Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar
Ad hoc xalqaro jinoyat tribunallari jinoyat sudlovi bosqichlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sud muhokamasining boshlanishi va olib borilishi
- Ruanda davlati hududida va Ruanda fuqarolari tomonidan qo‘shni davlatlar hududida 1994-yil 1-yanvardan 31-dekabriga
- NAZORAT SAVOLLARI
- XII BOB ARALASH XALQARO JINOYAT SUDLAR (TRIBUNALLAR)
Ad hoc xalqaro jinoyat tribunallari jinoyat sudlovi bosqichlari Jinoyat protsessi SYXT doirasida ustav qoidalari bilan tartibga solinadi va SYXT jarayonlari va isbotlash qoidalarida detallashtiriladi. SYXT Prokurorsi XGH qo‘pol buzilishi masalalari uchun javobgar bo‘lgan shaxslar ayblov va tergov ishlari uchun javob beradi. Prokuror Xalqaro tribunaldan alohida organ sifatida Mustaqil harakat qiladi. Uning kanselariyasi Prokuror va talab etilishi mumkin bo‘lgan boshqa malakali xodimlardan iborat. Prokuror Xavfsizlik Kengashi tomonidan Bosh kotib tavsiyasiga ko‘ra tayinlanadi. Prokuror Mustaqil hisoblanadi. U tashqi organlar, ya’ni hukumat yoki xalqaro tashkilotlar yoxud Tribunalning boshqa ikki organidan ko‘rsatmalar yoki tavsiyalar olmaydi. BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari va SYXT Statutiga muvofiq a’zo davlatlar tergov va jinoiy ta‘qibni amalga oshirish vaqtida prokuror Kanselariyasi bilan hamkorlik qilishi lozim. 1999-yildan 2007-yilga qadar SYXT prokurori Karla del Ponte (Shveytsariya) bo‘lgan. 2008-yildan Serj Brammers (Belgiya) prokuror bo‘lgan. Shunday qilib, prokurorkanselariyasi tergovga rahbarlik qiladi va sudda ayblovni quvvatlaydi. Ayblov hujjati sudya tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng dastlabki ish yurituv bosqichida ishni mazmunan ko‘rish Sudpalatasida o‘tkaziladi, ishni mazmunan ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq protsess boshlanadi. Apellyatsiya yuboriladi va Apellyatsiya palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 88 Prokuror ishni tergovni ex-officio yoki har qanday manbadan, avvalo, hukumatlardan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari, hukumatlararo va nohukumat tashkilotlaridan olingan ma‘lumotlar asosida boshlaydi. Prokuror olingan yoki topilgan ma‘lumotni baholaydi va muhokama uchun asoslar yetarli ekanligi yuzasidan qaror qabul qiladi. Shu maqsadda u ayblanuvchilarni, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish, dalillar to‘plash va joyda tergov olib borish vakolatiga ega. Mazkur funksiyalarni amalga oshirishda prokuror zarurat tug‘ilganda tegishli davlat hokimiyati organlariga murojaat etishi mumkin. Sud muhokamasi uchun asoslar mavjudligi aniqlansa,ayblanuvchi ayblov xulosa tuzadi va unda jinoyatga doir ma‘lumotlar va jinoyat sodir 88 См. Устав МТБЮ ст.ст. 11-25.// http://www.un.org. 126 etganblikda ayblanayotgan shaxsning jinoyatlari qisqacha bayon etiladi. Ayblov xulosa Sud kamerasi sudyasiga yuboriladi (Ustavning 12- moddasi). Ayblov aktidagi barcha jinoyatlar Tribunal Ustavining 3-moddasi asosan ayblanadi. 3-moddani qo‘llash uchun ikki shartga amal qilinishi taqozo etiladi. Birinchidan, huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtda, qurolli nizo Yuzaga kelgan bo‘lishi talab etiladi. Ikkinchidan, mejdu qurolli nizo va huquqbuzarlik o‘rtasida uzviy aloqa bo‘lishi talab etiladi va bu sudlanuvchining harakatlari harbiy harakatlar bilan uzviy aloqador ekanligini anglatadi. Qurolli nizo jinoyatning sodir YItlishiga sabab bo‘lmasligi lozim, biroq qurolli nizoning mavjudligi jinoyatchining jinoyatni sodir etish imkoniyatlariga, jinoyat sodir etilgan jinoyatni sodir etish usuli va maqsadiga ta’sir etishi lozim. Tribunal ishini yakunlash strategiyasiga muvofiq, yakuniy ayblov xulosalari 2004 yilning oxirida kiritilgan. 2011-yilda, ko‘p yillik qochqinlardan so‘ng Ratko Mladich va Goran Xadjich, xibsga olingan va Gaagaga topshirilgan, shu bilan tribunal tomonidan sudlangan 161 ayblanuvchi shaxsdan birortasi ham ozodlikda qoldirilmasligi ta‘minlandi. Sud muhokamasining boshlanishi va olib borilishi, shuningdek ayblanuvchining huquqlari SYXT Ustavining 20-22 moddalari bilan tartibga solinadi. Sudkameralari tomonidan qaror va hukmlar chiqariladi va xalqaro gumanitar huquq qo‘pol buzilishi uchun ayblanayotgan shaxslarga jazo tayinlanadi. Qaror Sudkamerasi sudyalarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan va Sudkamerasi tomonidan ommaviy ravishda e’lon qilingan. U yozma shakldagi asoslantirilgan fikr bilan birga beriladi va unga shuningdek, alohida fikrlar ham ilova qilinishi mumkin. Kotibiyat ma’muriy funksiyalarni bajarish va Xalqaro tribunalga xizmat ko‘rsatish uchun javob beradi. Xalqaro jinoyat sud muassasining unikal (o‘ziga xos) tavifi Kotibiyatni quyidagi murakkab vazifalar kompleksi markaziga qo‘yadi: - guvohlar bilan ishlash, ularni jarayonga tayyorlash va guvohlarni himoya qilish bo‘yicha dasturiga amal qilinishini kuzatib borish; - Kameralarga huquqiy yordam ko‘rsatish (Kotibiyatning ko‘p sonli yuridik personali sudyalarga, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro huquq inson huquqlari sohasida va gumanitar huquq sohalarida turli masalalr bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, sud muhokamasi davrida taqdim etilgan dalillar va hujjatlarni qayta ishlash va boshqalarda yordam ko‘rsatish orqali 127 sudyalarga ko‘maklashadi); - huquqiy yordam (Tribunal tomonidan moliyalashtiriladigan himoyachini tayinlash); - Tergov izolatori faoliyatini kuzatib borish; - tribunal va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi aloqalar; - axborotma’rifiy faoliyat; - hujjatlar tarjimasi, sifatli sinxron tarjimani ta‘minlash, terminologiya va boshqalarni muvofiqlashtirish va boshqalar. Sudyalar tashabbusiga ko‘ra SYXT faoliyatini tugatish Strategiyasi ishlab chiqilgan va u 2002-yilda Xavfsizlik Kengashi tomonidan maqullangan. BMT Xavfsizlik Kengashining 2003yildagi 1503-son rezolyutsiyada sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro tribunaliga (SYXT) va Ruanda bo‘yicha Xalqaro tribunal (RXJT)ga 2004-yil oxiriga barcha tergovni yakunlash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rish, birinchi instansiya sud jarayonlarini 2008-yil oxiriga va butun ishni 2010-yilda tugatishga chaqirgan, shuningdek SYXT va RXJT raisi va ayblovchilariga murojaatlarida o‘zlarining yillik hisobotlarida Kengashga ishni yakunlashga doir o‘z rejalarini bayon etish so‘raganlar. Ishni tugatish Strategiyasi to‘g‘risidagi oxirgi xisobot 2014-yil 16-mayda taqdim etilgan 89 . Strategiyaga ko‘ra, jinoiy ta‘qib va sud muzokaralari «SYXT yurisdiksiyaga kiruvchi jinoyatlarni sodir etganlik uchun eng katta javobgarlikka ega Yuqoriroq mavqedagi rahbarlarga” e’tibor berilishi bayon etilgan. Qolgan barcha ishlar Bosniya va Gersegovina va hududdagi doirasida jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun milliy Yurisdiksiyaga berilishi lozim. 2005-2007-yillar mobaynida Tribunal, Xavfsizlik Kengashining 1503 (2003) va 1534 (2004)-Rezolyutsiyalari asosida harakat qilib, milliy sud organlariga umumiy hisobda o‘rta va quyi pog‘onadagi lavozimlarni egallagan 13 aybdor jalb etilgan sakkiz ishni topshirgan. Bu tribunal umumiy ish hajmining bir qadar kamayishiga olib keldi va nisbatan qisqa muddatlarda eng yuqori darajadagi rahbarlarning ishlari bo‘yicha sud muhokamasiga kirishiga imkon berdi. Bundan tashqari ishlarning bir qismini milliy sudlarga o‘tkazib, Tribunal sobiq Yugoslaviyadagi milliy sud organlari bilan o‘z munosabatlarini yaxshilash va ushbu sudlar imkoniyatlarini kengaytirishga erishdi. Milliy sudlarga ishi o‘tkazilgan 13 ayblanuvchi xususida so‘z yuritilganda qayd etish joizki, ulardan 12 tasi 89 См.: UN. Doc. S/2014/351// http://www.un.org. 128 o‘z nihoyasiga etkazilgan. Tribunal o‘z faoliyatini deyarli tugatganligi va ayb e’lon qilingan barcha shaxslar uning o‘z tasarrufida jazolanmaslikka nuqta qo‘yish va sobiq Yugoslaviyada huquq ustuvorligini ta‘minlash borasida egaligi xalqaro hamjamiyatning qat‘iyatidan dalolat bermoqda. Ruanda davlati hududida va Ruanda fuqarolari tomonidan qo‘shni davlatlar hududida 1994-yil 1-yanvardan 31-dekabriga qadar sodir etilgan genotsid va xalqaro gumanitar huquq boshqa qo‘pol buzilishlari uchun javobgar bo‘lgan shaxslarni sud qilish uchun Xalqaro jinoyat tribunali (bundan keyingi o‘rinlarda RXJT deb yuritiladi) tuzilgan. Ruanda davlati hududida 1994 yilda sodir etilgan qo‘pol jinoyatlar RXJTning tuzilishiga olib keldi. Ruandada genotsid amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi BMTning birinchi rasmiy ma’ruzasi Inson huquqlari bo‘yicha BMT Komissiyasi maxsus ma’ruzachisi tomonidan 1994-yil 28-iyunda e’lon qilingan. Ma’ruzada Inson huquqlari bo‘yicha BMT Komissiyasi maxsus ma’ruzachisi Bakra Vali Ndiayaning 1993-yil 8-apreldan 17-aprelga qadar sodir etilgan sudsiz, ommaviy va o‘zboshimchalik qatllari masalasida tashrifi to‘g‘risida ma‘lumot keltirilgan. 2014-yil 1-iyulda Xavfsizlik Kengashi tomonidan Ruandadagi XGH buzilishlarini ko‘rib chiqish uchun ekspertlar komissiyasi ta’sis etildi. Komissiya tomonidan Bosh kotibning 1994-yil 1-oktabrdagi xatida keltirilgan (S/1994/1125) Ruandadagi xalqaro gumanitar huquq normalarining buzilishi to‘g‘risida ma’ruza tayyorlandi. Komissiya sodir etilgan jinoyatlarning og‘irlik darajasini inobatga olgan holda jinoyatlarni sodir etishda aybdor shaxslarni ta‘qib qilish uchun xalqaro jinoiy tribunalni tashkil etishni lozim topdi. 1994-yil noyabrda Xavfsizlik Kengashi BMT ustavining 7-bobiga asosan harakat qilib Ruandadagi holat xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid tug‘diradi deb topib Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalni (RXJT) tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 90 SYXT kabi RXJT ham Xavfsizlik Kengashining yordamchi organi hisoblanadi va BMTning barcha a’zo davlatlari xalqaro huquqga muvofiq u bilan hamkorlik qilishlari shart. Ruanda tribunali Arushe (Tanzaniya) da joylashgan. RXJT ustavi 1 moddasiga muvofiq RXJT Ruanda hududida sodir etilgan genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxslar, qo‘shni 90 UN Doc. S/RES/955 (November 8, 1994) // http://www.un.org. 129 davlatlar hududlarida 1994 yil 1 yanvardan 31 dekabrigacha sodir etilgan Shu kabi jinoyatlar uchun javobgar bo‘lgan Ruanda fuqarolari ustidan sud tergovini amalga oshirishga vakolatlidir. Ruanda bo‘yicha xalqaro tribunal yurisdiksiya RXJT Ustaviga ko‘ra jismoniy shaxslarga taalluqlidir. Ruanda bo‘yicha xalqaro tribunal hududiy yurisdiksiya butun Ruanda hududiga shu jumladan, uning quruqlik va havo hududi, hamda Ruanda fuqarolari tomonidan xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishlari ro‘y bergan qo‘shni davlatlar hududiga tatbiq etiladi. Ruanda bo‘yicha xalqaro tribunal yurisdiksiya vaqti 1994-yil 1- yanvardan boshlanib 31-dekabrda yakunlangan davrga tatbiq etiladi (ustavning 7 moddasi). Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal kabi Ruanda bo‘yicha xalqaro tribunal milliy yurisdiksiya ustidan ustuvorlikka ega. RXJT ning tashkil etilishi va protsessual jihatlari SYXT modeliga mosdir. Ustavga binoan tribunalda dastlab ishni birinchi instansiyada ko‘ruvchi 4 ta doimiy sudya va 7 ta ad litem sudya ishlagan. 2014-yil holatiga ko‘ra bitta sud kamerasi va bitta Apellyatsiya kamerasi amalda bo‘lgan va bugungi kunga kelib ularning tarkibiga 12 nafar Apellyatsiya kamerasi doimiy sudyasi va bitta rais vazifasini bajaruvchi ad litem sudya kiradi. Ilk ayblov xulosasi RXJT ayblovchisi tomonidan 1995-yil 22- noyabrda taqdim etilgan va 1995-yil 28-noyabrda tasdiqlangan. So‘ng 1996-yil iyunda tasdiqlangan yana 5 ta shaxsga nisbatan ayblov xulosalari chiqarilgan. Ayblanuvchilar RXJT oldida 1996-yil 30-3-may kunlari ilk bor qatnashdilar. 1997- yilning dastlabki oylarida quyidagi 3 jarayon boshlandi. RXJT va SYXT sudyalari duch kelgan yurisdiksiyaga doir dastlabki huquqiy e’tirozlardan biri Xalqaro tribunallarning BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ta’sis etilishiga oid edi. Prosecutor v. Joseph Kanyabashi (RXJT) va Prosecutor v. Dusko Tadic (SYXT) ishida Yurisdiksiyaga doir apellyantlar e’tirozi quyidagidan iborat edi 91 : - Qonuniy asoslarda tuzilish uchun xalqaro tribunal davlatlarning akti bilan muvofiqlashtirilgan shartnomasi yoki BMT ustaviga tegishli 91 ICTY, The Prosecutor v. Dusko Tadic, IT-94-1-AR72, Appeals Chamber, Decision of 2 October 1995; см. http://www.un.org 130 o‘zgartirish kiritish orqali ta’sis etilishi lozim edi, Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan emas; - BMT ustavining 7 bobi Xavfsizlik Kengashiga xalqaro sud organini ta’sis etish vakolatini bermaydi. Prosecutor v. Joseph Kanyabashi (RXJT) ishi bo‘yicha sud kamerasi BMT ustavi Xavfsizlik Kengashiga tinchlik va xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda bunday organni ta’sis etishga to‘sqinlik qilmaydi. Chunki BMT ustavining 7 bobi 39 moddasi mazkur masalada harakatlarni tanlashda keng erkinlikka ega Xavfsizlik Kengashi ixtiyoriga havola etadi. 827 va 955-son rezolyutsiyalarni qabul qilib Xavfsizlik Kengashi xalqaro tribunallarni (RXJT, SYXT) ta’sis etib xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxslarni sud qilish maqsadini e’lon qildi va bu bilan keyingi huquqbuzarliklarni oldini oldi va mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni tiklashga ko‘maklashdi. Xavfsizlik Kengashi harakat qilgan holat Shuni ko‘rsatmoqdaki u sobiq Yugoslaviyadagi nizolar ichki yoki xalqaro ekanligini ko‘rsatmagan holda mazkur maqsadga erishishga intilgan. Xavfsizlik Kengashining nizoning ichki yoki xalqaro tavsifga ega ekanligi yuzasidan qaror chiqarmaslikdan maqsadi uni tinchlik yo‘li bilan hal etishga intilishi 1993-yil 3-maydagi Bosh kotib ma’ruzasidava Xavfsizlik Kengashi a’zolarining Ustavni sharhlashga doir bayonotlarida ifodalangan. 92 RXJT – genotsid bo‘yicha hukm chiqargan 93 va , zo‘rlashni genotsidni sodir etish usuli sifatida tan olgan birinchi sud organi hisoblanadi. Bundan tashqari RXJT ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri va ommaviy tarzda genotsidni sodir etishga jalb etgoanlik uchun ommaviy axborot vositalarining vakillarini shaxsiy javobgarlikka tortilgan. 2011-yilning 4-noyabri holatiga ko‘ra Tribunal birinchi instansiyada ayblanayotgan 92 ishdan 76 tasini tugatgan, shu jumladan ikki jinoyat ishini milliy sudlarga o‘tkazish va ikki ayblov xulosani chaqirtirib olgan. Tribunal birinchi instansiya bo‘yicha 70 ayblanuvchiga nisbatan 50 qaror chiqargan, va ulardan 9 o‘z aybini tan olgan. Apellyatsiya ish yurituvi 37 shaxsga nisbatan tugatilgan. Bugungi kunda odil sudlovdan yashiringan hech bir shaxs ozodlikda qoldirilmagan. SYXT kabi Runda Tribunali ham tribunal faoliyatini tugatish Strategiyasini ishlab chiqqan. 2003-yilda Ruanda bo‘yicha xalqaro 92 См.: Док. ООН S/25704 (3 мая 1993 г.), п.62.// http://www.un.org. 93 См.: Там же. МУТР (Судебная палата), Решение от 2 сентября 1998г. // http://www.un.org. 131 tribunal yurisdiksiya Xavfsizlik Kengashining 1503 (2003)-son rezolyutsiyasiga asosan: 2004-yil oxiriga barcha tergovni yakunlash, birinchi instansiya sud jarayonlarini 2008-yil oxiriga va butun Tribunal ishini 2010-yilda tugatish maqsadida mazkur Strategiyani («ishni yakunlash Strategiyasi») tasdiqladi. 94 Xavfsizlik Kengashi 2010-yildagi 1966-son rezolyutsiyasiga asosan ikkita bo‘limga ega Jinoyat tribunallari uchun Xalqaro qoldiq mexanizmini ta’sis etdi va ular 2012-yil 1-iyuldan (RXJT bo‘yicha bo‘lim) va 2013-yil 1-iyuldan (SYXT uchun bo‘lim) faoliyat ko‘rsata boshladi va mazkur mexanizm Ustavini tasdiqladi. Xavfsizlik Kengashi RXJT va SYXT o‘zining butun qolgan ishlarini 2014-yil 31-dekabrga qadar tezkor ravishda tugatishga, o‘z yopilishini tashkil etish va har bir Tribunalda o‘tuvchi guruhlar yordamida Mexanizmga o‘tilishini ta‘minlashag tayyorgarlik qilishga undadi. O‘z faoliyatini yurita boshlagan davrdan, Mexanizm – Mexanizm ustaviga rioya etgan holda Tribunal Yurisdiksiya, huquq va majburiyatlari hamda asosiy funksiyalari davomchisiga aylanadi. BMT tomonidan RXJT va SYXT bo‘yicha tuzilgan barcha bitim va xalqaro shartnomalar Mexanizmga nisbatan mutatis mutandis qo‘llanishda bo‘lishda davom etadi. Xalqaro qoldiq mexanizmi RXJT va SYXT ning moddiy, hududiy, vaqtincha va personal Yurisdiksiya davomchisi hisoblanadi. Mexanizm Ustav qoidalariga muvofiq RXJT va SYXT ayblov e’lon qilgan va eng yuqori rahbarlarga tegishli bo‘lgan va shu bois sobiq Yugoslaviya hududida 1991-yildan buyon, shuningdek, Ruanda hududidagi 1994-yil 1-yanvardan 31- dekabrga qadar va Ruanda fuqarolari tomonidan qo‘shni davlatlar hududida sodir etilgan genotsid va xalqaro gumanitar huquqning boshqa tarzdagi qo‘pol buzilishi uchun ko‘proq javobgar bo‘lgan shaxslarni sud qilish vakolatiga ega. Mexanizm ikki bo‘limga ega: biri RXJT va biri SYXT uchun. SYXT bo‘limi Gaaga shahrida joylashgan. RXJT bo‘limi esa Arushada joylashgan. U quyidagi organlardan iborat: a) Mexanizmning har bir bo‘limi uchun alohida Sud kamerasini o‘z ichiga oluvchi kameralarni va Mexanizm bo‘limlari uchun umumiy bo‘lgan Apellyatsiya kamerasi; b) Mexanizmning har ikkala bo‘limi uchun umumiy bo‘lgan 94 См.: UN Doc. S/Res. 1503 (2003) // http://www.un.org. 132 Ayblovchi; v) Mexanizmning har ikkala bo‘limi uchun umumiy bo‘lgan va Mexanizmga, kameralar va Aybdorni qo‘shib ma’muriy xizmat ko‘rsatilishini ta‘minlovchi Kotibiyat. Mexanizm va milliy sudlar sud tergovi bo‘yicha parallel yurisdiksiyaga ega. Ustavga muvofiq Mexanizmyurisdiksiya milliy sudlar yurisdiksiyadan ustuvor hisoblanadi. 2014-yil 30-iyun holatiga ko‘ra Tribunal Sudkamerasi, Apellyatsiyakamerasi, Ayblovchi Kanselariyasi va Kotibiyatdan iborat. Sud kamerasidagi masalalar mazmuniga doir tugatilgan. 2014-yil 1-avgustida RXJT Ruandaga u tomonidan xibsda saqlanayotgan ikkinchi ayblanuvchiga nisbatan sud muhokamasi uchun ishni o‘tkazdi va qolgan boshqa Apellyatsiyalarni tezkor ko‘rib chiqishni yakunlash bo‘yicha bor kuchini ishga solishda davom etdi. Apellyatsiya kamerasi 5 shaxsga nisbatan 3 qaror qabul qildi. Shunday qilib, Apellyatsiya bosqichida umumiy miqdorda 51 kishiga nisbatan ishlar yakunlandi. RXJTning 2014-yil 1-avgustdagi Xavfsizlik Kengashiga yillik hisobotiga ko‘ra, bitta ishdan tashqari barcha ishlar bo‘yicha Apellyatsiya ish yurituvi yakunlanga bo‘lib, mazkur tugallangan ish bo‘yicha 2015-yilda qaror qabul qilish rejalashtirilgan. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Sobiq Yugoslaviya bo’yicha jinoyat tribunalining yurisdiksiya doirasini yoriting. 2. Bosniya va Gertsegovinadagi jiddiy jinoyatlar sodir etgan shaxslarni qaysi organ jinoiy ta‘qib etishi mumkin? 3. Xalqaro jinoyatchilarni xalqaro tribunallar orqali jinoiy javobgarlikka jalb etish bilan birga parallel tarzda davlat organlari tomonidan jinoiy ta‘qib etishni amalgam oshirish mumkinmi? 4. ad hoc tribunallari mustaqil hisoblanadimi? Xalqaro jinoyat tribunallari Ustavlarida jinoyat huquqi normalari mavjudmi? KAZUS Uzoq davom etgan fuqarolik urushi natijasida Yaqin Sharq davlatlaridan birida ko‘plab tinch aholi qurbon bo‘ldi. Fuqarolik urushi faqatgina BMTning tinchlikparvar qo‘shini (“moviy kaskalar”) yordamida yakuniga yetib, taraflar o‘rtasida tinchlik sulhi tuzilib, amnistiya e'lon qilindi. Biroq, urush davomida qurbon bo‘lgan fuqarolarning qarindoshlari va yaqinlari turli vahshiyliklar, zo‘ravonlik 133 va harbiy jinoyatlarni sodir etgan harbiylar, partizan otryadlari komandirlarini avf etilishiga qat‘iyan qarshi chiqishdi. BMT vakillari bu borada maxsus harbiy tribunal joriy etish lozimligini aytishganda, mamlakat Prezidenti bu holat fuqarolik urushi yana avj olishiga sabab bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Savollar: Maxsus harbiy tribunal joriy etilishi tartibini ko‘rsating. Ad hoc tribunallari milliy sud organlardan farqli jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? XII BOB ARALASH XALQARO JINOYAT SUDLAR (TRIBUNALLAR) 1. Aralash (gibrid) xalqaro jinoyat sudlar (tribunallar)ning umumiy 134 tushunchasi, belgilari va turlari. 2. Syerra-Leone bo‘yicha maxsus tribunal. 3. Livan bo‘yicha maxsus tribunal. 4. Sharqiy Timordagi jiddiy jinoyatlarga nisbatan favqulodda vakolatga ega hay‘atlar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling