Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar
ShHT MATT tizimi, tuzilishi va tarkibi
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esda tuting! ShHT MATT o ‘
- 3. ShHT MATT faoliyati amaliyoti
- Amsterdam sharnomasi (1997) huquqiytartibgasolish mexanizmining shakllanishi "Yevropaerkinlik,xavfsizlikvaadolatbo ‘
- Yevropa Ittifoqi to‘g‘ risidagi shartnomaning (YISH) K.1.19 moddasi
2. ShHT MATT tizimi, tuzilishi va tarkibi. Bugungi kunda ShHT MATTning doimiy faoliyat yurituvchi organi hisoblanadi va ShHT a’zo davlatlari vakolatli organlarining terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyada belgilangan faoliyatlariga ko‘maklashish va muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan. MATT tomonlarning vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, xususan axborot almashinadi va ShHT boshqa organlari so‘roviga asosan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi. 55 Конвенция Шанхайской Организации Сотрудничества «Против Терроризма» Екатеринбург, 16 июня 2009 года//Настоящая Конвенция ратифицирована Законом Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 16 декабря 2011 года №ЗРУ-309 «О ратификации Конвенции Шанхайской сотрудничества против терроризма (Екатеринбург, 16 июня 2009 года)». Вступила в силу для Республики Узбекистан 15 февраля 2012 года Esda tuting! ShHT MATT o ‘ z faoliyatida SHHT tomonidan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashishga oid qabul qilingan hujjat va qarorlariga amal. qilgan.holda faoliyat yuritadi. 92 MATT ning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagicha: - terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha ShHTning tegishli tuzilmalari uchun shuningdek, tomonlar so‘roviga asosan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; - tomonlarning vakolatli organlariga tomonlardan birining so‘roviga asosan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha shu jumladan, mazkur konvensiya qoidalariga muvofiq ko‘maklashish; -MATT ga tomonlardan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga oid axborotlarni to‘plash va tahlil qilish; -MATT ma‘lumotlar bazasini shakllantirish; - Tomonlar vakolatli organlar so‘roviga asosan ma‘lumotlar taqdim etish; - Manfaatdor tomonlar so‘roviga asosan antiterror guruhli shtab va tezkor taktik o‘quvlarini o‘tkazish va tayyorlashda ko‘maklashish; - tomonlar so‘roviga asosan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha tezkor qidiruv va boshqa tadbirlarni o‘tkazish va tayyorlashda ko‘maklashish; -mazkur konvensiya 1-moddasining birinchi bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan shaxslar xalqaro qidiruvini ularni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida tashkil etishga ko‘maklashish; -terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalariga doir xalqaro huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish; -antiterror bo‘linmalar mutaxassislari va instruktorlarini tayyorlashga ko‘maklashish; -terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalarida tajriba almashinuviga ko‘maklashish, ilmiy amaliy konferensiyalar, seminarlar tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish; -terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalari 93 bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlari bilan xizmat aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish 56 . MATT kengashiga ShHT a’zo mamlakatlari vakillari kiradi. Kengash uzluksiz faoliyat yurita oladigan tarzda tashkil etiladi. Ushbu maqsadda har bir davlat MATTning joylashgan o‘rnida har doim taqdim etilishi lozim. Kengash vaqti vaqti bilan yig‘ilishlarda to‘planadi va unda har bir davlat o‘z ixtiyoriga ko‘ra tegishli vakolatli organ rahbari yoki boshqa maxsus tayinlangan vakil tomonidan taqdim etilishi mumkin. Kengash barcha masalalar jumladan moliyaviy maslalar bo‘yicha majburiy kuchga ega qarorlar qabul qiladi, MATT faoliyati to‘g‘risida ShHT a’zo davlatlari rahbarlari kengashiga yillik hisobotlar taqdim etadi. Kengashdagi qaror agar ShHT a’zolaridan birortasi unga e’tiroz bildirmasa qabul qilingan hisoblanadi. Ijroiya qo‘mitasi direktoridan va MATT normal faoliyat yuritishni ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan personaldan iborat. Direktor Ijroiya qo‘mitasining yuqori ma’muriy mansabdor shaxs hisoblanadi va shu 56 Соглашение между государствами – членами ШОС о Минтақавийьной антитеррористической структуре //http.: www.lex.uz 94 ma’noda kengashning barcha majlislarida ishtirok etadi, shuningdek organ tomonidan unga yuklangan boshqa vazifalarni bajaradi. Direktor va uning o‘rinbosari (o‘rinbosarlari) ShHT a’zo davlatlari rahbarlari kengashi tomonidan kengash tavsiyasiga ko‘ra tayinlanadi. Direktor va uning o‘rinbosari (o‘rinbosarlari)ni almashtirish tartibi kengash tomonidan belgilanadi. Direktor kengash e’tiboriga MATT vakolatiga kiruvchi va uning fikricha mazkur organda ko‘rib chiqilishni talab etuvchi har qanday masala xususida axborot berishi mumkin. Direktor Kengash roziligi bilan ShHT budjetiga ishtirokchilik badallarini inobatga olgan holda ShHT a’zo davlatlari fuqarolari ichidan ijroiya qo‘mitasi mansabdor shaxslarini tayinlaydi va/yoki shartnomaga ko‘ra ularni yollaydi. Ijroiya qo‘mitasi tuzilmasi shuningdek, uning shtat jadvali ShHT a’zo davlatlari rahbarlari kengashi tomonidan kengashning Direktor tomonidan ma’qullangan takliflar asosida tasdiqlanadi. O‘z vazifalarini bajarganda Direktor va uning o‘rinbosari (o‘rinbosarlari), Ijroiya qo‘mitasining mansabdor shaxslari hokimiyat organlari yoki davlat rasmiy shaxslarida, shuningdek, ShHTdan boshqa tashkilotlar va xususiy shaxslardan ko‘rsatmalar olishi taqiqlanadi. Tomonlar, Direktor va uning o‘rinbosari (o‘rinbosarlari), Ijroiya qo‘mitasining mansabdor shaxslarining xalqaro tavsifdagi majburiyatlarini hurmat qilishi va o‘z xizmat vazifalarini bajarishda ularga bosim o‘tkazmasliklari lozim. MATT Ijroiya qo‘mitasi MATT ga ShHT a’zo davlatlari tomonidan ularning milliy qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ishlash uchun yuboriluvchi shaxslar bilan to‘ldiriladi. Ma’muriy texnik personal va MATT Ijroiya qo‘mitasining o‘zaro mehnat munosabatlari MATT joylashgan davlatning tegishli qonunchiligi bilan tartibga solinadi 57 . 3. ShHT MATT faoliyati amaliyoti MATT faoliyati o‘z mevalarini bermoqda. Ayrim ma‘lumotlarga ko‘ra ShHTning ikki sammiti oralig‘idagi davr mobaynida (2005-yil 5- iyuldan 2006-yil 15-iyungacha) ShHT hududida MATT faoliyati natijasida 450 dan ortiq teraktlarning oldi olingan, terroristik tashkilotlarning 15 rahbarlari ushlangan va tashkilot davlatlari maxsus xizmatlari tomonidan yo‘q qilingan, yana 400 nafariga xalqaro qidiruv 57 Соглашение между государствами – членами ШОС о Минтақавийьной антитеррористической структуре //http.: www.lex.uz 95 e’lon qilingan. 58 Tashkil ta’sis etilgan vaqtdan boshlab a’zo davlatlar o‘rtasida bir nechta antiterror o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ulardan dastlabkisi 2003-yil avgustda bo‘lib o‘tgan (O‘zbekiston mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan). O‘quv mashg‘ulotlarining birinchi fazasi Qozog‘istonda, ikkinchisi Xitoyda o‘tkazilgan. Xitoy o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi fazasida ishtirok etmagan va bu ekspertlar tomonidan ehtiyotkorlik yuzasidan harbiy harakatlarda ishtirok etishni istamaslik bilangina emas, balki xalqaro manevrlarni o‘rganishda kam tajribaga egaligi bilan izohlanadi 59 . Keng miqyosda, biroq ShHT asosiy tuzilmasi doirasidan tashqarida, 2005-yil avgustda «Tinchlik missiyasi – 2005» deb nomlangan XXR va Rossiya harbiy kuchlarining birinchi birgalikdagi tayyorlanishi boshlandi. Kelgusida 2006 va 2007-yillarda («Sharq antiterror – 2006» va «Tinchlik missiyasi –2007») mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 2008-yil sentabrida «Volgograd-Antiterror – 2008» guruh- shtab mashg‘ulotlari, 2009-yilda «Tinchlik missiyasi – 2009» o‘tkazildi. 2012-yil iyunda ShHT a’zo davlatlari qurolli kuchlarining navbatdagi qo‘shma antiterror guruh-shtab mashg‘uloti «Tinchlik missiyasi — 2012» o‘tkazildi. Antiterror mashg‘ulotlarning faol fazasi 14-iyunda Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Chorux-Dayron poligonida o‘tkazildi. «Tinchlik missiyasi — 2012» antiterror mashg‘ulotlarida Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlari quruqlik qo‘shinlari bo‘linmalarining 2 mingdan ortiq harbiy xizmatchilari hamda 500 dan ortiq harbiy texnika va aviatsiyasi ishtirok etdi. Koalitsion guruh bo‘linmasi qo‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajardi. Qo‘shma antiterror operatsiyalarni tog‘ sharoitida tayyorlashda ShHT davlatlarining harbiy boshqaruv organlari faoliyati algoritmi takomillashtirildi. NAZORAT SAVOLLARI: 1. ShHT MATTning huquqiy asoslarini yoriting. 2. ShHT MATTning tuzulishi, faoliyat tartibi haqida ma‘lumot bering. 58 Мамедова М.Н. Проблемы безопасности: ШОС и Иран // Шанхайская организация сотрудничества: к новым рубежам развития : сборник материалов "круглого стола", апрель 2007 г.. — М.: Изд-во Института Дальнего Востока РАН, 2008. — С. 329-350 59 Баранов А.Ю. Треугольник США-РФ-КНР и ШОС // Азия и Африка сегодня . — 2009. — № 9. — С. 57-59. 96 3. ShHT MATTning asosiy yo‘nalishlari haqida ma‘lumot bering. 4. ShHT MATTning terrorizm, separatism va eksremizmga qarshi kurashishdagi rolini yoriting. 5. ShHT MATTning O‘zbekiston Respublikasi uchun ahamiyati. KAZUSLAR Siriya fuqarosi Ahmadiy – maxsus tayyorgarlik ko‘rgan kiber-terror guruhi rahbari, Markaziy Osiyo hududida o‘z faoliyatini boshladi. Jinoiy guruh maqsadi siyosat, shou biznes, sport olamidagi eng mashhur shaxslarning “Twitter”, “Instagram”, “Facebook” ijtimoiy tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tgan profillari parollarini buzib, ular profilida kiber- terrorchilik guruhining navbatdagi qaltis rejalarini tuzish hisoblanadi. Xususan, kiber-terror guruhi Markaziy Osiyo hududida joylashgan taniqli, tarixiy obidalarni portlatish, shuningdek mazkur obidalar qurilishida ishtirok etgan me'morlarni qatl etishga qaratilgan video lavhalarni joylashtirish va muxlislar o‘rtasida shov shuvli piarni amalga oshirish bilan internetda turli xil viruslarni tarqatishdan iborat. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari maxsus xizmat organlari tomonidan guruhning turgan joyi, tarkibi haqidagi ma‘lumotlar olindi. Shanhay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) va yuqoridagi davlatlarning maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirokidagi tezkor majlisida jinoiy guruhni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishga kelishib olindi. Bunda maxsus xizmatlar xodimlari harakatlarini muvofiqlashtirish va operatsiyaga rahbarlik qilish SHHT MATT vakiliga yuklandi. 1. Mazkur holatga baho bering. 2. SHHT MATT tashkiloti faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro- huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqiy mexanizmlarni sharhlang. 3. Kiber-terror guruhi a'zolarini jinoiy javobgarlik jalb etish masalasi qanday tartibda hal etiladi? 4. SHHT MATT tashkilotining davlatlarning ichki huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlari bilan o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini yoriting. Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) maxsus xizmati tomonidan XXRdan alohida Uyg‘ur avtonom Respublikasini ajratish maqsadida separatizm va terroristik harakatlarini amalga oshirishda gumon 97 qilinayotgan fuqaro Li Qirg‘izistonda yashiringani aniqlandi. XXRning vakolatli organlari Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT)ga murojaat qilib, fuqaro Lini ushlashda ko‘mak berishni so‘radi. Savollar: Fuqaro Lini qidiruv harakatlarini SHHT MATT amalga oshirishga vakolatlimi? XXR maxsus xizmatining murojaati ustidan SHHT MATT qanday qaror qabul qilishi mumkin? Eron fuqarosi A. – maxsus tayyorgarlik ko‘rgan shaxidlar guruhi rahbari, mahfiy yo‘llar orqali Tojikiston Respublikasi chegarasidan o‘z guruhini o‘tkazib, mamlakatga kirib kelgan. Jinoiy guruh maqsadi Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari va yirik shaharlarida, ob'ektlarda terroristik aktlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat edi. Tezkor yo‘llar bilan guruhning yo‘nalishi, tarkibi, teraktlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan shaharlar va ob'ektlar dislokatsiyasi, jinoyatchilarda mavjud qurol-yaroq, portlovchi moddalar haqidagi ma‘lumotlar O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari maxsus xizmat organlariga kelib tushdi. ShHT MATT va yuqoridagi davlatlarning maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirokidagi tezkor majlisida jinoiy guruhni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishga kelishib olindi. Bunda maxsus xizmatlar xodimlari harakatlarini muvofiqlashtirish va operatsiyaga rahbarlik qilish ShHT MATT vakiliga yuklandi. Shu bilan birga, Tojikiston Respublikasi rasmiy idoralari, mahfiylikni saqlash maqsadida, ushbu mamlakat hududida maxsus operatsiya o‘tkazilishi haqida xabardor etilmadi. Tezkor tadbir jarayonida shaxidlardan biri portlovchi uskunani harakatga keltirishga ulgurdi. Oqibatda o‘ndan ortiq insonlar hayotdan ko‘z yumdi, ularning oltitasi – Tojikiston fuqarolari edi. 1. Mazkur holatga hukukiy baho bering. ShHT MATT tashkiloti faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjat haqida ma‘lumot bering. 2. Bir qancha davlatlar hududida terroristik harakatlarni sodir etishni maqsad qilgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini Xalqaro jinoyat sudida ko‘rishga asos mavjudmi? 3. ShHT MATT tashkilotining davlatlarning ichki huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlari bilan o‘zaro munosabatlari tartibini yoriting. 98 Amsterdam sharnomasi (1997) huquqiytartibgasolish mexanizmining shakllanishi "Yevropaerkinlik,xavfsizlikvaadolatbo ‘ shlig‘i"kotsepsiyasiMustahka mlanishi; Chegaralarxavfsizligi,viza, siyosiyboshpana, immigratsiya, fuqarolikhuquqiyhamkorlikmasalalarimilliyvakolatdoirasigao ‘ tishiningMus tahkamlanishi; Jinoiyhuquqiysohadapolitsiyavasudlarninghamkorliginibelgilash IX Bob YEVROPA ITTIFOQI SUD VA POLITSIYA HAMKORLIGINING HUQUQIY ASOSLARI. 1. Yevropa Ittifoqida sud va politsiya hamkorligi huquqiy asoslari. YEVROPOL paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi 2. YEVROPOL tizimi, tuzilishi va tarkibi. 3. YEVROPOL vakolati doirasi. 1. Yevropa Ittifoqida sud va politsiya hamkorligi huquqiy asoslari. YEVROPOL paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi Yevropa politsiya muassasasi bu – davlatlar politsiya organlarining: 1) transmilliy uyushgan jinoyatchilik, 2) xalqaro terrorizm, 3) xalqaro xarakterdagi boshqa "og‘ir turdagi jinoyatlarga": narkotiklar savdosiva boshqalarning Yevropa miqyosida oldini olish va ularga qarshi kurashishda amaliy yordam ko‘rsatish va axborot ta‘minotiga mo‘ljallangan huquqni muhofaza qiluvchi muaasasa hisoblanadi. Yevropol "Yevropa Ittifoqi" tashkiloti doirasida tuzilgan va faoliyat yuritib keladi, bundan kelib chiqadiki uning faoliyati uning barcha a’zo davlatlari hududida amalga oshiriladi. Biroq yuridik shaxs huquqlari nuqtai nazaridan Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan ("uchinchi") davlatlarbilan ham, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan, Interpol bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin 60 . 60 См.: Грибовская Н.Н. Практика взаимодействия МВД России и Европола // Законодательство, 2007. - № 1. – С. 79-82. 99 Yevropol tashkil etilish vaqtida (XX asrning 90-yillarida) Yevropa Ittifoqi jinoyat-huquqiy sohada qonunlar chiqarish vakolatiga ega bo‘lmagan. Shu sababga ko‘ra Yevropolni a’zo davlatlar o‘rtasida 1995- yilda imzolangan va 1998-yilda kuchga kirgan maxsus xalqaro shartnoma (qisqacha “Yevropol to‘g‘risida Konvensiya” Yevropapolitsiya idorasini tuzish to‘g‘risida Konvensiya") orqali ta’sis etilgan. Keyinchalik Yevropol to‘g‘risida Konvensiyaga bir necha bor o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lib, ular jumladan Yevropapolitsiya idorasi vakolatini kengaytirishga yo‘naltirilgan (Yevropol vakolatiga qo‘shimcha jinoyat turlarining kiritilishi, unga a’zo davlatlarga jinoyat ishini qo‘zg‘atish, jinoiy tergovni o‘tkazish va muvofiqlashtirish to‘g‘risida so‘rovlar bilan murojaat etish huquqi va boshqalar berildi.). Yevropol to‘g‘risida Konvensiyani qayta ko‘rib chiqish uni imzolash kabi alohida barcha a’zo davlatlar tomonidan imzolanishi va ratifikatsiya qilinishi lozims bo‘lgan maxsus xalqaro shartnomalar (qo‘shimcha protokollar) orqali amalga oshirilgan. A’zo davlatlar aksariyat hollarda ratifikatsiya jarayonini cho‘zib yuborganliklari bois, Yevropol huquqiy maqomi to‘g‘risidagi zarur islohotlar bir necha yillarga ortga surilgan. Bu Yevropa Ittifoqiga unga 1997-yilgi (Amsterdam) va 2001-yilgi (Nitssa) shartnomalari bilan berilgan jinoyat-huquqiy sohada yangi qonunchilik vakolatidan foydalanga holda qayd etilgan Konvensiyani bekor qilish va uni qayta ko‘rib chiqilishi milliy ratifikatsiyani talab etmaydigan yuridik majburiy akt bilan almashtirishga undadi. Kengashning 2009-yil 6-apreldagi "Yevropapolitsiya idorasi Yevropa Ittifoqi to‘g‘ risidagi shartnomaning (YISH) K.1.19 moddasi siyosiy boshpanaberishga oid siyosat; ittifoqning tashqi chegaralarininazorat qilish; immigratsiyaga oid siyosat giyohvandlikvositalarivapsixotropmoddalarningnoqonuniyaylanishiga qarshi siyosat; iqtisodiy firibgarlikka qarshi kurashish; fuqorolik ishlari sohasida hamkorlik; jinoyat huquqiy sohada hamkorlik; bojxona ishlarida hamkorlik; Milliy politsiya xizmatalarning o ‘ zaro hamkorligi, Yepropolni tashkil qilish 100 (Yevropol)ni tuzish to‘g‘risida"gi qarori ayni shunday akt hisoblanadi. 2009-yil 6-apreldagiQaror de jure va de facto Yevropapolitsiya idorasini qayta ta’sis etuvchi hujjat sifatida namoyon bo‘ladi 61 . 1995-yilgi konvensiya bekor qilinishi bilan uning asosila tashkil etilgan “eski” Yevropol o‘z faoliyatini tugatdi. Uning o‘rnida Yevropa Ittifoqi tashkiliy mexanizmiga to‘la integratsiyalashgan va a’zo damlatlar badallari hisobida emas, balki bevosita YI umumiy budjetidan moliyalashtiriluvchi “yangi” Yevropol tuzildi. “Yangi” Yevropol undan oldingisi ega bo‘lmagan qator qo‘shimcha imkoniyatlar va vakolatlarni qo‘lga kiritadi, jinoiy tashkilot doirasida sodir etilishi talab etilmaydigan jinoyatlar bilan Shug‘ullanish vakolati Shular jumlasidandir. Yevropol tizimi, tuzilishi va tarkibi Yevropol Niderlandiyadagi Gaaga shahrida joylashgan. Yevropol Yevropol to‘g‘risidagi konvensiya bilan ta’sis etilgan Yevropol idorasining huquqiy vorisi hisoblanadi. Har bir a’zo davlatda Yevropol tashkil etilgan yoki tayinlangan bitta milliy bo‘lim bilan bog‘langan. 2009-yil 6-apreldagi qaror bilan tashkil etilgan “yangi” Yevropol “eski” Yevropolning, shu jumladan, u tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalarga nisbatan ham huquqiy voris sifatida namoyon bo‘ladi. Qarorning 64 moddasiga muvofiq u 2010-yil 1-yanvardan yoki birmuncha keyinroq (agar qayd etilgan sanada Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan “yangi”, shu jumladan, personalining imtiyozlar va immunitetlari to‘g‘risidagi maxsus reglament tasdiqlanmasa) o‘z faoliyatiga kirishadi. Ma’muriy kengash va direktor Yevropolning organlari hisoblanadi. 61 См.: Решение Совета Европы от 6 апреля 2009 г. о создании Европейского полицейского ведомства (Европол) // Journal officiel de l’Union européenne L 121 du 15.5.2009, p. 37. Перевод и предисловие Четверикова А.О. 101 Ma’muriy kengash tarkibiga har bir a’zo davlatning bittadan vakili va qo‘shma komissiyaning bir nafar vakili kiradi. Ma’muriy kengashning har bir a’zosi bitta ovozga ega. Har bir a’zo o‘z o‘rniga bitta o‘rinbosarini yuborishi mumkin va haqiqiy a’zo bo‘lmaganda o‘rinbosar uning ovoz berish huquqidan foydalanishi mumkin. Ma’muriy kengash raisi va vitse-raisi kengashning 18 oylik dasturini birgalikda ishlab chiqqan 3 a’zo davlat guruhi tomonidan mazkur guruh doirasida saylanadi. Ular o‘zlarining qonuniy vakolatlarini kengashning tegishli dasturiga muvofiq 18 oy mobaynida amalga oshiradilar. Mazkur muddat davomida rais o‘z a’zo davlatining ma’muriy kengashdagi vakili sifatida harakat qilmaydi. Vitse-rais rais o‘z vazifalarini amalga oshira olmaydigan holatda uning o‘rnini egallaydi. Rais Ma’muriy kengashning o‘z vazifalarini bajarish mobaynida normal faoliyat ko‘rsatishi uchun javobgar hisoblanadi 62 . Rais huzurida Ma’muriy kengash kotibiyati faoliyat ko‘rsatadi va u Ma’muriy kengash faoliyatini tashkil etish muvofiqlashtirish va tizimliligini ta‘minlash bilan uzviy bog‘liq. Rais rahbarligi va javobgarligi ostida u raisga turli qarorlar qabul qilishga ko‘maklashadi. Ma’muriy kengashga uning vazifalarini bajarishga zarur yordamni ko‘rsatadi. Ma’muriy kengash: - Yevropol maqsadlariga erishilmaganligini aniqlashga imkon beruvchi baholash me’zonlarini o‘z ichiga olgan strategiyani ishlab chiqadi; - Direktorning faoliyati ustidan Shu jumladan Ma’muriy kengash qarorlarini ijro etish ustidan nazoratni amalga oshiradi; - Har qanday qarorlar yoki choralar qo‘llanilishini qabul qiladi; - Direktor taklifiga ko‘ra va komissiya roziligi bilan Yevropol personaliga nisbatan qo‘llaniluvchi tartib to‘g‘risida qoidalar qabul qiladi; - Komissiya bilan kelishuvga asosan moliyaviy reglamentni qabul qiladi va buxgalterni tayinlaydi; - Ichki audit bo‘limini tuzadi va Yevropol personali a’zolaridan shakllanuvchi auditorlik personalini tayinlaydi. Yevropol kengash tomonidan ko‘pchilik ovozi bilan ma’muiriy kengash tomonidan taqdim etiladigan 3 tadan kam bo‘lmagan nomzod ichidan 4 yil muddatga tayinlanadigan direktor tomonidan boshqariladi. 62 См.: Трыканова С.А., Орина И.В. Актуальные проблемы Европейского права: Учебное пособие – М.: Флинта: МПСИ, 2008. – С. 175 102 Kengash Direktor faoliyatini baholagan Ma’muriy kengash taklifiga binoan uning vakolatini yana bir marta 4 yil muddatga yangilashi mumkin. Ma’muriy kengash Direktor yoki direktor o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni tanlash, shuningdek, uning vakolatlarini yangilash qoidalarini belgilaydi. Mazkur qoidalar ular kuchga kirgunga qadar kengashning ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi 63 . Direktor o‘z faoliyati uchun Ma’muriy kengash oldida javobgar bo‘lib, Yevropolning qonuniy vakili hisoblanadi. Moliyaviy nazoratchi (the Financial Controller) va moliyaviy qo‘mita ham Yevropol organlari hisoblanadi. Idoralararo taftish komissiyasi (the Joint Audit Committee) har yili Yevropolning barcha daromadlari va harajatlarini taftishini, budjet ijrosini o‘tkazadi. Yevropol faoliyatining asosini Yevropa Ittifoqi davlatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorligining axborot ta‘minoti tashkil etadi. U Yevropol yagona Axborot tizimi (The Europol Computer System) asosida amalga oshiriladi. Yevropol vazifalarini amalga oshirish uchun oldin yaratilgan Shingen axborot tizimiga asoslanuvchi kompyuterlashtirilgan axborot tizimi (Computerized System of Collected Information) yaratilgan. U quyidagilardan iborat tarkibda faoliyat ko‘rsatadi: - Axborot tizimi (Information System); - Kriminalistik tahlili uchun ishchi fayllar tizimi (Work Files for the Purposes of Analysis); - Indekslar tizimi (Index System). 63 Топорнин Б.Н. Европейское право: Учебник. - М.: Юристъ, 2008. – С. 142. 103 Mazkur kompleks ularga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish Yevropol vakolatiga kiruvchi jinoyatlar to‘g‘risida ma‘lumotni yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va kelgusida Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlari huquqni muhofaza qilish faoliyati maqsadida foydalanishda qo‘llaniladi. Shakllangan axborot quyidagilarga taalluqli: - A’zo davlatlar milliy qonunchiligiga ko‘ra Yevropol vakolatiga kiruvchi jinoyatni sodir etish yoki unda ishtirok etishda gumon qilinayotgan yoki bunday jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar; - Bunday jinoyatlarni sodir etishi mumkin deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan shaxslar; - Bunday jinoyatlarni tergov qilishda ko‘rsatma berishda chaqirtirilishi mumkin bo‘lgan shaxslar; - Bunday jinoyatlardan jabrlanuvchilar yoki bu kabi jinoyatlardan birining jabrlanuvchisi bo‘lishi mumkin deb faraz qilish uchun yyetarli asoslar mavjud shaxslar; - Bu turdagi jinoyatlarga aloqadar shaxslar; - Bunday jinoyatlar to‘g‘risida ma‘lumot bera oladigan shaxslar. Ro‘yxatga olish ma‘lumotlarida Shuningdek jinoyat sodir etishda qo‘llaniladigan vositalar, jinoyatning mohiyati, uning sodir etilish vaqti va joyi to‘g‘risida ham ma‘lumotlar o‘rin olgan. Yevropol to‘g‘risidagi konvensiyada mazkur axborot tizimlaridan foydalanishning maxsus shartlari, ma‘lumotlarni shu jumladan, shaxsiy ma‘lumotlarni himoya qilish tartibi belgilangan. Tizim faoliyatida inson huquqlariga rioya qilinishi usitdan nazorat har bir milliy nazorat organidan 2 tadan oshiq bo‘lmagan vakildan iborat Birlashgan nazorat organi (Joint Supervisory Body)tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur organ shuningdek, a’zo davlatlarning Yevropol to‘g‘risidagi konvensiyaning 19 moddasiga muvofiq bepul axborot olish huquqiga ega fuqarolari o‘zlarining mazkur huquqlarini to‘siqsiz amalga oshirishlarini ham kuzatib boradi. Bunday so‘rovni Yevropolga qayta yo‘naltiruvchi har qanday davlat tomonidan qilinishi mumkin. Ro‘yxatlarda saqlanadigan axborotni olish huquqidan foydalanish va uni o‘zgartirish jarayoni milliy qonunchilikka binoan amalga oshiriladi. Yevropol personali vaqtincha va/yoki shartnomaviy xodimlardan iborat. Ma’muriy kengash har yili basharti Direktor nomuayyan muddatga shartnomalar tuzish istagini bildirsa o‘z roziligini beradi. Ma’muriy kengash shtat jadvalida berilgan qaysi vaqtincha lavozimlar faqat a’zo davlatlar vakolatli organlar tomonidan jalb etilgan personal 104 tomonidan egallanishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Yevropa Ittifoqining har bir a’zo davlatida Yevropol mazkur a’zo davlat o‘z milliy qonunchiligiga ko‘ra yuridik shaxslariga beradigan keng huquq layoqatiga ega bo‘ladi. Yevropol xususan ko‘char va ko‘chmas mulk sotib olish yoki sotish va sudda ishtirokchi tomon sifatida qatnashish huquqiga ega. Yevropa Ittifoqining har bir a’zo davlati asosiy funksiyalarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan milliy bo‘limni tuzadi yoki tayinlaydi. Har bir a’zo davlatda milliy bo‘lim rahbari sifatida mansabdor shaxs tayinlanadi. Milliy bo‘lim Yevropol a’zo davlat milliy vakolatli organlari o‘rtasidagi yagona aloqa organi hisoblanadi. Biroq a’zo davlatlar ular tomonidan tayinlangan vakolatli organlar va Yevropol o‘rtasida tegishli a’zo davlat tomonidan belgilangan shartlarga rioya qilish sharti bilan bevosita aloqalarga ruxsat etishi mumkin. 64 Milliy bo‘lim bir vaqtning o‘zida Yevropol va tayinlangan vakolatli organlar o‘rtasida bevosita almashinayotgan butun axborotni oladi. Milliy bo‘lim va vakolatli organlar o‘rtasidagi munosabat milliy qonunchilik normalari, shu jumladan, tegishli konstitutsiyaviy normalar bilan tartibga solinadi. Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling