Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interpol nizomida belgilanmagan organ va tashkilotlar
- Milliy markaziy byurolar
- Uchinchidan
- Interpolning bildirginomalar belgilari Qizil rangdagi bildirginoma (red notices)
- Ko‘k rangdagi bildirginoma (blue notices)
- Sariq rangdagi bildirginoma (yellow notices)
- O‘zbekiston Respublikasining
- O‘zbekiston Respublikasi MMB vazifalariga
- Interpolning MMB tuzilishi
- VIII BOB SHHT (SHHT) MATT XALQARO MUNOSABATLAR SUBYEKTI SIFATIDA. SHHT MATT SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI
- ShHT hartiyasining 1-moddasiga asosan, ShHTasosiy maqsad va vazivalari: - A’zo davlatlar o ‘ rtasidagi hamkorlikni, ishonchni, do ‘
kotibiyati faoliyat yuritadi. Bosh kotibiyatning boshqa organlaridan Bosh kotibiyat xizmatini, umumiy tavsifdagi ishlarni amalga oshirish va tashkilot xavfsizligini ta‘minlash maxsus bo‘limini alohida ajratib ko‘rsatish taqozo etiladi. Bugungi kunda kotibiyat tarkibida 4 Mustaqil bo‘lim: ma’muriy, politsiya, ilmiy-tadqiqot va texnik ta‘minot bo‘limi faoliyat ko‘rsatadi. A’zo davlatlar politsiya organlari jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorligini muvofiqlashtiruvchi politsiya bo‘limining faoliyati katta qiziqish tug‘diradi. Uning tuzilmasida noqonuniy qurol oldi-sotdisi, xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalari mavjud. Boshqa bir bo‘linmada qalbaki qog‘oz va metall pullarni, yo‘l chiptalarini, obligatsiyalar, aksiyalarni tayyorlash va sotish, shuningdek pulni qalbakilashtirish bo‘yicha boshqa ma‘lumotlar to‘planadi. Bu erda qalbakilashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni tadqiqi etish uchun ekspert laboratoriyasi mavjud bo‘lib, maxsus “Sohtalashtirish va qalbakilashtirish” byulleteni tayyorlanadi va nashr etiladi, butun dunyo bo‘ylab 15 mingdan ortiq banklar va emissiya muassasalari uning obunachilari hisoblanadi. Politsiya bo‘limining maxsus bo‘linmasi giyohvand vositalarining noqonuniy tarqatilishi yuzasidan axborotlarni to‘plash va tahlil etish bilan shug‘ullanadi. Bangkokda (Tailand) joylashgan aloqalar va hamkorlik maxsus bo‘lishmasiga ega bo‘linma rahbari xizmati, operatsiyalarni o‘tkazish guruhi hamda razvedka guruhlari uning tarkibiga kiradi. Mazkur jinoyatlarga qarshi kurashuvchi mintaqaviy organlar faoliyatda katta yordam ko‘rsatadilar. AQSH adliya vazirligining giyohvandlik vositalar ishlari Boshqarmasining yuqori amaldori bo‘linma ishiga rahbarlik qiladi. Interpol nizomida belgilanmagan organ va tashkilotlar Informatsion texnologiyalar bo‘yicha muntazam qo‘mita Interpol akademiyasi Intepol global o‘quv markazi Intepolning antikorrupsion akademiyasi Interpolning antinarkotik o‘quv mashq markazi 82 Interpolning beshta mintaqaviy byurosi: Harare (Zimbabve)da, Abidjan (Kot d`Ivuar)da, Nayrobida (Keniya)da, Buenos-Ayres (Argentina)da va San-Salvador (Salvador)da, shuningdek, Bangkok (Tailand)da ofisi bo‘lib, ularning xodimlari bo‘limlarni o‘zaro bir-biri va tashqi dunyo bilan bog‘lash bilan shug‘ullanadilar. Mintaqaviy byuro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni mintaqaviy miqyosda muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Milliy markaziy byurolar (MMB) Interpolning har bir a’zo mamlakati politsiya xizmati tuzilmasida yaratiladi. Ular davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorligi markazlari, Interpolning joylardagi tayanch punktlari hisoblanadi. Qayd etilgandek, muayyan davlatda MMB Interpolning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organi hisoblanadi. Ayni vaqtda, u mazkur davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida keng vakolatlar berilgan politsiya organi hisoblanadi. Hech bir xalqaro tashkilotda bunday organlar mavjud emas. Xalqaro politsiya hamkorligining tayanch punktlari sifatida MMB o‘z mamlakatida sud, prokuratura, chegara va bojxona xizmatlari bilan, shuningdek, xalqaro darajada boshqa davlatlar MMB va Bosh kotibiyat bilan aloqa qiladilar. 3. Interpol faoliyatining asosiy yo‘nalishlari Birinchidan, bu jinoyatni ro‘yxatdan o‘tkazish – tarixdan shaxslar identifikatsiyasi va ularni tekshirish Interpol faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida shakllangan. Ikkinchidan, bu xalqaro jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganjinoyatchilarni, bedarak yo‘qolgan shaxslarni, o‘g‘irlangan qimmatliklarni va jinoiy tajovuzning boshqa obyektlarini qidirib topishdir. Uchinchidan,Interpol terrorizmga qarshi kurashda faol qatnashib keladi. To‘rtinchidan,Interpol tomonidan dunyoda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshilik qilish bo‘yicha faol choralar amalga oshiriladi, jinoyatchilikka qarshi kurashning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va xalqaro politsiyaga joriy etish shu tadbirlardan biri hisoblandi. O‘z vazifalarini bajarish uchun Interpol o‘zining tezkor harakat qiluvchi 24 soat faoliyat yurituvchi, shu jumladan, barmoq izlari va fotosuratlarning fototelegrafiniamalga oshiruvchi aloqa yo‘llariga ega. 83 Axborot xizmati kriminalistik kartotekalar va ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimlariga, xalqaro jinoyatchilar ma‘lumotlar bazasiga ega. Xalqaro jinoyatchilarni identifikatsiya qilish, shu jumladan, shaxslar va ishlar toifasiga doir aloqalarni belgilash imkoniyatini beruvchi ma‘lumotlarni qayta ishlash va baholash markzi yaratilgan. Shaxslarni va/yoki buyumlarning xalqaro qidiruvi Bosh kotibiyat tomonidan uning o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki milliy markaziy byurolar so‘roviga asosan e’lon qilinadi. Ushbu maqsadlarda shaxslarni qamoqqa olish to‘g‘risidagi qidiruv («qizilburchakli»); ma‘lumotlarni olish to‘g‘risidagi («ko‘kburchakli»); jinoyatning oldini olish maqsadidagi qidiruv («yashilburchakli»); tanib olinmagan murdalarni identifikatsiya Interpolning bildirginomalar belgilari Qizil rangdagi bildirginoma (red notices) Ayblanuvchi yoki mahkum etilgan shaxsni qamoqqa olish va topshirish maqsadidagi qidiruv to‘g‘risida Ko‘k rangdagi bildirginoma (blue notices) Qidiruvdagi ayblanuvchi yoki mahkum etilgan shaxsning joyi yoki ularning joydan joyga ko‘chishini nazorat qilish to‘g‘risida Yashil rangdagi bildirginoma (green notices) Shaxsga nisbatan jinoyat ish bo‘yicha gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi hisoblanishi to‘g‘risida protsessual qaror qabul qilmagan, lekin unga nisbatan tezkor- qidiruv faoliyati olib borilishi hamda uning chet elga chiqib ketish niyati to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ham, tezkor-qidiruv faoliyati ko‘rsatiladi. Sariq rangdagi bildirginoma (yellow notices) Bedarak yo‘qolgan yoki tanish qiyin bo‘lgan (ushbu shaxsni tasdiqlovchi boshqa shaxslar) shaxslar qidiruvi to‘g‘risida Qora rangdagi bildirginoma (black notices) Shaxsi tasdiqlanmagan jasadning aniqlanganligi to‘g‘risida To‘q sariq rangdagi bildirginoma (orange notices) Jamiyat xavfsizligiga bevosita daxl soluvchi shaxslar, obyektlar, holatlar va faoliyatlar to‘g‘risida 84 qilish («qoraburchakli») uchun tarqatiladi. Buyumlar xalqaro qidiruvi ham e’lon qilinishi mumkin 48 . Interpolning mahalliy darajada faoliyati quyidagicha tashkil etilagn: tashqilotga kiruvchi har bir mamlakatda, Milliy markaziy byurolar (MMB) mavjud. Unda mahalliy tartibni muhofaza qiluvchi organlar ishlaydi. MMB Interpolninng Liondagi shtab-kvartirasi bilan, mintaqaviy byurolar va boshqa davlatlarning MMB bilan bevosita aloqa qiladilar. Interpol jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortuvchi va jazo tayinlovchi, xalqaro jinoyatlarni ko‘rib chiquvchi sudlov organlari bilan hamkorlik qiladi. Interpol a’zomamlakatlarning jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha moddiy, kasbiy-texnik yoki boshqa yordam ko‘rsatilishini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirib boradi va mazkur faoliyatda faol ravishda qatnashadi. Muvofiqlashtirish maqsadida turli vazifalarni hal etish uchun tuziluvchi Interpol ishchi guruhlari formatidan foydalaniladi. So‘nggi yillarda buning uchun bir qancha oliy o‘quv Yurtlari tashkil etilgan bo‘lib, Interpol Global o‘quv markazi, Interpolning Korrupsiyaga qarshi Akademiyasi, Giyohvandlikka qarshi tayyorlash Markazi shular jumlasidandir 49 . 4. Interpolning O‘zbekiston Respublikasi uchun ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi MMB – O‘zbekiston Respublikasi IIV markaziy apparati tarkibiga kiruvchi militsiya bo‘linmasi bo‘lib, bosh boshqarma maqomiga ega va O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarining Interpolga a’zo davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda Interpol Bosh kotibiyati bilan hamkorlik qiluvchi organ hisoblanadi 50 . MMB faoliyati O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat tashkilotlarining, shuningdek, Interpolga a’zo davlatlar xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarining o‘zaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi MMB vazifalariga quyidagilar kiradi: 48 Родионов К.С. Интерпол: миф и действительность: монография. – 2-ое изд. – М., Прогресс. 1986. – С.51. 49 См.: А.Волеводз. Международные правоохранительные организации: учебное пособие – М., Проспект, 2011. С.64. 50 Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан № 573 от 29 ноября 1994 года «Об образовании Национального Центра Бюро Интерпола в Республике Узбекистан» // http.: www.lex.uz . 85 Interpol MMB o‘z faoliyatini siyosiy, irqiy va diniy masalalarni chetlab o‘tgan holda, faqat jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida olib boradi. Interpol MMB quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1) O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining so‘rovlari, tergov topshiriqlari va xabarlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi, Interpol Bosh kotibiyati va boshqa davlatlar MMBga qidiruvni amalga oshirish, boshqa davlat hududida yashiringan jinoiy daromadlarni, o‘g‘irlangan buyum va hujjatlarni xatlash hamda ko‘rsatilgan organlar ish yurituvidagi ishlar bo‘yicha boshqa tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish uchun jo‘natadi; 2) xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va Interpolga a’zo mamlakatlarhuquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yuborilgan so‘rovlarni bajarish choralarini ko‘radi; 3) Interpol Ustavi va Interpol Bosh Assambleyasining umummajburiy qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va xalqaro shartnomalariga ko‘ra Interpolning xorijiy davlatlari MMB tomonidan kelib tushgan so‘rovlarning bajarilish-bajarilmasligini belgilaydi va ularni O‘zbekiston Respublikasining tegishli organlariga yuboradi; Interpolning MMB tuzilishi: boshliq boshliq o‘rinbosari (bo’lim boshlig‘i) ma’lumotlarni tezkor qaytaishlash bo’limi umumjinoyatchilik va xalqaro qidiruv bo‘limi komputer hisobiniyuritish va texnik ta‘minot guruhi moliyaviy ta‘minot guruhi Devonxona 86 4) MMB to‘g‘risidagi Qarorda ko‘rsatilgan boshqa funksiyalarni bajaradi. Interpol doirasidagi xalqaro hamkorlik amalda quyidaga amalga oshiriladi. Bosh kotibiyat yoxud o‘z hujjatlarini “Interpol” grifi bilan belgilashga vakolatli alohida davlatlar MMB so‘rovlari va iltimosnomalari Tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa davlat muassasasiga emas, mazkur davlat MMB rahbariga kelib tushadi. MMB rahbari zudlik bilan unga bo‘ysunuvchi xizmatlar va mansabdor shaxslarga so‘rovni belgilangan muddatda bajarishni topshiradi va bu orqali MMB va butun Interpol faoliyatida tezkorlik va samaradorlikka erishiladi. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Xalqaro politsiya hamkorligi nima? 2. Interpol faoliyatining huquqiy asoslariga umumiy ta’rif bering. 3. Interpol organlarini sanang va ularning tuzulishi, faoliyat tartibini ochib bering. 4. Interpol O‘zbekiston Respublikasi MMBning huquqiy asoslarini yoriting. 5. Interpolning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma‘lumot bering. 6. Interpolning xalqaro qidiruv faoliyatini yoriting. 7. Interpolning bildirgilari va turlariga to‘xtaling. KAZUSLAR Braziliya fuqarosi Rodrigez Peral`ta O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shaxrida joylashgan tijorat banklarining biriga qurolli hujum qilib, shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etib, Kanadada yashirindi. Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi olib borgan tezkor-qidiruv choralar natijasida Rodrigez Peral`tani Kanadaning Toronto shahrida yashab turgan joyi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Kanadaning vakolatli organiga rasman murojaat qilib, Rodrigez Peral`tani ekstraditsiya qilishni so‘radi. Savollar: Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi Rodrigez Peral‘tani ekstraditsiya qilishda qanday chora-tadbirlarni amalga oshiradi? Interpol tomonidan xalqaro miqyosda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qidiruvni amalga oshirishdagi funksiyalarini ochib bering. 87 Interpolning O‘zbekistondagi Milliy Markaziy byurosiga O‘zbekiston va boshqa qator Markaziy Osiyo davlatlari xududida yashash va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqigaega Pokiston fuqarosi B.ga nisbatan maxsus so‘rovnoma kelib tushgan. Savollar. Maxsus so‘rovnomaga muvofiq qanday harakatlar amalga oshirilishi lozim? Maxsus so‘rovnomaning qanday xususiyatlari mavjud va uning Interpol boshqa sirkulyarlaridan farqi nima? 88 VIII BOB SHHT (SHHT) MATT XALQARO MUNOSABATLAR SUBYEKTI SIFATIDA. SHHT MATT SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI 1. ShHT MATT xalqaro munosabatlar subyekti sifatida. ShHT MATT paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi. 2. ShHT MATT tizimi, tuzilishi va tarkibi. 3. ShHT MATT faoliyatining amaliyoti. 1. ShHT MATT xalqaro munosabatlar subyekti sifatida. ShHT MATT paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi. ShHT ko‘plar tomonidan NATOga qarama-qarshi o‘laroq Shimoliy Atlantika blokining Osiyo varianti sifatida tuzilgan deb hisoblaydi 51 . Biroq ShHT harbiy blok (masalan, NATO kabi) yoki xavfsizlik bo‘yicha ochiq tartibga soluvchi majlis (masalan, ASEAN kabi) hisoblanmaydi.Tashkilotning asosiy vazifalari keng miqyosda a’zo davlatlarni birlashtiruvchi tinchlik va barqarorlikni Mustahkamlash, terrorizm, separatizm, ekstremizm, narkotrafikka qarshi kurash, iqtisodiy hamkorlik, energetik sherikchilik, ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. ShHT tomondan qabul qilingan dastlabki hujjatlar bu “Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etish to‘g‘risida”gi Deklaratsiya, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha Shanxaykonvensiyasi hisoblanadi. 2002-yil iyun oyida davlat rahbarlarining Sankt- Peterburgdagi uchrashuvi ShHT tuzilmaviy rasmiylashtiriluvini davom ettirdi. Tashkilotni tashkil etish to‘g‘risidagi Deklaratsiya ikki akt— 51 G. Sysoev, “SCO vs. NATO”, 15 June 2006. http://www.kommersant.com/page.asp . consulted 8 April 2010. 89 ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Deklaratsiyasi va SHHT Hartiyasi— asos ustav hujjatining imzolanishida o‘zining amaliy ifodasini topdi 52 . Moskva sammitida (2003-yil 28-29-may) yakunlariga ko‘ra shtab- kvartirasi Pekinda bo‘lgan SHHT Kotibiyati va Mintaqaviyantiterror tuzilmasi (MATT) ta’sis etildi. A’zo davlatlar rahbarlari tomonidan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalri muhokama etildi. O‘sha davrda imzolangan 30 shartnoma ichida tashkilot organlariningfaoliyat yuritishini belgilab berganlari ham mavjud edi— Davlat rahbarlari Kengashi, vazirliklar rahbarlari Kengashi va TIV rahbarlari Kengashi. Moskva sammiti yakunlariga ko‘ra ShHT tashkiliy davri o‘z nihoyasiga etdi, 2004- yil 1-yanvardan u o‘z ishchi mexanizmi, personali va budjetiga ega tugal xalqaro tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. ShHTning faoliyati dastlab terroristik aktlarni, shuningdek, Markaziy Osiyoda separatizm va ekstremizmning oldini olishga yo‘naltirilgan mintaqaviy harakatlardan iborat bo‘lgan. Ayrim mashhur siyosiy arboblar fikricha, u terrorizmga qarshi kurashni o‘z faoliyatining asosiga aylantirgan dastlabki xalqaro tashkilot hisoblanadi 53 . Shanxaydagi 52 Зимонин В.П. Шанхайская организация сотрудничества и евразийское измерение безопасности // Шанхайская организация сотрудничества: к новым рубежам развития : Материалы кругл. стола. — М.: Ин-т Дальн. Вост. РАН, 2008. — С. 202. 53 Москаленко В.Н. Проблемы безопасности: ШОС и Пакистан // Шанхайская организация сотрудничества: к новым рубежам развития : сборник материалов "круглого стола", апрель 2007 г.. — М.: Изд-во Института Дальнего Востока РАН, 2008. — С. 351-368. ShHT hartiyasining 1-moddasiga asosan, ShHTasosiy maqsad va vazivalari: - A’zo davlatlar o ‘ rtasidagi hamkorlikni, ishonchni, do ‘ stlikni va qo ‘ shnichilikni Mustahkamlash; - Yangi demokratik, adolatli, oqilona siyosiy va iqtisodiy xalqaro tartibni o ‘ rnatishda mintaqada tinchlik, xavfsizlik vabarqarorlikni Mustahkamlashda keng ko ‘ lamli hamkorlikni rivojlantirishda ko ‘ maklashish; - Narkotik va qurollarning noqonuniy aylanmasi, transmilliy jinoiy faoliyat va noqonuniy migratsiyasi, terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi ko ‘ rashda o ‘ zaro faoliyat yuritish; - A’zo davlatlarning xalqaro majburiyatlari va ularning milliy qonunchiligi asosida inson huquq va erkinliklarini ta‘minlashda ko ‘ maklashish; - Xalqaro mojarolarni tinch yo ‘ l bilan hal etish va oldini olishda hamkorlik qilish; - XXI asrda paydo bo’ladigan muammolar yechimida o ‘ zaro hamkorlik. 90 ShHT Ta’sis sammiti a’zolari tomonidan imzolangan dastlabki hujjatlar (2001-yil) terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi Shanxay konvensiyasi ilk bor separatizm va ekstremizmni jinoiy ta‘qib etuvchi zo‘ravonlik harakati sifatida xalqaro miqyosdagi tushunchasini kiritdi. ShHT hartiyasi muqaddimasida halqlar o‘rtasida tarixiy qaror topgan aloqalar xususidq so‘z boradi. Bundan tashqari ShHT a’zo davlatlari mintaqadagi tinchlikni Mustahkamlash, xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlash, siyosiy ko‘p qutblilikni, iqtisodiy globalizatsiyani rivojlantirish istagi bildirilgan. Mazkur matn ShHTga xavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik xususiyatini beradi. ShHTning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashi huquqiy jihatdan a’zo davlatlarning mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchiligi va qator xalqaro huquqiy aktlar asosida ta‘minlanadi 54 . Xalqaro huquqiy aktlar jumlasiga Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha Shanxay konvensiyasi (Shanxay, 2001-yil 15-iyundan kuchga kirgan), ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi quyidagi ko‘p tomonlama va ikki tomonlama shartnomalar kiradi: 1. Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va tomonlarning xavfsizligining boshqa tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma harakatlar to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 21.04.2000). 2. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Tojikiston Respublikasi hukumati o‘rtasida terrorizm, siyosiy, diniy va boshqa ekstremizm, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim (Xo‘jand, 26.05.1999). 3. Xitoy Halq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik (Toshkent, 04.09.2003). Shanxay konvensiyasi g‘ayriqonuniy harakatlarni kvalifikatsiya qilishda zarur bo‘lgan asosiy tushunchalarni beradi, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Jumladan, ekstremizm konvensiyada quyidagicha ta’riflanadi: “Zo‘rlik bilan hokimiyatni egallash yoki hokimiyatni zo‘rlik bilan ushlab turish, shuningdek davlat konstitutsiyaviy tuzilmasini kuch bilan o‘zgartirish hamda jamoat 54 Article 2 CharteroftheSCO. 91 xavfsizligiga kuch bilan tajovuz qilishga qaratilgan, shu jumladan, ushbu maqsadlarda noqonuniy qurolli tuzilmalar tashkil etish yoki ularda ishtirok etish va tomonlarning milliy qonunchiligiga muvofiq jinoiy tartibda ta‘qib etiluvchi har qanday harakatlardir” 55 . ShHT a’zo davlatlari ichki nizolarni tartibga solishga, ekstremizm va narkomaniyaga qarshi turishda kelishuvga erishish masalalariga birlamchi e’tiborni qaratadilar va Mintaqaviy Aksilterror tuzilmasining tashkil etilishi bundan dalolat bermoqda. 2002-yil 23-mayda Ostona (Qozog‘iston)da ShHTga a’zo davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi va unda “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy Aksilterror tuzilmasi to‘g‘risidagi kelishuv loyihasi to‘g‘risida Qaror” imzolandi. Shuningdek, mazkur kelishuv loyihasi qabul qilingan, uning asosida antiterror tuzilmani qisqa muddatda tashkil etish boshqa tegishli hujjatlar ishlab chiqish tavsiya etilgan. O‘sha yilning 7-iyunida Sankt-Peterburgda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida mintaqaviy antiterror tuzilma to‘g‘risida Bitim imzolandi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling