Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar
Aralash (gibrid) xalqaro jinoyat sudlar (tribunallar)ning umumiy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Syerra-Leone bo‘yicha Maxsus sud (tribunal)
- Syerra-Leonebo ‘yichamaxsussudningtashkiliytuzilmasi
- 3. Livan bo‘yicha maxsus tribunal. Kosovo hududidagi aralash (gibrid) sudlar
- Kosovo hududidagi aralash (gibrid) sudlari.
- (BMTKMOM) 25.07.1999 dagi № 1999/1 son «Kosovodagi muvaqqat Ma’muriyat organi to‘g‘risida »gi farmoyishi 101 hiso
1. Aralash (gibrid) xalqaro jinoyat sudlar (tribunallar)ning umumiy tushunchasi, belgilari va turlari. "Aralash (gibrid)" tushunchasi xalqaro jinoiy sudi organlariga nisbatan qo‘llaniladi va bu belgilar ichida quyidagilar alohida o‘rin egallaydi: Birinchidan, ularning faoliyati va yurisdiksiya tartibi xalqaro huquq normalari (BMT bilan shartnomalar va boshqa xalqaro shartnomalar) va milliy qonunchilik normalari (Jinoyat-protsessual) majmui bilan belgilanadi. Ikkinchidan, bu sudlar tomonidan amalga oshiriladigan moddiy huquqiy-huquqiy asoslari aralash bo‘lib, bu sudlar tomonidan qo‘llaniladigan huquq xalqaro hamda ichki davlatchilik jinoyat huquqi normalarini o‘z ichiga oladi. Uchinchidan, mazkur sud organlari sudyalar, prokurorlar, tergov sudyalari, ma’muriy personal aralash tarkibiga ega bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat sud davlat vakillarini balki jinoyat protsessi xalqaro (chet el) ishtirokchilarni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchidan, ularni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomalar himoya tomonidan milliy va xalqaro (chet el) himoyachilarini taklif etish imkoniyatini beradi. Beshinchidan, shartnomaga asoslangan organlar sifatida, aralash sudlar ularning suddan tashqari ma’muriy va moliyaviy faoliyatiga nisbatan avtomatik ravishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hech qanday mavjud tizimga bog‘lab qo‘yilmagan. Oltinchidan, bu sudlar aralash (gibrid) ichki va xalqaro huquqiy layoqatga ega. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan imzolangan shartnomalarga ko‘ra, ular shartnomalar tuzish, ko‘char va ko‘chmas mulkni sotib olish va ularni tasarruf etish, huquqiy muhokamalarni qo‘zg‘atish, davlatlar bilan ularning funksiyalarini bajarishi va mazkur sudlarning faoliyat yuritishi uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan shartnomalar tuzish huquqi berilgan. Muassasaning va faoliyatning aralash (gibrid) tavsifdaligini 135 inobatga olib ushbu maxsus sudlar tashkil etilish obekti bo‘lgan davlatlarning sud tizimiga kirmaydi, "Tashqi" Sudlar hisoblanadi 95 Xalqaro jinoyat huquqiga bunday aralash (gibrid) sudlarning ikki turi ma‘lum: - Davlatlarning BMT bilan xalqaro shartnomalariga muvofiq va uning asosida tuzilgan maxsus sudlar; - BMTning muvaqqat ma’muriyati tomonidan tinchlikparvarlik operatsiyalari amalga oshiriladigan davlatlar hududida tuziladigan sudlar; - Birinchi turdagi aralash (gibrid) sudlarga BMT bilan xalqaro shartnomalariga muvofiq va uning asosida tuzilgan Syerra Leoni maxsus sudi va Livan bo‘yicha maxsus tribunal kiradi; Ikkinchi turdagi aralash sudlarning xususiyati, ularning Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’muriy mandatiga taqdim qilingan tinchlikparvar missiyalar bilan ta’sis etilishida namoyon bo‘ladi. Ularga ko‘ra, ular tinchlikparvar operatsiyalar o‘tkaziluvchi hududlarda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini bajaradi. Aynan shunday keng mandat BMT Xavfsizlik Kengashi 1244 (1999) 1 rezolyutsiyasi bilanBMTning Kosovodagi muvaqqat ma’muriyati missiyasiga taqdim etilgan, BMT Xavfsizlik Kengashi 1272 (1999)-son rezolyutsiyasi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sharqiy Timordagi (UNTAET) Muvaqqat ma’muriyatiga taqdim etilgan 96 . Har ikkala turdagi aralash (gibrid) jinoiy sudlar umumiy jihatlardan tashqari bir qator farqlarga ham ega bo‘lib, tegishli davlatlar sud tizimidagi ularning maqomi bu borada markaziy o‘rinni egallaydi. Shunday qilib, BMT bilan shartnomalar asosida tashkil etilgan sudlar, tegishli davlatlarning sud tizimiga kirmaydi va bu davlatlarning sudlari uchun "tashqi" hisoblanadi. BMT Muvaqqat Ma’muriyati tomonidan ta’sis etilgan sudlar esa bu davlatlar sud tizimiga kiradi, uning bir qismi hisoblanadi, biroq maxsus predmetli yurisdiksiyani amalga oshirishda “aralash” tavsifga ega. Ikkinchi asosiy farq xalqaro huquqiy layoqatga egalik bilan belgilanadi. BMT bilan shartnomalar asosida ta’sis etiladigan sudlar ularga shartnomalar tuzish, ko‘char va ko‘chmas mulkni sotib olish va ularni tasarruf etish, huquqiy muhokamalarni qo‘zg‘atish, davlatlar bilan ularning funksiyalarini bajarishi va mazkur sudlarning faoliyat yuritishi 95 А.Волеводз. Международные правоохранительные организации: учебное пособие – М., Проспект, 2011. С.149. 96 См.: Документ ООН S/2002/246, 8 March2002 //http://www.un.org. 136 uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan shartnomalar tuzish huquqini bergan aralash (gibrid) ichki davlat va xalqaro huquqiy layoqatga ega. Tinchlikparvar missiyalar tomonidan ta’sis etilgan aralash sudlar ichki davlat huquqiy layoqatiga ega bo‘lib, ularning xalqaror huquqiy layoqati teggishli missiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqariaralash (gibrid) sudlar o‘zlarining yurisdiksiyaga ko‘ra farqlanadi. Hududiy yurisdiksiyasi ular ta’sis etilgan tegishli davlatlar hududi bilan chegaralangan xalqaro shartnomalar asosida tuzilgan sudlardan farqli o‘laroq, personal – faqat cheklangan shaxslar doirasiga taalluqli, BMT tinchlikparvar missiyalari tomonidan nazorat qilinuvchi aralash sudlar universal hududiy va personal Yurisdiksiyaga ega. 2. Syerra-Leone bo‘yicha Maxsus sud (tribunal) Syerra-Leone bo‘yicha Maxsus sud o‘rtasidagi BMT Xavfsizlik Kengashining 14.08.2000 yildagi 1315(2000)-son Rezolyutsiyasi ijrosi yuzasidan BMT va Syerra-Leone hukumati o‘rtasida tuzilgan Shartnoma asosida ta’sis etilgan. Uning ustavi 2002-yil 16-yanvardan kuchga kirgan. 97 Uni imzolashga Syerra-Leone davlati va hukumat nomidan davlat prezidentining BMT Bosh kotibi nomiga yozgan xatida ifodalangan Syerra-Leoneda samarali va ishonchga sazovor sud tashkil etishda ko‘maklashish to‘g‘risidagi murojaati turtki bo‘ldi. 2002-yil 16-yanvarda imzolangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Syerra-Leone hukumati o‘rtasida Syerra-Leonebo‘yicha Maxsus sudni ta’sis etash to‘g‘risida shartnoma imzolangan. Shartnomaga uning ajralmas qismi bo‘lgan Syerra-Leone maxsus sudining ustavi ilova qilingan (bitimning 1 moddasi 2 bandi). Bitimni imzolash BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan 2002 yil 28 martda ma’qullangan. Imzolangan bitimni va Syerra-Leone bo‘yicha maxsus sud ustavini milliy miqyosda amalga oshirish konstitutsiyaviy talablarga muvofiq uning milliy qonunchilikka joriy qilinishini talab etdi. Shu bois mzkur davlat hududida ustav maxsus sud to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan so‘ng kuchga kirdi (TheSpecialCourtAgreement, 2002 (Ratification) Act, 2002) 1 97 The Headquarters Agreement between The Republic of Syerra Leone and The Special Court for Syerra Leone [Electronic resourse] / Special Court for Syerra Leone. - Electronic data (1 file). - http://www.sc-s l.org/ Documents/ headquartersagreement.pdf. - 07.07.08. 137 Maxsus sud vakolati ustavning birinchi moddasida belgilanadi va sobiq Yugoslaviya va Ruanda hududlarida, sodir etilgan xalqaro gumanitar huquq normalaraning qo‘pol ravishda buzish uchun javobgar bo‘lgan shaxslarni, shuningdek qo‘shni davlatlar hududida sodir etilgan jinoyatlar uchun Ruanda fuqarolarini jinoiy ta‘qib etish uchun tuzilgan SYXT va RXT dan farqli o‘laroq Syerra-Leone bo‘yicha maxsus sud (bundan keyingi o‘rinlarda SSSL yoki sud, yoki maxsus sud deb yuritiladi). Faqat xalqaro gumanitar huquq normalarini qo‘pol ravishda buzgan shaxslarnigina buzgan shaxslarni emas, balki Syerra-Leone hududida 1996-yil 30-noyabrdan boshlab qonunchilikning jiddiy buzilishini sodir etgan barcha shaxslarni sud qilishga vakolatli. Bunda ko‘rsatilishicha, Syerra-Leone hududida tinchlikparvar kuchlari tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyat bo‘yicha ish yurituvi ularni yuborgan davlat Yurisdiksiyaga doir va faqatgina tinchlikparvar kuchlarni yuborgan davlat qayd etilgan shaxslarga nisbatan tergov va sudni amalga oshirishni xohlamasa yoki bunga qodir bo‘lmasa sud, basharti u Xavfsizlik Kengashi tomonidan vakolat berilgan bo‘lsa tinchlikparvarlarni sud qilishi mumkin. Sud tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) Uchta professional sudyadan iborat bir yoki bir necha sud kameralari, bunda sudyalardan biri Syerra-Leone hukumati tomonidan tayinlanadi, qolgan ikkitasi BMT Bosh kotibiyati tomonidan tayinlanadi. 2) 5 ta professional sudyadan iborat Apellyatsiya kamerasini o‘z ichiga olib bundan ikkitasi Syerra-Leone hukumati tomonidan tayinlanadi 3 Syerra-Leonebo‘yichamaxsussudningtashkiliytuzilmasi Uchnafarprofessionalsud yadantashkiltopganbir yokibirnechtakameralard aniborat: sudyalardanbiriniSyerra- Leonehukumatitomonida ntayinlanadi, qolganikkisudya esaBMTBoshkotibitomo nidantayinlanadi. Beshnafarprofessionalsu dyadaniboratappelyatsio nkamera: ikkinafariSyerra-Leone hukumatitomonidantayin lanadi, uchnafari esaBMTBoshkotibitomo nidantayinlanadi 138 tasi BMT Bosh kotibiyati tomonidan tayinlanadi. 3) BMT Bosh kotibiyati tomonidan qayta saylanish huquqi bilan 3 yil muddatga tayinlanuvchi ayblovchi; 4) Kotib (BMT personali ichidan maxsus sud raisi bilan kelishgan holda qayta saylanish huquqi bilan 3 yil muddatga tayinlanadi) tomonidan boshqariladigan kotibiyat hamda ma’muriy vazifalarni bajarish va maxsus sudga xizmat ko‘rsatish uchun kotibiyat personalidan iborat kotibiyat. Tayinlanadigan sudyalardan har biri o‘z vazifalarini faqat o‘zi tayinlangan kamerada olib boradi. Apellyatsiya va sud kameralarining sudyalari o‘z ichidan tegishli kamerada sud muhokamasini olib boruvchi raisni saylaydilar. Apellyatsiya kamerasi raisi, ayni vaqtda, maxsus sud raisi ham hisoblanadi. Sudyalarni tayinlashda ularning xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquqi va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ish ko‘rishga doir tajribasi inobatga olinadi. Sudyalar 3 yil muddatga qayta tayinlanish huquqi bilan tayinlanadi. Mazkur sudlar sudlovi quyidagi ishlar bilan chegaralanadi: - Insoniyatga qarshi jinoyatlar. Bularga keng miqyosda va muntazam aholiga hujum qilish, qotillik, qirg‘in, qullik, deportatsiya (surgun), qamoqqa olish, qiynoq, zo‘rlash, jinsiy qullik, majburiy fohishabozlik, majburiy homiladorlik va jinsiy zo‘rlikning boshqa har qanday shakli (bu jinoyatlar SYXT va RXT yurisdiksiyaga kirmagan) siyosiy, irqiy, milliy yoki diniy sabablarga ko‘ra ta‘qib qilish, boshqa 139 g‘ayriinsoniy harakatlarni (Syerra-Leone bo‘yicha maxsus sud ustavida u genotsidni sodir etgan shaxslarni ta‘qib qilishi mumkinligi belgilanmagan) bajarish kirgan; - 1949-yil 12-avgustdagi urush qurbonlariga qarshi jinoyatlar to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasining 3-moddasida va 1997-yil 8- iyundagi 2-qo‘shimcha protokolga ko‘ra urush qurbonlarining hayoti, sog‘ligi, jismoniy va ruhiy xavfsizligiga tajovuz qilish (qotillik, zo‘rlik, va qiynoqlar); - Jamoaviy jazolash, garovga olish, terrorizm, shaxs shaniga tajovuz qilish (haqorat va qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat, zo‘rlash, majburiy fohishabozlik va axloqsiz munosabatning boshqa shakllari), marodyorlik; rivojlangan halqlar tomonidan sud kafolatlari bo‘lganda zarur deb topilgan tegishli tartibda sud organi tomonidan chiqarilgan sud qarorisiz sudlash va jazo qo‘llash; shuningdek, yuqorida sanab o‘tilgan harakatlarni sodir etish tahdidi; - Xalqaro gumanitar huquqi sohasidagi boshqa jinoyatlar (SYXT va RXT ga nisbatan yangilik: bevosita harbiy harakatlarda qatnashmayotgan fuqarolar yoki alohida shaxslarga tajovuz qilish, xalqaro gumanitar tashkilotlar yoki BMT ustaviga muvofiq ta’sis etilgan tinchlikni ta‘minlash missiyalarining personaliga, xizmat yoki turar- joylariga, shuningdek, transport vositalariga tajovuz qilish, 15 yoshdan kichik shaxslarni qurolli kuchlarga yoki harbiy harakatlarda faol foydalanish maqsadida guruhlarga, harbiy xizmatga olish yoki yollash) - Syerra-Leone jinoyat qonunchiligiga ko‘ra ayrim jinoyatlar bilan 1926 yilgi “Bolalarga shavqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish to‘g‘risida” gi qonunda nazarda tutilgan qizlar bilan noqonuniy (axloqsiz) munosabatda bo‘lish, ya’ni 6-moddani buzib 13 yoshga to‘lmagan qizlar bilan noqonuniy (axloqsiz) munosabatda bo‘lish; 7- moddani buzib 13 yoshdan 14 yoshgacha to‘lmagan qizlar bilan noqonuniy (axloqsiz) munosabatda bo‘lish; 12-moddani buzib axloqsiz maqsadlarda qizlarni o‘g‘irlash; 1861-yilgi “qasddan mulkiy zarar etkazish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan o‘zganing mulkini qasddan yo‘q qilish, ya’ni 2-bandni buzib turar joylarni ichidagi odamlar bilan yoqib yuborish; 5-6- bandlarni buzib, jamoat binolari va qurilmalarini yoqib yuborish, 6-bandini buzib boshqa binolarga (qurilmalarga) o‘t qo‘yish. Bu o‘rinda shuni inobatga olish joizki, hech bir shaxs ilgari maxsus sud tomonidan sudlangan qilmishlari uchun milliy sudga berilishi mumkin emas; ustavning 2 va 4 moddalarida belgilangan 140 jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari Syerra-Leone milliy sudi tomonidan sudlangan shaxs, basharti agar uning qilmishi umumiy jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa yoki milliy suddagi sud muhokamasi xolisona bo‘lmagan bo‘lsa yoxud ayblanuvchini xalqaro jinoiy javobgarlikdan chegaralashga mo‘ljallangan bo‘lsa yoki ish belgilangan tartibda tergov qilinmagan bo‘lsa maxsus sudga topshirilishi mumkin. Ta’sis etish va faoliyatining xalqaro (gibrid) xususiyatini, shuningdek parallel yurisdiksiyaning mavjudligini inobatga olgan holda Sud davlatning sud tizimiga kirmaydi. Mazkur maqom BMTning yuqorida qayd etilgan bitimi, shuningdek, 2004-yil 21-oktabrdagi Syerra-Leone Respublikasi bilan Syerra-Leone bo‘yicha maxsus sud o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan 98 . Bunday maqom sudga boshqa xalqaro shartnomalarni tuzish vakolatini ham beradi, xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti Interpol va Syerra-Leone o‘rtasida maxsus sud o‘rtasida 2003-yilda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma shular jumlasidandir 99 . 3. Livan bo‘yicha maxsus tribunal. Kosovo hududidagi aralash (gibrid) sudlar BMT va Livan Respublikasi o‘rtasidagi Livan bo‘yicha maxsus tribunalni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim Livan hukumati va BMT o‘rtasida tegishlicha 2007 yil 23 yanvar va 6 fevral kunlari BMT Xavfsizlik Kengashining 29.03.2006 yildagi 1664 (2006) rezolyutsiyasi ijrosi yuzasidan imzolangan. Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanuvchi Livan bo‘yicha Maxsus tribunal Ustavi ilova qilinadi (Bitimning 1-moddasi 2-bandi). Livan bo‘yicha Maxsus tribunal (LMT) Yurisdiksiya uning ustavining 1-moddasi bilan belgilanadi va Livanning sobiqbosh vaziri Livana Rafik Haririning o‘limiga, shuningdek, boshqa shaxslarning o‘limi va yarador bo‘lishiga olib kelgan 2005-yil 14-fevraldagi tajovuzni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar Tribunal Livandagi 2004-yil 1-oktabrdan 2005-yil 12- dekabrgacha yoki 98 The Headquarters Agreement between The Republic of Syerra Leone and The Special Court for Syerra Leone [Electronic resourse] / Special Court for Syerra Leone. - Electronic data (1 file). - http://www.sc- sl.org/Documents/headquartersagreement.pdf. - 07.07.08 99 Co-operation Agreement Between the International Police Organization - Interpol and the Special Court for Syerra Leone [Electronic resourse] / Special Court for Syerra Leone. - Electronic data (1 file). - http://www.sc- sl.org/Documents/interpolagreement.pdf. - 07.07.08. 141 BMT Xavfsizlik Kengashi roziligi bilan belgilangan keyingi davrda sodir etilgan boshqa tajovuzlaro‘z tavsifi va og‘irlik darajasiga ko‘ra 2005-yil 14-fevraldagi tajovuz bilan bog‘liq deb topsa, u mazkur tajovuzlar uchun javobgar bo‘lgan shaxslar ustidan yurisdiksiyaga ega bo‘ladi. Maxsus tribunal va Livanning milliy sudlari parallel vakolatga ega. O‘z yurisdiksiya doirasida Tribunal Livan milliy sudlaridan muayyan ustuvorliklarga ega. Ishni ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida tribunal milliy suddan uning sudloviga oid jinoyat ishini rasman so‘rashi mumkin. Tribunalning sudlovi,uning Ustavi 2-moddasiga ko‘ra: - Terrorizm aktlari, hayotga va shaxsiy daxlsizdikka qarshi jinoyatlar sodir etgan, noqonuniy birlashmalar, jinoyatlar va huquq buzarliklar to‘g‘risida xabar bermaslik, shu jumladan jinoyatning moddiy qismiga doir ma‘lumotlarni xabar bermaslik, shuningdekk jinoyatda yoki til biriktirishda ishtirok etishga doir Livan JK qoidalariva -------- - Livanning 1958-yil 11-yanvardagi «Qo‘poruvchilik faoliyatini, fuqarolik urushi va konfessiyalararo dushmanlikni keltirib chiqarganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-7-moddalari bilan belgilanadi. Tribunaltarkibiga quyidagilar kiradi: (1) Dastlabki ish yurituv sudyasi kamerasi, sudkamerasi va Apellyatsionkamera; (2) Ayblovchi va Ayblovchi o‘rinbosari; (3) Kotibiyat; (4) Muhofaza Kanselariyasi. Sudyalar, Ayblovchilar va boshqa personalni tayinlash tartibi Syerra-Leonesudini tashkil etish tartibiga o‘xshash. Bunda Tribunal muayyan mansabdor shaxslarining xalqaro tarkibiy qismi ustuvor hisoblanadi. Tribunalning ish yuritish tartibi dastlabki, sud va apellyatsion ish yurituvi jarayonlari va ularda isbotlash, dalillarning maqbulligi, jabrlanuvchilar va guvohlar, shuningdek, boshqa tegishli masalalrni muhofaza qilish Qoidalari bilan belgilab beriladi. Mazkur qoidalar Livan JPKga, shuningdek, xalqaro jinoyat protsessining eng yuqori xalqaro standartlarini o‘zida namoyon etuvchi boshqa hosila manbalarga tayanishi lozim sudyalar sud muhokamasining xolis va tezkor sud muhomasinini o‘tkazishlari talab etiladi. Dalillar maqbulligi masalasi 142 kameralar tomonidan dalillar to‘plashning xalqaro standartlariga muvofiq hal qilinadi. Bu dalillarning ahamiyatlilik darajasi ham kameralar tomonidan belgilanadi. Gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) va sudlanuvchi ular tomonidan tanlangan himoyachi xizmatidan bepul foydalanish yoki bepul yuridik yordam olish (agar uni to‘lash uchun yetarli mablag‘larga ega bo‘lmasa, shuningdek, tarjima xizmatidan foydalanishi mumkin. Ayblov xulosasi tasdiqlanganidan so‘ng sudya qamoqqa olish to‘g‘risida order beradi va shaxs qamoqqa olinadi. Ayblanuvchi unga nisbatan e’lon qilingan ayb bilan zudlik bilan tanishtiriladi va Tribunal joylashgan joyga yuboriladi. Ayblanuvchining huquqlari SYXT vav RXTga o‘xshash bo‘lib, sud oldida tenglik, aybsizlik prezumpsiyasi, himoya huquqi va xalqaro jinoyat huquqi va jinoyat protsessidagi boshqa umume’tirof etilgan prinsiplar ta‘minlanishi lozim. Kosovo hududidagi aralash (gibrid) sudlari.Kosovo hududida amal qilishning huquqiy asoslari sifatida BMT Xavsizlik Kengashining 1999-yil 10-iyundagi 1244 (1999)Rezolyutsiyasi hisoblanadi 100 va BMT ning Kosovodagi Missiyasi muvaqqat Ma’mumuriyatinining (BMTKMOM)25.07.1999 dagi № 1999/1 son «Kosovodagi muvaqqat Ma’muriyat organi to‘g‘risida»gi farmoyishi 101 hisoblanadi. Ularga muvofiq «Kosovoga nisbatan barcha qonunchiqaruvchi va ijro funksiyalari, Shu jumladan sudga qayta yuborish BMTKMOMga topshiriladi va BMT Bosh kotibining maxsus vakili tomonidan amalga oshiriladi». Kosovo hududida quyidagilar yaratilgan: - Oxirgi instansiya muvaqqta sudiad hoc va prokuratura ad hoc; - Sud tizimi va prokuror xizmati bo‘yicha texnik konsultativ kengash; - Konsultativsudkomissiyasi. Mazkur hujjatdlar sudya , prokuror va sud raislarini lavozimiga tayinlash va undan ozod qilish tartibi belgilandi. BMT Bosh kotibining 23.12.1999dagi BMT ning Kosovodagi muvaqqat Ma’muriyati ishlari bo‘yicha Missiyasi 102 to‘g‘risidagisud axborot bazasini shakllantirish uchun umumiy hisobda572 suhbat o‘tkazilgan. Shu bilan birga 6 nafar sudyanng nafaqaga chiqishi va 1 sudyaning 100 См.: ДокументООНS/RES/1244 (1999), 10 June1999. // http://www.un.org. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling