Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat 
Xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq funksiyalarining hosilasi 
hisoblanadi; 
Xalqaro munosabatlar qatnashchilari va xalqaro huquq subyektlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq va huquqlarning 
ustuvorligini ta‘minlash va himoya qilishning amaliy faoliyati

22 
 
qarshi  kurasha  olmayapti.  Shuning  uchun  davlatning  jinoyatchilikka 
qarshi  kurashdagi  hayotan  muhim  bo‘lgan  manfaatlari  himoyalanishini 
ta‘minlash  kuchlarni  ham  milliy  ham  xalqaro  darajada  birlashtirishni 
talab etadi.  
Muayyan  jinoyatlarning  oldini  olish,  aniqlash  va  to‘xtatish  hamda 
butun  jinoyatchilikka    qarshi  kurashda  xalqaro-huquqiy  chora-tadbirlar 
muhim  o‘rin  egallaydi.  Biroq,shuni  ta
‘kidlab  o‘tish  joizki,  davlatlar  va 
ularning  vakolatli  organlari  milliy  miqyosda,  odatda,  ma
‘muriy 
huquqbuzarlik 
deb 
tasniflanadigan 
boshqa, 
xavfli 
bo‘lmagan 
huquqbuzarliklarga  qarshi  kurashda  barcha  kuchlarni  birlashtiradilar. 
Masalan,  bu  jismoniy  shaxslar  tomonidan  sodir  etiladigan,  giyohvand 
vositalar 
va 
psixotrop 
moddalarning 
noqonuniy 
ayriboshlash 
to‘g‘risidagi Konvensiyada (1988-yil) nazarda tutilgan g‘araz niyatlarda 
giyohvand moddalarni shaxsiy iste
‘mol uchun saqlash, harid qilish yoki 
kultivatsiyalash holatlaridagi huquqbuzarliklarga tegishlidir.  
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati    -  bu  xalqaro 
munosabatlarda  huquq  va  xalqaro  huquqning  ustunligini  muhofaza 
qilish  va  ta‘minlash  bo‘yicha  amaliy  faoliyat  bo‘lib,  bunda  huquqiy 
ahamiyat  kasb  etmasdan  xalqaro  munosabatlar  va  xalqaro  huquqqa  xos 
vazifalardan  kelib  chiqqan  mazkur  tushunchaning  keng  qamrovli 
ma
‘nosi nazarda tutiladi.   
 
Dunyo  mamlakatlari  huquqning  ustunligi
7
  va  xalqaro  huquqqa 
asoslangan  xalqaro  tartib  tarafdori  bo‘lib,  bu  davlatlarning  birgalikda 
                     
7
Mojaroli va  mojarodan keyingi jamiyatlarda o‘tish davri huquq va odil sudlovning ustunligi. Bosh kotib 
ma’ruzasi. – BMTning S/2004/616, 23 avgust 2004 yildagi hujjati; Huquqning milliy va xalqaro darajada ustunligi. 
Bosh kotibning oraliq ma’ruzasi. – BMTning A/62/261, 15 avgust 2007 yildagi hujjati; Huquqning milliy va xalqaro 
darajada ustunligi. Bosh kotibning ma’ruzasi. – BMTning A/63/64, 12 mart 2008 yildagi hujjati 

23 
 
tinch-totuv yashashi va o‘zaro hamkorlik qilishi uchun zarur.  
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati  turli  yo‘nalish  va  bir 
nechta  darajalarda  amalga  oshiriladi.  U  o‘zining  huquqiy  boshqaruvi 
xususiyatiga  ko‘ra  rasmiy  va  norasmiy  hamda  ko‘lami  jihatidan  ikki 
tomonlama  va  ko‘p  tomonlama  bo‘lishi  mumkin.  Mazkur  faoliyatning 
turli  darajalari  muqobil  emas,  balki  bir-birini  to‘ldiruvchi  unsurlar 
hisoblanadi.  
Xalqaro  maydonda  huquqni  muhofaza  qilish  sohasidagi  ko‘pgina 
chora-tadbirlar jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Mazkur  sohada  xalqaro  hamkorlik  quyidagi  shakllarda  bo‘lishi 
mumkin: 
1)  Ushbu  sohada  xalqaro  kelishuvlar  tuzish  va  boshqa  turdagi 
xalqaro hujjatlarni ishlab chiqish
2)  Davlatlarning 
xalqaro 
majburyatlarni 
amalga 
oshirishga 
qaratilgan milliy normativ huquqiy aktlarni qabul qilish; 
3)  O‘zaro  ma‘lumotlar  bilan  almashinuv  hamda  jinoyatning  oldini 
olish,  bartaraf  etish,  aniqlash  va  ayblanuvchi  shaxslarni  qidiruvini 
amalga oshirishda hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
4)  Jinoiy  ishlarni  adolatli  hal  etishda  o‘zaro  hamkorlik  hamda 
o‘zaro  tajribalar,  qonunchilik  va  boshqa  normativ  huquqiy  aktlar  bilan 
almashinuv; 
5)  O‘zaro  almashinuv  asosida  maxsus  texnika  va  boshqa  vositalar 
bilan almashish; 
6)  Kadrlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirishda 
hamkorlik qilish;  
7)  O‘zaro  ilmiy  izlanish  ishlarini  amalga  oshirish,  mustaqil 
izlanishlar  natijasida  aniqlangan  ma‘lumotlarni  o‘zaro  almashish  va 
boshqa o‘zaro maqbul shakllar. 
        “Huquqni muhofaza qilish” va “Xalqaro huquqni muhofaza qilish” 
tushunchalarini  keng  manoda  anglash  orasida  nafaqat  muayyan 
o‘xshashlik, balki ancha sezilarli darajadagi farq ham bor.  
        Davlatning  huquq  ijodkorligi,  huquqni  tatbiq  etish  va  odil  sudlov 
mazkur  faoliyatning  xalqaro  darajadagi  tegishli  davlat  boshqaruv 
organlari  –  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sudning  mavjudligidan 
farq  qiladi.  Xalqaro  munosabatlar  va  zamonaviy  xalqaro  huquqning 
o‘ziga xos xususiyati esa huquq ijodkorligi, huquqni tatbiq etish va odil 
sudlov  uchun  ishlab  chiqilgan  tegishli  nodavlat  apparatining  mavjud 
emsligidir.  
Shunga qaramay, xalqaro huquqni muhofaza qilish faoliyat maxsus 

24 
 
vakolatli  subyektlar  (davlat  darajasidagi  ichki  huquqni  muhofaza  qilish 
faoliyatdagi  kabi)  uchun  emas,  balki  xalqaro  munosabatlarning  barcha 
ishtirokchilari  va  xalqaro  huquqning  barcha  subyektlari  uchun  xos 
bo‘lib,  bunda  faqat  ular  tomonidan  amalga  oshiriladigan  vakolatlar 
ko‘lami farq qiladi xolos.  
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati  quyidagi  muhim 
belgilarga ega:  
-  mazkur  faoliyat  har  qanday  usul  bilan  emas,  balki  faqat  yuridik 
ta‘sir  etish  choralari  yordamida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Ular 
qatoriga  xalqaro  yuridik  majburiy  va  pul  mablag‘lari  undirish  choralari 
kiradi.  Masalan,  agar  xalqaro  darajadagi  jinoyat  sodir  etilgan  bo‘lsa, 
xalqaro  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  jazo  chorasi  yoki  boshqa 
ta‘sir  etish  chorasi  belgilanishi  mumkin;  agar  mol-mulkka  zarar 
yetkazilgan  bo‘lsa,  zararni  qoplash  uchun  majburiyat  yuklatilishi 
mumkin.  
-  uni  amalga  oshirish  davomida  qo‘llaniladigan  yuridik  ta‘sir  etish 
choralari xalqaro  qonun hujjatlari  me‘yorlariga to‘liq  mos kelishi shart. 
Ular  ta’sir  etishning  real  choralari  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qilishi  va 
uning mazmunini aniq belgilashi mumkin
-  muayyan  jarayonlarga  amal  qilgan  holda  belgilangan  tartibda 
amalga  oshiriladi.  Masalan,  jinoiy  jazoni  belgilaydigan,  undan  ozod 
etadigan yoki sudlanuvchini oqlaydigan Xalqaro jinoyat sudining hukmi 
faqat sud tekshiruvi va protsessual holatlar bilan aniq belgilangan barcha 
masalalarni  sud  tomonidan  har  tomonlama  muhokama  qilinishidan 
keyingina  chiqarilishi  mumkin.  Muhokama  maxsus  ajratilgan  joyda 
uning  sirligini  ta‘minlagan  va  boshqa  qonun-qoidalarga  amal  qilgan 
holda amalga oshirilishi kerak; 
- xalqaro sudlar dalolatnomalarining bajarilishi, eng avvalo, tegishli 
tartibda tayyorgarlikdan o‘tgan xizmatchilar, ko‘pincha, huquqshunoslar 
hamda  boshqa  sohalarda  bilimga  ega  bo‘lgan  mutaxassislarga  ega 
bo‘lgan maxsus vakolatli organlar zimmasiga yuklatiladi. Zarur moddiy-
texnik vositalar ularning ixtiyoriga topshiriladi.  
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati  xalqaro  munosabatlar 
subyektlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  tadbirlar  majmuini  o‘z 
ichiga oladi. 
Shuning  uchun  Prezident  I.Karimovning:  “…shu  bilan  birga,  bu 
zimmasiga  yuklatilgan  xalqaro  majburiyatlarga  so‘zsiz  amal  qilish  va 
ularni  bajarish,  BMT  Ustavi  va  qabul  qilingan  xalqaro  huquq 
me‘yorlarining  talablariga  qat‘iy  amal  qilish  demakdir.  Bu  do‘st  bo‘lib 

25 
 
yashashga, yaqin va uzoq qo‘shnilar bilan hamkorlik qilishga intilishdir. 
Bu  o‘zimiz  uchun  erishish  kerak  bo‘lgan  dunyo  hamjamiyatidagi 
munosib o‘rindir”
8
 - deb aytgan so‘zlarini ta’kidlash joiz. 
“Me‘yor  ishlab  chiqish  usullari  nuqtai  nazaridan  milliy  va  xalqaro 
huquq Mustaqil tizimlar bo‘lib, huquqni tatbiq etish nuqtai nazaridan esa 
ular  chambarchas  bog‘liqdir”
9
.  Shuning  uchun  jinoyatchilikka  qarshi 
kurashda  xalqaro  hamkorlik  davlat  darajasida  amalga  oshiriladigan 
mazkur faoliyatning asosiy shakllarisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Masalan,  BMT  Bosh  kotibi  ma‘lumotlariga  ko‘ra,  Birlashgan 
millatlar  tashkiloti  tizimidagi  turli  organlar,  tashkilotlar,  bo‘linmalar, 
departamentlar,  jamg‘armalar  va  dasturlar  tomonidan  huquqning 
ustunligini mustahkamlash maqsadida bir vaqtning o‘zida 500 dan ortiq 
turli toifadagi tadbirlar amalga oshirilmoqda
bookmark6
10

BMT  tomonidan  huquqning  ustunligini  mustahkamlashsohasida 
                     
7
 И. Каримов Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси II чақириқ IX сессиясидаги нутқи, 2002  й., 
29 август.
 

Халқаро ҳуқуқ: Дарслик. Масъул муҳаррирлар: Ю.М. Колосов, Э.С. Кривчикова. - М.: Междунар. 
отношения, 2000. – 10 б.
 
9
Волеводз  А.Г.  Международные  правоохранительные  организации:  Учебное  пособие  –  М.: 
Проспект, 2011.14 б. 

26 
 
milliy miqyosda quyidagilar amalga oshirilmoqda: 
 
a)  ma’muriy  muassasalarni  mustahkamlash,  amaldor  shaxslar  va 
nodavlat  tashkilotlar  salohiyatini  mustahkamlash,  amaldor  shaxslar  va 
nodavlat  muassasalarga  texnik  yoki  boshqa  yordam  ko‘rsatishga 
qaratilgan tadbirlar; 
 
b) sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyatini mustahkamlash, 
odil  sudlov  va  odil  sud  jarayoniga  kirish  huquqini  ta‘minlash; 
odilsudlovning  oddiy,  an’anaviy  va  jamoaviy  mexanizmlari  va 
munozaralarni hal etishni Mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar. 
Milliy huquq ijodkorligi kabi xalqaro huquq subyektlari tomonidan 
ham  xalqaro  darajada  me‘yorlar  ishlab  chiqilmoqda.  Davlat  miqyosida 
huquqni  tatbiq  etish  faoliyati  xalqaro  munosabatlarda  huquqni  tatbiq 
etishga o‘xshash, xalqaro odil sudlov esa davlat miqyosidagi odil sudlov 
kabidir.  
 
2. Xalqaro huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari 
 
Jinoyatchilikka  qarshi  kurash  sohasida  amal  qilayotgan  xalqaro 
shartnomalarning  mazmuni  va  ularni  amaliyotga  tatbiq  etish 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlikning  asosiy 
yo‘nalishlari bugun quyidagilar ekanligini belgilash imkonini beradi: 

 
xalqaro huquq darajasida jinoyatchilik va ayrim ijtimoiy jihatdan 
xavfli  xatti-harakatlarning  jazolanishini  belgilash  bo‘yicha  kelishilgan 
chora-tadbirlarni amalga oshirish yoki boshqacha qilib aytganda xalqaro 
jinoyatlar va xalqaro xususiyatga ega jinoyatlarni kriminallashtirish; 

 
xalqaro  shartnomalarni  ishlab  chiqish  va  tuzish,  boshqa  xalqaro 
huquq  qonun  hujjatlarini  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  sohasidagi 
davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar  va  ularning  organlari  faoliyati  uchun 
huquqiy asos sifatida qabul qilish; 

 
xalqaro  shartnomalarni  tuzish  va  ular  tomonidan  tegishli 
vakolatlarni  amalga  oshirish  tartibi,  xalqaro  odil  sudlovni  amalga 
oshirishning  protsessual  tartibi  hamda  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish 
davlatlar hamkorligini tartibga soluvchi hujjatlarni nashr qilish

 
shartnoma  asosida  va  boshqa  xalqaro  huquqiy  asosda 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  faoliyatini  amalga  oshiradigan 
xalqarotashkilotlar va ularning organlarini ta
‘sis etish va shakllantirish; 

 
sodir  etilishi  kutilayotgan  yoki  sodir  etilgan  jinoyatlarni 
to‘xtatish,  jumladan,  zarur  holatlarda  tezkor-qidiruv  harakatlarini 

27 
 
(xalqaro shartnomalarga oid atamalar bo‘yicha “maxsus tekshiruv”) olib 
borish orqali; 

 
jinoyat ishlari bo‘yicha sud jarayonida huquqiy yordam ko‘rsatish 
(jinoyatchilarni  qaytarib  berish,  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  o‘zaro  huquqiy 
yordam, xorijiy davlatlar so‘rovlari bo‘yicha jinoiy ta‘qib qilish, xorijiy 
sudlar hukmlarini ijro etish shaklida); 

 
xalqaro  jinoyatlar  bo‘yicha  odil  sudlovni  amalga  oshirish,  jinoiy 
ta‘qib  qilish  va  jinoyat  sodir  etgan  shaxslarni  jazolash  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va ularning organlari faoliyati

 
xalqaro  jinoyatlarsodir  etgan  shaxslarga  belgilangan  jinoiy 
jazolarni (jumladan, xorijiy sudlar tomonidan) ijro etish; 

 
penitensiardan keyingi ta’sir etish choralari; 

 
jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish 
standartlarini  ishlab  chiqish,  xalqaro  darajada  jinoyatchilikka  qarshi 
kurash faoliyatini muvofiqlashtirish; 

 
jinoyatchilikka qarshi kurashda moddiy, kasbiy, texnik va boshqa 
yordam ko‘rsatish
11

 
3. Xalqaro huquqni muhofaza qilish faoliyatining prinsiplari 
 
         Jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlik  davlatlararo 
faoliyatning 
o‘ziga  xos  Mustaqil  yo‘nalishi  sifatida  qator 
tamoyillarga  ega.  Jinoyatchilik  va  jinoyat  xalqaro  hamkorlikning 
mazkur yo‘nalishi ta‘sir ko‘rsatish predmeti hisoblanadi. 
 
Shu  bilan  birga,  ko‘pgina  mamlakatlar  qonunchiligida  jinoyatlarga 
nisbatan  u  yoki  bu  davlat  yurisdiksiya  tamoyilining  amal  qilinishi 
                     
10
  А.Волеводз.  Халқаро  ҳуқуқни  муҳофаза  қилувчи  ташкилотлар.  Ўқув  қўлланма  –  М.:  Проспект, 
2011. 14 б. 
Xalqaro huquqni muhofaza qilish faoliyatining prinsiplari 
-
 
qonuniylik;
 
-
 
ommaviylik (rasmiylik);
 
-
 
qonun va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida fuqarolarning tengligi;
 
-
 
shaxsiy, turar joy, yashirin yozishmalar, fuqarolarning shaxsiy hayoti, yashirin 
telefon muloqotlar va telegraf xabarlarning daxlsizligi;
 
-
 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan 
ta‘minlanadi; 
-
 
aybsizlik prezumpsiyasi;
 
-
 
huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati ochiqligi;
 
-
 
gumanizm;
 
-
 
demokratizm.
 
-
 
 

28 
 
belgilanganligi  sababli  yaqin  vaqtgacha  xalqaro  hamkorlikning  ta‘sir 
doirasi  ko‘pincha  xalqaro  huquq  manbalarida  belgilangan  jinoyatning 
faqat ayrim turlariga nisbatan qo‘llanilar edi.  
Turli 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan 
shaxslar 
xalqaro 
maydonda 
huquqbuzarlikka  qarshi  kurash  ishtirokchilari  hisoblanadi.  Shu  bilan 
birga, oxirgi paytda xalqaro maydonda xalqaro xavfli jinoyatlarga qarshi 
kurashda  kuchlarni  faollashtirish  va  muvofiqlashtirish  maqsadida 
davlatlar  ko‘pincha  maxsus  xalqaro  organlarni  tashkil  etadilar,  xalqaro 
tashkilot  maqomiga  ega  bo‘lmagan  uyushmalarni  ta’sis  etadilar  yoki 
mavjud bo‘lganlarini ishlatadilar. 
Turli  shakldagi  xalqaro  hukumatlararo  tashkilotlar  jinoyatchilikka 
qarshi kurashda ishtirok etadilar. Ularning ba’zisi jinoyatchilikka qarshi 
kurashda  bilvosita  ishtirok  etadilar  (jinoyatchilikka  qarshi  kurashda 
ishtirok  etuvchi  xalqaro  tashkilotlar).  Masalan,  BMT,  XDT,  FAXT, 
XAEA  va  boshqalar.  Lekin  ta’kidlash  joizki,  ko‘pgina  mazkur  xalqaro 
tashkilotlarlarning  roli  ular  doirasida  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
maxsus tuzilmalarini (BMT KTK, MDH ATM, ShHT MATT, Yevropa 
Ittifoqi agentligi) tashkil etilishi sababli tobora o‘sib bormoqda. Boshqa 
xalqaro  tashkilotlar  esa  mazkur  faoliyatda  bevosita  qatnashadilar 
(Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar). Ular qatoriga Interpol 
(Xalqaro politsiya tashkiloti) va Yevropol (Yevropa politsiya tashkiloti) 
kiradi. 
Xalqaro  jinoyat  adliya  tizimi  takomillashib  bormoqda.  Shu 
kungacha  butun  dunyo  hamjamiyatiga  tahdid  soluvchi  o‘ta  og‘ir 
jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni ta‘qib qilish uchun vaqtincha xalqaro 
sudlar (tribunallar) – ad hoc (maxsus shu uchun, faqat shu holat uchun – 
lotin.)  tuzilar  edi.  Hozirgi  kunda  ad  hoc  organlari  bilan  birga  doimiy 
Xalqaro jinoyat sudi faoliyat ko‘rsatmoqda.  
 
4. Xalqaro sud faoliyati. Xalqaro huquqni muhofaza qilish 
faoliyatini takomillashtirish muammolari 
 
Xalqaro  jinoyat  sudlarini  va  tribunallarni  shartli  ravishda  ikki 
toifaga bo‘lish mumkin: 
- ad hoc tribunallari: 
a)  Ikkinchi  jahon  urushida  g‘olib  davlatlarning  bitimi  asosida  takil 
etilgan  xalqaro  tribunallar  (Yevropa  mamlakatlarining  asosiy  harbiy 
jinoyatchilarini  sudlash  va  jazolash  uchun  tuzilgan  Xalqaro  harbiy 
tribunal  1945  y.,  Uzoq  SHarq  mamlakatlari  uchun  Xalqaro  harbiy 

29 
 
tribunal  1946  y.)  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  rezolyutsiyalari  asosida 
tuzilgan  tribunallarni  (sobiq  Yugoslaviya  hududida  sodir  etilgan  jiddiy 
xalqaro  gumanitar  huquqbuzarliklar  uchun  javobgar  shaxslarni  sud 
qilish uchun Xalqaro tribunal 1993 y., Raunda bo‘yicha Xalqaro tribunal 
1994 y.); 
b) xalqaro maqomga ega davlat ichki sudlari va tribunallar, masalan, 
Syerra-Leone  bo‘yicha  Maxsus  sud  va  Kambodjada  tuzilgan  “qizil 
kxmerlar” ustidan sud qilish uchun Favqulodda palatalar va boshqalar;  
-  doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  tribunallar.  Bugungi  kunda  Xalqaro 
jinoyat sudi – dunyodagi yagona ana shunday organ hisoblanadi
12

Umuman  olganda,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyatini 
takomillashtirish  bilan  bog‘liq  muammolar  murakkab  yurisdiksiya 
xususiyatiga 
ega 
hamda 
xalqaro 
jinoyat 
huquqi 
tizimining 
serqirraligidan iboratdir.  
Jinoyatlar va boshqa turdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash turli 
xalqaro  huquqiy  maqom  va  huquqiy  tartibotga  ega  quruqlik,  dengiz  va 
havo  sathi  chegaralarida  amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari  bu 
huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar, ular joylashgan obyektlar (havo 
va  suv  kemalari,  qit‘a  shelfidagi  statsionar  platformalar  va  b.)  hamda 
huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati  subyektlari  turli  huquqiy  maqomga 
egadirlar.  Mazkur  shart-sharoitdan  kelib  chiqqan  holda,  davlatlar  va 
ularning  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  mazkur  sohada  chora-
tadbirlarni 
amalga 
oshirishda 
turli 
imkoniyatlarga 
ega. 
Ular 
“yurisdiksiya” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Eng  avvalo,  davlat  yurisdiksiyaning  ikkita  bir-biri  bilan  bog‘liq 
tarkibiy  qismiga  e‘tibor  qaratish  lozim  –  qonunchilik  (majburiy) 
yurisdiksiya,  ya‘ni  uni  o‘rnatish  mumkin  bo‘lgan  va  davlat  tomonidan 
ijro  etilishi  mumkin  bo‘lgan  ijro  etuvchi  yurisdiksiya.  Ular  huquqni 
muhofaza qilish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.  
Nazariy  jihatdan  davlatlar  o‘z  qonunchiligi  yordamida  ularning 
fuqarolari va obyektlariga, boshqa muhim manfaatlariga turli jabhalarda 
tahdid soluvchi barcha jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan 
yurisdiksiya o‘rnatishlari  mumkin. Xususan, davlatlar chet el fuqarolari 
tomonidan  ularning  hududidan  tashqarida  sodir  etilgan  jinoyatlarga, 
xatto  kosmik  kemalar  bortida  sodir  etilgan  bo‘lsada,  agar  bu  xatti-
harakatlar 
mazkur 
davlatlarga 
qarshi 
yo‘naltirilgan 
bo‘lsa, 
ularganisbatan  ham  o‘rnatishlari  mumkin.Bundan  tashqari  o‘z 
                     
11 
Игнатенко Г.В. Халқаро жиноят суди  халқаро  ҳуқуқ  субъекти сифатида // Россия халқаро  ҳуқуқ 
солномаси 2003. Махсус нашр. СПб, 2003. 12-17 б. 

30 
 
yurisdiksiya  doirasida  amalga  oshirishda  davlatlarning  imkoniyatlari 
cheklangandir.  Ular  mazkur  davlatlar  suvereniteti,  xorijiy  davlatlar 
suvereniteti  ta’sir  doirasi  va  xalqaro  huquq  bilan  belgilanadi.  Shuning 
uchun  ijro  etuvchi  yurisdiksiya  chegaralari  allaqachon  qonunchilik 
yurisdiksiya chegaralari bo‘lishi mumkin. 
Jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  hamkorlik  qilishni  huquqiy 
jihatdan tartibga solish politizim xususiyatga ega, chunki u ham xalqaro 
ham  davlat  ichki  me‘yorlari  bilan  bog‘liq,  unda  ishtirok  etuvchi 
mamlakatlarning  huquq  tizimi  mazkur  ikki  mustaqil  huquqiy  tizim 
me‘yorlariga tayanadi.  
Yuqorida  ta
‘kidlab  o‘tilgan  hamkorlik  qilish  yo‘nalishlari  xalqaro 
shartnomalar bilan tartibga solinadi. Mazkur shartnomalar milliy va chet 
el  adabiyotida  turli  ta
‘riflarning  mavjudligiga  qaramay,  uning 
subyektlari  o‘rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  tamoyillardan 
iborat,  maxsus  huquiy  tizim  sifatida  e
‘tirof  etiladigan  xalqaro  huquq 
manbalaridan biri hisoblanadi.  
Yuqorida  eslatib  o‘tilgan  hamkorlikning  har  bir  shakliga  tegishli  me‘yorlarni  o‘zida 
mujassam etgan BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatga qarshi Konvensiyasini (2000) misol 
tariqasida  keltirish  mumkin.  Ba’zi  shartnomalar  faqat  ulardan  biriga  tegishli  bo‘lgan 
me‘yorlardan  tarkib  topgan.  Masalan,  1957-yil  13-dekabrdagi  “Jinoyatchilarni  ushlab  berish 
to‘g‘risida”gi Yevropa konvensiyasi va 1959-yilda 20-apreldagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro 
huquqiy  yordam  ko‘rsatish  to‘g‘risida”gi  Yevropa  konvensiyasi  faqat  jinoyat  sudlov  sohasida 
huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solishga bag‘ishlangandir. 
 
Ta‘kidlab  o‘tilgan  hamkorlik  qilish  yo‘nalishlarining  ayrimlari 
(xalqaro  jinoyatlar  tadqiqoti,  ularni  sodir  etishda  aybdor  shaxslarni 
jinoiy  ta‘qib  qilish  va  jazolash)  alohida  xususiyatlarga  ega,  chunki  ular 
xalqaro  tashkilotlar  va  organlar  vakolat  doirasiga  masalan,  Xalqaro 

31 
 
jinoyat sudi vakolatiga kiradi. 
NAZORAT SAVOLLARI: 
 
1.
 
Keng  va  tor  doiradagi  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati 
tushunchasiga ta’rif bering. 
2.
 
Huquqni 
muhofaza 
qilish 
faoliyatining 
tashkiliy-huquqiy 
shakllarini yoriting.  
3.
 
Huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati  tushunchasi  va  belgilarini 
ayting. 
4.
 
Huquqni  muhofaza  qilish  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlarini 
yoriting. 
5.
 
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining prinsiplarini ochib bering. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling