Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19

KAZUS 
Ayrim  olimlar  xalqaro  terrorizmning  sub'ekti  alohida  shaxslar, 
ayrim  hollarda  yuridik  shaxslar  hambo‘lishinita'kidlashgan.  Biroq, 
I.P.Blishenkoning  fikricha  xalqaro  terrorizmning  sub‘ekti  nafaqat 
jismoniy va yuridik shaxs, balki davlat ham bo‘lishi mumkin. 
 
Savollar: Mazkur holatga huquqiy baho bering. Xalqaro jinoyatlar 
va  xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlar  bir  xil  mazmunga  egami  yoki  farqli 

70 
 
jihatlari  mavjudmi?  Bu  to‘g‘risida  olimlaro‘rtasida  qanday  ilmiy 
qarashlar  mavjud?  Davlat  xalqaro  terrorizm  subekti  bo‘lganda, 
jinoyatishi  Xalqaro  jinoyat  sudida  ko‘riladimi  yoki  tribunaldami? 
Javobingizni amaliy misollar bilan asoslang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

71 
 
VII Bob 
INTERPOL XALQARO MUNOSABATLAR SUBYEKTI 
SIFATIDA. INTERPOLNING SHAKLLANISH VA 
RIVOJLANISH TARIXI 
 
1. Interpol xalqaro munosabatlar subyekti sifatida. Interpol paydo 
bo‘lishi va rivojlanishi tarixi. 2. Interpol tizimi, tuzilishi va tarkibi. 3. 
Interpol faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 4. Interpolning O‘zbekiston 
Respublikasi uchun ahamiyati.  
 
1. Interpol xalqaro munosabatlar subyekti sifatida. Interpol 
paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi. 
 
  Jinoyatchilik  va  unga  qarshi  kurash  muammolari  qadimiy  tarixga 
ega  bo‘lib  tarixning  barcha  davrlarida  jamiyki  davlatlar  kun  tartibida 
bo‘lib kelgan, biroq aynan XIX-XX asrlarda jinoyatchilikning eng xavfli 
turlariga  qarshi  kurashishda  davlatlararo  o‘zaro  yordam  ko‘rsatish 
zarurati  tug‘ildi  va  bu  quyidagi  bir  qator  omillar  bilan  izohlanadi: 
davlatlararo 
aloqalarning 
rivojlanishi, 
chegaraviy 
jarayonlarning 
soddalashuvi,  turizmning  rivojlanishi  jinoyatchilarning  bir  davlatdan 
boshqa  davlat  hududiga  o‘tish  imkoniyatining  oshishiga,  uyushgan 
jinoyatchilikning  o‘sishiga  olib  keldi,  kontrabanda,  giyohvandlik 
vositalari noqonuniy savdosi, terrorizm, “odam savdosi”, qalbaki pullarni 
tayyorlash  kabi  jinoyatlar  ko‘plab  davlatlarning  diqqat  markazidan  o‘rin 
oldi  va  bu  jinoyatlar  o‘z  xususiyati  hamda  jamiyat  va  ayrim  shaxslarga 
keltirgan  zarari  hajmiga  ko‘ra  yagona,  umum  e’tirof  etilgan  va 
davlatlararo  muvofiqlashtirilgan  kurashni,  taktik,  texnik  choralar 
qo‘llashni  taqozo  etdi,  yashiringan  jinoyatchilarni  qidirib  topish  va 
ushlashni  qat‘iy  protsessual  unifikatsiya  qilish,  jinoyatchilarni  ushlab 
berish  (ekstraditsiya)  tartibini  muvofiqlashtirish  zaruratini  yuzaga 
keltirdi.  
  Uzviy  hamkorlik  qilish  zarurati  kriminal  politsiyaning  milliy 
xizmati  vakillarini  turli  darajada  rasmiy  va  norasmiy  shakllarda  aloqa 
qilish  ehtiyojini  tug‘dirdi.  Kriminologlar  va  kriminalistlar  tomonidan 
nazariyada  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  sohasida  kuchlarni  birlashtirish 
zaruratini anglab etilishi qator xalqaro forumlarni o‘tkazilishiga olib keldi 
va bular Interpolning yaratilishidan oldin o‘tkazilgan, xususan: 

72 
 
-
 
1889-yilda Bryusselda (F. fon List tashabbusi bilan) jinoyat huquqi 
xalqaro  uyushmasining  ta’sis  majlisi  o‘tkazildi  va  unda  jinoyatchilik 
sabablari va unga qarshi kurashning ilmiy tadqiq etilishidan tashqari qator 
davlatlar politsiyalarini doimiy amal qiluvchi, tashkiliy rasmiylashtirilgan 
dastlab  milliy,  so‘ng  xalqaro  miqyosda  hamkorligi  tartibida  amalga 
oshiruvchi aksiya o‘tkazish taklifi ilgari surildi; 
-
 
1905-yilda  Gamburgda  bo‘lib  o‘tgan  xalqaro  kriminalistlar 
uuushmasining  o‘ninchi  xalqaro  assambleyasida  barcha  davlatlarda 
politsiya  tuzilmalari  tarkibida  xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
markaziy  byurolarini  tuzish,  alohida  jinoyat  turlariga  qarshi  kurash 
bo‘yicha xalqaro politsiya markazlari tuzish taklifi bildirilgan
-
 
1910-yilda  Buenos-Ayresdan  (Argentina)  xalqaro  kriminalistlar 
uyushmasining  butunjahon  politsiya  uyushmasini  tuzish  taklifi  kelib 
tushgan; 
-
 
1912-yilda  Myunxen  va  Drezdenda  ichki  german  politsiya 
konferensiyasida  nemis  kriminalistlari,  shuningdek  kriminal  politsiya 
xizmatlarining xalqaro hamkorligi masalalari muhokama etildi.
42
 
-
 
1914-yilda  Monakoda  jinoyat  politsiyasining  I  Xalqaro  kongressi 
bo‘lib  o‘tdi.  14  mamlakatning  yuristlari  va  politsiya  xizmatchilari,  shu 
jumladan,  Rossiya  imperiyasining  Ichki  ishlar  vazirligi  vakillari 
tomonidan  turli  mamlakatlar  politsiya  organlarining  jinoyatchilikka 
qarshi  kurash  bo‘yicha  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  xalqaro  kriminal 
ma‘lumotni hisobga olish bo‘limini ta’sis  etish va jinoyatchilarni ushlab 
berish  (ekstraditsiya)  jarayonlarini  unifikatsiya  qilish  imkoniyati 
muhokama  etildi.  Birinchi  jahon  urushi  o‘zaro  kelishilgan  choralarni 
amalga  oshirishni  to‘xtatib  qo‘ydi.  1923-yilda  ikkinchi  jinoyat 
politsiyasining  II  Xalqaro  kongressi  bo‘lib  o‘tib,  uning  natijasi  o‘laroq 
xuddi  shu  yilning  7-sentabrida  doimiy  faoliyat  yurituvchi  tashkilot  – 
jinoyat politsiyasi Xalqaro komissiyasi (The International Criminal Police 
Commission, ICPC, 1923) ta’sis etildi. 
-
 
1950-yillarning  o‘rtalarida  uning  faoliyati  huquqiy  asoslari  va 
tashkil  etilishini  takomillashtirish  zarurati  tug‘ildi:  1956-yilda  jinoyat 
politsiyasi  Xalqaro  komissiyasining  25-sessiyasida  bir  ovoz  bilan  ustav 
qabul  qilindi  va  unda  komissiya  jinoyat  politsiyasi  Xalqaro  tashkiloti 
(Interpol) deb nomlandi.  
                     
42
 Войцеховский А. История создания Интерпола. // Ж. Бизнес-информ. – 1998. – №10. – С.28.
 

73 
 
Tashkilot  nomi  ingliz  tilida  The  International  Criminal  Police 
Organization  –  INTERPOL  (qisqartma  nomi 
inglizcha 
Internationalpolice 
dan 
kelib 
chiqqan).    1966-yilda  Interpol  BMT  tomonidan 
xalqaro  1971-yilda  esa  hukumatlararo  tashkilot 
deb  tan  olingan.  1996-yildan  BMT  Bosh 
assambleyasi 
sessiyalari 
va 
faoliyatida 
kuzatuvchi sifatida ishtirok etib keladi.  
100  dan  ortiq  davlat  Interpol  a’zosi 
hisoblanadi,  uning  markaziy  organlari  Lion 
shahri (Fransiya)da joylashgan. 
Interpol  faoliyatining  huquqiy  asosi  uning 
ustavi va reglamenti hisoblanadi. 1956-yil 13-iyunda kuchga kirgan ustav 
1923-yilgi ta’sis hujjatining o‘rnini egalladi. 
Interpolni  tashkil  etish  va  rivojlanishining  murakkab  tarixi,  uning 
xalqaro tashkilot sifatida o‘ziga xosligi, jahon hamjamiyatining XX-XXI 
asrlardagi  tobora  murakkablashib  boruvchi  hayoti  bilan  uzviy  aloqasi 
uning  huquqiy  maqomi  (status)ni  aniqlashda  muayyan  qiyinchiliklarni 
keltirib chiqaradi. 
1923-yilda  jinoyat  politsiyasi  Xalqaro  komissiyasi  sifatida  tashkil 
etilgan  vaqtdan  boshlab  Interpol  muhim  xalqaro  politsiya  tashkilotiga 
aylanish maqsadida o‘z a’zolarini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda. 
Hamkorlik  modeli  siyosatiga  tayangan  holda  tashkilotning  rasmiy 
maqsadlari  turli  millatlar  tegishli  milliy  qonunchilik  doirasida,  Inson 
huquqlari  umumjahon  Deklaratsiyasiga  amal  qilgan  holda  politsiyalar 
o‘rtasida  hamkorlikka  ko‘maklashish  va  ta‘minlashdan  iborat.  Ikkinchi 
jahon urushidan so‘ng tashkilot qayta tashkil etilib Interpol siyosiy, irqiy 
Xalqaro jinoiy politsiya 
tashkiloti (INTERPOL
– umumjinoiy 
jinoyatchilikka qarshi 
kurashda turli davlatlar 
politsiya organlari 
(tashkilotlar) ning 
xalqaro hamkorligini 
muvofiqlashtiruvchi 
xalqaro huquqni 
muhofaza qiluvchi 
tashkilot 

74 
 
va  diniy  masalalarni  chetlab  o‘tgan  holda,  jinoiy  huquqbuzarliklarga 
ixtisoslashdi
43

Interpol  tarixini  huquqiy  nuqtai  nazardan  tahlil  etib  quyidagilarni 
qayd etish joiz:  
Ko‘p  tomonlama  a’zolik,  muntazam  organlar,  ta’sis  shartnomalari, 
suverenitetni  hurmat  qilish  va  a’zo  davlatlarning  ichki  ishlariga 
aralashmaslik,  qarorlarning  qabul  qilinishi  va  kuchga  kirish  tartibi 
belgilari tashkilot tomonidan 1923-1930-yillarda qo‘lga kiritilgan. 
Xalqaro  huquqlarning  Mustaqilligi  belgilari  (immunitet  va 
imtiyozlar,  shtab  kvartiraning  Mustaqilligi,  personalning  immuniteti, 
arxivlarning,  xizmat  yozishmalari  va  barcha  turdagi  aloqalarning 
daxlsizligi,  bevosita  soliq  va  bojxona  yig‘imlaridan  ozod  etilganlik, 
valyuta  imtiyozlari,  tashkilot  rahbarining  diplomatik  dahlsizligi  va 
boshqalar) 1956-1984-yillarda rasmiylashtirildi. 
 
Interpol  xalqaro  tashkilot  sifatida  huquqiy  maqomning  quyidagi 
turlarini  bosib  o‘tgan:  noMustaqil  nohukumat  (1923-1930-yillarda), 
nohukumat (1930-1984- yillarda), hukumatlararo ( 1984-yildan boshlab) 
Interpolning  tahlil  etilayotgan  “xalqaro  hukumatlararo  tashkilot” 
ta’rifi  uning  ixtisoslashtirilgan  tavsifini  (universaldan  farqli  o‘laroq) 
namoyon etmoqda: 

 
faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra– huquqiy; 

 
faoliyat  maqsadi  va  prinsiplariga  ko‘ra  –  maxsus  vakolatli, 
xususan, turli mamlakatlar vakolatli organlarining keng hamkorligi orqali 
xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlarning  oldini  olish.  Biroq  JPXT  (MOUP) 
turli  davlatlar  jinoyat  politsiyalarining  tashkiloti  sifatida  baholab 
bo‘lmaydi,  chunki  ayrim  mamlakatlar  Interpolda  aynan  politsiya  emas, 
                     
43
  Comparative  and  International  Policing,  Justice,  and  Transnational  Crime,  edited  by  Sesha  Kethineni. 
Durham, NC: CarolinaAcademicPress, 2010. 
Interpol funksiyalari: 
-
 
Tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning 
oldini olish hamda chora qo’llash; 
-
 
Sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish; 
-
 
Jinoyat(huquqbuzarlik) sodir etgan  shaxsni aniqlash, izlash va tutish; 
-
 
Kriminalistik (politsiya) hisobini olib borish; 
-
 
Tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish hamda fosh 
etish uchun zarur bo’lgan tezkor-qiduruv tadbirlarni amalga oshirish. 

75 
 
boshqa  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  tomonidan  taqdim  etilgan 
bo‘lishi  mumkin  bo‘lib,  ular  Ustavning  7-moddasiga  asosan  vakolatli 
hisoblanadi; 

 
tashkilot a’zolarini qabul qilish tartibiga ko‘ra – ochiq (Ustavning 
4-moddasi): 

 
egallagan hududi hajmiga ko‘ra – butunjahon; 

 
ishtirokchilari  doirasiga  ko‘ra  –  universal(unga  iqtisodiy  boy  va 
kambag‘al,  demokratik  va  avtoritarrejim  hukm  surgan,  dunyoviy  va 
diniy, federativ va unitar davlatlar kiradi). 
Huquqiy maqom tahliliga bo‘yicha xulosa sifatida qayd etish joizki, 
Interpol,  xalqaro  huquq  normalariga  rioya  etgan  holda,  o‘z  kuchi  bilan 
Mustaqil  tergovni  amalga  oshirish,  jinoyatlarni  ochish  va  turli 
mamlakatlarda jinoyatlarni qidirish bilan shug‘ullana olmaydi (ya’ni unga 
a’zo 
davlatlar 
tomonidan 
vakolat 
berilgan 
milliy 
tashkilot 
hisoblanmaydi),  biroq  bugungi  kunga  kelib  –  o‘z  axborot,  texnik  va 
tashkiliy 
imkoniyatlariga 
ko‘ra 
xalqaro 
jinoyatchilikka 
qarshi 
kurashuvchi  va  uning  oldini  oluvchi  ilg‘or  va  yagona  tashkilot 
hisoblanadi. O‘zining 80 yillik tarixi mobaynida Interpol 20 a’zosiga ega 
noMustaqil  nohukumat  tashkilotidan  BMT  bilan  bir  qatorda  turuvchi 
190dan  ortiq  a’zo  davlatlariga  ega  butunjahon  hukumatlararo 
tashkilotigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.  
Ustav  Interpol  vakolatini,  uning  maqsad  va  vazifalarini, 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlik  prinsiplarini  tartibga 
soluvchi  hujjat  hisoblanadi.  Aynan  ushbu  hujjat  uning  tuzilmaviy 
tashkilotining  Mustahkamlab  qo‘ygan  bo‘lib,  u  Interpol  tomonidan 
bajariladigan vazifalardan kelib chiqib keyinchalik hosil etilgan va qator 
xalqaro tashkilotlar namunaviy tuzilmasiga muvofiq hisoblanadi. 
Dastlabki to‘rt qoida Ustavning umumiy qoidalaridan iborat. Uning 
1-moddasida  Tashkilot  nomi:  «Xalqaro  jinoyat  politsiyasi  tashkiloti  
(Interpol)» va rasmiy joylashgan o‘rni— Fransiya belgilangan.  
 Ustavga 
muvofiq 
(2-modda) 
turli 
mamlaktlar 
politsiya 
organlarining  (muassasalarining)  umumjinoiy  jinoyatchilikka  qarshi 
kurash  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  Xalqaro  jinoyat  politsiyasi 
tashkiloti  (Interpol), quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan: 
a)
 
barcha  jinoyat  politsiyasi  organlarining  (muassasalarining) 
mamlakatlarning  amaldagi  qonunchiligi  doirasida  va  Inson  huquqlari 
umumjahon  Deklaratsiyasiga  rioya  qilgan  holda  keng  hamkorligini 
ta‘minlash; 
b)
 
Jinoyatchilikni  oldini  olish  va  unga  qarshi  kurashishga  yaqindan 

76 
 
ko‘maklashuvchi muassasalarni tashkil etish va rivojlantirish. 
 Interpolni  tashkil  etish  va  faoliyatning  huquqiy  tartibga  solinishi 
asosida bir qator umumiy va maxsus prinsiplar yotadi
44

 
Asos hisoblanuvchi umumiy prinsiplarga quyidagilar kiradi: 
Interpol Ustavining 2-moddasida belgilangan inson va fuqaro huquq 
va  erkinliklarini  hurmat  qilish  va  amal  qilish  prinsipi  Inson  huquqlari 
umumjahon Deklaratsiyasiga asoslanadi (1948). 
Tashkilot a’zolari huquqlarining tengligi Interpolga kiruvchi barcha 
mamlakatlar ularning hajmi va tashkilot budjetidagi moliyaviy ulushidan 
qat‘iy  nazar  teng  huquqlarga  ega  ekanligini  anglatadi.  Interpolning 
rahbariy organlari faoliyatida ishtirok etuvchi barcha delegatsiyalar ovoz 
berishda bitta ovozga egadirlar va hatto a’zo mamlakat tashkilot budjetiga 
badal  to‘lay  olmasada  u  kun  tartibidagi  muhim  masalalar  yuzasidan 
(masalan ustavni o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda) ovoz berish 
huquqidan mahrum etilmaydi. 
A’zo  mamlakatlar  davlat  suverenitetini  hurmat  qilish  prinsipi  – 
xalqaro  jinoyat    politsiyasi  tashkiloti  (Interpol)  ustavining  3-moddasida 
belgilangan  bo‘lib,  unga  muvofiq  tashkilotga  siyosiy,  harbiy,  diniy  yoki 
irqiy  tavsifga  ega  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  yoxud  unga  aralashish 
taqiqlanadi. 
Mazkur prinsipga muvofiq Interpol rahbariy organlarining qarorlari 
uning  ishtirokchilari  uchun  tavsiyaviy  kuchga  ega.  Ayni  vaqtda,  uning 
joylardagi  organlari  o‘z  milliy  vakolatlari  doirasida  tashkilot  qarorlarini 
                     
44
ОфициальныйсайтИнтерпола. http://www.interpol.com
 
Interpol faoliyatining umumiy prinsiplari
 
Inson huquq va 
erkinliklarini hurmat 
va rioya qilish 
prinsipi 
 
Tashkilot a’zolari 
huquqlari tengligi 
prinsipi 
Davlat suverinitetini 
hurmat qilish prinsipi
 
Javobgarlikka 
tortilishni  ta‘minlash 
prinsipi
 

77 
 
o‘z  mamlakatlari  hududida  hayotga  joriy  etish  uchun  ko‘maklashuvchi 
barcha  choralarni  ko‘rishlari  lozim  va  na  Interpol  rahbariy  organlarining 
xodimlari,  na  boshqa  mamlakatlar  politsiya  xizmatlarining  xodimlari 
suveren  davlat  hududida  tegishli  hokimiyat  organlari  ruxsatini  olmasdan 
faoliyat yuritishlari mumkin emas. 
Jinoyat  uchun  javobgarlikning  muqarrarligi  prinsipini  ta‘minlash 
Interpol  a’zo  mamlakatlari  politsiya  xizmatlari  har  bir  shaxs  o‘z  xizmat 
yoki  moddiy  ahvoli,  boshqa  holatlar,  Shu  jumladan,  o‘zining  joylashgan 
joyidan  qat‘iy  nazar  sodir  etgan  jinoyatiga  muvofiq  bo‘lgan  jazoga 
tortilishi  lozimligini  anglatadi.  Interpol  faoliyatining  maxsus  prinsiplari 
quyidagilardan iborat. 
Hamkorlikning  faqat  umumjinoiy  jinoyatlarga  qarshi  kurash  bilan 
cheklanishi. 1946-yildayoq Xalqaro jinoyat politsiyasi Komissiyasi uning 
jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati tashkilot 
neytraliteti  va  davlatlar  suverenitetini  hurmat  qilishni  ta‘minlovchi  faqat 
umumjinoiy jinoyatlar bilan cheklanganligini belgilagan. 
Hamkorlikning funksionalligi prinsipi  jinoyatchilikka qarshi kurash 
sohasidagi  o‘z  vakolatlarini  amalga  oshirishga  vakolatli  har  bir  huquqni 
muhofaza  qiluvchi  organ  o‘zining  rasmiy  nomidan  qat‘iy  nazar  Interpol 
tizimida  xalqaro  hamkorlikni  amalga  oshirishda  ishtirok  etishi 
mumkinligini  anglatadi.  Shu  mazmunda  jinoyat  politsiyasi  deganda 
politsiya organlarining tizimi emas balki funksiyalari tushuniladi. 
Faoliyat  metodlarining  moslashuvchanligi  va  tezkorligi  prinsipi 
Interpolijtimoiy  va  siyosiy  tuzilmalar  keng  xilma-xilligini,  shuningdek, 
duyodagi turli mamlakatlarda yuzaga keluvchivaziyatlarni inobatga olgan 
Interpol faoliyatining maxsus prinsipilari
 
Umumjinoyatchilikka qarshi kurashish 
bo‘yicha hamkorlik qilish bilan 
cheklanish prinsipi 
 
Hamkorlikning funksionalik prinsipi 
 
Faoliyat usullarining samaralilik va 
tezkorlik prinsipi 
 

78 
 
holda o‘z faoliyatida anchagina moslashuvchan, oson o‘zgartiriladigan va 
operativ  metodlardan  foydalanishini  anglatadi.  Bunda  xalqaro  politsiya 
hamkorligi,  avvalo,  a’zo  mamlakatlar  politsiya  organlari  tomonidan 
amalga oshiriladigan harakatlarga bog‘liq. 
 
2. Interpol tizimi, tuzilishi va tarkibi 
 
Interpolning  oliy  organi  Bosh  assambleya  hisoblanadi,  uning 
sessiyalari  orasida  esa  tor  vakolatlar  va  tarkibga  ega  prezident 
rahbarligidagi ijroiya qo‘mitasi oliy ma’muriy organ hisoblanadi. Doimiy 
amal  qiluvchi  ishchi  tashkilot  Bosh  kotibiyat  bo‘lib,  unga  Bosh  kotib 
rahbarlik  qiladi.  Interpolning  organlar  boshqaruvi  tizimida  bir  vaqtning 
o‘zida  ikki  tizimda  alohida  davlat  va  mazkur  tashkilotda  tegishli  ikki 
tomonlama  bo‘ysunish  asosida  amal  qiluvchi  milliy  markaziy  byurolar  
(MMB)  alohida  o‘rin  tutadi.  Faqat  konsultativ  funksiyalarni  bajaruvchi 
boshqaruv maslahatchilari organlar tizimini yakunlaydi. 
 
Bosh  Assambleya  tarkibiga  barcha  a’zo  mamlakatlarning  vakillari 
kiradi.  Delegatsiyaning  miqdor  tarkibi  hech  qayerda  belgilanmagan. 
Biroq ustav bu yerga yuqori darajada turuvchi milliy miqyosdagi Interpol 
faoliyati bilan bog‘liq jinoyat politsiyasi amaldorlarini, shuningdek, Bosh 
Assambleyaning  navbatdagi  sessiyasi  kun  tartibiga  kiritilgan  savollar 
bo‘yicha mutaxassislarni kiritishni talab etadi
45

Bosh  Assambleya  sessiyalari  har  yili  kuzda  turli  mamlakatlar  va 
                     
45
Гасымов  И.Г.  Международная  организация  уголовной  полиции  и  зарождение  практики 
международного розыска. // Московский журнал международного права, 1999. - № 4. - С. 221 - 223. 
Interpol organlari
 
Bosh Assambleya
 
Ijroiya qo‘mita 
Bosh kotibiyat
 
Milliy markaziy byuro
 
Maslahatchilar 
 
Arxiv ustidan nazorat etuvchi komissiya
 

79 
 
kontinentlarda o‘tkaziladi. Har bir delegatsiya ovoz berishda bitta ovozga 
ega. 
Bosh Assambleya quyidagi ustav vakolatlariga ega: 
1.
 
Interpol  doirasida  turli  mamlakatlar  politsiyasining  asosiy 
hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash. 
2.
 
Bunday  hamkorlikni  osonlashtiruvchi  tadbirlarni  tayyorlash  va 
o‘tkazish. 
3.
 
Yangi a’zolarni qabul qilish. 
4.
 
Keyingi  yil  uchun  ish  rejasi  va  budjetni  ko‘rib  chiqish  va 
tasdiqlash. 
5.
 
Tashkilot mansabdor shaxslarini saylash. 
6.
 
Moliyaviy masalalar yuzasidan qaror qabul qilish. 
Bu yerda voyaga etmaganlar, giyohvandlik vositalarini tarqatish va 
boshqa  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  alohida  masalalarni  maxsus 
o‘rganish  bo‘yicha  doimiy  va  vaqtincha  komissiyalar  tuziladi.  Bosh 
Assambleya  ichki  tashkiliy  va  protseduraviy  masalalar  yuzasidan 
rezolyutsiyalarini  ijro  etish  majburiy  bo‘lib,  politsiya  organlari  va 
hukumatlarga yo‘naltirilgan rezolyutsiyalar tavsiyaviy mazmunga ega. 
Aytib  o‘tilgan  sessiyalardan  tashqari  tashkilot  a’zo  mamlakatlar 
vakillari  muntazam  ravishda  Bosh  Assambleya  sessiyasiga  chiqarish 
maqsadga  nomuvofiq  bo‘lgan  muammolar  yuzasidan  Mintaqaviy 
konferensiyalar 
o‘tkazadi.  Qator  muammolar  mazkur  mintaqa 
mamlakatlarida  dastlabki  muhokama  etilishni  talab  etadi.  Odatda,  bu 
yerda  mazkur masala yuzasidan qator davlatlarning yagona fikri, uni hal 
qilishga  yagona  yondashuv  shakllanadi,  mazkur  mintaqada  keng 
tarqalgan  alohida  xalqaro  jinoyatlarga  qarshi  kurash  bo‘yicha  amaliy 
kuchlar o‘zaro muvofiqlashtiriladi.  
Ijroiya  qo‘mitasi  Bosh  Assambleya  sessiyalarining  oralig‘ida 
faoliyat  ko‘rsatadi.  U  Bosh  Assambleya  tavsiyalarini  hayotga  joriy 
etilishini  kuzatadi,  Bosh  kotib  faoliyatini  nazorat  qiladi  va  navbatdagi 
sessiya  kun  tartibini  tayyorlaydi.  Ijroiya  qo‘mitasi  saylib  qo‘yiladigan 
Bosh  Assambleya  turli  mamlakatlar  va  kontinentlar  (Osiyo,  Amerika, 
Afrika, Avstraliya va Yevropa) dan prezidenti (4 yil muddatga) 3 ta vitse-
prezidentlar (3 yil muddatga) va 9 nafar delegatdan iborat.  
Interpol Ijroiya qo‘mitasi  Prezidenti  amalda butun tashkilot rahbari 
hisoblanadi  Bosh  Assambleya  sessiyalari  oralig‘ida  uning  faoliyatiga 
rahbarlik  qiladi.  Butun  rahbarlik  Ijroiya  qo‘mitasi  orqali  shuningdek, 
bevosita  joriy  ishlar  Yuzasidan  yakka  tartibdagi  qarorlar  qabul  qilish 
orqali  amalga  oshiriladi.  1988-yilda  fransuz  Ivan  Barbo  –  rahbarligi 

80 
 
ostida fransuz politsiyasining barcha departamentlari va 125 ming xodim 
miqdorida  shaxsiy  tarkib  bo‘lgan  Fransiya  ichki  ishlar  vazirligi  milliy 
politsiyasi bosh direktori prezident etib saylangan.  
Ijroiya  qo‘mitasi  majlislar  yilda  kamida  bir  marta  o‘tkaziladi. 
Barcha qarorlar ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Biroq ovozlar teng 
bo‘lgan  holatda  prezident  ovoz  berish  huquqidan  foydalanadi.  O‘z 
faoliyatini  amalga  oshirishda  ijroiya  qo‘mitasining  barcha  a’zolari  o‘z 
mamlakatlarining  vakillari  sifatida  emas,  balki  Interpol  vakillari  sifatida 
harakat qiladi
46
.  
Bosh  Kotibiyat  butun  tashkilotning  doimiy  faoliyat  uyurituvchi 
xizmati  bo‘lib  o‘z  ichiga  Bosh  kotib,  mutaxassislar  va  ma’muriy 
personalni  qamrab  oladi.  U  Bosh  Assambleya  va  Ijroiya  qo‘mitasining 
qarorlarini  hayotga  joriy  etadi,  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  bo‘yicha 
xalqaro  markaz,  shuningdek  ixtisoslashtirilgan  va  axborot  markazlari 
sifatida  harakat  qiladi,  Interpolning  samarali  ma’muriy  rahbarligini 
ta‘minlaydi,  MMB  lar  va  xalqaro  tashkilotlar  bilan  aloqalarga 
ko‘maklashadi,  zaruriy  nashrlarni  tayyorlaydi,  Bosh  Assambleya 
sessiyalari  va  Ijroiya  qo‘mitasining  yig‘ilishlarida  Ishchi  kotibiyat 
vazifalarini  bajaradi,  prezident  bilan  aloqaga  ko‘maklashadi  va  bir  qator 
boshqa funksiyalarni bajaradi. 
Kotibiyatni  Bosh  Assambleya  tomonidan  65  yoshdan  katta 
bo‘lmagan  shaxslar  ichidan  5  yil  muddatga  tayinlanuvchi  Bosh  kotib 
boshqaradi.  Bu  Interpolning  jinoyatchilikka  qarshi  kurashni  tashkil  etish 
ishida  asosiy  figura  hisoblanadi.  U  o‘z  ixtiyoriga  ko‘ra  Bosh  kotibiyat 
personalini  shakllantiradi  va  uning  barcha  xizmatlariga  rahbarlik  qiladi. 
Kotibiyat shtatida 300 xodimli ish o‘rni mavjud bo‘lib, shulardan qariyb 
20  tasi  kontrakt  asosida  ishlaydi.  Boshqalar  bu  yerga  a’zomamlakatlar 
politsiya  xizmatlari  tomonidan  ishga  yuborilgan.  Mazkur  barcha 
xodimlarga  o‘z  faoliyatini  amalga  oshirish  chog‘ida  biror  hukumat  yoki 
Interpoldan  tashqari  boshqa  tashkilot  funksiyalaridan  kelib  chiqib 
yondashishi  yoki  instruksiyasiga  amal  qilishi  taqiqlanadi.  Ular  ularning 
xalqaro  missiyasiga  to‘sqinlik  qilishi  mumkin  bo‘lgan  har  qanday 
harakatlardan tiyilishi lozim
47

 1987-yildan 
Bosh 
kotibiyat 
tarkibida 
o‘z  kontinentidagi 
giyohvandlik  vositalari  savdosi  va  boshqa  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 
bo‘yicha  mintaqaviy  muammolarni  hal  etish  hamda  Yevropadagi 
davlatlar  politsiya  hamkorligini  rivojlantirish  maqsadida  Yevropa 
                     
46
Ўша жойда. – Б.223 
47
 Usha joyda. С.224 

81 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling