Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


 Xalqaro jinoyat odil sudlovi organlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

 
2. Xalqaro jinoyat odil sudlovi organlari 
 
Aytib o‘tilganlar xalqaro adolat organlari (xalqaro adliya organlari) 
– bu xalqaro hamjamiyat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
ishtirokida  xalqaro  shartnomalarga  asosan  yoki  ularni  ijro  qilish 
maqsadida ta’sis etilgan sudlar deb aytish imkonini beradi. Ular xalqaro 
sudyalardan  tashkil  topib,  xalqaro  ayblovchilar  hamda  oqlovchilar 
ishtirokida,  xalqaro-huquqiy  hujjatlarda  nazarda  tutilgan  protsessual 
tartibda, eng og‘ir jinoyatlarni sodir etilganlikda ayblanayotgan, xalqaro 
hamjamiyatni  tashvishga  solayotgan  (xalqaro  jinoyat  sodir  qiluvchilar) 
javobgar  shaxslarga  nisbatan  mavjud  jinoiy  ishlarni,  shuningdek,  ta’sis 
etilish  chog‘ida  o‘zlarining  vakolatlariga  kiritilgan  boshqa  ishlarni 
ko‘rib  chiqish  hamda  hal  qilishni  amalga  oshiradilar,  shu  bilan  birga 
xalqaro  adolatni  o‘rnatish  uchun  boshqa  vazifalarni  ham  teng 
bajaradilar.  
Hozirgi  kunda  ularni  ta’sis  etish,  shakllantirish,  huquqiy  tartibga 
solish,  tashkil  etish  hamda  faoliyatini  amalga  oshirishning  quyidagi 
institutsional modellari mavjud:  
1.  Xavfsizlik  Kengashi  tomonidan  BMTning  yordamchi  organi 
sifatida tashkil etiluvchi ad hoc xalqaro jinoiy tribunallari. 
2. Ikki turdagi aralash (gibrid) tribunallar (sudlar): (1) davlatlarning 
BMT  bilan  shartnomasiga  muvofiq  yoki  asosan  tuziladigan  hamda  (2) 
BMTning  muvaqqat  ma’muriyati  tomonidan  tinchlik  operatsiyalari 
amalga oshiriladigan davlatlar hududida tuziladigan.  
3.  Xalqaro  sudlar  hamda  boshqa  jinoiy  sud  ish  yurituvi 
ishtirokchilari  ishtirokida  xalqaro  jinoyatlar  to‘g‘risidagi  ishlarni  ko‘rib 
chiqish vakolati berilgan milliy sudlar. 
4. Xalqaro jinoiy sud.  
                     
129
  См.:  А.Волеводз.  Международные  правоохранительные  организации:  учебное  пособие  –  М.: 
Проспект, 2011. С.200. 
 

180 
 
 
Jinoiy  vakolatga  ega  bo‘lgan  xalqaro  sud  organlarining  maqsadi 
nafaqat  adolatni  o‘rnatish,  balki  xalqaro  jinoyatlarni  sodir  qilishda 
aybdor  bo‘lgan  shaxslarni  ta‘qib  qilishdan  iborat.  Faoliyatning  bunday 
maqsadlari  Shunday  sharoitni  taqozo  qiladiki,  ular  nafaqat  sudyalar, 
balki ayblovchilar (prokurorlar)ning ishtiroki bo‘lishi kerak, bunda ular 
ushbu 
jinoyat 
protsessi 
ishtirokchilarining 
jinoyat-protsessual 
vazifalarining chegaralarini olib tashlaydi.  
Bundan  tashqari  jinoiy  vakolatga  ega  bo‘lgan  xalqaro  sudlar  qoida 
ishlab  chiqish,  alohida  tartibda  o‘z  faoliyati  davomida  o‘zi 
bo‘ysunadigan hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. Boshqacha so‘z bilan 
aytganda,  ushbu  sudlarning  vazifalari  faqatgina  adolat  o‘rnatishga 
qaraganda ancha keng.  
Huquqiy tartibga solishdagi sezilarli farqqa qaramay, xalqaro jinoiy 
sud organlarining faoliyati o‘ziga xos, biroq mohiyatan yagona moddiy-
huquqiy  asosga  ega  –  o‘zlarining  vakolatlariga  kiritilgan  jinoyatlarni, 
ya’ni  xalqaro  jinoyatlarni  xalqaro  huquq  doirasida  kriminalizatsiya 
qilish.  
U  Nyurnberg  Tribunali  Nizomida  tan  olingan  xalqaro  huquqning 
yagona tamoyillariga asoslangan. 
Bundan  tashqari  xalqaro  jinoiy  adliyaning  turli  organlari,  ierarxik 
tobelikda bo‘lmasliklariga qaramasdan, bir-birovlari bilan munosabatlari 
bo‘yicha  (davlat  doirasida  birinchi,  Apellyatsiya  va  kassatsiya 

181 
 
instansiyalaridan  Oliy  sudlargacha)  bir-birlari  bilan  o‘zaro  hamkorlikda 
harakat qiladilar.  
Bu  shundan  dalolat  beradiki,  turli  davlatlar,  xalqaro  huquqning 
asosiy subyektlari sifatida, jinoiy vakolatga ega bo‘lgan turli halqar sud 
organlarining  vakolati  va  huquqlari  masalasida  prinsipial  kelishuvga 
erishganlar.  
Shu bilan bir vaqtda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish 
jarayoni  jinoiy  vakolatga  ega  bo‘lgan  xalqaro  sud  organlarining  rolini 
kuchaytirishga sharoit yaratib beradi.  
Shunga bog‘liq ravishda jinoiy vakolatlarini yagona tizim doirasida 
amalga  oshiruvchi  xalqaro  sudlarning  huquqiy  tartibga  solishi  va 
faoliyatini  ko‘rib  chiqish  mumkin,  bu  xalqaro  hamjamiyat  tomonidan 
Mustaqil  atama  bilan  “xalqaro  jinoiy  adliya”  yoki  «international 
criminal  justice»  deb  nomlanadi.  Ta’kidlash  kerakki,  aynan  Shu  yo‘l 
bilan  u  xalqaro  hujjatlarda  qo‘llaniladi,  ulardan  birinchisi  BMT  Bosh 
Assambleyasining Rezolyutsiyasi hisoblanadi.  
Ushbu  tizimning  elementlari  bo‘lib  xalqaro  jinoiy  adolat  (jinoiy 
adliya) organlari hisoblanib, ular birgalikda uni tashkil qiladi.  
Boshqa  so‘z  bilan  aytganda,  xalqaro  jinoiy  adliya  tizimi  xalqaro 
hamjamiyat  tomonidan  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  ishtirokida 
xalqaro  shartnomalarga  asosan  yoki  ularni  ijro  qilish  maqsadida  ta’sis 
etilgan jinoiy ishlar bo‘yicha sud organlari bo‘lib, ular xalqaro jinoyatni, 
Shuningdek o‘zlarining vakolatlariga kiritilgan boshqa jinoyatlarni sodir 
qilishda  ayblanayotgan  shaxslarga  nisbatan  adolatni  o‘rnatish  bilan 
shug‘ullanadi.  
 
3. Nisbiy xalqaro jinoyat adliyasi. Xalqaro jinoyat adliyasining 
xalqaro istiqbollari 
 
Alohida  davlatlar  hamda  ularning  koalitsiyalari  huquqiy  tartibot 
hamda  xalqaro  jinoiy  adolat  amaliyotini  xalqaro  hamjamiyat,  BMT,  
ta’siri  doirasidan  chiqarishga  hamda  davlatlararo  tartibga  solishning 
yanada  quyi  darajasiga  olib  kelishga  urinadilar.  Bu  bilan  ular  xalqaro 
jinoiy  adliyani  xalqaro  maydonda  turli  siyosiy  vazifalarni  bajarish 
mexanizmiga aylantiradilar. Olingan natijalar ko‘rsatishicha, bu xalqaro 
huquq  tartibotining  mustahkamlanishiga  hamda  bunday  harakatlar  olib 
borilayotgan hududlarda tinchlikning o‘rnatilishiga olib kelmaydi.  
Psevdoxalqaro  jinoyat  adliya  organlari  faoliyatini  o‘rganish  bilan 
Shug‘ullanuvchi  mutaxassislar  orasida  Iroq  Maxsus  Tribunali  ko‘rib 

182 
 
chiqilayotgan  tizimga  mansub  yoki  mansub  emasligi  borasida  yagona 
fikr mavjud emas.  
Ulardan biri uni xalqaro jinoyat adliya organlari qatoriga kiritmasa, 
boshqalari esa uni ushbu tizimning elementlaridan biri deb hisoblaydi.  
10.12.2003  yildagi  Iroq  Maxsus  Tribunali  Nizom  (Statut)ning 
(keyingi o‘rinlarda IMT Statuti) 1 moddasiga muvofiq uning vakolatlari 
quyidagilarga  tegishli:  genotsid  jinoyatlari,  insoniyatga  qarshi  jinoyat, 
harbiy  jinoyatlar  va  Iroq  qonunchiligida  nazarda  tutilgan  ba’zi  bir 
jinoyatlar.  
IMT  Statuti  11  moddasi  1  qismiga  muvofiq  Iroqda  1959  yil  20 
yanvarda  ratifikatsiya  qilingan  1948  yil  9  dekabrdagi  Genotsid  jinoyati 
to‘g‘risida  ogohlantirish  hamda  u  uchun  jazolash  to‘g‘risidagi 
Konvensiyaga  muvofiq,  genotsid  jinoyati  deyilgandama‘lum  bir  milliy, 
etnik,  irqiy  yoki  diniy  guruhni  to‘liq  yoki  qisman  yo‘q  qilishga 
yo‘naltirilgan quyidagi harakatlar tushuniladi:  
a)  bunday guruh a’zolarini o‘ldirish; 
b) bunday guruh a’zolariga jiddiy tan jarohatlari yoki aqliy shikast 
etkazish  
v)  biror  bir  guruh  uchun  to‘liq  yoki qisman  jismoniy  yo‘q  qilishga 
qaratilgan hayotiy sharoitlarni yaratish  
g)  biror  bir  guruh  muhitida  bola  tug‘ilishini  bartaraf  qilishga 
qaratilgan choralarni qo‘llash  
d) bolalarni bir insoniy guruhdan ikkinchisiga majburiy o‘tkazish  
IMT  Statutning  11-moddasida  nafaqat  genotsid  jinoyati,  balki 
genotsidni  sodir  qilish  maqsadida  fitna  uyushtirish,  genotsidga 
to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  yoki  ommaviy  ravishda  tahdid  qilish,  genotsidni 
sodir  qilishga  urinish,  genotsidda  ishtirok  etishning  jazolanishi  belgilab 
berilgan. 
IMT  Statutning  12-moddasida  insoniyatga  qarshi  jinoyat  sodir 
etilishi  tinch  aholiga  nisbatan  quyida  sanab  o‘tilgan  harakatlarning 
amalga oshirilishini nazarda tutishi belgilab berilgan: qasddan  o‘ldirish; 
tinch  aholini  qirish;  qul  qilib  olish;  deportatsiya  yoki  aholini  majburan 
ko‘chirish; xalqaro huquq me‘yorlaridan chetga chiqqan holda qamoqqa 
olish  yoki  boshqacha  ozodlikdan  mahrum  qilish;  qiynoqqa  solish; 
zo‘rlash;  jinsiy  xarakterdagi  qullik,  fohishalik  bilan  shug‘ullanishga 
majburlash  yoki  shu  darajadagi  jinsiy  zo‘rlashning  boshqacha  shakli; 
aholining  bir  qismi  yoki  guruhini  siyosiy,  irqiy,  milliy,  etnik,  madaniy, 
diniy,  jinsiy  yoki  xalqaro  huquqqa  muvofiq  ruxsat  etilmagan  boshqa 
sabablar  bilan  ta‘qib  qilish;  insonlarning  majburiy  yo‘qolishi,  shu 

183 
 
xarakterdagi  insonga  xos  bo‘lmagan  harakatlar,  qasddan  etkazilgan 
azoblar yoki jiddiy etkazilgan jismoniy va ruhiy jarohatlar. 
Statutning  13-moddasiga  muvofiq  1949-yil  12-avgustdagi  Jeneva 
Konvensiyasi  qo‘pol  ravishda  buziladigan  deb  tushuniladigan  harbiy 
jinoyatlar ro‘yxatiga amaldagi Jeneva Konvensiyasi qoidalariga muvofiq 
qo‘riqlanadigan  shaxslar  yoki  mulkka  qarshi  sodir  qilingan  quyidagi 
qilmishlar kiritilgan:  
a) Qasddan odam o‘ldirish. 
b) Qiynoqlar hamda insonga xos bo‘lmagan  muomala, Shuningdek 
biologik sinovlar. 
v)  Qasddan  qiyinchilikka  solish,  jiddiy  tan  jarohatlari  yoki 
salomatlikka zarar yetkazish.  
g)  Huquqqa  zid  ravishda  hamda  qasddan  amalga  oshiriladigan  va 
asoslanmagan  harbiy  harakatlar  orqali  har  tomonlama  mulkka  zarar 
etkazish hamda o‘zlashtirish,  
d)  Harbiylar  hamda  himoyada  bo‘lgan  boshqa  shaxslarni  dushman 
tomonda xizmat qilishga majbur qilish. 
e)  Odil  sudda  harbiylar  hamda  himoyada  bo‘lgan  boshqa  shaxslar 
huquqini qasddan rad qilish  
j) Noqonuniy qamoq jazosi. 
z) Noqonuniy deportatsiya yoki joylashuv. 
i) Garov tariqasida odamlarni ushlash. 
IMTning  vakolatlari,  shuningdek,  Iroqning  qonunchiligi  bo‘yicha 
tan  olingan  jinoyatlar,  ba’zi  bir  xatti-harakatlarni  ta‘qib  qilishga 
taalluqlidir  (Statutning  14-  moddasi),  uning  ro‘yxatiga  quyidagilar 
kiritilgan:  
1.  Sud  muhokamasiga  aralashish  hamda  sud  tizimining  amal 
qilishiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilish. 
2.  Milliy  resurslarni  isrof  qilish  (1958-yildagi  Vatan  xavfsizligiga 
qarshi  fitna  uyushtirgan  hamda  amaldagi  hokimiyatni  to‘ntarishga 
uringan  shaxslarni  jazolash  to‘g‘risidagi  7-sonli  Qonunning  2-
moddasiga muvofiq keladi).  
3.  Urush  hamda  Iroqning  Arab  Sharqi  davlatlariga  qarshi  qurolli 
kuchlarning  qo‘llanilishi  xavfini  keltirib  chiqaruvchi  hokimiyat 
pozitsiyalarining qarama-qarshi harakati.  
IMT Statutida (15-modda) agarda ayblanuvchi shaxs:  
1.  Jinoiy  javobgarlikka  tortilishdan  qat’i  nazar,  shaxsan,  boshqa 
shaxs  bilan  hamkorlikda  yoki  boshqa  shaxs  orqali  jinoyat  sodir  qilgan 
bo‘lsa,  

184 
 
2. Bunday jinoyatni sodir qilish uchun buyruq bersa, talab qilsa yoki 
majbur qilsa hamda buning natijasida ushbu jinoyat sodir etiladi yoki uni 
sodir etish harakati amalga oshiriladi.  
3.  Bunday  jinoyatni  sodir  etish  uchun  ko‘maklashish  maqsadida 
ushbu  jinoyatning  sodir  etilishi  yoki  sodir  etishga  harakat  qilinishiga 
ko‘maklashadi yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatadi.  
4. Genotsid jinoyatlariga keladigan bo‘lsak, boshqa insonlarni ochiq 
va oshkora tarzda bunga undaydi.  
5.  Jinoyat  sodir  qilishga  urinadi,  bunda  amalga  oshiriladigan 
jinoyatdan  oldingi  choralarni  ko‘radi,  biroq  o‘ziga  bog‘liq  bo‘lmagan 
holatlar tufayli jinoyatning o‘zini sodir qilmaydi. 
unga  nisbatan  yakka  tartibdagi  jinoiy  javobgarlikka  tortilish 
tamoyili qo‘llanilishi nazarda tutilgan  
IMTning  shaxsiy  vakolatlari  Iroq  aholisiga,  ularning  fuqaroligiga 
qaramasdan, 1968-yil 17-iyuldan 2003-yil 1-mayga qadar Iroq hududida 
yoki undan tashqarida sodir qilgan genotsid jinoyati hamda insoniyatga 
qarshi  uyushtirilgan  ba’zi  bir  Eron  qonunchiligida  nazarda  tutilgan 
boshqa  jinoyatlar  bo‘yicha  qilmishlari  tufayli  taalluqlidir  (yuqorida 
sanab o‘tilgan jinoyatlar).  
Shunday qilib, Iroq maxsus tribunalining vakolatlari, jinoyatlarning 
malakalanishi  (ko‘rsatilgan  Eron  qonunchiligi  bo‘yicha  jinoyatlar 
to‘g‘risidagi  me‘yorlar  Statutida  nazarda  tutilgan)  hamda  individual 
jinoiy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  Nizom  to‘laligicha  Xalqaro  jinoiy  sud 
Rim Statutining bir xil me’rlar bilan mos keladi.  
Dastavval,  ta’kidlash  kerakki,  IMT  faoliyatining  huquqiy  asosi 
bo‘lib  Koalitsion  muvaqqat  ma’muriyati  tomonidan  chiqarilgan  hamda 
Iroq 
hukumat 
qo‘mitasi 
tomonidan 
hech 
qanday 
parlament 
protsedurasisiz,  Shuningdek  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  hech 
qanday ishtirokisiz tasdiqlangan Iroq Maxsus Tribunalining 10.12.2003-
yildagi Nizomi (Statut) hisoblanadi.  
IMTning  ta’sis  etilishining  tashabbuschisi  bo‘lib,  Koalitsion 
muvaqqat  ma’muriyat  hisoblanadi  va  u  BMT  tomonidan  ro‘yxatdan 
o‘tkazilmagan. Bunda IMT Iroq hududida Markaziy jinoiy sud (Oliy sud 
analogi) hamda boshqa sud tizimi elementlari tiklanib va amal qilishidan 
keyin  ta’sis  etilgan.  Bu  bilan,  IMT  cheklangan  vakolatli  favqulodda 
adhoc sud hisoblanadi.  
Shu tufayli, IMTning ta’sis etilishi asosiy  me‘yorlarga, BMT Bosh 
Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrda e’lon qilingan 217 A (III) sonli 
Rezolyutsiya 
bilan 
tasdiqlangan 
Inson 
huquqlari 
Umumjahon 

185 
 
Deklaratsiyasi,  shuningdek,  2200  A(XXI)  BMT  Bosh  Assambleyasi 
tomonidan  qabul  qilingan  hamda  imzolash,  ratifikatsiya  qilish  va 
birlashish uchun ochilgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro paktiga 
ziddir.  Ushbu  hujjatlarga  muvofiq  barcha  shaxslar  sud  va  tribunallar 
oldida  tengdir.  Barcha  kishilar  o‘zlariga  tegishli  ishlarning  vakolatli, 
Mustaqil  va  xolis  sud  tomonidan  qonunga  asosan  ko‘rib  chiqilishi 
huquqiga  ega.  Favqulodda  sudlarning  yaratilishi  va  faoliyat  Yuritishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi.  
IMTlarning  moddiy-huquqiy  asosi  bo‘lib  xalqaro  jinoyatlarni  sodir 
qilganlik  uchun  javobgarlikka  tortilishni,  jahon  hamjamiyati  tomonidan 
qabul  qilingan  xalqaro  jinoiy  huquq  tamoyillarini,  nazarda  tutuvchi 
uning Statuti hisoblanishiga qaramay, ular Statutda o‘z aksini topmadi.  
Bundan  tashqari  uning  17-moddasiga  muvofiq  IMT  xalqaro  emas, 
balki milliy huquq tamoyillariga asoslanadi.  
IMT  sudyalik  korpusi,  ayblovchilari  hamda  himoyachilari  tarkibi 
xalqaro  hisoblanmaydi.  Buning  ustiga  iroqlik  sudyalarga  ham 
diskriminatsion  tabiatdagi  talablar  qo‘yiladi  (siyosiy  belgilar  bo‘yicha): 
Adolatni  o‘rnatuvchi  sudyalar  tarkibiga  BAAS  Partiyasi  boshqaruv 
a’zolari bo‘lgan shaxslar kiritilmaydi (5 modda).  
IMT  Statutida,  amalda,  jinoiy-protsessual  tabiatdagi  qoidalar  yo‘q, 
inson  huquqlari  sohasidagi  xalqaro  tamoyil  va  standartlar  hisobga 
olinmaydi.  
IMTning 
xalqaro 
xarakteri 
ta‘minlanmaydi 
hamda 
sud 
muhokamalarida faqatgina arab tili qo‘llaniladi.  
Bundan  tashqari  ma’muriy  hamda  sudga  oid  bo‘lmagan  faoliyat, 
moliyaviy 
ta‘minlash  masalalarida  IMT  Koalitsion  muvaqqat 
ma’muriyat  hamda  Iroq  Muvaqqat  Boshqaruv  Kengashi  bilan  uzviy 
bog‘liq, shu tufayli ulardan Mustaqil hisoblanadi.  
Aytib  o‘tilganlarni  hisobga  oladigan  bo‘lsak,  to‘g‘ri  nuqtai  nazar 
beriladi,  va  unga  muvofiq  Iroq  Maxsus  Tribunali  xalqaro  jinoiy  adliya 
tizimiga  kirmaydi,  balki  maxsus  milliy  Iroq  ad  hoc  sudi  hisoblanadi. 
Shu  tufayli  uni  to‘g‘riroq  qilib  psevdoxalqaro  jinoyat  adliyasi  organi 
deb nomlash mumkin. 
Bundan  tashqari  IMT  ularni  o‘lim  jazosini  tayinlagan  bo‘lib,  bu 
inson  huquqlari  to‘g‘risidagi  xalqaro  huquqning  umumqabul  qilingan 
tamoyillar  va  me‘yorlarga  umuman  to‘g‘ri  kelmaydi,  shuningdek, 
xalqaro  jinoiy  adliya  organlari  zamonaviy  huquq  tartiboti  hamda  jazo 
tayinlash amaliyotiga ziddir.  
Iroq  Maxsus  Tribunalining  noxalqaro  xarakteri  ularda  adolatning 

186 
 
o‘rnatilishini murakkablashtirdi. Bu orqali u amalda quyidagilarga sabab 
bo‘ldi:  2005-yil  9-oktabr  kunida  Iroq  “Oliy  Jinoiy  Sudi  to‘g‘risida”gi 
Qonun  qabul  qilinib,  uning  37-moddasi  bilan  Iroq  Maxsus  Tribunali 
Nizomi (Statuti) bekor qilindi.  
 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
 
Xalqaro jinoyat odil sudlovi tushunchasi va uning belgilari? 
2.
 
Xalqaro  jinoyat  odil  sudlovi  organlari  va  ularning  umumiy 
xususiyatlari nimalardan iborat? 
3.
 
Hozirgi  kunda  zamonaviy  xalqaro  jinoyat  odil  sudlovi  tizimi 
shakllanayotganidan nima dalolat beradi? 
4.
 
Zamonaviy  xalqaro  jinoyat  odil  sudlovi  tizimining  tuzilishini 
tasniflang. 
KAZUS 
Qozog‘iston  Respublikasi  fuqarosi  T.,  Rossiya  Federatsiyasining 
Shimoliy  Kavkaz  respublikalari  hududida  yollangan  harbiy  guruhlar 
tarkibida  bir  qancha  vahshiyliklar,  harbiy  jinoyatlarni  sodir  etib, 
O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  yashiringan.  Interpolning  tezkor 
yo‘llari orqali Rossiya va Qozog‘iston hukumatlari ushbu jinoyatchining 
yashiringan  joyi  haqida  ma‘lumot  olishdi.  Shundan  so‘ng,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Bosh  prokuraturasiga  Rossiya  Federatsiyasi  Bosh 
prokuraturasidan  fuqaro  T.ni  ekstraditsiya  qilish  haqida  rasmiy  so‘rov 
kelib  tushgan.  Shu  bilan  birga,  Qozog‘iston  Respublikasi  Bosh 
prokuraturasi  jinoyatchini  fuqaro  T.ni  Qozog‘iston  Respublikasi 
qonunchiligi  asosida  javobgarlikka  tortish  uchun  ekstraditsiya  qilishni 
talab qildi.  
 
1. Ushbu holatga huquqiy baho bering. 
2.  Agar  O‘zbekiston  Respublikasi  vakolatli  organiga  bir  necha 
davlat tomonidan jinoyat sodir  
etgan  shaxsni  ushlab  berish  haqida  talabnoma  kelib  tushgan  bo‘lsa, 
qaysi biri qanoatlantiriladi?  
3.  O‘zbekiston  Respublikasi  vakolatli  organi  jinoyatchi  shaxsni 
Interpolga topshirishi mumkinmi?   
 
4.  Xulosalaringizni  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyatini 
tartibga soluvchi normalarga  
asoslanib sharhlang. 
 
 

187 
 
BIBLIOGRAFIYA  
RAHBARIY ADABIYOTLAR: 
 
1. Karimov  I.A.  O‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka 
tahdid, barqarorlik kafolatlari. Т. 6. – Т: O‘zbekiston, 1998. – 34-36 b. 
2. Karimov  I.A.  Inson,  uning  huquq  va  erkinliklari  –  oily 
qadriyat.Т.14. – Тoshkent. O‘zbekiston, 2006. -224б. 
3. Mintaqaviy  xavfsizlikdan  yalpi  xavfsizlik  sari.  (Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining 
50 
yilligi 
munosabati 
bilan 
Bosh 
Assambleyaning  maxsus  tantanali  yig‘ilishida  so‘zlangan  nutq.1995-yil 
24 oktyabr, Nyu-York). «Bunyodkorlik yo‘lidan». Т.4. -Т.: O‘zbekiston, 
1996. – 56 b. 
4. Karimov I.A.Maqsadimiz – tinchlik-osoyishtalik va bunyodkorlik 
– Toshkent. O‘zbekiston, 1995. 
5. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida: T.6 – T.: 
“O‘zbekiston”, 1998. –  413 b. 
6. Karimov  I.A.  Tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak.  T.10  –  T.: 
“O‘zbekiston”, 2001. – 399 b. 
7. Karimov  I.A.  Adolat  –  qonun  ustuvoriligida.  Ikkinchi  chaqiriq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasidagi ma'ruza (29 
avg.  2001)  Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak:  T.  10.  –  T.: 
O‘zbekiston, 2002. – 26 – 50 b..  
8. Karimov  I.A.  Biz  tanlagan  yo‘l  -  demokratik  taraqqiyot  va 
ma'rifiy  dunyo  bilan  hamkorlik  yo‘li.  Ikkinchi  chaqiriq  O‘zbekiston  
Respublikasi    Oliy  Majlisining  XI  sessiyasidagi  ma'ruza,  2003-yil  24-
aprel. – 292 b. 
9. Karimov  I.A.  Shanxay  Hamkorlik  Tashkilotiga  a'zo  davlatlar 
rahbarlarining sammitida so‘zlangan nutq (Moskva sh., 2003 y. 23 may) 
10.  Каримов  И.А.  Ташкентский  Саммит  -  важный  этап 
институционального  становления  Шанхайской  Организации 
Сотрудничества, 17 июня 2004. – Газета Народное слово. -18 июня 
2004 г.  
11.  Karimov  I.A.  Yuksak  ma‘naviyat  –  yengilmas  kuch.  – 
Toshkent: “Ma‘naviyat”, 2008. –174 b. 
12.  Karimov  I.A.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 
chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  kontseptsiyasi: 

188 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma 
majlisidagi ma'ruzasi. 2010 y 12 noyabr. – Xalq so‘zi. – 13 noyabr 2010 
y. 
13.  Karimov  I.A.  O‘zbekiston  mustaqilikka  erishish  ostonasida  –
Тoshkent: O‘zbekiston, 2011. – 384 b. 
14.  Karimov  I.A.  Bizning  yo‘limiz  –  demokratik  islohotlarni 
chuqurlashtirish  va  modernizatsiya  jarayonlarini  izchil  davom  ettirish 
yo‘lidir.  Prezident  Islom  Karimovning  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasu  19  yilligiga  bag‘ishlangan  tantanali  marosimdagi 
ma’ruzasi. // – Хalq so‘za gazetasi. – 8 dekabr, 2011 y. 
15.  Karimov I.A. Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni 
tarbiyalash  –  mamlakatni  barqaror  taraqqiy  ettirish  va  modernizatsiya 
qilishning  eng  muhim  sharti  /  Prezident  Islom  Karimovning  Хalqaro 
konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi. // – Хalq so‘zi gazetasi. – 
18 fevral, 2012 y. 
 
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR: 
1. Ўзбекистон  Республикаси  Конституцияси  –  Т.:  Ўзбекистон, 
2014. – 76 б. 
2. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодекси. – A.: Ўзбекистон, 
Адолат, 2014 й. 
3. Ўзбекистон  Республикасининг  1996  йил  27  декабрдаги  № 
349-I  «Адвокатура  тўғрисида»  қонуни//  Ўзбекистон  Республикаси 
Олий Мажлис бюллетени. 1997 й. №2, 48 б.  
4. «Судлар тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг қонуни 
(янги  таҳрир).//  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлис 
бюллетени. 2001 г. №1-2, 10 б. 
5.  1992  йил  9  декабрда  "Прокуратура  тўғрисида"  даги  №  746-
XII  Ўзбекистон  Республикаси  qонуни  (янги  таҳрир).  Ўзбекистон 
Республикаси Олий Мажлиси Ахборотномаси.2001 й. №9-10, 168 б. 
6.  «Ҳарбий  судлар  фаолиятини  ташкил  этиш  тўғрисида»  ги 
Низом.  2000  й.  14  декабрда  ЎзР  Олий  Мажлис  №  164-II  қарори 
билан тасдиқланган // Ўзбекистон Республикаси qонун ҳужжатлари 
тўплами, 2001 й. № 8. 
7. 15  декабрь  2000  й.  «О  борьбе  с  терроризмом»  //  Собрание 
законодательства Республики Узбекистан, 2000 г., № 25, стр. 287 
8. Закон  Республик  Узбекистан  от  14  апреля  2008  года  «О 

189 
 
противодействии  торговле  людьми»//  Собрание  законодательства 
Республики Узбекистан, 2008 г., №16, стр. 118 
9. Закон  Республики  Узбекистан  от  29.09.  2011  г.,  №  ЗРУ-298 
«О  содержании  под  стражей  при  производстве  по  уголовному 
делу»//Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2011 г., 
№ 40, ст. 409. 
10. Постановление  Пленума  Верховного  суда  Республики 
Узбекистан  «О  судебной  власти»  от  20  декабря  1996  года.  №  1.  // 
Сборник  постановлений  Пленума  Верховного  суда  Республики 
Узбекистан. Том I. -Ташкент: Адолат, 2006. С. 309-313. 
11.  Постановление  Пленума  Верховного  суда  Республики 
Узбекистан 
«О 
практике 
применения 
судами 
законов, 
обеспечивающих  подозреваемому,  обвиняемому  право  на  защиту» 
от  19  декабря  2003г.    №  17.//Сборник  постановлений  Пленума 
Верховного  суда  Республики  Узбекистан.  Том  II.  -Ташкент: 
Адолат, 2006. С. 409-420. 
12.  Постановление  Пленума  Верховного  Суда  Республики 
Узбекистан 
“О 
некоторых 
вопросах 
международного 
сотрудничества 
в 
сфере 
гражданского 
и 
уголовного 
судопроизводства” от 25 мая 2012 г., № 6// Сборник постановлений 
Пленума Верховного суда Республики Узбекистан. 
13.  Постановление 
Кабинета 
Министров 
Республики 
Узбекистан «об организационных мерах по реализации соглашения 
о евразийской группе по противодействию легализации преступных 
доходов 
и 
финансированию 
терроризма»//Собрание 
законодательства Республики Узбекистан, 2013 г., №4, ст. 47. 
14.  Постановление 
Кабинета 
Министров 
Республики 
Узбекистан  №  573  от  29  ноября  1994  года  «Об  образовании 
Национального Центра Бюро Интерпола в Республике Узбекистан» 
//http.//: www.lex.uz  
  15.  Конвенция  Шанхайской  Организации  Сотрудничества 
«Против 
Терроризма» 
Екатеринбург, 
16 
июня 
2009 
года//Настоящая  Конвенция  ратифицирована  Законом  Олий 
Мажлиса  Республики  Узбекистан  от  16  декабря  2011  года  №ЗРУ-
309  «О  ратификации  Конвенции  Шанхайской  сотрудничества 
против терроризма (Екатеринбург, 16 июня 2009 года)». Вступила в 
силу  для  Республики  Узбекистан  15  февраля  2012  года//http.//: 
www.lex.uz 
  16.  Шанхайская  конвенция  «О  борьбе  с  терроризмом, 

190 
 
сепаратизмом  и  экстремизмом»  от  15  июня  2001  года  – 
Ратифицирована  Постановлением  Олий  Мажлисом  Республики 
Узбекистан от 30 августа 2001 года № 274-II//http.//: www.lex.uz. 
  17.  Концепция  сотрудничества  государств  –  членов  ШОС  в 
борьбе с терроризмом, сепаратизмом и экстремизмом – Утверждено 
Решением  Совета  глав  государств  -  членов  ШОС  №1  от  5  июля 
2005 года//http.//: www.lex.uz 
  18.  Соглашение  между  государствами  –  членами  ШОС  о 
Региональной антитеррористической структуре.  –  Ратифицировано 
Постановлением  Олий  Мажлиса  Республики  Узбекистан  от  12 
декабря  2003  года  №  571-II  «О  ратификации  соглашения  между 
государствами-членами Шанхайской организации сотрудничества о 
Региональной  антитеррористической  структуре»//Вступило  в  силу 
для Узбекистана 14.11.2003 г.//http.//: www.lex.uz  
  19.  Об  условиях  пребывания  Региональной  антитеррористи-
ческой  структуры  Шанхайской  организации  сотрудничества  в 
Республике  Узбекистан  от  17  июня  2004  года.  –  Ратифицировано 
Постановлением  Олий  Мажлиса  Республики  Узбекистан  от  27 
августа  2004  года  №676-II  «О  ратификации  соглашения  между 
Правительством 
Республики 
Узбекистан 
и 
Шанхайской 
организацией  Сотрудничества  в  Республике  Узбекистан»//Вступил 
в силу для Республики Узбекистан 30.12.2004 г.//http.//: www.lex.uz 
  20.  Соглашение  Шанхайской  организации  сотрудничества 
«О банке данных Региональной антитеррористической структуры» 
Ташкент,  17  июня  2004  года.–  Вступило  в  силу  для  Республики 
Узбекистан 11 апреля 2007 года.//http.//: www.lex.uz 
  21.  Соглашение между Правительствами государств - членов 
Шанхайской  организации  сотрудничества  о  сотрудничестве  в 
области 
обеспечения 
международной 
информационной 
безопасности. – Екатеринбург, 16 июля 2009 года. Вступило в силу 
с 5 января 2012 года//http.//: www.lex.uz. 
  22.   
Соглашение 
о 
сотрудничестве 
между 
Правительствами  государств-членов  шанхайской  организации 
сотрудничества  «Сотрудничество  в  борьбе  с  преступностью».  – 
Ташкент, 11 июня 2010 года. Вступило  в  силу  с 11 января  2011 г. 
//http.//: www.lex.uz. 
  23.  Положение  о  постоянных  представителях  государств  – 
членов 
Шанхайской 
Организации 
Сотрудничества 
при 
Региональной  антитеррористической  структуре  Шанхайской 

191 
 
Организации Сотрудничества. – Утверждено Решением N 2 Совета 
глав государств - членов ШОС от 5 июля 2005 г.//http.//: www.lex.uz 
  24.  Соглашение 
между 
государствами 
– 
членами 
Шанхайской  организации      сотрудничества  о  сотрудничестве  в 
борьбе  с  незаконным  оборотом  наркотических  средств, 
психотропных  веществ  и  их  прекурсоров.  –  Утверждено 
Постановлением  КМ  РУз  от  12  августа  2004  года  N  386//http.//: 
www.lex.uz 
  25.  Решение  Совета  Европы  от  6  апреля  2009  года  о 
создании  Европейского  полицейского  ведомства  (Европол) 
(1).//http://eur-lex.europa.eu/en/legis   
  26.  Соглашение между ООН и правительством Сьерра-Леоне 
во исполнение Резолюции 1315(2000) СБ ООН от 14.08.2000//http.//: 
www.un.org/documents  
  27.  Резолюция  Совета  Безопасности  ООН  №  827  от  25  мая 
1993 года//http.//: www.un.org/documents 
  28.  Резолюция  Совета  Безопасности  ООН  №  955  от  08 
ноября 1994 года//http.//: www.un.org/documents 
  29.  Соглашение  между  ООН  и  Ливанской  Республикой  во 
исполнение  Резолюции  1664  (2006)  СБ  от  29.03.2006//http.//: 
www.un.org/documents 
  30.   
Резолюция 1664(2006) Совета Безопасности ООН от 
29.03.2006//http.//: www.un.org/documents  
  31.  Соглашение  между  ООН  и  правительством  Ливана  об 
учреждении  Специального  трибунала  по  Ливану  от  23.01.  и 
06.02.2007//http.//: www.un.org/documents 
  32.  Резолюция  1244(1999)  Совета  Безопасности  ООН  от 
10.06.1999//http.//: www.un.org/documents  
  33.  Распоряжением  Миссии  ООН  по  делам  Временной 
администрации  в  Косово  (МООНВАК)  №  1999/1  от  25.07.99  «Об 
органе 
Временной 
администрации 
в 
Косово» 
//http.//: 
www.un.org/documents 
  34.  Распоряжение  МООНВАК  от  15.02.2000  №  2000/6  «О 
назначении  и  отрешении  от  должности  международных  судей  и 
международных прокуроров» //http.//: www.un.org/documents 
  35.  Распоряжение  МООНВАК  от  15.12.2000  №  2000/64  «О 
привлечении  к  разбирательству  международных  судей/прокуроров 
и/или 
изменении 
места 
рассмотрения 
дела»//http.//: 
www.un.org/documents  

192 
 
  36.  Распоряжение  МООНВАК  от  19.09.01  №  2001/20  «О 
защите  жертв  преступлений  и  свидетелей  в  уголовном  процессе» 
//http.//: www.un.org/documents 
  37.  Распоряжение  МООНВАК  от  20.09.01  №  2001/21  «О 
взаимодействии  со  свидетелями  в  уголовном  процессе»//http.//: 
www.un.org/documents  
  38.  Резолюция  1272(1999)  Совета  Безопасности  ООН  от 
25.10.1999//http.//: www.un.org/documents  
  39.  Распоряжение  ВАООНВТ  №  2000/15  от  06.06.2000  «Об 
учреждении  Коллегий  с  исключительной  юрисдикцией  в 
отношении 
серьезных 
преступлений» 
//http.//: 
www.un.org/documents 
  40.  Распоряжение  ВАООНВТ  №  2000/30  от  25.09.2000  «О 
временных 
правилах 
уголовного 
процесса»//http.//: 
www.un.org/documents 
  41.  Резолюция  ГА  ООН  57/228  от  18.12.2002//http.//: 
www.un.org/documents  
  42.  Соглашение между ООН и Королевским правительством 
Камбоджи  о  преследовании  в  соответствии  с  камбоджийским 
правом  за  преступления,  совершенные  в  период  Демократической 
Кампучии от 06.06.2003//http.//: www.un.org/documents 
  43.  Резолюция  95(I)  от  11.12.1946  Генеральной  Ассамблеи 
ООН  «Подтверждение  принципов  международного  права, 
признанных 
статутом 
Нюрнбергского 
трибунала»//http.//: 
www.un.org/documents   
  44.  Конвенция  против  транснациональной  организованной 
преступности Нью-Йорк, 15 ноября 2000 г. Принята Резолюцией N 
55/25  Генеральной  Ассамблеи  Организации  Объединенных  Наций. 
– Ратифицирован Постановлением ОлийМажлисаРУз от 30 августа 
2003 года N 536-II. Вступила в силу для Республики Узбекистан с 8 
января 2004 г.//http.//: www.lex.uz. 
  45.  Конвенция  Организации  Объединенных  Наций  о  борьбе  
против    незаконного  оборота  наркотических  средств  и 
психотропных  веществ.  Вена,  20  декабря  1988  г.  –  Республика 
Узбекистан 
присоединилась 
к 
настоящей 
Конвенции 
в 
соответствии с Постановлением Олий Мажлиса РУз от 24 февраля 
1995 года N 32-I. Вступление в силу для Республики Узбекистан 22 
ноября 1995 года.//http.//: www.lex.uz 
  46.  Протокол  о  предупреждении  и  пресечении  торговли 

193 
 
людьми,  особенно  женщинами  и  детьми,  и  наказании  за  нее, 
дополняющий  Конвенцию  Организации  Объединенных  Наций 
против  транснациональной  организованной  преступности.  Нью-
Йорк,  15  ноября  2000  г.  Принят  Резолюцией  55/25  на  62-ом 
пленарном  заседании  55-ой  сессии  Генеральной  Ассамблеи 
Организации  Объединенных  Наций.  Ратифицирован  Законом 
Республики Узбекистан  от 8 июля 2008 г. N ЗРУ-160. Вступление в 
силу  для  Республики  Узбекистан  с  11  сентября  2008  г.//http.//: 
www.lex.uz 
  47.  Конвенция  о  предупреждении  преступления  геноцида  и 
наказании  за  него  от  9  декабря  1948  года.  Принята  резолюцией 
Генеральной 
АссамблеиООН№260(III).//http.//:www.un.org/ru/documents/decl_con
v/conventions/genocide.shtml   
  48.  Кодекс  поведения  должностных  лиц  по  поддержанию 
правопорядка  Нью-Йорк,  17  декабря  1979  г.  Принят  на  106-ом 
пленарном  заседании  Генеральной  Ассамблеи  Организации 
Объединенных  Наций  в  соответствии  с  Резолюцией  N  34/169.  – 
Одобрен  Постановлением  ОлийМажлисаРУз  от  30  августа  1997 
года N 507-I.//http.//: www.lex.uz 
  49.  Протокол  против  незаконного  ввоза  мигрантов  по  суше, 
морю  и  воздуху,  дополняющий  Конвенцию  Организации 
Объединенных  Наций  против  транснациональной  организованной 
преступности  Нью-Йорк,  15  ноября  2000  г.Принят  Резолюцией  
55/25  на  62-ом  пленарном  заседании  55-ой  сессии  Генеральной 
Ассамблеи  Организации  Объединенных  Наций.  Подписан 
Республикой Узбекистан 28 июня 2001 года//http.//: www.lex.uz 
  50.  Конвенция о неприменимости срока давности к военным 
преступлениям и преступлениям против человечества от 26 ноября 
1968г.  –  Принята  Резолюцией  Генеральной  Ассамблеи  ООН  № 
2391 
(XXIII).//http.//: 
www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions  
  51.  Принципы международного сотрудничества в отношении 
обнаружения, ареста, выдачи и наказания лиц, виновных в военных 
преступлениях  и  преступлениях  против  человечества.  Приняты 
Резолюцией  №  3074  (XXVIII)  Генеральной  Ассамблеи  ООН  от  3 
декабря1973года//http.//:www.un.org/ru/documents/decl_conv 
52.  Декларация ООН о борьбе с коррупцией и взяточничеством 
в  международных  коммерческих  операциях  от  16  декабря  1996  г. 

194 
 
Принята 
Резолюцией 
Генеральной 
Ассамблеи 
ООН 
№51/191.//http.//: www.un.org/ru/documents/decl_conv/ 
53.  Декларация  принципов  и  программа  действий  программы 
ООН  в  области  предупреждения  преступности  и  уголовного 
правосудия.  Принята  Резолюцией  Генеральной  ассамблеи  ООН  № 
46/152 
от 
18 
декабря 
1991 
г.//http.//: 
www.un.org/ru/documents/decl_conv/ 
54.  Сальвадорская  декларация  о  кмплексных  стратегиях  для 
ответа  на  глобальные  вызовы:  системы  предупреждения 
преступности  и  уголовного  правосудия  и  их  развитие  в 
изменяющемся мире. Принята Резолюций Геннеральной Ассамблеи 
ООН 
от 
21 
декабря 
2010 
года.//http.//:www.un.org/ru/documents/decl_conv/declarations  
  55.  Венская  декларация  о  преступности  и  правосудии: 
ответы  на  вызовы  XXI  века.  Принята  на  Десятом  Конгрессе  ООН 
по 
предупреждению 
преступности 
и 
обращению 
с 
правонарушителями, 
Вена, 
10-17 
апреля.//http.//:www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/genoc
ide.shtml   
  56.  Римский  Статут  Международного  уголовного  суда  Рим, 
17  июля  1998  г.  Принят  дипломатической  конференцией 
полномочных  представителей  под  эгидой  ООН  по  учреждению 
Международного  уголовного  суда  Подписан  Республикой 
Узбекистан 
28 
июня 
2001 
года. 
Подлежит 
ратификации.//http.//:www.un.org/ru/documents/ 
57.  Консультативное  Заключение  Международного  Суда  ООН 
от  28.05.1951  «Оговорки  к  Конвенции  о  предупреждении 
преступления 
геноцида 
и 
наказании 
за 
него»//http.//:www.un.org/ru/documents/  
58.  Международная  Конвенция  о  пресечении  преступления 
апартеида  и  наказании  за  него  от  30  ноября  1973  г.  –  Принята 
Резолюцией 
ООН 
№ 
3068 
//http.//:www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions  
59.  Резолюции ГА ООН 260(III) от 09.12.48, 489(V) от 12.12.50, 
687  (VII)  от  05.12.52,  1187  (VII)  от  11.12.1957.//http.//: 
www.un.org/documents  
  60.  Резолюция  ГА  ООН  49/53  от  9.12.94  -  учрежден 
специальный комитет для обзора вопросов, вытекающих из проекта 
устава,  подготовленного  Комиссией  международного  права,  и 

195 
 
рассмотрения  вопроса  о  созыве  международной  конференции 
полномочных представителей//http.//: www.un.org/documents 
  61.  Резолюция  ГА  ООН  52/160  –  просьба  Генеральному 
секретарю  пригласить  все  государства  —  члены  ООН  или  членов 
специализированных  учреждений  или  Международного  агентства 
по  атомной  энергии  принять  участие  в  работе  Конференции  по 
учреждению МУС.//http.//: www.un.org/documents 
 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling