Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


 Yevropol vakolati doirasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19

 
3. Yevropol vakolati doirasi 
 
 
Yevropol  vakolati  a’zo  davlatlarning  birgalikdagi  harakatlariga 
zarurat  tug‘diruvchi  uyushgan  jinoyatchilik,  terrorizm  va  tegishli 
jinoyatlarning  hajmi  og‘irligi  va  huquqiy  oqibatlaridan  kelib  chiqqan 
holda  2  yoki  undan  ortiq  a’zo  davlatlarga  taalluqli  jinoyatchilikning 
boshqa og‘ir turlarini qamrab oladi.
65
 
  Yevropol  vakolati  shuningdek,  bog‘langan  jinoyatlarni  ham  qamrab 
oladi. Quyidagilar o‘zaro bog‘langan jinoyatlar deb tan olinadi: 
-
 
Yevropol  vakolati  doirasida  bo‘lgan  qilmishlarni  sodir  etish 
vositalarini qo‘lga kiritish maqsadida sodir etilgan jinoyatlar; 
-
 
Yevropol  vakolati  doirasida  bo‘lgan  qilmishlarni  sodir  etishni 
osonlashtirish  yoki  oxirigacha  yetkazish  maqsadida  sodir  etilgan 
jinoyatlar; 
                     
64
 Энтин Л.М. Европейское право. Право Европейского Союза и правовое обеспечение защиты прав 
человека: учебник для вузов. - Москва: Норма, 2009. – С. 83. 
65
  Каюмова  А.Р.  Механизмы  осуществления  уголовной  юрисдикции  государствами  ЕС  в  рамках 
формирования  пространства  свободы,  безопасности  и  правосудия  //  Международное  публичное  и  частное 
право. - № 4. - 2007. – С. 47. 

105 
 
-
 
Yevropol vakolati doirasida bo‘lgan qilmishlarning jazolanmasligini 
ta‘minlash maqsadida sodir etilgan jinoyatlar; 
66
 
 
Yevropol quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 
-
 
Axborot  va  ma‘lumotlarni  to‘plash,  saqlash,  qayta  ishlash,  tahlil 
etish, axborot va ma‘lumotlar almashinuvi; 
-
 
A’zo  davlatlar  vakolatli  organlarini  qayd  etilgan  jinoyatlarning 
aloqalari to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qilish
-
 
A’zo  davlatlardagi  tergovlarda  ko‘maklashish,  xususan,  milliy 
bo‘limlarga zaruriy bo‘lgan tegishli axborotni taqdim etish yo‘li bilan; 
-
 
Tegishli  a’zo  davlatlarning  vakolatli  organlariga  tergovni 
qo‘zg‘atish  o‘tkazish  va  muvofiqlashtirish  to‘g‘risida  so‘rovlar  bilan 
murojaat  etish  hamda  muayyan  ishlar  bo‘yicha  qo‘shma  tergov 
guruhlarini tuzish taklifini ilgari surish; 
-
 
A’zo  davlatlarga  yirik  xalqaro  tadbirlar  o‘tkazilayotganda 
ma‘lumotlar taqdim etish va ularni tahlil etishda ko‘maklashish; 
-
 
Uning  maqsadiga  doir  bo‘lgan  tahdidlarni  baholash,  strategik 
tahlillar  va  umumiy  ma’ruzalar  tayyorlash,  shu  jumladan,  uyushgan 
jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi tahdidlarni baholash. 
 
Yevropol,shuningdek,  quyidagi  boshqa  funksiyalarni  ham  amalga 
oshiradi: 
                     
66
 Ильин Ю.Д. Лекции по истории и праву Европейского Союза. - М.: Спарк, 2009. – С. 59. 

106 
 
-
 
A’zo  davlatlar  vakolatli  organlariga  nisbatan  tergov  jarayonlarini 
ekspert  bilimlarini  rivojlantirish  va  tergovlarni  o‘tkazish  bo‘yicha 
maslahatlar berish; 
-
 
Milliy  miqyosda  va  Yevropa  Ittifoqida  operativ  faoliyatga  doir 
mavjud  resurslardan  samarali  va  oqilona  foydalanishga  qulay  sharoitlar 
yaratish  va  bunga  ko‘maklashish  maqsadida  strategik  ma‘lumotlar 
taqdim etish va mazkur faoliyatga ko‘mak berish. 
 
Yevropol  uning  tasarrufidagi  shtat  va  budjet  resurslaridan  kelib 
chiqqan  holda  quyidagi  sohalardagi  ko‘magi,  maslahatlari  va 
tadqiqotlaridan  foydalanish  imkoniyatini  taqdim  etgan  holda  a’zo 
davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin: 
-
 
Yevropa  politsiya  kolleji  bilan  hamkorlikda  ularning  vakolatli 
organlari personalini o‘qitishi; 
-
 
Mazkur organlarni tashkil etish va jixozlash
-
 
Jinoyatchilikning oldini olish usullari; 
-
 
Texnik va ilmiy tavsifdagi politsiya metodlari, Shuningdek tergov 
metodlarini tahlil qilish. 
 
A’zo davlatlar Yevropolning muayyan jinoyatlar bo‘yicha tergovni 
qo‘zg‘atish,  o‘tkazish  yoki  muvofiqlashtirish  to‘g‘risidagi  har  qanday 
so‘rovini  ko‘rib  chiqadilar  va  mazkur  so‘rovlarga  zarur  e’tiborni 
qaratadilar. Jinoiy tergovni qo‘zg‘atish to‘g‘risida so‘rov bilan murojaat 
etishdan  oldin  Yevropol  bu  xususda  YevroYustga  xabar  beradi.
67
  Agar 
a’zo  davlatlarning  vakolatli  organlari  Yevropol  so‘roviga  amal 
qilmaslikka qaror qilsalar ular uni  o‘z qarorlarining sababini ko‘rsatgan 
holda bu to‘g‘risida xabardor qiladilar. 
 
Yevropolning  muayyan  jinoyatlar  bo‘yicha  tergovni  qo‘zg‘atish, 
o‘tkazish  yoki  muvofiqlashtirish  to‘g‘risidagi  so‘rovlariga  javoblar, 
shuningdek,  tergov  natijalari  to‘g‘risida  Yevropolga  xabar  qilinayotgan 
ma‘lumot  a’zo  davlatlarning  vakolatli  organlari  orqali  uning  tegishli 
milliy qonunchiligida belgilangan qoidalarga ko‘ra yuboriladi. 
 
Shunday  qilib  Yevropa  politsiya  tashkiloti  (Yevropol)  –  jYevropa 
Ittifoqining  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkiloti  bo‘lib,  uning  asosiy 
maqsadi  Yiga  a‘zo  davlatlar  vakolatli  organlarining  xalqaro  uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi o‘zaro hamkorligini oshirishdan 
iborat.  Bundan  tashqari  Yevropol  uchun  shaxsga  qarshi,  moliyaviy 
jinoyatlar va kiberjinoyatlar ham alohida ahamiyatga ega
68
. Agar mazkur 
                     
67
  Бирюков,  П.  Н.  О  некоторых  аспектах  деятельности  Евроюста  //  Международное  публичное  и 
частное право. – 2007. - №2. – С. 35. 
68
 Европейское право и национальное законодательство: сборник науч. трудов / ИНИОН РАН.  - М., 
2007. – С. 143. 

107 
 
jinoyatlarga  uyushgan  kriminal  tuzilmalar  qo‘shilgan bo‘lsa  va  basharti 
mazkur jinoyatlar 2 yoki undan ortiq Ittifoq a’zo davlatlari manfaatlariga 
taalluqli bo‘lsa agentlik bu ishlar bilan shug‘ullanadi. 
 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
 
EIga  azo  davlatlarning  politsiya  organlari  va  sudlar  bilan 
hamkorlik tizimini yoriting. 
2.
 
Evropol  qanday  tashkilot?  Yevropolning  huquqiy  asoslariga 
to‘xtaling. 
3.
 
Evropolning  boshqaruv  organlari  va  ularning  tuzulishi  hamda 
faoliyati to‘g‘risida ma‘lumot bering. 
 
KAZUS 
Yuridik oliygohning 2 bosqich talabasi Qobulov “Xalqaro huquqni 
muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  fani  bo

yicha  seminar  mashg‘ulotida 
o‘zining tanishi, advokat Toshboev aytgan gaplariga  asoslanib, xalqaro 
(transmilliy)  jinoyatchilik  bilan  kurashishda  davlatlar  o‘rtasida  ikki 
tomonlama  huquqiy  hamkorlik  to‘g‘risidagi  bitimlar  samarali  ekanligi 
haqidagi fikrni aytib o‘tdi. 
 
Savollar:  Advokat  Toshboevning  ushbu  fikriga  baho  bering. 
Xalqaro  (transmilliy)  jinoyatchilik  bilan  kurashishda  xalqaro  huquqni 
muhofaza qiluvchi tashkilotlar  faoliyatning avzaliklarni ko‘rsating? Bu 
bo‘yicha
 
Interpol, YEVROPOL, ShHT MATT faoliyatini tahlil qiling. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
X Bob 
FIRIBGARLIKKA QARSHI KURASH YEVROPA BYUROSI 
(OLAF) 

108 
 
1. YIda iqtisodiy firibgarlik bilan kurashish dolzarbligi va Yevropa 
Ittifoqida firibgarlikka qarshi kurashishning huquqiy asoslari.  
OLAFning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi. 2. OLAF tizimi, tuzilishi 
va tarkibi. 3. OLAFning  vakolati doirasi.  
 
1. YIda iqtisodiy firibgarlik bilan kurashish dolzarbligi va Yevropa 
Ittifoqida firibgarlikka qarshi kurashishning huquqiy asoslari. 
OLAFning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi. 
 
 
Ma‘lumki Yevropa Ittifoqi o‘z tasarrufida soliqlar yoki YI ning a’zo 
davlatlaridan  bevosita  olingan  yirik  moliyaviy  mablag‘larga  ega. 
Mazkur  moliyaviy  mablag‘lar  firibgarlik  va  korrupsiya  uchun  zararli 
bo‘lib  o‘ziga  firibgarlar  diqqatini  jalb  etish  shubhasizdir.  Shu  bois  YI 
ning  moliyaviy  manfaatlarini  himoya  qilish  shu  jumladan,  fond  va 
budjet  firibgarligidan  muhofazalash  tarixiy  nuqtai  nazardan  a’zo 
davlatlar  kuchlarining  birlashtirilishini  talab  etgan  jinoyat  huquqiy 
sohadagi eng dastlabki masalalardan biri bo‘lgan.  
 
Firibgarlik  YI  manfaatlariga  jiddiy  zarar  etkazadi.  Jinoyatlar  turli 
usullarda  sodir  etiladi.  Jinoiy  yo‘l  bilan  daromad  olish  Shu  jumladan 
soxta  to‘lov  hujjatlaridan  foydalangan  holda,  Shuningdek  YI  budjeti 
yoki  fondlari  pul  mablag‘laridan  maqsadsiz  foydalanish  odatda  mazkur 
jinoyat maqsadlari sifatida namoyon bo‘ladi.  
 
 
 
Quyidagi  besh  asosiy  tarkibni  o‘z  ichiga  oluvchi  YI  byudjetining 
daromadlari firibgarlar jinoiy tajovuzi predmeti hisoblanadi: 
1.
 
Chegirmalar,  premyalar,  qo‘shimcha  va  badal  to‘lovlari, 
shuningdek  uchinchi  davlatlar  mahsulot  almashinuvidan  umumiy 
qishloq xo‘jaligi siyosati doirasida undiriluvchi boshqa to‘lovlar; 
2.
 
Yagona  bojxona  tarifi  bojlari,  uchinchi  davlatlar  mahsulot 
almashinuvidan undiriluvchi shu kabi boshqa boj to‘lovlari, shuningdek, 
Yevropa  ko‘mir  va  po‘lat  birlashmasi  nomenklaturasi  tovarlariga  boj 
to‘lovlari; 
Aniqlanishi lozim bolgan eng muhim bolgan uch turdagi firibgarlik:  
-
 
mahsulotlarning eksport va importi bilan bog‘liq firibgarlik; 
-
 
turli yo

llar bilan qo’shimcha daromad solig‘ini to’lashdan bo

yin tovlash 
bilan bog‘liq firibgarlik; 
-
 
Yevro Ittifoqning ichki bozoriga aralashish bilan bog‘liq firibgarlik 

109 
 
3.
 
A’zo  davlatlar  tomonidan  yig‘iladigan  qo‘shilgan  qiymat 
solig‘iga foiz to‘lovlari; 
4.
 
A’zo  davlatlarning  YI  budjetiga  o‘tkaziluvchi  yalpi  milliy 
mahsulotining belgilangan foiz chegirmalari
5.
 
Boshqa  shaxsiy  mablag‘lar  (YI  markazida  ishlovchi  jismoniy 
shaxslar  daromad  solig‘i,  kapitaldan  olingan  foiz  daromadi,  dasturlarni 
bajarish uchun olingan badallar, jarimalar va boshqalar)
69

 
Yevropa  Ittifoqi  dastlab  iqtisodiy  yo‘nalishga  ega  bo‘lganligi  bois 
Yevropada  zamonaviy  integratsiyaviy  tuzilmalarga  asos  bo‘lgan 
shartnomalar  Yevropa  hamjamityai  va  Yevropa  Ittifoqi  iqtisodiy 
xavfsizligi asoslarini yaratib bergan.  
 
Shu  munosabatdan  iqtisodiy  firibgarlikka  qarshi  kurash  masalalari  
1957-yilda  Yevropa  hamjamiyatini  ta’sis  etish  shartnomasi  imzolanishi 
bilan Yevropa huquqining amal qilish doirasida  yuzaga kelgan bo‘lib,
70
 
mazkur  shartnoma  normalari  firibgarlikka  va  hamjamiyat  moliyaviy 
manfaatlariga  taalluqli  boshqa  noqonuniy  faoliyatga  qarshi  kurash 
to‘g‘risida qator qoidalarni o‘z ichiga oladi. 
 
 
 
 
 
Firibgarlikka  qarshi  kurash  sohasidagi  qoidalarning  kelgusi 
rivojlanishi  1992-  yilda  imzolangan  Yevropa  Ittifoqi  to‘g‘risidagi 
shartnomaga  borib  taqaladi
71
.  Jinoyatchilikning  oldini  olish  va  unga 
qarshi  kurash  YI  asosiy  maqsadlaridan  o‘rin  olgan.  Mazkur 
shartnomaning  4  bo‘limi  jinoiy  huquqiy  sohada  politsiya  va  sudlarning 
hamkorligiga  doir  qoidalarni  o‘z  ichiga  olgan  va  uning  29  moddasida 
mazkur  maqsad  uyushgan  va  boshqa  jinoyatchilik,  xususan,  terrorizm, 
                     
69
 А.Волеводз. Международные правоохранительные организации: учебное пособие – М., Проспект, 
2011. С.81. 
70
Consolidated version of The Treaty establishing The European Community // 24.12.2002 Official Journal 
of the European Communities C 325/35. - РР. 38 - 155.
 
71
Consolidated  version  of  The  Treaty  on  European  Union  //  24.12.2002  Official  Journal  of  the  European 
Communities C 325/35. - РР. 38 - 155. 

110 
 
odam  savdosi  va  bolalarga  qarshi  jinoyatlar,  giyohvand  va  qurol 
yarog‘lar  noqonuniy  savdosi  korrupsiya  va  firibgarlikning  oldini  olish 
yo‘li bilan erishilishi belgilangan. YI moliyaviy manfaatlarini muhofaza 
qilish  to‘g‘risidagi  asosiy  qoidalar  atom  energiyasi  bo‘yicha  Yevropa 
hamjamiyatini  ta’sis  etish  to‘g‘risidagi  shartnomaning  183-“a” 
moddasida  belgilangan  bo‘lib  “unga  ko‘ra  a’zo  davlatlar  o‘z  moliyaviy 
manfaatlariga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  suiiste’molliklarga  qarshi  kurashish 
bo‘yicha  qo‘llovchi  tadbirlarni  hamjamiyat  moliyaviy  manfaatlariga 
ta’sir etuvchi suiiste’molliklarga nisbatan ham qo‘llaydilar
72
”. 
 
Ta’sis  hujjatlarida  firibgarlikka  qarshi  kurashga  qaratilgan  asosiy 
e’tiborga  qaramasdan  Yevropa  hamjamiyati  ustuvor  milliy  tashkilot 
sifatida jinoiy huquqiy sohada o‘z vakolatiga ega emas
73

 
 
 
Ta’sis  shartnomalarida  belgilangan  umumiy  prinsiplardan  kelib 
chiqqan  holda  hamjamiyatlar  huquqiy  tizimlari  doirasidan  tashqari 
xalqaro huquqiy instrumentlar vositasida qo‘llanilgan chora tadbirlar YI 
a’zo  davlatlarining  firibgarlikka  qarshi  kurash  bo‘yicha  hamkorlikning 
aniq  yo‘nalishlarining  huquqiy  asoslarini  shakllantirish  bo‘yicha 
dastlabki qadami bo‘lib xizmat qildi.  
 
1995-yil 26-iyulda imzolangan, 2002-yil 17-oktabrda kuchga kirgan 
Yevropa  hamjamiyatlari  moliyaviy  manfaatlarini  muhofaza  qilish 
Konvensiyasi  (“PIF  konvensiyasi”  sifatida  ma‘lum  fransuzcha 
Protection  des  Interets  Financiers  dan  olingan  )mazkur  jarayon  asosi 
bo‘lib xizmat qildi.
74
 
 
Konvensiya  a’zolari  firibgarlik  uchun  milliy  qonunchilikda  jinoiy 
                     
72
 А.Волеводз. Международные правоохранительные организации: учебное пособие – М., Проспект, 
2011. С.83. 
73
Jung, HYIke. Konturen und Perspektiven des europaischen Strafrechts, in: Juristische Schulung 2000. S. 
420;  Satzger,  Helmut.  Internationales  und  Europaisches  Strafrecht.  S.  83  ff.;  Filopoulos,  Panagiotis.  Europarecht 
und na- tionales Strafrecht. - Р. 19 
74
Official Journal of the European Communities. - № С316. - 27 November 1995. - Brussels, 1995. - P. 2-3. 

111 
 
javobgarlikni  belgilash,  uni  sodir  etishga  mutanosib  bo‘lgan  jazoni 
tayinlash  majburiyatini  oldilar.  Bu  o‘rinda  og‘irlashtiruvchi  holatlarda 
firibgarlikni  sodir  etganlik  uchun  ozodlikdan  mahrum  etish  tarzidagi 
jazo  nazarda  tutilishi,  mazkur  jinoyatlarning  ekstraditsiyaviy  tavsifga 
ega bo‘lishi ta‘minlanishi lozim (2 modda). 
 
Bundan  tashqari  YI  a’zo  davlatlari  xodimlari  mazkur  konvensiya 
birinchi  moddasida  belgilangan  jinoyatlarni  sodir  etganligi  uchun 
tashkilot  rahbarlarini  jinoiy  javobgarlikka  tortish  bo‘yicha  zaruriy 
choralarni qo‘llash majburiyatini ham oldilar (3-modda). 
 
Konvensiya  YI  davlatlariga  milliy  sudalri  yurisdiksiyani  gumon 
qilinuvchi (ayblanuvchi) fuqaroligi yoki doimiy yashovchi davlat huquqi  
bog‘lash majburiyatini yuklaydi. Konvensiyaning 5-moddasiga muvofiq 
YI har bir a’zo davlati ushlab berish rad etilgan holatda o‘z fuqarolarini 
jinoiy  javobgarlikka  tortilishi  va  sud  qilishini  ta‘minlash  majburiyatini 
oladi.  Agar  firibgarlik  soliq  va  boj  qoidalarini  buzish  bilan  bog‘liq 
bo‘lsa ushlab berishni rad etish taqiqlanadi. 
 
Firibgarlikning YI moliyaviy manfaatlariga zarar keltiruvchi boshqa 
jinoyatlar, xususan, korrupsiyaviy tavsifdagi jinoyatlar bilan aloqadorligi 
ma‘lum  bo‘lgandan  so‘ng  PIF  Konvensiyasi  1996-yil  27-sentabrdagi 
Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Protokol bilan to‘ldirildi.
75 
 
 
Iqtisodiy  firibgarlikning  o‘ziga  xos  xususiyatini  inobatga  olib,  PIF 
Konvensiyasi 1997-yil 19-iyundagi pullarni yuvish va yuridik shaxslarni 
jinoiy  javobgarlikka  tortish  to‘g‘risidagi  ikkinchi  Protokol  bilan 
to‘ldirildi
76

 
1988-yilda firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi 
markaz - UKLAF (fransuzchadan Unite de Cordination de la Lutte Anti-
                     
75
См.:OfficialJournal of the European Communities - № С313. - 23 October 1996. - Brussels,  1996. 

P. 1-2.
 
76
  См.:  А.Волеводз.  Международные  правоохранительные  организации:  учебное  пособие  –  М., 
Проспект, 2011. С.85. 

112 
 
Fraude - UCLAF) ta’sis etildi, firibgarlik holatlari to‘g‘risida ma‘lumot 
to‘plash,  korrupsiyaga  qarshi  kurash  masalalari,  shuningdek  YI 
moliyaviy  manfaatlariga  taalluqli  boshqa  qator  masalalar  uning 
vakolatiga kiritildi
77

 
YI  Hisob  palatasi  tomonidan  1988-1998-yillarda  o‘tkazilgan 
tekshirishlar  UKLAFning  firibgarlikka  qarshi  kurash  bo‘yicha  faoliyati 
cheklanganligi va past samaradoligi bilan ajralib turganligini ko‘rsatdi
78

 
Shunday  qilib,  uning  ma‘lumotlariga  ko‘ra  1997-yilda  YI  da 
ishlarning  noto‘g‘ri  yuritilganligi  oqibatida  budjetning  qariyb  5  % 
yo‘qotildi  va  bu  qariyb  4  mlrd.  EKYU  ni  tashkil  etdi.  Auditorlar 
palatasining fikricha butun javobgarlik yetarlicha nazorat qilinmaganlik, 
shuningdek, 1998-yil 7-oktabrdagi firibgarlikda yotadi.  
 
1999-yilda firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi 
markaz – UKLAF bekor qilingan.  
 
UKLAFni  bekor  qilinishi  YI  fondlaridagi  firibgarlikka  va  YI 
nohalol  xizmatchilari  korrupsiyasiga  qarshi  kurash  masalasini  kun 
tartibidan  chiqarib  tashlamadi  va  oldin  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklarni 
inobatga  olgan  holda  komissiya  firibgarlikka  qarshi  kurashish  bo‘yicha 
samarali  instrumentni  yaratish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qildi  va  uni  YI 
institutlari va organlaridan Mustaqilligi ta‘minlandi. 
 
Firibgarlikka  qarshi  kurashish  bo‘yicha  Yevropa  byurosi  -  OLAF 
(inglizcha  European  Anti-fraud  Office  –  OLAF),  1999-yil  28-apreldagi 
komissiya qaroriga ko‘ra tashkil etildi. 
Mazkur qarorga muvofiq: 
-  OLAF  komissiyaning  Mustaqil  organi  sifatida  ta’sis  etiladi  va 
uning vakolatiga doir masalalar  yuzasidan funksional Mustaqillikka ega 
(1-modda). 
-  Firibgarlikka,  korrupsiyaga  va  YI  moliyaviy  manfaatlariga  doir 
boshqa  noqonuniy  faoliyatga  qarshi  kurashni  kuchaytirish    OLAFning 
vazifasi hisoblanadi (2 modda); 
- OLAF komissiyaning YI a’zo davlatlari  bilan firibgarlikka qarshi 
kurash sohasidagi hamkorligiga ko‘maklashishi lozim; 
-  OLAF  moliyaviy  jinoyatlarga  qarshi  kurash  to‘g‘risidagi  umum 
Yevropa qonunchiligini ishlab chiqishda ishtirok etadi; 
-  OLAF  ma’muriy  tergovlarni  amalga  oshiradi  (OLAF  ning  ichida 
sodir  etilgan  jinoyat  va  huquqbuzarliklar  Yuzasidan),  ichki  tergov  (YI 
ning  institutlari  ixtisoslashtirilgan  organlari  va  muassasalari  tomonidan 
                     
77
См.: Official Journal of the European Communities № C 328. 26 October 1998. Brussels, 1998. P.95.
 
78
См.: Strengthening OLAF, European Anti-Fraud Office/Report with Evidence. - London, 2004. - P. 7.
 

113 
 
sodir  etilgan  jinoyatlar),  tashqi  tergov  (YI  moliyaviy  manfaatlariga 
qarshi a’zo davlatlar fuqarolari tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar); 
- OLAF xodimlari tergovni o‘tkazishda Mustaqildirlar
-  OLAF  faoliyatini  nazorat  qilish  maxsus  ta’sis  etiladigan  Nazorat 
Qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi (4-modda); 
- OLAF komissiya tomonidan Yevropa parlamenti va kengashining 
roziligiga  asosan  5  yil  muddatga  qayta  tayinlanish  imkoniyati  bilan 
tayinlanuvchi Bosh direktor tomonidan tayinlanadi (5-modda); 
 
1999-yil  29-apreldagi  qarordan  tashqari  boshqa  qator  hujjatlar 
OLAF faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil etadi. 
 
Jumladan,  1999-yil  25-maydagi  Yevropa  parlamenti,  Yevropa 
Ittifoqi  kengashi  va  Firibgarlikka  qarshi  kurashish  bo‘yicha  Yevropa 
byurosi  –  OLAFning
79
  ichki  tergov  komissiyasi  o‘rtasidagi  kelishuvni 
alohida  qayd  etish  joiz  bo‘lib  unga  ko‘ra  ishtirokchilar  quyidagilar 
xususida kelishuvga erishdilar: 
 
-  YIning  institutlari  ixtisoslashtirilgan  organlari  va  muassasalari 
OLAF bilan hamkorlik qilishi, Shuningdek o‘z faoliyati to‘g‘risida zarur 
ma‘lumotni taqdim etishi lozim; 
 
- OLAF xodimlari firibgarlik, korrupsiya yoki YI xodimlarining o‘z 
ichki  kasb  vazifalarini  bajarishda  nomaqbul  xulq  atvorlari  to‘g‘risida 
ma‘lumotga ega bo‘lganda ichki tekshiruvni o‘tkazishlari lozim. 
 
-  ichki  tergovni  boshlash  to‘g‘risida  YIning  tegishli  institutlari 
ixtisoslashtirilgan organlari va muassasalari rahbarlari xabardor qilinadi; 
 
-  YIning  tegishli  institutlari  ixtisoslashtirilgan  organlari  va 
muassasalarining  xavfsizlik  xizmatlari  OLAF  bilan  birgalikda  amalga 
oshiruvchi ichki tergovga yordam ko‘rsatishlari lozim; 
 
-  OLAF  YIning  tegishli  institutlari  ixtisoslashtirilgan  organlari  va 
muassasalari  bilan  to‘la  maxfiylik  va  tergov  tugallangunga  qadar 
ma‘lumotlarni oshkor etmaslik asosida axborot almashinadi; 
 
- Tergov olib borilgan YIning tegishli institutlari ixtisoslashtirilgan 
organlari va muassasalari xodimlari harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud 
bo‘lmaganda  tergov  OLAF  direktorining  qarori  bilan  tugatiladi  va  bu 
to‘g‘risida  YIning  tegishli  institutlari  ixtisoslashtirilgan  organlari  va 
muassasalari raxbarlari xabardor qilinadi; 
 
-  YIning  tegishli  institutlari  ixtisoslashtirilgan  organlari  va 
muassasalarining 
firibgarlik, 
korrupsiya 
yoki 
YI 
moliyaviy 
                     
79
Interinstitutional  Agreement  of  25  May  1999  between  the  European  Parliament,  the  Council  of  the 
European  Union  and  the  Commission  of  the  European  Communities  concerning  internal  investigations  by  the 
European Antifraud Office (OLAF) // Official Journal - L 136, 31.5.1999. - Р. 15-19. 

114 
 
manfaatlariga  zarar  etkazuvchi  boshqa  noqonuniy  harakatlarni  sodir 
etgan  xodimlarini  daxlsizlikdan  maxrum  etish  masalasini  hal  etish 
OLAF  direktori  tomonidan  milliy  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar 
bilan hamkorlikda hal etiladi.  
 
OLAF  tomonidan  tergovni  amalga  oshirishning  protsessual  tartibi 
YI  Kegashining  (EVRATOM)  1999-yil    25-maydagi  1074/1999-sonli 
Firibgarlikka  qarshi  kurashish  bo‘yicha  Yevropa  byurosi  (OLAF) 
tomonidan amalga oshiriladigan tergovlar to‘g‘risidagi Reglamenti
80
, va 
Yevropa  Hamjamiyatlari,  Yevropa  Parlamenti  va  Kengashining 
1073/1999-sonli  1999  yil  25  maydagi  Firibgarlikka  qarshi  kurashish 
bo‘yicha  Yevropa  byurosi  -  (OLAF)  tomonidan  amalga  oshiriladigan 
tergovlar to‘g‘risidagi Reglamenti
81
 bilan tartibga solinadi. 
 
Ikkala  reglament  ham  OLAFning  maqsad  va  vazifalarini 
aniqlashtiradi, tergovlarning turi va ularning tavsifini (ma’muriy, ichki, 
tashqi)  belgilaydi,  tergovlarni  boshlash  va  tugatishning  protsessual 
tartibini  o‘rnatadi,  tergov  harakatlarini  o‘zkazish  qoidalarini  belgilaydi, 
YIning  institutlari  va  ixtisoslashtirilgan  tashkilotlariga  OLAF  da 
aniqlangan  firibgarlik  va  korrupsiya  holatlari  to‘g‘risida  ma‘lumot 
taqdim etish majburiyatini yuklaydi. 
 
Firibgarlikka  qarshi  kurashish  bo‘yicha  Yevropa  byurosi(OLAF) 
o‘z  faoliyatini  yuqorida  qayd  etilgan  reglamentlardan  bevosita  kelib 
chiquvchi asosiy prinsiplarga tayangan holda amalga oshiradi. 
 
Firibgarlik  va  YI  moliyaviy  manfaatlariga  boshqa  tajovuzlarga 
qarshi 
kurashning 
oshkoralik 
prinsipi 
Yevropa 
hamjamiyati 
institutsiyaviy  tuzilmasi  sifatida  OLAFga  nisbatan  qo‘llanilganda 
YIning 
tegishli 
institutlari 
ixtisoslashtirilgan 
organlari 
va 
muassasalarining 
firibgarlik, 
korrupsiya 
yoki 
YI 
moliyaviy 
manfaatlariga 
zarar 
etkazuvchi 
boshqa 
noqonuniy 
harakatlar 
aniqlanganda  tegishli  ma‘lumotlarni  va  bu  to‘g‘risidagi  materiallarni 
OLAFga yuborishlari zarurligini anglatadi. (№№ 1073/1999, 1074/1999  
reglamentlarining  7  moddasi),  boshqa  tomondan  OLAF  firibgarlik, 
korrupsiya  yoki  YI  moliyaviy  manfaatlariga  zarar  etkazuvchi  boshqa 
noqonuniy  harakatlar  aniqlanganda  Mustaqil  tarzda  ma’muriy,  ichki 
yoki  tashqi  tergovni  qo‘zg‘atishi  va  aybdorlarni  aniqlashga  kirishishi 
lozim.  
                     
80
См.: Council Regulation (Euratom) No 1074/1999 of 25 May 1999 concerning investigations conducted 
by the European Anti-Fraud Office (OLAF). // Official Journal - L 136, 31.5.1999. - Р. 8-14.
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling