munosabatlariga tegishli huquq va majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish 
yoki  bekor  qilish  yo‘li  bilan  aniqlashtiradigan  yoki  ko‘rsatilgan 
subyektlarning  aniq  munosabat  aspektlariga  nisbatan  munosabatlarini 
belgilab  qo‘yadigan  ixtiyoriy  kelishuvi  hisoblanadi.  Xalqaro 
shartnomaning  mazmunini  tashkil  etuvchi  kelishuv  bir  yoki  bir  necha 

12 
 
o‘zaro  bog‘liq  xalqaro-huquqiy  hujjatlarda  aks  etishi  mumkin.  Xalqaro 
shartnomalar  turlicha  nomlanishi  mumkin:  kelishuv,  pakt,  deklaratsiya, 
protokol, traktat, konvensiya, reglament va boshqalar. 
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  faoliyat 
  bu  xalqaro 
munosabatlarda  huquq  va  xalqaro  huquqning  ustunligini  muhofaza 
qilish  va  ta‘minlash  bo‘yicha  amaliy  faoliyat  bo‘lib,  bunda  huquqiy 
ahamiyat  kasb  etmasdan  xalqaro  munosabatlar  va  xalqaro  huquqqa  xos 
vazifalardan  kelib  chiqqan  mazkur  tushunchaning  keng  qamrovli 
ma’nosi nazarda tutiladi.   
 
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  –  davlatlararo 
shartnoma  asosida  tashkil  etilgan  birlashma  yoki  maxsus  xalqaro 
huquqiy  subyektlik  maqomli  doimiy  organlarga  ega  va  umume’tirof 
etilgan  xalqaro  huquq  tamoyillari  va  me‘yorlariga  muvofiq  shaxs, 
jamiyat,  davlat  va  dunyo  hamjamiyatining  huquqlari,  erkinliklari  va 
manfaatlarini  xalqaro  jinoyat,  xalqaro  xususiyatga  ega  jinoyat  hamda 
transmilliy jinoyat deb e‘tirof etilgan huquqbuzarliklardan himoya qilish 
faoliyatini  amalga  oshiradigan,  xalqaro  bitimlar,  shartnomalar  asosida 
tuzilgan birlashmaning organi tushuniladi.   
Xalqaro  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  jinoyatlar  –  xalqaro  jinoyatlar 
sirasiga  kirmaydigan,  xalqaro  shartnomalar  bilan  belgilangan,  davlatlar 
o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikka hamda boshqa sohalariga dahl 
soluvchi  ijtimoiy  xavfi  katta  bo‘lgan  qilmish.  Xalqaro  jinoyatlardan 
farqli ularoq javobgarlikka davlat emas, balki individlar tortiladi. Jinoiy 
javobgarlik  xalqaro  shartnomalar  asosida,  lekin    milliy  qonunchilikni 
qo‘llagan holda tortiladi.  
Xalqaro qidiruv politsiyaning xalqaro tashkiloti (INTERPOL) – 
International Police” jumlasi qisqartmasidan tashkil topgan so‘z bo‘lib, 
Jinoyat  politsiyasining  xalqaro  tashkiloti  hisoblanadi.  Interpolni  tuzish 
to‘g‘risidagi  qaror  1914-yil  Monako  kongressida  qabul  qiingan,  biroq 
1923-yil  uning  birinchi  Nizomi  qabul  qilingan  kundan  boshlab  harakat 
qila  boshlagan  va  150  dan  ortiq  a’zodan  iborat  bo‘lgan.  1972-yilda 
Interpolning  shtab-kvartirasi  Fransiya  (Lion  shahri)ga  joylashtirilgan. 
Interpolning  bosh  organi  Bosh  assambleya  hisoblanadi,  doimiy  maxsus 
organlari Bosh kotibiyat va Markaziy milliy byurolar hisoblanadi. 
Xalqaro  jinoyat  odil  sudlov  organlari  (Xalqaro  jinoiy  adliya)  – 

13 
 
xalqaro  hamjamiyatning  BMT  hamkorligida  xalqaro  shartnomalar 
asosida yoki ijrosini amalga oshirish maqsadida tashkil qilingan sudlar.  
 
Xalqaro  jinoyat  odil  sudlov  –  xalqaro  sud  organlari  tomonidan 
xalqaro  jinoyat  sodir  etgan  shaxsni  jinoiy  javobgarlikka  tortish  va  bu 
bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. 
Xalqaro 
Konvensiyalar 
 
ko‘p 
tomonlama 
xalqaro 
shartnomalarning keng tarqalgan turi.  
Yevropa  Politsiya  Boshqarmasi    (Evropol)  –  huquqni  muhofaza 
qiluvchi  tashkilot  hisoblanib,  transmilliy  uyushgan  jinoyatchilikka, 
xalqaro  terrorizm  va  boshqa  xalqaro  ahamiyatdagi  og‘ir  turdagi 
jinoyatlar  jumladan,  narkotik  moddalar  savdosi,  daromadlarni 
legallashtirish  va  boshqa  jinoyatlarga  qarshi  kurashadi  va  jinoyatlarni 
oldini olish faoliyati bilan shug‘ullanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

14 
 
 
I BOB 
“XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI 
TASHKILOTLAR” FANINING PREDMETI VA UMUMIY 
TAVSIFI 
 
1.“Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani predmeti 
va umumiy tavsifi. 2. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” 
fani  asosiy  tushunchalari.  3.  “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlar” fani tizimi, unga yaqin yuridik fanlar tizimidagi o‘rni. 
 
1 “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani predmeti 
va umumiy tavsifi 
 
        Fan  yoki  o‘quv  fani  predmeti  deganda  o‘rganish mumkin  bo‘lgan, 
bilish  jarayoni  chegaralarini  bildiradigan  va  mazkur  fan  sohasining 
mazmunini tashkil etadigan faktlar va hodisalarning tor doirasiga ishora 
etishni bildiradi. 
Ta’kidlash  joizki,  “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlar”  o‘quv  fani,  masalan,  konstitutsion  huquq,  jinoyat  huquqi, 
fuqarolik  huquqi  va  boshqalar  kabi  huquqiy  soha  emas.  Bu  maxsus 
o‘quv  fani  bo‘lib,  huquqshunoslikni  mustaqil  sohalarining  bir  qator 
komponentlarini o‘zida mujassam etadi.  
         O‘quv  fani 
murakkab,  kompleks 
va  kombinatsiyalangan 
xususiyatga ega. Uning mazmuni, eng avvalo, huquqni muhofaza qilish 
sohasida  xalqaro  hamkorlik,  mintaqaviy  va  global  miqyosda  huquqni 
muhofaza  qilish  faoliyati  bilan  shug‘ullanadigan  tashkilotlar  hamda 
mazkur  faoliyatni  amalga  oshirishda  ko‘maklalashish  uchun  jalb 
qilingan  ayrim  davlat  organlari  tushunchasi  haqidagi  ma‘lumotlarni  o‘z 
ichiga  oladi.  Bu  ma‘lumotlar  ichida  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati 
“Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fanining predmetiga 
Interpol, Yevropol, OLAF, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy 
aksilterrortuzilmasi va boshqa tashkilotlarning maqsad, prinsip va 
tuzilishini belgilovchi huquqiy normalarni o’rganish, ularning o'ziga 
xos umumiy qonuniyatlarini aniqlash, hamda har bir tashkilotning 
tarixiy sharoitlar va boshqa sabablar asosida paydo bo'lishining o'ziga 
xosxususiyatlarini o’rganishdir. 
 
xususiyatlarini o'rganish kiradi.
 

15 
 
haqida  nafaqat  umumiy  tarzda,  balki  uning  muayyan  yo‘nalishlari  va 
shakllari  to‘g‘risida  ham  va  tegishli  tashkilotlar,  ularning  tuzilishi, 
ularning o‘zaro aloqasi va teng huquqlilik asosida tobeligi, vakolatlari va 
vazifalari, bir-biri va barcha davlatlar bilan hamkorligi haqida tushuncha 
beruvchi ma‘lumotlar muhim o‘rin egallaydi.   
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlarning    vujudga  kelish 
asoslari  va  vazifalarini  o‘rganish  uchun  ko‘pgina  me‘yoriy-huquqiy 
hujjatlarni  o‘rganib  chiqish  lozim.  Umuman  olganda,  odatda  Xalqaro 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  tizimi  tayanadigan  huquqiy 
negizini ikkita asosdan kelib chiqqan holda tasniflanadi: 
1)
 
turkumlanadigan  me‘yoriy  hujjatlarning  yuridik  kuchidan  qat‘iy 
nazar predmeti (mazmuni) bo‘yicha;  
2)
 
turkumlanadigan  me‘yoriy  hujjatlarning  yuridik  ahamiyati  (kuchi) 
bo‘yicha. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Xalqaro huquqning umume’tirof qilingan tamoyillar va  me‘yorlari 
hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  shartnomalarining  mazkur 
iyerarxiyadagi o‘rni ham muayyan e’tiborga sazovor. 
        O‘zbekiston  Respublikasining  qator  qonun  hujjatlarini  tahlil  etish 
asosida  bunday  xulosaga  kelish  mumkin.  Masalan,  O‘zbekiston 
Respublikasining  1995-yil  22-dekabrdagi  “Xalqaro  shartnomalar 
to‘g‘risida”gi  Qonunida
2
  xalqaro  huquq  me‘yorlariga  muvofiq 
                     
2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1995 yil, 21-son, 262-modda. 

16 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  O‘zbekiston 
Respublikasi  tomonidan  so‘zsiz  va  majburan  bajariladi”  deb  e’tirof 
etiladi.          
Mazkur 
masala, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
xalqaro 
shartnomalari,  jumladan,  sudlar  va  boshqa  huquqni  muhofaza  qilish 
organlarini  tashkil  qilish  va  faoliyati  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan 
masalalar  bo‘yicha  shartnomalari  soni  o‘sib  borayotgan  bir  paytda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
        Eng  avvalo,  ular  orasida  1966-yil  16-dekabrdagi  “Fuqarolik  va 
sisosiy  huquqlar  to‘g‘risida”gi  Pakt
3
  va  ushbu  Paktga  Fakultativ 
protokol
4
, shuningdek, MDH doirasida “Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari 
bo‘yicha  huquqiy  yordam  va  huquqiy  munosabatlar  to‘g‘risida”gi 
Konvensiya  (O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1993-yil  6-
maydagi Qarori bilan ratifikatsiya qilingan) ajralib turadi. 
Shunday qilib, “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” – 
bu  maxsus  huquq  fani  bo‘lib,  uning  doirasida  huquqni  muhofaza  qilish 
faoliyatini  amalga  oshiradigan  xalqaro  tashkilotlarning  me‘yoriy-
huquqiy  negizi,  ularning  tizimi,  tuzilishi,  organlari,  asosiy  vazifalari, 
faoliyat  yo‘nalishlari  va  milliy  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  va 
sudlar bilan hamkorlik qilish tartibi o‘rganiladi.               
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fanining 
asosiy tushunchalari, maqsadi va ahamiyati 
                     
3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi “1966-yil 16-dekabrdagi Fuqarolik va 
sisyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Paktga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Qarori 
4
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1995-yildagi  31-avgustdagi    “1966-yil  16-dekabrdagi 
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Fakultativ protokolga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Qarori 
“Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlar” fanining 
predmeti
 
Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning jinoyatchilikka 
qarshi kurashishdagi xalqaro hamkorlik amaliy faoliyati 
Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar to'g‘risidagi xalqaro-
huquqiy hujjatlar 
Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini tartibga soluvchi 
qonunchilik va xalqaro shartnomalar 

17 
 
 
        Milliy  va  xalqaro  huquq  mustaqil  huquqiy  tizimlar  sifatida  o‘zaro 
chambarchas  bog‘liqdir,  shuning  uchun  milliy  huquq  tizimlari  xalqaro 
huquq 
me‘yorlarini,  jumladan  huquqni  muhofaza  qilish  va 
jinoyatchilikka 
qarshi 
kurash 
masalalari 
bo‘yicha 
me‘yorlarni 
shakllantirishga  ta’sir  etadi.  O‘z  o‘rnida,  xalqaro  huquq  ham  milliy 
huquq tizimlariga muayyan tarzda o‘tkazadi.  
 
 
 
Xalqaro  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  va  rivojlanishining 
muayyan  bosqichida  qonuniylikning  amal  qilishi  bilan  bog‘liq 
davlatlarning  uyg‘un  irodasini  ifodalovchi  xalqaro  me‘yorlar  va 
tamoyillar  tizimi  sifatida  xalqaro  huquq  xalqaro  huquq  tartibotining 
huquqiy negizini tashkil etadi.  
Shunday  qilib,  o‘quv  fani  doirasida  xalqaro  huquq  hamda 
jinoyatchilikka  qarshi  kurash  sohasida  xalqaro  hamkorlikni  tartibga 
soluvchi davlatlar qonunchiligi o‘rganiladi.  
         Maxsus  huquqni  muhofaza  qilish  vazifasi  har  bir  davlatga  xosdir. 
Uni  amalga  oshirish  huquq-tartibotni  o‘rnatish  va  muhofaza  qilishni 
nazarda  tutgan  holda  davlat  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyatini  o‘z 
ichiga  oladi.  Davlatimiz  va  jamiyatimiz  asosiy  institutlarining  huquqni 
muhofaza 
qilishga 
yo‘naltirilganligi 
O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasidagi  tamoyillarini  o‘z  ichiga  olib,  uning  qonun-qoidalari 
va   me‘yorlariga asoslanadi. Xususan, Konstitutsiyaning 13-moddasida: 
“O‘zbekiston  Respublikasida  demokratiya  umuminsoniy  prinsiplarga 
asoslanadi,  ularga  ko‘ra  inson,  uning  hayoti,  erkinligi,  sha’ni,  qadr-
qimmati  va  boshqa  daxlsiz  huquqlari  oliy  qadriyat  hisoblanadi. 
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya 
qilinadi” deb aytilgan.  
       I.Karimov  o‘z  asarlarida  ta’kidlaganidek,  “...  Davlatimiz  va 
jamiyatimizning  xalqaro  hamjamiyat  tomonidan  e’lon  qilingan  xalqaro 
terrorchilikka  qarshi  kurash  ishida  faol  qatnashishdagi  qat‘iyligi  tobora 
katta hurmat va e’tirofga sazovor bo‘layotganini katta mamnuniyat bilan 
“Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani xalqaro huquqni 
muhofaza qilish faoliyati bilan bog‘liq bir qator tashkiliy huquqiy, qisman jinoiy- 
huquqiy va jinoiy-protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy 
aktlarnio'rganadi.
 

18 
 
ta’kidlashni xohlardim”
5
.     
       Davlat huquqni muhofaza qilishga doir vazifasining asosiy maqsadi 
inson va fuqarolarning huquq va erkinligi, davlat va jamiyatning qonun 
bilan  himoyalangan  manfaatlarini  himoya  qilish  hamda  qonun 
ustuvorligini ta‘minlashdan iborat.  
        Yuqorida  ta’kidlab  o‘tilganlarning  so‘nggisi,  boshqalari  qatorida, 
xalqaro  huquq  bilan  tartibga  solinadigan  huquqiy  munosabatlar  uning 
tamoyillaridan  kelib  chiqqan  holda  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni 
shakllantirish,  Mustahkamlash  va  qullab-quvvatlash  hamda  xalqaro 
munosabatlarning  asosiy  sharti  bo‘lgan  xalqaro  huquqiy  tartibotni 
rivojlantirishni  o‘zining  global  maqsadi  etib  belgilaganligi  bilan 
bog‘liqdir.   
        “Xalqaro 
huquqiy 
tartibot 
xalqaro 
hamjamiyatga 
a’zo 
davlatlarining xohish-istagi va o‘zaro manfaatlarni ifodalaydigan o‘zaro 
kelishuv  asosida  o‘rnatiladi  va  davlatlarning  individual  va  kollektiv 
chora-tadbirlari  va  ularning  konstitutsion  mexanizmlari,  xalqaro 
tashkilotlar va ularning organlari bilan qo‘llab-quvvatlanadi”. 
         Boshqacha  qilib  aytganda,  xalqaro  huquqiy  tartibot  – bu davlatlar 
va  boshqa  subyektlar  asosiy  ehtiyojlarini  qondirish,  ularning  tinchlik, 
xavfsizlik va riojlanish sharoitlarida mavjudligini ta‘minlash va qo‘llab-
quvvatlashga  safarbar  etilgan  xalqaro  huquq  me‘yorlari  bilan  tartibga 
solingan xalqaro (eng avvalo, davlatlararo) munosabatlar qurilmasidir
6
.     
 
 
3. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fanining 
tizimi va uning yuridik fanlar tizimidagi o‘rni 
 
         Eng  avvalo,  huquqning  kelib  chiqishi  va  mohiyatini,  jumladan 
rivojlanishning  tarixiy  qonuniyligini  o‘rganuvchi  davlat  va  huquq 
nazariyasiga e’tibor berish lozim. “Xalqaro huquqni muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlar”  fani  huquq  nazariyasida  shakllangan  asosiy  tushunchalar: 
huquq,  uning  vazifalari,  huquq  ijodkorligi,  huquq  me‘yorlari,  huquqiy 
ong, qonuniylik va boshqalarga tayanadi.  
      “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  fani  “Davlat  va 
huquq  tarixi”  fanidan  ham  ajratilmagan.  Xalqaro  tribunallar,  sudlar  va 
xalqaro  adliya  organlarini  tashkil  etishga  va  ularning  faoliyatiga  doir 
ko‘pgina  masalalarni  anglash  tarixiy  yondashuv va  huquqiy  hodisalarni 
                     
5
  I.  Karimov.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  22  avgust  2002  yil  II  chaqiriq  IX  sessiyasidagi 
ma’ruza, T. 11. – T.: O‘zbekiston, 2002. - 23-b.
 
6
 Ushakov N.A. Xalqaro huquq muammolari. - M.: Nauka, 1988. - 22 – 23 - b. 

19 
 
Fan tizimi shartli ravishda uch qismdan iborat:
 
evolyutsion  rivojlanishiga  ko‘ra  bilishga  asoslanib  o‘rganishni  talab 
etadi.  O‘quv  fani  sifatida  “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlar”  asosiy  fan  sanaladigan  va  barcha  xalqaro  xususiyatga  ega 
tarmoqlararo  maxsus fanlar (Xalqaro  ommaviy huquq, Inson huquqlari, 
Xalqaro  gumanitar  huquq,  Xalqaro  shartnomalar  huquqi  va  xalqaro 
tashkilotlar huquqi, Xalqaro tinchlik huquqi, Xalqaro jinoyat huquqi va 
boshqalar)  uchun  asosiy  va  umumiy  bo‘lgan  ta’rifini  o‘zida  mujassam 
etuvchi,  “Xalqaro  huquq”  fani  bilan  chambarchas  bog‘liq,  biroq 
“Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  fani  xalqaro  huquq 
faning faqat bir, tor doiradagi, maxsus sohasini o‘rganadi, xalqaro huquq 
esa xalqaro huquqiy munosabatlarning majmuini o‘rganadi.         
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
      “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  fani  “Davlat  va 
huquq  tarixi”  fanidan  ham  ajratilmagan.  Xalqaro  tribunallar,  sudlar  va 
xalqaro  adliya  organlarini  tashkil  etishga  va  ularning  faoliyatiga  doir 
ko‘pgina  masalalarni  anglash  tarixiy  yondashuv va  huquqiy  hodisalarni 
evolyutsion  rivojlanishiga  ko‘ra  bilishga  asoslanib  o‘rganishni  talab 
etadi.  O‘quv  fani  sifatida  “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlar”  asosiy  fan  sanaladigan  va  barcha  xalqaro  xususiyatga  ega 
tarmoqlararo  maxsus fanlar (Xalqaro  ommaviy huquq, Inson huquqlari, 
Xalqaro  gumanitar  huquq,  Xalqaro  shartnomalar  huquqi  va  xalqaro 
tashkilotlar huquqi, Xalqaro tinchlik huquqi, Xalqaro jinoyat huquqi va 
boshqalar)  uchun  asosiy  va  umumiy  bo‘lgan  ta’rifini  o‘zida  mujassam 
Birinchi qism (umumnazariy tushunchalar). “Xalqaro huquqni muhofaza 
qiluvchi tashkilotlar” fani asosiy tushunchalari, predmeti va  umumiy tavsifi, 
jinoyatchilikka qarshish sohasida asosiy xalqaro hujjatlar, xalqaro huquqni 
muhofaza qiluvchi tashkilotlarning belgilari. 
Ikkinchi qism (Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar) bir qator 
huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, jumladan Interpol, Yevropol, OLAF, 
“SHHT MATT”larning paydo bo'lish tarixi, rivojlanishi, tashkilotlar prinsipi va 
faoliyati hamda ularning tizimi va tuzilishini yoritadi. 
Uchinchi qism (Xalqaro jinoiy adliya organlari (xalqaro jinoiy yustitsiya)) 
xalqaro adliya organlari faoliyatini yoritadi. Ular: Xalqaro jinoyat sudi, harbiy 
va ad hoc sudlar, gibrid aralash sudlar va boshqalar.  Shu bilan birgalikda 
ularning paydobo'lish tarixi, rivojlanishi, tashkilotlar prinsipi va faoliyati 
hamda ularning tizimi va tuzilishini yoritadi. 

20 
 
etuvchi,  “Xalqaro  huquq”  fani  bilan  chambarchas  bog‘liq,  biroq 
“Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  fani  xalqaro  huquq 
faning faqat bir, tor doiradagi, maxsus sohasini o‘rganadi, xalqaro huquq 
esa xalqaro huquqiy munosabatlarning majmuini o‘rganadi.         
          Tabiiyki,  predmetning  “Jinoyat  huquqi”  va  “Jinoyat  protssesi 
huquqi”  fani  bilan  o‘zaro  bog‘liqligi  va  munosabati  ko‘p  qirralidir. 
Mazkur  sohaviy  fanlar  fuqarolar,  insonlar  hayoti  va  sog‘ligi  sohasidagi 
jinoyatlarga  qarshi  kurash,  terrorchilik,  iqtisodiy  va  boshqa  jinoiy 
huquqbuzarliklarga 
qarshi 
kurash 
muammolari 
haqida 
hamda 
jinoyatlarni  ochishning  protsessual  tartibi,  ularni  sodir  etishda  aybdor 
shaxslarni  aniqlash  va  bunday  shaxslarga  nisbatan  huquqiy  ta’sir 
o‘tkazish chora-tadbirlarini belgilash to‘g‘risida tushuncha beradi.  
          Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlarning  faoliyati 
asosan  ular  tomonidan  olib  boriladigan  faoliyatning  mohiyati,  amalga 
oshiriladigan  aniq  harakatlarning  tartibi  (jarayoni)  bilan  bog‘liqdir. 
Shuningdek,  huquqni  muhofaza  qilish  tashkilotlari  faoliyatida  uning 
mazmuni, ya’ni ular qarshi kurashadigan jinoyatlarning aniq turlari ham 
muhim ahamiyat kasb etadi.  
 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
 
“Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  fanining 
predmeti.  
2.
 
“Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  faniga 
umumiy tasnif bering. 
3.
 
Yuridik  kadrlarni  tayyorlashda  “Xalqaro  huquqni  muhofaza 
qiluvchi tashkilotlar” fanining dolzarbligi. 
4.
 
Yuridik  fanlar  tizimida  “Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlar” fanining o‘rni. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

21 
 
 
 
II BOB 
XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI FAOLIYAT 
 
 
1. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat tushunchasi va 
mohiyati, uning belgilari. Xalqaro huquqiy tartibot va xalqaro huquqni 
muhofaza  qiluvchi  faoliyat.    2.  Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
faoliyatning asosiy yo‘nalishlari. 3. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi 
faoliyatning  prinsiplari.  4.  Xalqaro  sud  faoliyati.  Xalqaro  huquqni 
muhofaza qiluvchi faoliyatni takomillashtirish muammolari. 
 
1. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat tushunchasi va 
mohiyati, uning belgilari. Xalqaro huquq-tartibot va xalqaro 
huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat. 
 
Hozirgi  zamonda  ijtimoiy  jihatdan  xavfli  hodisa  bo‘lmish 
jinoyatchilikni  keltirib  chiqaruvchi  yangi  sharoitlar  va  omillar 
uchramoqda.  Dunyoda  jinoyatchilik  holatini  tahlil  qilish  uning  misli 
ko‘rilmagan  darajada  o‘sib  borayotganini  hamda  davlatlar  va  ularning 
fuqarolari uchun haqiqiy xavf tug‘dirayotganini ko‘rsatmoqda. 
 
 
 
Jinoyatchilik  allaqachon  milliy  chegaralar  bilan  cheklanib  qolmay, 
tobora    transchegaraviy  tus  olmoqda.  Hozirda  shunday  holat  yuzaga 
keldiki,  davlatlar  allaqachon  mustaqil  ravishda  ko‘pgina  jinoyatlarga 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling