Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar
Xalqaro jinoyat sudining jinoiy ishlarni yuritish tartibi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2013-yil aprel holatiga ko‘ra
- КAZUS
3. Xalqaro jinoyat sudining jinoiy ishlarni yuritish tartibi Sud sanab o‘tilgan jinoyatlarga nisbatan o‘z sudlovini amalga 125 Очерк деятельности Международного уголовного суда. Международный уголовный суд: проблемы, дискуссии, поиск решений / Под ред. Г. И. Богуша, Е. Н. Трикоз. – М.: Европейская Комиссия, 2008. С.41. 168 oshirishi mumkin, basharti: a) bir vaziyatda bir yoki bir nechta jinoyatlar sodir etilganligi aniqlansa, Statutga ko‘ra a’zo davlat tomonidan prokuroriga beriladi; Prokurorga vaziyatni berish yozma shaklda rasmiylashtiriladi. Imkon qadar, murojaatda aniq holatlarni belgilanishi lozim va davlat tasarrufida bo‘lgan vaziyatni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Kongo, Uganda Demokratik Respublikasi va Markaziy Afrika Respublikasi o‘zini-o‘zi topshirish (13-modda) orqali, mazkur uch davlatdagi vaziyat Yuzasidan XJS sudlovi Yuritilgan. b) bunday jinoyatlarning bir yoki bir necha sodir etilganligi aniqlansa, vaziyat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining VII bobiga muvofiq Xavfsizlik Kengashi tomonidan prokurorga topshiriladi. 2011 yilning mart oyida, Xavfsizlik Kengashi 2011 yil 26 fevral kuni qabul qilingan (2011) 1970 qarori bilan tomonidan Liviya vaziyat prokurorga topshirildi. v) Prokuror sud sudloviga tegishli jinoyat haqida ma‘lumot asosida jinoyat nisbatan tergov (proprio motu) boshlaydi. So‘nggi holatda, prokuror propriomotu sud sudloviga tegishli jinoyatlar haqida ma‘lumot asosida ish vo‘zg‘atadi. Prokuror olingan ma‘lumotlar jiddiyligini tahlil qiladi. Shu maqsadda, u davlatlar, BMT agentliklari, hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar, yoki lozim deb topsa, u boshqa ishonchli manbalardan qo‘shimcha ma‘lumot talab qilishi mumkin, va sud joylashgan joyda yozma yoki og‘zaki ko‘rsatmalarni qabul qilishi mumkin. Prokuror tergov uchun yetarli asoslar mavjud degan xulosaga kelsa, to‘plangan har qanday materiallar bilan birga, sud palatasiga dastlabki tergov uchun sanksiya olishga murojaat etadi. Ushbu talab 169 siyosiy asoslar bo‘yicha jinoyat ishini oldini olish kafolati hisoblanadi. Agar dastlabki tergov palatasi, so‘rov va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib tergovni davom ettirish uchun yetarli asoslar mavjud va voqea Sud sudloviga tegishli deb hisoblasa, u jinoyat ishini keyingi tergovini davom ettirish to‘g‘risida sanksiya beradi. Dastlabki tergov palatasining tergovni amlga oshirishga sanksiya berishni rad etishi, Shu vaziyatga doir yangi faktlar yoki dalillar asosida prokurorning yana bir iltimosnoma kiritishiga to‘sqinlik qilmaydi. Dastlabki ko‘rib chiqqandan keyin prokuror taqdim etilgan ma‘lumotlar tergov uchun yetarli asosga ega emas degan xulosaga kelinsa, u ma‘lumotlarni taqdim qilgan shaxslarni bu xususida xabardor qiladi. Bu holat yangi faktlar yoki dalillar asosida ayni vaziyat yuzasidan prokurorga yana murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi. Xalqaro jinoyat sudi Statuti qarorlari va XJS isbotlash jarayonlari va tartibi to‘g‘risidagi qoidalar xalqaro hamjamiyat diqqat markazidagi jiddiy jinoyatlarga doir ish Yurituv jarayoni to‘rt bosqichda: sudgacha bosqich; sud muhokamasining dastlabki bosqichi; Birinchi instansiya sudida ish yuritish; hukm qonuniyligi va amal qilishini tekshirish bosqichlarida o‘rganib chiqiladi. Hozirgi kunda sud yurituvida turli 8 vaziyat bo‘yicha 21 ish mavjud. Prokuratura organlari sakkiz vaziyatlarda tergov va sinovlarni olib bormoqda (Darfur (Sudan), Kongo Demokratik, Keniya, Kot- d’Ivuar, Liviya, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi va Uganda Respublikasi), va 10 vaziyat bo‘yicha (Afg‘oniston, Gvineya, Gonduras, Gruziya, Iroq, Kolumbiya, Komor, Nigeriya, Ukraina va Markaziy Afrika Respublikasi) ma‘lumot to‘plash va dastlabki tergovni davom ettirmoqda. Ko‘rib chiqilayotgan vaziyatlarga kelsak, Sud bugunga qadar 30 qamoqqa olish qarorini qabul qilgan. Jinoyat javbrlanuvchilaridan ishda 170 ishtirok etish to‘g‘risida 3106 ariza kelib tushgan. Sud tomonidan ko‘rilgan jami ishdan uch holda hukm chiqarilgan va ularning ikkitasi ustidan shikoyat qilingan. 2014 yilning iyun oyida bir hukm kuchga kirgan 126 XJS tashkil etish asosiy prinsiplaridan (to‘lalik va universal Yurisdiksiya prinsipini) asosiy tamoyillari bilan bir qatorda, XJS asosi o‘z faoliyatini ta‘minlashga qaratilgan boshqa muhim tamoyillar ham mavjud: - XJS Statutida belgilangan jinoyatda aybdor shaxslarni xalqaro sudga topshirish mexanizmi. Shunday qilib, Statutning 89 moddasiga muvofiq aybdor shaxslarni xalqaro sudga topshirishda sud shaxs hududida bo‘lib turgan davlatdan uni ushlab berishni so‘rashi mumkin. Ishtirokchi-davlatlar, ushbu modda qoidalarini bajarishda o‘z milliy qonunchiligi doirasida "qamoqqa olish va ushlab berish” so‘roviga amal qiladilar; - Rasmiy mavqega tayanishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi. XJS Ustavining 27-moddasida ko‘ra, Ustav barcha shaxslarga ularning mavqeidan qat‘iy nazar teng qo‘llaniladi. Davlat yoki hukumat rahbari sifatida alohida rasmiy mavqega ega shaxs, hukumat yoki parlamentga saylangan vakillaryoki hukumat mansabdor a’zosi hech bir holatda ushbu Ustav doirasida jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin emas. Milliy yoki xalqaro huquq doirasida mavjud immunitetlari yoki maxsus protsessual qoidalaribunday shaxs ustidan o‘z Yurisdiksiyani amalga oshirishda Sudga to‘sqinlik qilmasligi lozim; Insoniyat va urush jinoyatlari qarshi jinoyatlar uchun Sudan amaldagi prezidenti Omar Hassan Ahmad al-Bashirni hibsga olish orderi birinchi marta 2009 yil 4 martda sudgacha Palatasi tomonidan chiqarildi. 2010 yil 12 iYul sudgacha palatasi Qo‘shimcha ma‘lumotlar asosida genotsid uchun Ahmad Hasan al-Bashirni hibsga olish to‘g‘risida sanksiya bergan. Qamoqqa olishga sanksiya barcha ishtirokchi- davlatlarga xabar qilingan edi. - Ustav 20-moddasida Mustahkamlab qo‘yilgan « nebisinidem (bir xil narsa uchun bir shaxsning qayta aybanmaligi) prinsipi. Statutda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno, hech bir shaxs sud tomonidan hukm qilingan yoki oqlangan jinoyatlar asosini tashkil etuvchi har qanday qilmish uchun qayta sudlanishi mumkin emas. 126 Очерк деятельности Международного уголовного суда. Международный уголовный суд: проблемы, дискуссии, поиск решений / Под ред. Г. И. Богуша, Е. Н. Трикоз. – М.: Европейская Комиссия, 2008. С.47. 171 XJS tuzilishi quyidagi organlar o‘z ichiga oladi: Prezidium; Sudoldi bo‘limi, Sud va Apellyatsiya bo‘linmalari; Prokuratura organlari; Kotibiyat. Rim Statutining 38, 42 va 43-moddalariga muvofiq, ular XJS faoliyatini tashkil etish uchun mas’uldirlar. Prezidium uch yil muddatga barcha o‘n sakkiz sudyalar tomonidan saylanadigan raisi va ikki vitse raisdan iborat 127 . Rayosati prokuror kanselariyasidan tashqari sudning barcha umumiy boshqaruvi uchun javobgar bo‘ladi. Prezidium vazifalarini 3 yo‘nalishga ajratish mumkin: sud funksiyalari, ma’muriy funksiyalar va tashqi aloqalar. Birinchi vitse-rais Prezidiumning ma’muriy ishlarini muvofiqlashtiradi, ikkinchisi sud masalalarini muvofiqlashtiradi. Rais va birinchi va ikkinchi vitse-raislar sudyalarning mutlaq ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi. Ular uch yil muddatgacha yoki sudyalar sifatida o‘z vakolatlari tugatgunga qadar xizmat qiladi. Ular bir marta qayta saylanishi mumkin. 43-moddaga muvofiq Kotib rais rahbarligi ostida ishlarni boshqarishning sudga taalluqli bo‘lmagan jihatlarini boshqarish va Sudga xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari 38-moddasida 4-bandida Prezidiumga Prokuror bilan faoliyatni muvofiqlashtirish va o‘zaro manfaatli barcha masalalar bo‘yicha prokurorga rozilik berish belgilangan. Prezidiumning sud ishi Sudga o‘z ishini samarali va adolatli tarzda o‘tkazish imkonini beruvchi tizimlar va mexanizmlarni shakllantirishdan iborat. Tashqi aloqalar sohasida Prezidium maqsadi sudning hammaga ma‘lumligiga erishi va uning xalqaro siyosiy munosabatlardagi hamda xalqaro tashkilotlar tizimidagi o‘rnini sharhlashda ko‘maklashishdan iborat Bu maqsadda orqali Prezidiumi turli guruhlar oldida Shu jumladan, hukumath vakillari, xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalar chiqish qiladi, ular bilan ko‘p sonli uchrashuvlar o‘tkazadi 128 . Statuta moddasiga muvofiq barcha sudyalar o‘z funksiyalarini doimiy ravishda bajaruvchi Sud a’zolari sifatida saylanadilar hamda o‘zlarining vakolat muddatlari boshlangan paytdan boshlab Shu asosda o‘z vazifalarini bajarish uchun sud ixtiyorida bo‘ladilar. Prezidium tarkibiga kiruvchi sudyalar saylangan paytlaridan boshlab o‘z 127 Статут МУС, ст.38(1), и Правила процедуры и доказывания МУС, Правило 4(1). // http://www.un.org 128 Доклад Международного уголовного суда. Вторая сессия, Нью-Йорк 8 -12 сентября 2003 года. ICC-ASP/2/5. // http://www.un.org. 172 vazifalarini bajaradilar. Sudyalar Yuqori axloqiy-ma’naviy sifatlarga ega bo‘lgan, xolis hamda Mustaqil bo‘lgan, o‘zlarining tegishli davlatlarida mavjud bo‘lgan Yuqori sud lavozimlari uchun qo‘yilgan talablarga javob beruvchi shaxslar orasidan tanlanadilar. Sud tarkibiga saylanuvchi har bir nomzod xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari kabi xalqaro huquqning tegishli sohalarida o‘zlarining e’tirof etilgan malakasiga, Shuningdek keng qamrovli kasbiy huquqiy faoliyatga, Sud faoliyatining mazmuniga nisbatan munosabatga ega bo‘lishi kerak Sud tarkibiga kiruvchi o‘n sakkiz sudyalar Statutaning ishtirokchi davlatlari tomonidan saylanadi hamda Sudning uch asosiy bo‘linmalari bo‘yicha taqsimlanadilar: Dastlabki ish ko‘rib chiqish bo‘linmasi, Sud bo‘linmasi hamda Apellyatsiya bo‘linmasi. Dastlabki ish ko‘rib chiqish bo‘linmasi etti sudyadan, Sud bo‘linmasi olti sudyadan, Apellyatsiya bo‘linmasi esa besh sudyadan tashkil topib, Prezidiumning har bir a’zosi bo‘linmalarning birining tarkibiga kiradi. Statutaning 35 moddasi 3 bandiga muvofiq Prezidium, Sudning ish ko‘lamini hisobga olgan holda boshqa sudyalardan o‘zlarining majburiyatlarini doimiy ravishda qay darajada bajarishlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Apellyatsiya sudida sud funksiyalari Apellyatsiya palatasi tomonidan bajarilib, uning tarkibiga Apellyatsiya bo‘linmasining 5 sudyasi kiradi. Sudyalar o‘z majburiyatlarini bajarishda Mustaqildirlar. Ular o‘zlarining sudyalik faoliyatlarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki o‘zlarining Mustaqilligiga gumon qilishga majbur qiluvchi hech qanday faoliyat turlari bilan shug‘ullanmaydilar. O‘z majburiyatlarini sud joylashgan joyda doimiy asosda bajarishlari talab etilgan sudyalar boshqa kasbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanmasliklari kerak. Statutaning 42(1) moddasiga muvofiq XJS, Prokuror Devonxonasi Sudning alohida organi hisoblanadi. U etkaziladigan vaziyatlar uchun hamda Sudning vakolatiga kelib tuShuvchi jinoyatlar to‘g‘risidagi istalgan asoslangan ma‘lumotlarning olinishi uchun ularning o‘rganilishi hamda Sudda tergov va jinoiy ta‘qiblarning olib borilishi uchun javob beradi. Devonxona o‘z vakolatlrini quyidagi besh asosiy funksiyalari yordamida amalga oshiradi: a) Ishtirokchi davlatlar hamda barcha davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish; b) Sud vakolatiga kiruvchi vaziyatlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish; v) vaziyatni topshirgandan keyin yoki dastlabki ish olib borish 173 palatasi tomonidan ruxsatnoma berilgandan keyin tergovni boshlash; g) Ishlarni sud palatasida olib borish; d) ma‘lumotlarni saqlash, huquqiy maslahatlar berish, lingvistik xizmatlar hamda bilimlar banki kabi xizmatlarni Devonxona doirasida ko‘rsatish. 2011-yil 12-dekabrda Xalqaro jinoiy sud Statutasi ishtirokchi davlatlari Assambleyasida Fatu Bensuda xonim (Gambiya) Xalqaro jinoiy sud Prokurori etib saylanib, u ushbu lavozimga Luis Moreno Okampo (Argentina)ning o‘rniga keldi. Devonxona Prokuror tomonidan boshqariladi. Prokuror Devonxonani, Shu jumladan binolardagi xodimlar hamda undagi boshqa resurslarni boshqarish hamda nazorat qilish bo‘yicha barcha vakolatlarga ega. Prokurorga bir yoki bir necha Prokuror o‘rinbosarlar yordam berib, ular Prokuror mazkur Statutaga muvofiq bajarishi kerak bo‘lgan istalgan harakatlarni amalga oshirish huquqiga egalar. Prokuror hamda prokuror o‘rinbosarlari turli davlat fuqarolari bo‘lishlari kerak. Ular to‘liq bandlik asosda ishlaydilar. Prokuror hamda prokuror o‘rinbosarlari Yuqori axloqiy-ma’naviy sifatlarga, jinoiy ta‘qib qilish yoki jinoiy ishlar bo‘yicha muhokamalarni olib borish sohasida keng amaliy tajribaga ega bo‘lgan shaxslar hisoblanadilar. Prokuror ishtirokchi davlatlar assambleyasi a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. Prokuror o‘rinbosarlari Prokuror tomonidan taqdim qilingan ro‘yxat ichidagi nomzodlar orasidan xuddi Shu tartibda saylanadilar. Prokuror har bir Prokuror o‘rinbosari lavozimiga uch nomzodni qo‘yadi. Ularning saylanishi paytida qisqaroq vakolat muddatini nazarda tutuvchi qaror qabul qilinmasa, Prokuror hamda Prokuror yordamchilari to‘qqiz yillik muddatga saylanadilar hamda qaytib saylanish huquqiga ega bo‘lmaydilar. Prokuror, Prokuror yordamsilari o‘zlarining faoliyatlarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki o‘zlarining Mustaqilligiga gumon qilishga majbur qiluvchi hech qanday faoliyat turlari bilan Shug‘ullanmaydilar. Ular boshqa kasbiy faoliyat turlari bilan Shug‘ullanmaydilar. (XJS Statuta 42 moddasi). Prokuror Devonxonasi tomonidan 2012-2015 yillar uchun mo‘ljallangan Strategik reja doirasida olti strategik maqsadlar belgilab qo‘yilgan: 1) xolisona, mustaqil, yuqori sifatli, samarali va xavfsiz dastlabki ekspertiza, tergov hamda sud ta‘qibini o‘tkazish; 174 2) kirish sinovlari, tadqiqotlar hamda sud ta‘qib qilish organlari sifati va samaradorligining yanada yaxshilanishi; 3) ishimizning barcha sohalarida jinsga oid jihatlari integratsiyasini mustahkamlash hamda bundan keyin jinsiy hamda jinsga oid asosdagi jinoyatlar hamda bolalarga qarshi sodir etilgan jinoyatlarga alohida e’tibor qaratish; 4) Dastlabki ekspertiza hamda tergov paytida XJS hamda milliy harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Rim tizimini mustahkamlash yo‘li bilan o‘zaro to‘ldirish hamda hamkorlikni oshirish; 5) Jins va millatga, xodimlarning balansi, sifatlari hamda motivatsiyasiga alohida e’tibor qaratgan holda kasbiy lavozimni joriy qilish, faoliyat hamda o‘lchovlarning samaradorligini boshqarish, va Kotibiyat Prokurorning majburiyatva vakolatlariga hech qanday zarar etkazmasdan ishlarni boshqarishning sudga taalluqli bo‘lmagan jihatlari uchun javob beradi. Kotibiyat kotib tomonidan boshqarilib, u Sudning bosh ma’muriy mansabdor shaxsi hisoblanadi. Kotib Sud raisi boshqaruvi ostida o‘z vazifalarini amalga oshiradi. Sudyalar Kotibni yashirin ovoz berish yo‘li bilan ko‘pchilik ovoz orqali saylaydilar, bunda ishtirokchi davlatlar Assambleyasining barcha tavsiyanomalari hisobga olinadi. Kerak bo‘lgan hollarda hamda Kotibning talabiga binoan, sudyalar xuddi Shu yo‘l bilan Kotib o‘rinbosarini ham saylaydilar. Kotib o‘z lavozimiga besh yillik muddatda saylanadi. U yana bir marta besh yillik muddatga to‘liq bandlik asosida qayta saylanishi mumkin. Kotib Kotibiyat tuzilmasida jabrlanuvchilar hamda guvohdarga yordam berish guruhini ta’sis etadi. Ushbu guruh Prokuror devonxonasi bilan maslahatlashgan holda himoya hamda xavfsizlik choralarini ko‘rish, sudga keladigan guvohlar, jabrlanuvchilar hamda bergan ko‘rsatmalari uchun xavf ostida qolgan boshqa shaxslarga maslahat va boshqa jihatdan yordam berishni ta‘minlaydi. Sudning asosiy organlari orasidagi hamkorlikka ko‘maklashish 2013-yil aprel holatiga ko‘ra - XJS ishtirokchilarining 34 davlat a’zolari afrika qit’asidan - Osiyo – 18 - Sharqiy Yevropa – 18 - Lotin Amerikasi va Karib havzasi – 27 - G‘arbiy Yevropa va boshqa davlatlar – 25 175 maqsadida Muvofiqlashtiruv kengashi yaratilgan. Muvofiqlashtiruv Kengashi majlislarida Rais, Prokuror hamda Kotib o‘zaro manfaatlarga xizmat qiluvchi masalalarni muhokama qiladilar. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Xalqaro jinoyat sudi faoliyatining huquqiy asoslari nimadan iborat? 2. Xalqaro jinoyat sudi o‘z faoliyatini qanday prinsiplar aosida amalga oshiradi? 3. Muayyan davlar konkret vaziyatda o‘zi jinoiy ta‘qibni amalgam oshirmasdan, Xalqaro jinoyat sudiga jiniyat ishini ko’rib chiqish uchun o’z tashabbusi bilan murojaat etishi mumkinmi? 4. Jinoyat ishi Xalqaro jinoyat sudiga BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan taqdim etilsa, komplementarlik prinsipi ahamiyatga ega bo‘ladimi? КAZUS Isroilning maxsus xizmati tomonidan Kolumbiya hududida, Ikkinchi jahon urushi paytida insonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan va ko‘plab jinoyatlar hamda zo‘ravonliklar sodir etgan yevrey millatiga mansub natsist fuqaro Noybert yashayotganligi aniqlandi. Isroilning vakolatli organi fuqaro Noybertni rasmiy ravishda Xalqaro Jinoyat sudiga (XJS) jalb etish uchun Kolumbiyaning vakolatli organiga maxsus so‘rov bilan murojaat qildi. Biroq, Kolumbiya hukumati bunga rad javobini berdi va Noybert Kolumbiya fuqarosi ekanligi, uning yoshi 80dan oshganligi va o‘z vaqtida Kolumbiya iqtisodi rivoji uchun ulkan xizmatlar ko‘rsatganligini ta'kidlab o‘tdi. Savollar: Fuqaro Noybertni jinoiy javobgarlik masalasini Xalqaro jinoyat sudida ko‘rishga asoslar mavjudmi? Xalqaro jinoyat sudining asosiy funktsiya va vazifalarini ko‘rsating. XV bob 176 XALQARO JINOYAT ADLIYASI ZAMONAVIY TIZIMI TUSHUNCHASI 1. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) zamonaviy tizimi tushunchasi. 2. Xalqaro jinoyat odil sudlovi organlari. 3. Nisbiy xalqaro jinoyat adliyasi. Xalqaro jinoyat adliyasining xalqaro istiqbollari. 1. Xalqaro jinoyat odil sudlovi (xalqaro jinoyat adliyasi) zamonaviy tizimi tushunchasi. Dunyoda vujudga kelgan murakkab siyosiy vaziyat, xalqaro hamjamiyatning umume’tirof etilgan tamoyillar hamda xalqaro huquq me‘yorlarining jiddiy ravishda buzilishiga nisbatan noroziligi xalqaro jinoyat huquqi sohasida harakat qilishga chaqiruvchi sud organlarining shakllanishi hamda faoliyat Yuritishi amaliyotining keng tarqalishiga turtki bo‘ldi. Ushbu organlar xalqaro jinoiy adolatni amalga oshiradilar. Bunda xalqaro hamkorlikning bir yo‘nalishi tushunilib, u, aslini olganda, xalqaro hamjamiyat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ishtirokida xalqaro shartnomalar asosida yoki ularni ijro etish maqsadida ta’sis etilgan sudlar tomonidan xalqaro, Shuningdek ularning vakolatiga kiruvchi boshqa turdagi jinoyatchilik ishlarini ko‘rib chiqish va hal qilish faoliyati bilan Shug‘ullanadi. Xalqaro jinoiy adolat – bu shunday faoliyat turiki, u xalqaro sud organlari tomonidan ijtimoiy xavfsizligi xalqaro hamjamiyat tomonidan extirof etilgan xalqaro jinoyatlar bo‘yicha chora ko‘rish hamda ularning sodir etilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Xalqaro jinoiy adolat xalqaro huquq, uning tinchlik, shaxs himoyasi hamda xalqaro hamjamiyatning hayotiy muhim manfaatlarini ta‘minlash, umuman olganda insoniyat sivilizatsiyasi uchun o‘ta xavfli bo‘lgan, xalqaro huquq tamoyillari hamda me‘yorlarining buzilishiga qarshi asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy me‘yor va tamoiyillarini qo‘llash bo‘yicha faoliyatni ifodalaydi. Xalqaro jinoiy adolatning ushbu belgilariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: 1. Xalqaro jinoiy adolat faqatgina xalqaro jinoyatlar to‘g‘risidagi 177 ishlarni jo‘natish uchun ta’sis etilgan yoki bu uchun maxsus vakolatga ega bo‘lgan sudlar (aniq bir nomlanishidan qat’i nazar) tomonidan amalga oshiriladi. 2.Xalqaro jinoiy adolat o‘zining xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘yilgan o‘ziga xos maqsadlariga ega. 3. Xalqaro jinoiy adolat xalqaro jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoiy ishlar bo‘yicha xalqaro sudlar tomonidan (ularning nomi hamda aniq tashkiliy shaklidan qat’i nazar) muhokama qilish hamda hal qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 4. Xalqaro adolatni amalga oshirishda xalqaro jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni muhokama qilish va hal qilish xalqaro huquq manbalarida ko‘rsatilgan shakllarda, xalqaro huquq tomonidan belgilab berilgan protsessual tartibda amalga oshiriladi. Ta’sis etilish va faoliyat, vakolat va tashkilotning huquqiy asoslari orasidagi farqqa qaramasdan, xalqaro jinoiy adolatni amalga oshiruvchi barcha organlar umumiy jihatga ega. Birinchidan, ularning ta’sis etilishi, ularga xalqaro jinoyat to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha adolatni ro‘yobga chiqarish uchun vakolat berilishi, xadqaro sudyalarning, prokurorlarning, himoyachilarning jinoiy sud muhokamasi ishtirokchilari doirasiga kiritilishi boshidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan birlashtirilgan xalqaro hamjamiyatning irodasi bilan bog‘liq. Ikkinchidan, ushbu sudlar tomonidan Yuboriladigan xalqaro jinoiy adolatning moddiy-huquqiy asosi bo‘lib xalqaro jinoyatlarning noqonuniyligi hamda jazolanishini belgilab beruvchi xalqaro shartnomalar, Shuningdek xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan xalqaro huquq tamoyillari hisoblanadi. Uchinchidan, ularning ko‘rgazmali vakolatlariga xalqaro hamjamiyatni tashvishga soluvchi eng og‘ir jinoyatlar, ayniqsa: genotsid jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar hamda harbiy jinoyatlar kiritilgan. Alohida holatlard ularning vakolat doirasi alohida mamlakatlarning davlat ichidagi huquqlar bilan to‘ldiriladi. To‘rtinchidan, xalqaro jinoiy adolat organlarining hududiy vakolatlari cheklangan: ishtirokchi davlatlarning hududi (XJS) bilan yoki ularning asosiy vakolatlariga kiritilgan, hamda ta’sis hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan jinoyat sodir etilgan davlatlarning hududi bilan (xalqaro jinoiy adolatning zamonaviy tizimi tushunchasi uchun qo‘llaniladi, ya’ni sobiq SFRYU, Ruanda hamda aybdorlar yashirinib yuradigan chegaradosh mamlakatlar, Syerra-Leone, Kampuchiya, 178 Sharqiy Timor, Bosniya va Gersegovina, Kosovo hududlari) Beshinchidan, xalqaro jinoiy adolat organlari universal shaxsiy vakolatlarga ega. Bu shuni anglatadiki, ular o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakolatlariga kiruvchi jinoyatlarni sodir etganlik uchun istalgan jismoniy shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishlari mumkin. Oltinchidan, ushbu xalqaro sud organlarining tarkibi turli millatlardan tashkil topadi. Hattoki ularning ba’zi birlarining milliy adliya organlari asosida ta’sis etilgan hollarda (Kampuchiya, Bosniya va Gersogovina kabi) xalqaro (chet el) sudyalarning majburiy ishtiroklari ta‘minlanadi. Sudyalar korpusining aralash tarkibida ma‘lum bir jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarning qabul qilinishida ayniqsa xalqaro sudyalar ko‘proq kuchga ega bo‘ladilar. Yettinchidan, xalqaro sudyalar bilan bir qatorda, xalqaro prokurorlar (ayblovchilar) va xalqaro himoyachilar (advokatlar) ham xalqaro adolatni amalga oshirish ishtirokchilari hisoblanadilar. Sakkizinchidan, ushbu sudlar tomonidan adolatning ro‘yobga chiqarilishi, asosan, xalqaro tizimga mansub bo‘lgan hujjatlarda ko‘rsatilgan jinoiy-protsessual qonun-qoidalarga, ya’ni xalqaro jinoyat protsessual kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. To‘qqizinchidan, xalqaro xarakterni ta‘minlab, sud muhokamasi xalqaro munosabatlar uchun oson bo‘lgan tilda (ingliz, fransuz tillari) yoki o‘sha tillarga majburiy tarzda tarjima qilish orqali amalga oshiriladi. O‘ninchidan, shartnoma hamda BMT ishtirok etgan boshqa qarorlarga asoslanb, ushbu sudlar avtomatik ravishda ularning sudga oid bo‘lmagan, ma’muriy hamda moliyaviy faoliyatiga nisbatan qo‘llaniladigan hech qanday davlat ichidagi huquq tizimiga bog‘liq emas, Shu orqali ular ushbu sud organlarining Mustaqilligini ta‘minlaydi. O‘n birinchidan, ushbu xalqaro jinoiy adolat organlarining faoliyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining bevosita ishtirokida quyidagicha moliyalashtiriladi^ - BMT (XJS) tasnifi ostida ta’sis shartnomalar ishtirokchi davlatlarning badallari hisobidan, - BMT (SYXT va RXT) budjeti mablag‘lari hisobidan, - xalqaro hamjamiyatning (SSS-L) ixtiyoriy badallari hisobidan, ushbu mablag‘lar BMT bosh kotibi tomonidan yig‘iladi, - aralash tartibda, sudlarning budjeti ham davlat tomonidan, ham xalqaro hamjamiyat tomonidan shakllantiriladi, yig‘im BMT Bosh 179 Kotibi tomonidan amalga oshiriladi (STL, Kambodja sudlarida Favqulodda palatalar). - sud davlati budjeti hisobidan, BMT ishtirokida va hamkorligida tegishli tinchlik operatsiyalarini o‘tkazish uchun shakllantiriladi (Sharqiy Timor, Kosovo, Bosniya va Gersogovina) 129 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling