Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
 
Jinoyatchilikka 
qarshi 
kurashda 
hamkorlikning 
asoaiy 
shakllarini yoriting. 
 
2.
 
Jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  hamkorlikning  predmeti  va 
jinoyatning asosiy belgilarini yoriting.
 
3.
 
Jinoyatchilikka 
qarshi 
kurash 
bo‘yicha 
hamkorlikda 
politizimlilik prinsipini tushuntiring.  
 
 
KAZUS 
Ukraina fuqarosi Bashirov Rossiya Federatsiyasi Qrim Respublikasi 
hududida yollangan harbiy guruhlar tarkibida bir qator og‘ir jinoyatlarni 
sodir  etib,  Afg‘oniston  hududida  yashiringan.  Interpolning  tezkor 
yo‘llari  orqali  Rossiya  va  Ukraina  hukumatlari  ushbu  shaxsning 
yashiringan 
joyi 
haqida 
ma‘lumot  olishdi.  Shundan  so‘ng, 
Afg‘onistonning  vakolatli  organiga  Rossiya  Federatsiyasi  Bosh 
prokuraturasidan  fuqaro  Bashirovni  ekstraditsiya  qilish  haqida  rasmiy 
so‘rov  kelib  tushgan.  Shu  bilan  birga,  Ukraina  davlati  vakolatli  organi 
Bashirovni  Ukraina  qonunchiligi  asosida  javobgarlikka  tortish  uchun 
ekstraditsiya qilishni talab qildi.  
 
1. Ushbu holatga baho bering. 
2.  Afg‘oniston  hududida  yashiringan  Bashirovni  boshqa  davlatga 
ekstraditsiya qilish masalasi Interpol vakolati doirasiga kiradimi?     
3.  Davlatlararo  jinoiy-huquqiy  yordam  ko‘rsatishda  parallel 
so‘rovlar kelib tushgan taqdirda, qaysi biri qanoatlantirilishi mumkin?  
4.  Fikrlaringizni  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyatini 
tartibga  soluvchi  normativ-huquqiy  hujjatlar  va  olimlar  ilmiy 
qarashlariga tayanib  sharhlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 

43 
 
IV bob 
XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI 
TASHKILOTLAR 
 
1. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” tushunchasi, 
umumiy tavsifi va belgilari. 2. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi 
tashkilotlar”ning maqsadlari, vazifalari va faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari. 3. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” 
xalqaro maqomi, tasnifi va tizimi. 
 
1. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” tushunchasi, 
umumiy tavsifi va belgilari 
 
Xalqaro huquqning subyekti bo‘lmish xalqaro tashkilotlar davlatlar 
o‘rtasidagi  hamkorlikning  asosiy  tashkiliy-huquqiy  shakllaridan  biri 
hisoblanadi.  
Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  yuzlab  xalqaro  tashkilotlarga  asos 
solindi,  jumladan,  BMT,  YUNESKO,  NATO,  SHHT  va  boshq.  Bu 
xalqaro  huquqning  Mustaqil  sohasi  –  xalqaro  tashkilotlar  huquqining 
mavjudligi haqida xulosa chiqarishga zamin yaratadi.  
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  mohiyati  haqida 
mulohaza qilishga o‘tishdan oldin xalqaro tashkilotlar mazmunining o‘zi 
haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.  
Xalqaro  huquqning  ikkilamchi  subyekti,  hosilasi  sifatida  xalqaro 
tashkilotlar  davlatlar  tomonidan  tuziladi  (tashkil  etiladi).  Yangi  xalqaro 
tashkilotni  tuzish  jarayoni  uch  bosqichda  o‘tadi:  ta’sis  hujjatini  qabul 
qilish, 
tashkilotning 
moddiy 
tuzilmasini 
yaratish, 
tashkilot 
faoliyatining boshlanishiga dalolat 
qiluchi 
asosiy 
organlarni 
chaqirish. 
Xalqaro  tashkilotni  tuzishga 
davlatlar  tomonidan  birgalikda 
xohish-istak bildirilishi ikkita usul 
bilan qayd etilishi mumkin: 
1) 
tashkilotni 
tuzish 
to‘g‘risidagi xalqaro shartnomada; 
2) mavjud xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lish haqidagi qarorda. 
FAKTLAR 
Xalqaro tashkilotlar XIX asr oxiri – 
XX asr boshlarida paydo bo‘ldi. 
1874-yilda Butun jahon pochta 
ittifoqi, 1919-yilda Xalqaro mehnat 
tashkiloti tuzildi va boshqalar. 
Millatlar Ligasi birinchi xalqaro 
siyosiy tashkilot bo’lib,1919-yilda 
Versal tizimi asosida tashkil etilib, 
1949-yilgacha faoliyat yuritdi.     

44 
 
Birinchi  usul  xalqaro  amaliyotda  eng  ko‘p  tarqalgan  usul 
hisoblanadi.  Xalqaro  shartnomani  tuzish  tashkilotning  ta’sis  hujjati 
bo‘ladigan  shartnoma  matnini  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  uchun 
xalqaro  anjuman  chaqirishni  talab  etadi.  Bunday  hujjat  turlicha 
nomlanishi  mumkin:  statut,  ustav,  konvensiya.  U  kuchga  kirgan  kun 
tashkilotga asos solingan kun hisoblanadi. 
Xalqaro  tashkilotlar  soddalashtirilgan  tartibda  boshqa  xalqaro 
tashkilot  tomonidan  qaror  qabul  qilish  shaklida  ham  tuzilishi  mumkin. 
Bunda  xalqaro  tashkilotni  tuzishga  davlatlarning  birgalikdagi  xohish-
istagi qabul qilinishi bilan kuchga kiradigan ta’sis rezolyutsiyasi uchun 
ovoz berish orqali bildiriladi.  
Tashkilot  faoliyatini  to‘xtatish  ham  ishtirokchi  davlatlarning 
birgalikdagi xohish-istagi asosida amalga oshiriladi. Ko‘pincha tashkilot 
faoliyatini  to‘xtatish  uni  tarqatib  yuborish  to‘g‘risidagi  protokolni 
imzolash orqali amalga oshiriladi. 
Xalqaro  tashkilotlarni  tuzib  davlatlar  ularning  tegishli  huquq  va 
salohiyatini  belgilab  beradilar:  huquq  va  majburiyatlarga  egalik  qilish, 
xalqaro huquq me‘yorlarini yaratish va qo‘llashda ishtirok etish, xalqaro 
huquq  me‘yorlariga  amal  qilinishi  ustidan  nazorat  qilish  va  shu  orqali 
davlatlar  xalqaro  hamkorlik  sohasida  o‘zlari  bilan  birga  huquq 
ijodkorligi,  ijrosi  va  muhofazasini  amalga  oshiradigan  xalqaro 
huquqning yangi subyektini yaratadilar.  
 
2. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatining 
maqsadi, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari 
 
Jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  turli  xalqaro  tashkilotlarning 
xalqaro  darajadagi  roli  bir  xil  emas.  Bu  ularning  ustavi  bilan 
belgilanadigan vakolat doirasiga bog‘liq. Davlatlar xalqaro tashkilotlarni 
tuzib,  ularning  ustavlarini  ishlab  chiqib,  ularga  u  yoki  bu  huquq  va 
majburiyatlar  berib  mazkur  tashkilotlarning  maqsad  va  vazifalariga, 
ularning xalqaro munosabatlar tizimida kasb etgan roliga asoslanadilar. 
Ko‘pgina 
xalqaro 
tashkilotlarni 
yaratilishi 
va 
faoliyatida 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  hamkorlik  qilish  maqsad  etib 
belgilanmaydi.  Ular  bunda  faqat  asosiy  faoliyatlarini  amalga  oshirish 
uchun qatnashadilar.  
Masalan,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti,  BMT  Ustavining  1-
moddasi  3  va  4-qismlariga  muvofiq,  “Iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy  va 
gumanitar xususiyatga ega muammolarni hal etishda, inson huquqlariga 

45 
 
va  irqi,  jinsi,  tili  va  dinidan  qat‘iy  nazar  barcha  asosiy  erkinliklariga 
hurmatni  rag‘batlantirish  va  oshirishda  xalqaro  hamkorlikni  amalga 
oshirish;  millatlarning  bu umumiy  maqsadlarga  yetishdagi  harakatlarini 
muvofiqlashtirish  uchun  markaz  vazifasini  bajarish”  vakolatiga  ega
20

Jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlik  qilmasdan  bu 
muammolarni  hal  qilish  mumkin  emasligi  tabiiydir.  Mazkur  holat 
xalqaro  jinoyatlar  va  xalqaro  xususiyatga  ega  jinoyatlarga  qarshi 
kurashda  xalqaro  hamkorlik  asosini  shakllantiruvchi  bir  qator  xalqaro 
shartnomalarni  BMT  rahnamoligida  ishlab  chiqish  va tuzishni  oldindan 
belgilab berdi.  
Shunday  qilib,  BMT  o‘zinig  asosiy  faoliyatini  amalga  oshirish 
natijasida  xalqaro  huquq  darajasida  jinoyatchilikni  aniqlash  va  ayrim 
ijtimoiy  jihatdan  xavfli  xatti-harakatlar  uchun  jazo  belgilash  bo‘yicha 
birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda, xalqaro shartnomalarni 
ishlab  chiqish  va  tuzishda,  boshqa  xalqaro-huquq  qonun  hujjatlarini 
jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlik uchun xalqaro 
huquqiy asos sifatida qabul qilishda qatnashadi.  
Ko‘pgina  xalqaro  tashkilotlar  o‘zining  asosiy  faoliyati  sababli  ular 
uchun  asosiy  faoliyat  yo‘nalishi  bo‘lmagan  huquqiy  asoslarni 
shakllantirish va jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning 
alohida amaliy jabhalariga daxldor bo‘ladilar.  
Bundan  tashqari  xalqaro  tashkilotlarning  keng  doirasi  ichida 
shunday  tashkilotlarni  ajratish  mumkinki,  jinoyatchilikka  qarshi 
kurashda  xalqaro  hamkorlik  yoki  uning  ayrim  yo‘nalishlari  ularni 
tuzishdagi asosiy maqsad va ularning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. 
Bundan  tashqari  shunday  holatlar  borki,  jinoyatchilikka  qarshi 
kurashda  xalqaro  hamkorlikni  amalga  oshirish  vakolati  xalqaro 
tashkilotlarning  tarkibiy  qismi  yoki  bo‘g‘ini  bo‘lmish  ularning 
organlariga beriladi.  
Xalqaro  tashkilotlar  va  ularning  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda 
xalqaro  hamkorlik  qilish  vakolatiga  ega  organlari  majmui  “Xalqaro 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar”  tushunchasi  bilan  belgilanishi 
mumkin. 
Qonunchilik  va  xalqaro  huquqda  mazkur  tushunchaning  mazmuni 
va  ta’rifini  belgilovchi  me‘yorlar  mavjud  emas.  Mazkur  atama  xalqaro 
huquqda ma‘lum. 
Masalan, 
ayrim 
mualliflarning 
ta’kidlashicha, 
Xavfsizlik 
                     
19 
Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Устави ва Халқаро Суд Статути. БМТ // БМТ Жамоат ахбороти 
департаменти, Август 1998 й.-М., Москва. 1999. – 35 б. 
 

46 
 
Kengashining  bir  qator  rezolyutsiyalarida  va  Birlashgan  Millatlar 
Tashkilotining  boshqa  hujjatlarida  quyidagi  tushunchalar  ishlatilgan: 
huquqni  muhofaza  qilish  organlari  o‘rtasida  hamkorlik  bo‘yicha 
xalqaro  tashkilotlar  (international  law  enforcement  cooperation 
bodies)
bookmark18
,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  organlari 
(international law enforcement community)
bookmark19
xalqaro huquqni 
muhofaza qilish organlari  (international law enforcement authorities)
21

huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha 
hukumatlararo tashkilotlari (intergovernmental organizations in the area 
of law enforcement cooperation)
22

Shu  bilan  birga,  bu  hujjatlarda  faoliyatning  asosiy  predmeti 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlik  bo‘lgan  xalqaro 
tashkilotlar ta‘rifi va mukammal ro‘yxati berilmagan.  
Muayyan xalqaro tashkilotni yoki uning organini Xalqaro huquqni 
muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  qatoriga  qo‘shish  imkonini  beruvchi 
ayrim  mezonlarni  yoki  boshqacha  qilib  aytganda,  belgilarni  aniqlash 
lozim. 
Birinchidan,  bunday  tashkilotlarga  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda 
xalqaro  hamkorlikni  amalga  oshirish  vakolati  berilgan.  Bu  ularning 
asosiy faoliyati hisoblanadi. 
Ikkinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  bu 
faoliyatni  davlatlar  o‘rtasidagi  shartnomalar  asosida  amalga  oshirish 
vakolatiga ega. Odatda, bu shartnomalar ularning ustavlarida, gohida esa 
boshqa  xalqaro  huquqiy  hujjatlarda  (xalqaro  tashkilotlar  bilan  tuzilgan 
xalqaro shartnomalar, rezolyutsiyalar va boshqa hujjatlarda) ifodalanadi.  
Uchinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
huquqiy  subyektlik  ko‘lami  ularni  tuzish  to‘g‘risidagi  shartnomalari 
bilan belgilanadi. Shuning uchun faqat hukumatlararo shartnoma asosida 
tashkil etilgan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar yoki ularning suveren 
davlatlar birlashishi istagining majmuini ifodalaydigan organlari xalqaro 
huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo‘lishi mumkin. 
To‘rtinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
                     
20 
БМТ  Бош  Ассамблеясининг  60-сессияси.  Расмий  ҳисоботлар.  Учинчи  қўмита:  Бош  бошқармада 
бўлиб  ўтган  7-мажлис  ҳақида  қисқача  ҳисобот,  Нью-Йорк,  7  октябрь  2005  йил,    40  п.  //  A/C.3/60/SR.7,  21 
October2005 БМТ ҳужжати.
 
21
Бош Ассамблеянинг махсус йигирманчи сессиясида қўйилган мақсадларга эришиш ва белгиланган 
вазифаларни  бажариш,  юзага  келган  тўсиқлар  ва  келгуси  фаолият:  пул  маблағларини  ноқонуний 
ўзлаштиришга қарши кураш ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш соҳасидаги ҳамкорликни кенгайтириш бўйича аъзо 
давлатлар  фаолияти  натижалари.  Пул  маблағларини  ноқонуний  ўзлаштиришга  қарши  кураш  ва  ҳуқуқни 
муҳофаза  қилиш  соҳасидаги  ҳамкорликни  кенгайтириш  бўйичаочиқ  таркибдаги  экспертлар  ишчи  гуруҳи. 
Котибият мактуби. П. 15h. // UNODC/CND/2008/WG.2/2, 20 May2008 БМТ ҳужжати.
 

47 
 
jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik rivojini belgilab bera 
olmaydi.  Chunki  davlatlar  xalqaro  munosabatlar  tizimining  asosiy 
subyektlari hisoblanadi, Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar 
esa, umuman olganda, ikkilamchi unsur sanaladi.  
Beshinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlarning 
jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik qilish uchun yyetarli 
bo‘lgan xalqaro huquqiy subyektlik maqomiga ega doimiy organlari bor.  
Oltinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  o‘z 
faoliyatini  ixtiyoriy  tartibda  emas,  balki  belgilangan  xalqaro  huquq 
qoidalari  va  jarayonlariga  rioya  etgan  holda  xalqaro  huquqning 
umume’tirof  etilgan  tamoyillari  va  me‘yorlariga  muvofiq  amalga 
oshiradi.  
Yettinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
xalqaro  hamkorlik  doirasida  xalqaro  jinoyatlar  va  xalqaro  xususiyatga 
ega  jinoyatlar  va  ayrim  holatlarda  transmilliy  jinoyatlarga  qarshi 
kurashda majburiy choralarni qo‘llash vakolatiga ega. 
Sakkizinchidan, 
xalqaro 
huquqni 
muhofaza 
qiluvchi 
tashkilotlarning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyati jinoyat 
sodir  etgan  shaxslarning  individual  jinoiy  javobgarligi  tamoyiliga  amal 
qilishni ta‘minlashga yo‘naltirilgan.  
To‘qqizinchidan,  agar  ayrim  ishtirokchi  davlatlar  xalqaro  huquqni 
muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  yoki  boshqa  ishtirokchi  davlatlar  bilan 
hamkorlik qilishdan voz kechsa, bu xalqaro-huquqiy javobgarlikka olib 
keladi. 
 
Хalqaro jinoiy 
adliya 
organlarining  
o‘ziga xos 
xususiyati va 
ularni tashkil etish 
hamda  faoliyat 
yuritish 
maqsadlari bilan 
belgilanadi, ular: 
 
Xalqaro jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni 
javobgarlikka tortish va jazo qo‘llash; 
 
 
Xalqaro hamjamiyat hamda uning a’zolari va 
barcha insonlarning xalqaro jinoyatlardan 
himoya qilish; 
 
 
Xalqaro jinoyatlarning oldini olish, shu asnosida 
tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlash hamda 
tiklash. 
 

48 
 
 
Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida  xalqaro huquqni muhofaza 
qilish  tashkilotiga  quyidagi  ta’rifni  berish  lozim.  Xalqaro  huquni 
muhofaza  qilish  tashkiloti  deganda  davlatlararo  shartnoma  asosida 
tashkil  etilgan  birlashma  yoki  maxsus  xalqaro  huquqiy  sub‘yektlik 
maqomli doimiy organlarga ega va umume’tirof etilgan xalqaro huquq 
tamoyillari  va  me‘yorlariga  muvofiq  shaxs,  jamiyat,  davlat  va  dunyo 
hamjamiyatining  huquqlari,  erkinliklari  va  manfaatlarini  xalqaro 
jinoyat,  xalqaro  xususiyatga  ega  jinoyat  hamda  transmilliy  jinoyat  deb 
e’tirof  etilgan  huquqbuzarliklardan  himoya  qilish  faoliyatini  amalga 
oshiradigan,  xalqaro  bitimlar,  shartnomalar  asosida  tuzilgan  bunday 
birlashmaning organi tushuniladi.  
Bugungi  kunda  xalqaro  jinoyat  sudlov  organlarining  quyidagi 
institutsional modellari bor: 
1)  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  tomonidan  o‘zining  yordamchi 
organlari sifatida tuziladigan ad hoc xalqaro jinoyat tribunallari. 
2)  Davlatlarning  BMT  bilan  shartnomalari  asosida  tashkil  etilgan 
yoki  BMTning  vaqtincha  ma’muriyatlari  tomonidan  tinchlikparvar 
operatsiyalar  amalga  oshirilayotgan  davlatlar  hududida  tuzilgan  aralash 
(gibrid) tribunallari (sudlari). 
3)  Vakolat  doirasiga  xalqaro  sudlar  va  jinoyat  sud  jarayonining 
boshqa  qatnashchilari  ishtirokida  xalqaro  jinoyatlarniko‘rish  kiradigan 
milliy sudlar. 
4) Xalqaro jinoyat sudi. 
Xalqaro  jinoyat  sudlov  organlariga  jinoyat  yurisdiksiyasi  beriladi, 
ya’ni  ular  aslida  xalqaro  jinoyat  ishlarini  ko‘rib  chiqadi  va  hal  etadi, 
ularni  sodir  etgan  shaxslarni  jinoiy  ta‘qib  qilish  va  jazolashni  amalga 
oshiradi.  Bu  xususiyat  ularni  boshqa  yurisdiksion  sohada  tashkil 
etiladigan  va  faoliyat  ko‘rsatadigan  boshqa  xalqaro  sud  organlaridan 
(xalqaro adliya organlaridan) ajratib turadi.  
Aynan  xalqaro  jinoyat  yurisdiksiya  sohasida  vakolatning  yo‘qligi 
xalqaro jinoyat sudlov organlariga tegishli emas: 
-
 
xalqaro  huquq  sub‘yektlari  o‘rtasidagi  nizolarni  hal  etish  uchun 
tashkil  etilgan  umumiy  yurisdiksiyadagi  xalqaro  sudlar,  masalan, 
Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Xalqaro  sudi  va  Yevropada 
xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti  doirasidagi  Yevropa  yarashtiruv  va 
hakamlik sudi; 
-
 
xalqaro  hamkorlikning  alohida  yo‘nalishlari  bilan  bog‘liq  yoki 
xalqaro  huquqning  alohida  sohalariga  tegishli  me‘yorlar  yoki  alohida 

49 
 
xalqaro  shartnomalar  bilan  tartibga  solinadigan  maxsus  xalqaro  sudlar, 
ular  qatoriga  Dengiz  huquqi  bo‘yicha  xalqaro  tribunal,  Inson  huquqlari 
bo‘yicha  Yevropa  sudi,  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligi  iqtisodiy  sudi, 
BENILYUKS  (Belgiya,  Niderlandiya,  Lyuksimburg)  sudi  va  boshqalar 
kiradi; 
-
 
 xalqaro tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi nizolarni hal 
etish  uchun  cheklangan  yurisdiksiyadagi  xalqaro  sudlar,  ularga  BMT 
Xalqaro  ma’muriy  tribunali  va  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  Xalqaro 
ma’muriy tribunali tegishlidir; 
-
 
 xalqaro  nodavlat  tashkilotlar  –  xalqaro  xususiy  huquq  va  xalqaro 
huquqning alohida sohalari bilan bog‘liq nizolarni hal etadigan arbitraj, 
hakamlik va boshqa sudlar
23

Shubhasiz, yuqorida nomlari zikr etilgan sud organlari odil sudlovni 
amalga oshiradilar, taraflar uchun majburiy bo‘lgan qarorlar chiqaradilar 
va  konsultativ  xulosalar  beradilar.  Shu  sababli  ular  huquq  ustunligini 
himoyalash  va  ta‘minlash  bo‘yicha  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish 
faoliyati va xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq ishtirokchilari bo‘lib 
buni  xalqaro  sudlov  (adliya)  shaklida  amalga  oshiradi.  Biroq  mazkur 
xalqaro  sudlar  Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
toifalarining  biri  sifatidagi  xalqaro  jinoyat  adliya  organlariga  tegishli 
bo‘lmagani uchun jinoyat yurisdiksiya sohasidagi vakolatga ega emas va 
xalqaro darajada jinoyatlarga qarshi kurashda qatnashmaydi.  
 
3. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning huquqiy 
maqomi, tasnifi va tizimi 
 
Jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlikda  Xalqaro 
huquqni  muhofaza qiluvchi tashkilotlar turlicha  rol  o‘ynaydi. Shu bilan 
birga  ular  huquqiy  maqomining  xususiyatlaridan  shuki,  ular  o‘zaro 
yoki  alohida  davlatlar  bilan  shartnomalar  tuzganda  belgilangan  xalqaro 
huquqiy munosabatlarda teng huquqli subyektlar sifatida amal qiladi. 
Ko‘pgina  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  tashkilotlari  xalqaro 
operatsiyalarda  ishtirok  etadi.  Xalqaro  darajada  Interpol  va  Yevropol 
(Yevropa politsiya tashkiloti) ko‘p tarmoqli doimiy tuzilmalari bilan eng 
mashhur xalqaro politsiya tashkilotlaridir
24
.  
Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  maqomining 
                     
22
Панов В.П. Халқаро жиноятларга қарши курашда давлатлар ҳамкорлиги. М., Прогресс. 1994. 57 б. 
23
Қиёсий  ва  халқаро  полиция,  адлиява  трансмиллий  жиноятчилик.Сеша  Кетинени  таҳр.  остида. 
Дурҳам, НС: Каролина Академик Пресс, 2010 й. 
 

50 
 
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor berish lozim.  
Birinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  tashkilotlari  bir-
biriga  bo‘ysunmaydi.  Ular  o‘z  xohish-istagini  bir-birigamajburan 
o‘tkaza  olmaydi.  Odatda  xalqaro  huquni  muhofaza  qilish  tashkilotlari 
o‘rtasidagi  hamda  xalqaro  huquni  muhofaza  qilish  tashkilotlari  va 
alohida  ishtirokchi  davlatlar  o‘rtasidagi  munosabatlar  bir-biriga 
bo‘ysunish  asosida  emas,  balki  koordinatsion  ravishda  qurilgan.  Shu 
ma’noda Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va ishtirokchi 
davlatlar  aniq  xalqaro  huquqiy  munosabatlar  subyekti  sifatida  teng 
huquqlidir; 
Ikkinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
vakolat doirasi turlicha bo‘lgani sababli teng huquqlilik tushunchasi ham 
cheklangan  va  nisbiy  xususiyatga  ega.  Bu  cheklanganlik  va  nisbiylik 
mazkur  tashkilotlarni  xalqaro  munosabatlarning  asosiy  suveren 
ishtirokchilari  va  xalqaro  huquq  subyektlari  bo‘lmish  davlatlarga 
tenglashtirib  bo‘lmasligini  bildiradi,  chunki  suveren  tenglik  tamoyili 
davlatlar o‘rtasida amal qiladi.  
Uchinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlik  qilish  uchun  teng 
huquqlar  va  majburiyatlarga  ega  emas.  Shuning  uchun  mazkur 
hamkorlik tizimida ularning roli boshqa qatnashchilar – davlatlar va ular 
nomidan  faoliyat  olib  boradigan  milliy  huquqni  muhofaza  qilish 
organlari bilan teng emas. 
To‘rtinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
birgalikda  milliy  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  va  sudlar  tizimiga 
o‘xshash  aniq  bir  tizimni  tashkil  qilmaydi.  Xalqaro  huquqni  muhofaza 
qiluvchi  tashkilotlarning  iyerarxiyasi  mavjud  emas,  ular  tashkiliy, 
ma’muriy va moliyaviy jihatdan bir-biriga bo‘ysunmaydi. 
Yuqorida  keltirilgan  mezonlarni  hisobga  olib  Xalqaro  huquqni 
muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  vakolat  doirasiga  ko‘ra  quyidagicha 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling