Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


 Kambodja sudlarining Demokratik Kampuchiya davrida sodir


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

 
3. Kambodja sudlarining Demokratik Kampuchiya davrida sodir 
qilingan jinoyatlar uchun ta‘qib qilish Favqulodda palatalari. 
 
Yurisdiksiyaga  xalqaro  tavsifdagi  jinoyatlarni  ko‘rib  chiqish  ham 
kiritilgan  yana  bir  milliy  sud  Kampuchiya  Demokratiyasi  davrida  sodir 
etilgan  jinoyatlar  uchun    Kambodja  Sudlaridagi  Favqulodda  palatalari 
bo‘lib, uning tashkil etilishi murakkab va uzoq tarixga ega
1975-yilda  Kambodjada  hokimiyat  tepasiga  «qizil  kxmerlar» 
hukumati  keldi  va  o‘zining  3  yil-u  9  oy  hukm  surgan  faoliyati 
mobaynida dunyo Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng guvohi bo‘lib 
turgan inson huquqlarning  eng dahshatli buzilishini sodir etdi.  
Moddiy va inson resurslari yetishmovchiligi sharoitida 1997-yil 21-
iyunda  Kambodja  hokimiyati  vakillari  “qizil  kxmerlarni”  genotsid  va 
boshqa  og‘ir  jinoyatlar  uchun  javobgarlikka  tortishni  so‘rab,  BMTga 
“qizil  kxmerlar”ning    hukmronligi  davri  1975yildan  1979-yilgacha 
genotsid  va  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar  uchun  javobgarlikka  tortishda 
ko‘mak berish to‘g‘risida” so‘rov bilan murojaat etdi
120

BMT  Bosh  Assambleyasi  va  Xavfsizlik  Kengashiga  1999-yil  15-
martda taqdim etilgan Ekspertlar guruhi ma’ruzasida 1975-yildan 1979-
yilgacha  genotsid  va  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar  uchun  javobgar 
bo‘lgan  “qizil  kxmerlar”    mansabdor  shaxslarini  jinoiy  javobgarlikka 
tortish uchun maxsus xalqaro tribunal tuzish tavsiyasi ilgari surildi. 
Biroq mazkur shakl Kambodja hukumati tomonidan rad etildi va bu 
maxsus  xalqaro  tribunal  favqulodda  va  davlatidan  tashqari  xususiyatga 
egaligi,  Kampuchiya  hukumati  esa  milliy  kelishuv  maqsadlarida 
mohiyatan  davlatning  o‘zi  tomonidan,  xalqaro  hamjamiyat  ko‘magida 
                     
119
«Sluzbeni glasnik Bosne i Hercegovine». // http://www.sudbih.gov.ba. 
120
 См.: Документ ООН A/53/850 - S/1999/231, 16 March 1999. - п. 5. // http://www.un.org.
 

155 
 
(tashkiliy, kadr va moliyaviy) ta’sis etilishi lozim deb izohladilar. 
Kambodja Bosh vaziri Xun Sen BMT Bosh kotibidan Kambodjaga 
“qizil kxmerlar”  rahbarlarini  jinoiy javobgarlikka tortish uchun maxsus 
xalqaro tribunal tuzish to‘g‘risida qonun ishlab chiqish uchun ekspertlar 
ajratishni so‘radi.  
Muzokaralar  natijasida  BMT  va  Kambodja  Qirollik  hokimiyati 
o‘rtasida  Kambodja  huquqiga  ko‘ra  Demokratik  Kampuchiya  davrida 
sodir  etilgan  jinoyatlar  uchun  Bitim  ishlab  chiqildi    (bundan  keyingi 
o‘rinlarda Bitim deb Yuritiladi). 
2004-yil  27-oktabrda  Bosh  Assambleya  va  Kambodja  Senati  BMT 
va Kambodja Qirollik hokimiyati o‘rtasidagi Bitimni ratifikatsiya qildi. 
Ayni vaqtda Kambodjaning Demokratik  Kampuchiya davrida sodir 
etilgan jinoyatlarni  ta‘qib qilish uchun Kambodja sudlarida Favqulodda 
palatalarni  joriy  etish  to‘g‘risidagi  qonunga  o‘zgartirishlar  kiritilib,  u 
yangi  tahrirda  qabul  qilingan
121
.  Bitim  2005-yil  29-aprelda  kuchga 
kirgan. 
Mazkur  hujjatlar  bilan  Favqulodda  palatalar  tuzilmasi  o‘z  ichiga 
besh organni olishi belgilangan. 
Sud palatasi va Oliy sud Palatasi Favqulodda palatalarda asosiy sud 
bo‘g‘inlarini  tashkil  etadi.  Sud  palatasi  tarkibiga  uchta  Kambodja  va 
ikkita  xalqaro  sudya  kirittilgan.  Oliy  sudPalatasiga  –  to‘rtta    Kambodja 
va  uchta  xalqaro  sudya  kiradi.  5  ta  xalqaro  sudyalar  Kambodja  oliy 
magistratura kengashi tomonidan BMT bosh kotibi taqdim etgan kamida 
7 nafar nomzod ichidan tayinlanadi. 
Qaror  qabul  qilish  uchun  paladagi  ko‘pchilik  sudyalarning  va  bitta 
tasdiqlash  ovozi  talab  etiladi.  Shu  bois  hech  bir  qaror  kamida  bitta 
xalqaro sudya quvvatlashisiz qabul qilina olmaydi.  
Oliy  sud  palatasi  Apellyatsiya  va  oxirgi  instansiya  hisoblanadi.  Bu 
palata sudyalari faqat sud muayyan ishni ko‘rganda ishlaydilar.  
Ayblovchilar  bitta  Kambodja  ayblovchisi  va  bitta  xalqaro 
ayblovchi.  Kambodja  magistrlarining  oliy  kengashi  tomonidan  BMT 
bosh  kotibi  taqdim  etgan  ikki  nomzod  ichidan  tayinlanadi.  Boshqa 
nomzod zaxira xalqaro ayblovchisi sifatida tayinlanadi. Mazkur protsess 
ishtirokchilari  tergovni  tashkil  etishi,  ayblovni  shakllantirishi,  sud 
tergovini  ochishi  va  ayblanuvchi  favqulodda  palataga  berilishiga  olib 
                     
121
 См.: Law on the Establishment of the Extraordinary Chambers, with inclusion of amendments as prom-
ulgated on 27 October 2004 (NS/RKM/1004/006): Law on the Establishment of the Extraordinary Chambers in the 
Court  of  Cambodia  for  the  prosecution  of  crimes  committed  during  The  period  of  Democratic  Kampuchea 
[Electronic  resource]  /  Extraordinary  Chambers  in  the  Court  of  Cambodia.  -  Electronic  data  (1  file).  - 
http://www.eccc.gov.kh/english/cabinet/law/4/KR Law as amended 27 Oct 2004 Eng. pdf.- 01.08.08.
 

156 
 
kelinganda  sud  muhokamasi  va  Apellyatsiya  protsessida  jinoiy  ta‘qibni 
amalga oshirishga vakolatli. 
Birgalikda  tergov  olib  boruvchi  sudyalar:  bitta  Kambodjadan  va 
bitta xalqaro. Kambodja  magistrlarining oliy kengashi tomonidan BMT 
bosh  kotibi  taqdim  etgan  ikki  nomzod  ichidan  tayinlanadi.  Boshqa 
nomzod  sud  tergovini  olib  boruvchi  zaxira  xalqaro  sudyasi  sifatida 
tayinlanadi. 
Dastlabki  ish  yurituv  palatasi.  Ayblovchilar  jinoiy  ta‘qibga 
yagona  yondashuvni  ishlab  chiqish  maqsadida  hamkorlik  qilishlari 
lozim.  Ular  jinoiy  ta‘qibni  amalga  oshirish  masalasida  bir  to‘xtamga 
kela  olmasalar  u  agar  ayblovchilardan  biri  nizolarni  hal  etish 
mexanizmiga murojaat etmasa jinoiy ta‘qib yuzaga keladi. Dastlabki ish 
Yurituv  palatasi  Shunday  mexanizmlardan  xisoblanadi  va  u  Kambodja 
magistrlarining  oliy  kengashi  tomonidan  tayinlanadigan  3  ta  Kambodja 
sudyalari  va  Kambodja  magistrlarining  oliy  kengashi  tomonidan 
tayinlanadigan  BMT  bosh  kotibi  taqdim  etgan  nomzodlar  ichidan 
tayinlanadigan  ikki  xalqaro  sudyadan  iborat.  Dastlabki  ish  Yurituv 
palatasi qarori 4 ta sudya ovoz berganda qabul qilinadi.  
Ma’muriy bo‘lim favqulodda palatalar dastlabki ish Yurituv palatasi 
ayblovchilar konselyariyasiga xizmat ko‘rsatish uchun shakllantiriladi.  
Bo‘lim  Kambodja  direktori  va  direktorning  xalqaro  o‘rinbosari 
tomonidan boshqariladi. 
Favqulodda palatalar  yurisdiksiya  o‘ziga xos xususiyatga ega. Ular 
Kambodja  sudlarida  favqulodda  palatalarni  ta’sis  etish  to‘g‘risidagi 
qonunning  2 bobida  belgilangan demokratik  Kampuchiya  davrida  sodir 
etilgan jinoyatlarga nisbatan predmet yurisdiksiyaga ega bo‘lib ular: 
-
 
genotsid jinoyati; 
-
 
insoniyatga qarshi jinoyatlar
-
 
1949-yil 
12-avgustdagi 
Jeneva 
konvensiyalarining 
jiddiy 
buzilishlari; 
-
 
Qurolli  nizolar  vaqtida  madaniy  boyliklarni  muhofaza  qilish 
to‘g‘risidagi  konvensiya  bilan  taqiqlangan  qurolli  nizolar  vaqtida 
madaniy boyliklarini yo‘q qilish; 
-
 
1961-yil  18-apreldagi  diplomatik  aloqalar  to‘g‘risidagi  Vena 
konvensiiyasi  bilan  taqiqlangan  xalqaro  himoyadan  foylanauvchi 
shaxslarga qarshi jinoyatlar; 
-
 
Kambodja 
huquqiga 
ko‘ra 
ayrim 
jinoyatlar 
Muvaqqat 
yurisdiksiya  1975-yil  17-apreldan  1979-yil  6-yanvargacha  bo‘lgan 
muddatgacha  cheklangan.  Personal  yurisdiksiya  esa  demokratik 

157 
 
Kampuchiyaning 
yuqori 
lavozimdagi 
shaxslari 
va 
palata 
yurisdiksiyasiga  tushuvchi  jinoyatlari  uchun  eng  katta  javobgarlik 
yuklatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bilan cheklanadi. 
 
Favqulodda  palatalar  doirasida  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  sud 
Yurituvi  va  faoliyatini  tashkil  etish  tartibi  bo‘yicha  Kambodja 
hukumatiga  qator  majburiyatlar  yuklab  bitim  bir  tomonidan  BMTning 
Kambodjaga  mazkur  sud  faoliyatini  o‘tkazishda  ko‘mak  berishni 
Mustahkamlagan. Bitimdan kelib chiqib, BMT Kambodja hukumatiga u 
favqulodda  palatalar  tuzilmasi  va  tashkil  etilishiga  o‘zgartirish 
kiritmagunga  va  ular  bitimga  nomuvofiq  bo‘lmagunga  qadar  yordam 
beradi.  Kambodja  palatalarni  ularning  faoliyati  bitimga  nomuvofiq 
bo‘ladigan tarzda ishlashga majbur etgan holatda ham shu oqibat yuzaga 
keladi.  O‘z  o‘zidan  bitim  BMT  ga  bunday  holatda  yordam  berishni 
tugatish vakolitini beradi.  
 
Shunday  qilib  xalqaro  sudyalar  va  jinoyat  ishlari  yurituvining 
boshqa ishtirokchilari ishtirokidagi xalqaro jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar 
yurisdiksiyaga  kiritilgan  milliy  sudlar  boshqa  xalqaro  sud  organlaridan 
keskin  farq  qiladi.  Bosniya  Gersegovina  sudidagi  harbiy  jinoyatlar 
bo‘limi ham, demokratik Kampuchiya davrida sodir etilgan jinoyatlarni 
ta‘qib qilish uchun Kambodja sudidagi favqulodda palatalar ham milliy 
sudning tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqaro jinoyat yustitsiyasidan farqli 
o‘laroq  ular  ichki  davlat  tuzilmasi  hisoblanadi,  davlatlarning  sud 
organlariga nisbatan tashqi sudlar emas.  
 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
 
 “Xalqarolashtirilgan” 
sudlar 
tushunchasi. 
Bosniya 
va 
Gertsegovina  sudining  harbiy  jinoyatlar  bo’limi  faoliyatiga  tavsif 
bering. 
2.
 
Kampuchiya davrida sodir qilingan jinoyatlar uchun ta‘qib qilish 
Kambodja  sudidagi  Demokratik  Favqulodda  palatalar  faoliyatining 
huquqiy asoslarini tasniflang.  
3.
 
Nima  uchun  xalqaro  jinoyatlar  to‘g‘risidagi  ishlarni  xalqaro 
sudyalar  va  odil  sudlovining  boshqa  ishtirokchilari  ishtirokida 
ko‘radigan  milliy  sudlar,  xalqaro  jinoyat  sudlovi  organlari  sifatida  tan 
olinadi? 
KAZUS 
Fuqaro S . Xalqaro Jinoyat sudi (XJS) tomonidan (RimUstavining 
25(3)  moddasi  doirasidagi  mazmunda)  guruh  tarkibida  insoniyatga 

158 
 
qarshi  jinoyatni  sodir  etishda  ayblangan.  Qasddan  odam  o‘ldirish  (7a-
modda);  axolini  majburiy  ko‘chirish  (7-modda);  va  ta‘qib  qilish  (7-
modda  (1)  (h)).  Fuqaro  S.ga  nisbatan  jinoyat  jarayoni  davomida  uning 
aybi  isbotlanib,  unga  nisbatan  50  yilga  ozodlikdan  mahrum  qilish 
to‘g‘risida ayblov hukmi chiqarilgan. S. fuqarosi bo‘lgan davlat Xalqaro 
Jinoyat Sudining hukmini ijro etishni rad qilgan.  
 
Savollar.  Ushbu  holatda  fuqaro  S.ga  nisbatan  jazoni  ijro  etish 
masalasi qanday xalqaro huquqiy hujjatlarga asosan va qanday tartibda 
hal etiladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XIV Bob 

159 
 
XALQARO JINOYAT SUDI 
 
1. Xalqaro jinoyat sudini joriy etishning huquqiy negizlari. Xalqaro 
jinoyat sudini shakllantirish to‘g‘risidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar. 2. 
Xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiya, vakolati doirasi va huquq manbalari. 
3. Xalqaro jinoyat sudida sud yurituvi tartibi.  
 
1. Xalqaro jinoyat sudini joriy etishning huquqiy negizlari. Xalqaro 
jinoyat sudini shakllantirish to‘g‘risidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar 
 
XJS  statuti  –  Ilk  Mustaqil,  xalqaro  jinoyat  Yurisdiksiyaning 
huquqiy  asosini  yaratgan  xalqaro  shartnoma  hisoblanadi.    Sobiq 
Yugoslaviya  va  Ruanda  bo‘yicha  Ustavlar  BMT  Xavfsizlik  Kengashi 
tomonidan ta’sis etilgan normativ matnlar bo‘lib, ular xalqaro shartnoma 
hisoblanmaydi. 
Xalqaro  jinoyat  huquqini  kodifikatsiyalashtirish  va  doimiy  xalqaro 
sud  organini  tashkil  etish  borasida  mulohazalar  XX  asr  boshlarida 
Yuzaga  kelgan.  BMT  genotsid  kabi  jinoyatlarni  ta‘qib  etish  uchun  ilk 
bor  xalqaro  jinoyat  sudini  tashkil  etish 
zaruratini tan oldi. Genotsid jinoyatining 
oldini  olish  va  uning  uchun  jazolash 
to‘g‘risidagi Konvensiya muhokamasida 
genotsidni 
sodir 
etgan 
shaxslarga 
nisbatan  jinoyat  ishlari  tegishli  xalqaro 
sud  tomonidan  ko‘rilishi  lozimligi 
to‘g‘risidagi fikr ko‘tarildi. 
Bosh Assambleyaning A/RES/260A 
(III) 
1948-yil 
9-dekabrdagi 
rezolyutsiyasida: 
«butun 
tarix 
mobaynida genotsid insoniyatga ko‘plab 
yo‘qotishlar  keltirganligini  e’tiborga  olib;  va  mazkur  kulfatdan 
insoniyatni  halos  etish  uchun  xalqaro  hamkorlik  zarur  ekanlishgiga 
ishonch  hosil  etib»  deb  qayd  etilgan.  U  bilan  genotsidni  jinoyatlarini 
sodir  etganlik  va  uning  uchun  jazolash  Konvensiyasi  tasdiqlangan.  o 
preduprejdenii 
prestupleniya 
genotsida 

nakazanii 
za 
nego. 
Konvensiyaning  1-moddasida  genotsid  «xalqaro  huquq  nomalarin 
buzuvchi  jinoyat»  sifatida  tavsiflanadi,  VI  moddada  esa  genotsidda 
Esda saqlang! 
XJSning 
qarorgohi 
Gaagada 
joylashgan    bo‘lsa-da,  sudning  
xohishiga ko‘ra  yig‘ilish boshqa bir 
joyda  o‘tkazilishi  mumkin.  Xalqaro 
jinoyat 
sudini 
Gaaga 
shahrida 
joylashgan 
BMTning 
xalqaro 
sudidan vakolatiga ko‘ra farqlanadi. 
XJS 
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining  rasmiy  tuzilmasiga 
kirmaydi,  lekin  BMT  Xavfsizlik 
Kengashining 
taqdimnomasiga 
binoan  jinoiy  ish  qo‘zg‘atishi 
mumkin.     

160 
 
ayblanuvchi shaxslar ushbu jinoyat sodir etilgan davlat sudi yoki bunday 
vakolatga  ega  xalqaro  sud  tomonidan  ko‘rib  chiqilishi  lozim  deb 
ko‘rsatilgan …». Ayni rezolyutsiyada Bosh assambleya  Xalqaro huquq 
Kommisiyasiga  «genotsid  va  boshqa  turdagi  jinoyatlarni  sodir 
etganlikda  ayblanayotgan  shaxslarga  nisbatan  jinoyat  ishlarini  ko‘rib 
chiqishga  vakolatli  xalqaro  Yuridik  sud  organini  tuzish  taklifi  ilgari 
surilgan».  Xalqaro  huquq  Komissiyasi  tomonidan  Xalqaro  sud  jinoyat 
kamerasini tuzish taklif etilgan. 
Bosh  Assambleya  bunday  sudni  tashkil  etishga  doir  takliflar 
tayyorlovchi  qo‘mita  tuzildi.  Qo‘mita  1951-yilda  tashkilot  Statutini 
tayyorladi  va  mazkur  proekt  statutini  1953-yilda  qayta  ko‘rib  chiqdi. 
Biroq  Bosh  Assambleya  tomonidan  mazkur  masalani  agressiya 
tushunchasi qabul qilingunga qadar keyinga qoldirish taklif etildi.  
Sobiq  Yugoslaviya  bilan  nizo  tufali,  1993-yilda  harbiy  jinoyatlar, 
insoniyatga  qarshi  jinoyatlar  va  genotsid  yana  xalqaro  diqqatni  o‘ziga 
jalb etdi. Mazkur shafqatsiz jinoyatlarni sodir etishda aybdor shaxslarni 
javobgarlikka  tortish  uchun  va  bu  kabi  jinoyatlarnin  kelgusida  oldini 
olish  uchun  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  sobiq  Yugoslaviya  bo‘yicha 
maxsus xalqaro tribunalni ta’sis etdi.  
Bundan  so‘ng  Xalqaro  huquq  Kommisiyasi  Xalqaro  jinoyat  sudi 
statuti  loyihasi  ustidagi  o‘z  faoliyatini    muvaffaqiyatli  yakunladi,  va 
1994  yilda  loyihani  Bosh  Assambleyaga  taqdim  etdi.  Mazkur  statut 
loyihasidan kelib chiquvchi asosiy masalalrni ko‘rib chiqish uchun Bosh 
Assambleya xalqaro jinoyat sudini ta’sis etish Maxsus qo‘mitasini tuzdi 
va  qo‘mita  1995  yilda  2  marta  to‘plandi.  Tayyorlash  qo‘mitasi  1996 
yildan 1998 yilgacha yig‘ilgan, 1998 yil  mart va aprel oylarida  o‘zning 
yakuniy sessiyasiga yig‘ilgan.  
Bosh  Assambleya  o‘zining  52  sessiyasida  vakolatli  vakillarning 
Xalqaro  jinoyat  sudini  ta’sis  etishi  masalasini  ko‘rib  chiqish  uchun 
Diplomatik konferensiyasini chaqirish fikrini ilgari surgan  va u Rimda 
o‘tkazilgan.  Xalqaro  jinoyat  sudi  Statuti  1998  yil  17  iyulda  qabul 
qilingan  va  2002  yil  1  iyulda  60  davlat  tomonidan  ratifikatsiya 
qilingandan so‘ng kuchga kirgan.  
Bugungi  kunda  Statut  Xalqaro  jinoyat  huquqida  haqiqiy,  adolitlai 
sud  yuritiuvi  va  tergovni  ta‘minlovchi  markaziy  hujjat  sifatida 
qaraladi.21-moddaga  muvofiq,  XJS  Statuti  Sud  uchun  asosiy  huquq 
manbasi  hisoblanadi.  Uning  qoidalari  jinoyatlarning  elementlari  va 
isbotlash  jarayoni  qoidalari  bilan  to‘ldiriladi.  Qo‘llaniluvchi  huquq 
Konsepsiyasi 21-moddaga ko‘ra ad hoc Tribunalov sudlar imkoniyatiga 

161 
 
nisbatan  cheklangan.  Mohiyatan  barcha  huquq  manbalari,  jumladan 
xalqaro odat huquqi Statutga nisbatan subsidiar mavqega ega, so‘ngilari 
qat‘iy va analogiya qo‘llanmasdan sharhlanishi lozim ( 21 modda)
122

XJS  Statuti  alohida  mamlakatlar  va  hududlarda  og‘ir  jinoyatlar 
uchun abdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida tuzilgan 
amaldagi  ad  hoc  xalqaro  sudlarini  o‘rnini  bosuvchi  xalqaro  jinoyat 
Yurisdiksiya  universal  mexanizmini  yaratishga  urinish  bo‘ldi.  ad  hoc 
tribunallardan  farqli  o‘laroq  yangi  Xalqaro  jinoyat  sudi  keng 
Yurisdiksiyaga  ega,  boisi  XJS  Statuti  a’zosi  bo‘lgan  istalgan  davlat 
hududida  yashovchi  fuqarolarga  nisbatan  qo‘llanilishi  mumkinligshi 
unga universal xususiyat beradi.  
XJS 
Statutining 
zamonaviy 
xalqaro 
jinoyat 
huquqining 
rivojlanishiga innovatsion ta’siri quyidagilarda namyon bo‘ladi: 
zamonaviy xalqaro jinoyat huquqining rivojlanishi, kodifikatsiyasi 
asoslarini yaratdi; 
-  inson  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish  bilan  protsessdagi 
jabrlanuvchilarga,  Shuningdek  ayollar  va  bolalarning  keng  huquqlarini 
Mustahkamlagan; 
- yangi turdagi protsessual huquq asoslarini yaratdi; 
- moddiy jinoyat huquqini takomillashtirdi
- xalqaro jinoyat huquqi prinsiplari tizimini belgilab berdi; 
-  og‘ir  xalqaro  jinoyatlar  potensiyal  qurbonlarini  himoya  qilish 
maqsadida  xalqaro  jinoyat  huquqining  preventiv,  oldini  olish  asoslarini 
Mustahkamladi;  
-  milliy  jinoyat  huquqiga  mazkur  rivojlanish  yo‘nalishlarini    joriy 
etdi. 
Birinchidan,  xalqaro  shartnoma  asosida  yaratilgan  XJS  davlatlar 
o‘rtasida o‘z suveren huquqlarining ijrosi hisoblanadi. 
Ikkinchidan,  XJS  davlatlarni  ularning  suvereniteti  buzilishidan 
(agressiya jinoyati) himoyalaydi.  
Uchinchidan, odil sudlovning qo‘shimcha instituti sifatida namoyon 
bo‘luvchi  XJS  davlatlarga  milliy  yurisdiksiya  yo‘l  qo‘ymaydigan 
holatlarda xalqaro jinoyatlarni tergov qilish imkoniyatini beradi.
123
 
Statutga  ko‘ra  XJS  tashkil  etilishi  va  faoliyati  tartibi  hamda  jinoiy 
ish Yuritish tartibini belgilovchi prinsiplari quyidagilardir: 
                     
122
  Международное  уголовное  правосудие:  современные  проблемы  /  Под.  ред.  Г.  И.  Богуша,  Е.  Н. 
Трикоз. — М.: Институт права и публичной политики, 2009. С.8. 
123
  Г.И.Богуш.  Международный  уголовный  суд  и  проблемы  становления  международного 
уголовного правосудия. Международный уголовный суд: проблемы, дискуссии, поиск решений / Под ред. Г. 
И. Богуша, Е. Н. Трикоз. – М.: Европейская Комиссия, 2008. С. 29. 

162 
 
- Universal yurisdiksiya prinsipi; 
- sodir etilgan jinoyat javobgarlikning muqarraligi prinsipi; 
- odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
- sudyalar Mustaqilligi prinsipi (40 modda); 
- qonuniylik prinsipi; 
- barchaning qonun va sud oldida tengligi prinsipi (27 modda); 
- jinoyat ishi yurituvida tomonlarning tortiShuvchanligi prinsipi (64, 
69 moddalar);  
- ishni sudda ommaviy ravishda va adolatli ko‘rish (67 modda); 
- dalillarni erkin baholash prinsipi (65 modda); 
- aybsizlik prezumpsiyasi prinsip (66-modda); 
- ayblanuvchi uchun minimal sud kafolatlari (67 modda). 
Xalqaro  jinoyat  sudi  Rimstatuti  a’zo  davlatlari  122  mamlakat. 
Ulardan 34 tasi – Afrika davlatlari, 18 Osiyo-Tinchokeani mintaqasi, 18 
Sharqiy  Yevropa,  27  Lotin  Amerikasi  va  Karib  oroli,  25  G‘arbiy 
Yevropa va boshqa davlatlar. 
O‘zbekiston  Respublikasi  RimStatutini  imzolagan.  Odatda, 
ko‘ptomonlama  shartnomalarda,  XJS  Statuti  ham  shular  jumlasiga 
kiradi,  oddiy  imzolash  deb  ataluvchi  ratifikatsiya  qilish,  qabul  qilish 
yoki tasdiqlash orqali amalga oshiriladi (XJS Statuti 25-modda). Bunday 
holatlarda  imzolovchi  davlat  imzolanayotgan  shartnoma  bo‘yicha 
pozitivYuridik  majburiyatlar  oladi.  Shunga  qaramasdan,  imzolash  akti 
davlat  keyingi  davrlarda  shartnomaning  majburiyligini  tan  olishini 
anglatadi.  Imzolash  akti  davlatning  imzolash  va  ratifikatsiya,  qabul 
qilish 
va 
tasdiqlash 
o‘rtasida  muayyan  harakatlarni  bajarish 
majburiyatini yuklaydi.  
Statutni imzolab, O‘zbekistonRespublikasi mazkur hujjat maqsad va 
vazifalari  bilan  roziligini  bildirdi.  O‘zbekistonning  rasmiy  pozitsiyasi 
XJS  masad,  vazifalari  va  g‘oyalarni  quvvatlashdan  iborat.  U  uning 
normalarini 
milliy 
qonunchilikka 
keyingi 
implementatsiyasida 
rivojlanadi,  ya’ni,  xalqaro  jinoyatlarning  milliy  jinoyat  huquqi 
miqyosida  kriminalizatsiya  qilish  va  XJS  Statutining  protsessual 
qoidalarini  implementatsiya  qilishdan  iborat.  Statut  qoidalarini 
implementatsiya  qilishdan  maqsad  Rim  statuti  demokratizatsiya,  sud-
huquq  islohotlarinig  markaziy  qismiga  aylantirish,  milliy  organlarning 
Rim  statutida  belgilangan  jinoyatlarni  tergov  qilish  imkoniyatini 
kengaytirishdan iborat.  
 
2. Xalqaro jinoyat sudi  yurisdiksiya, vakolati va huquq manbalari 

163 
 
 
XJS  xalqaro  hamjamiyat  e’tiborida  bo‘lgan  va  milliy  qonunchilik 
tizimini  to‘ldiruvchi,  eng  jiddiy  jinoyatlar  uchun  javobgar  shaxslarga 
nisbatan  Yurisdiksiyani  amalga  oshirishga  vakolatli  doimiy  organ 
hisoblanadi. 
Statutning  1  va  4-  moddalarida  muvofiq,  XJS  o‘z  vazifalarini 
bajarish  uchun  lozim  bo‘lgan  va  o‘z  maqsadiga  erishishi  uchun  talab 
etiladigan  xalqaro  huquqiy  vakolatga  ega.  Xususan,  u  shartnomalar 
tuzish, ko‘chmas va ko‘char mulkni olish va tasarruf hamda protsessual 
harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega 
Xalqaro  jinoyat  sudi  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  tizimi  bilan 
bog‘liq  Mustaqil  xalqaro  tashkilot  hisoblanadi,  biroq  BMT  tizimining 
bir  qismi  emas.  Rim  Statuti  2-moddasiga  muvofiq  jinoyat  sudi  Rim 
Statuti    a’zo  davlatlari  Assambleyasi  tomonidan  tasdiqlanadigan  va 
so‘ng  sud  nomidan  sud  raisi  tomoindan  imzolanadigan  Bitimlar 
vositasida BMT bilan aloqalar o‘rnatadi. Bugungi kunga qadar, Xalqaro 
jinoyat  sudining   Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  bilan  hamkorligi  2004 
yil 4 oktabr kungi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga asoslanadi.
124
 
 
O‘z  faoliyatini  olib  borishda,  Sud  Rim  Statuti  va  sud  tomonidan 
tuzilgan  xalqaro  shartnomalarga  asosan  davlatlar    (BMT  Xavfsizlik 
Kengashi 1593 (2005) Rezolyutsiyasi), xalqaro tashkilotlar va fuqarolik 
jamiyatlari  bilan  olib  boriladigan  hamkorlikka  tayanadi.  Sudning 
davlatlar  bilan  hamkorligini  taqozi  etadigan  sohalar  sifatida  tahlil, 
tergov,  ayblanuvchi  qamoqqa  olish  va  ushlab  berish,  moliyaviy 
aktivlarni  muzlatish,  qurbonlari  va  guvohlarni    himoya  qilish,  sudning 
qarorlari va hukmlarini ijro qilish kabilarni o‘z ichiga oladi. 
XJS  -  xalqaro  organ  sifatida,  BMT  nisbatan  Mustaqil  bo‘lib, 
                     
124
 Информация об осуществлении статьи 3 Соглашения о взаимоотношениях между Организацией 
Объединенных  Наций  и  Международным  уголовным  судом.  Доклад  Генерального  секретаря.  2013. 
A/68/364. // http://www.un.org. 

164 
 
davlatlardan  ustun  turuvchi  tuzilma  emas.  To‘ldiruvchanlik  tamoyili 
XJS  ishlashi  uchun  asos  va  «ustun»lardan    biri  hisoblanadi.  Bu 
tamoyilga  ko‘ra  sud  Yurisdiksiya  Rim  Statuti  a’zo  davlatlari  jinoyat 
yustitsiyasi milliy tizimining o‘rnini bosmaydi, balki uni to‘ldiradi. 
XJS  Nizomining  kirish  qismi  xalqaro  hamjamiyat  diqqat 
markazidagi  eng jiddiy jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerakligin va ularni 
samarali  ta‘qib  etish,  buning  Yuzasidan  milliy  darajada  qo‘llaniluvchi  
chora-tadbirlar xalqaro hamkorlikni kengaytirish hisobidan ta‘minlangan 
bo‘lishi  kerak,  deb  Mustahkamlangan  va  faqat  tegishli  davlat  "to‘g‘ri 
tergov  yoki  ta‘qibni  amalga  oshirish  imkoniga  ega  bo‘lmasa  yoki  uni 
lozim  darajada  amalga  oshira  olmasa"  (17-modda).  Statut  xalqaro 
jinoyatlarni  sodir  etgan  shaxslarni  jinoiy  ta‘qib  qilish  uchun  har  bir 
davlat mas’ul ekanligini belgilaydi.  Statutda to‘lalik tamoyili xalqaro va 
milliy  sudlov  o‘rtasidagi  munosabatlarni  amalga  oshirish  uchun 
qo‘llaniladi. 
To‘lalik davlatlarga Mustaqil jinoiy ta‘qibni amalga oshirish va XJS 
aralashuvining oldini olishga imkon beradi. 
To‘lalik  tamoyilini  Prokuror  kanselariyasi  uchun  prokuratura 
strategiyasining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu dastlabki tergov paytida 
olib  boriladigan  tadbirlarning  butun  bir  spektrini  o‘z  ichiga  oladi, 
xususan  15-moddaga  muvofiq  faoliyatning  oshkoraligi,  davlat  o‘zining 
milliy  sud  muhokamasini  yodda  tutishi  va  bu  faoliyatni  tashqi 
manbalardan  qo‘llab-quvvatlanishi,  Shuningdek,  milliy  sud  organlari, 
Shu  jumladan  jiddiy  jinoyatlarni  tergov  qiluvchilar  bilan  hamkorlik 
qiilish,  jumladan,  Rim  Statuti  93  (10)  moddasiga  muvofiq  ulardan 
olingan so‘rovlarga imkon qadar ijobiy javob berish yo‘li bilan. 
 
 
XJS vakolatlarini uch guruhjinoyatlar bilan chegaralanadi: 
1)  Genotsid  jinoyati  (milliy,  etnik,  irqiy  yoki  diniy  guruhlarni 
butunlay  yoki  qisman  yo‘q  qilish  niyati  bilan  sodir  etiladigan  jiddiy 

165 
 
jinoyat,); 
2)  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar  (ongli  ravishda  har  qanday  tinch 
fuqarolarga 
keng 
miqyosda 
yoki 
muntazam 
hujum 
qilishga 
yo‘naltirilgan jinoyatlar); 
3)  urush  jinoyatlari  (urush  paytida  harbiy  guruhlar  xulq  atvorini 
tartibga  soluvchi,  oddiy  fuqarolarni,  urush  asirlarini  himoya  qiluvchi, 
madaniy boyliklarni asrovchi urush qonunlari va urf-odatlar buzilishi). 
4) agressiv jinoyatlar. 
Statutning 5-moddasi 2-bandiga ko‘ra, "ishtirokchi-davlatlar jinoyat 
belgilaydigan  va  Sud  bu  jinoyat  uchun  bo‘yicha  o‘z  yurisdiksiyani 
amalga  oshirish  holatlari  to‘g‘rsida  kelishuvga  erishishi  bilanoq  Sud 
agressiya jinoyatlariga nisbatan o‘z yurisdiksiyani amalga oshiradi”. 
2010 yil 11 iyunda BMT Bosh Assambleyasining o‘n uchinchi yalpi 
majlisida  kelishuvga  asosan  RS/Res.6  qabul  qilingan.  Mazkur  qaror 
bilan  Bosh  Assambleya  Rim  Statutiga  agressiya  jinoyati  belgilari 
yuzasidan  ham  o‘zgartish  kiritishga  qaror  qildi.  Rezolyutsiya  5-
moddasining  2-bandiga  ko‘ra  Statut  matnidan  chiqarib  tashlangan, 
chunki  agressiya  jinoyati  ta’rifini  o‘z  ichiga  olgan  8-modda  hamda 
agressiya jinoyatlariga nisbatan yurisdiksiyani amalga oshirishni tartibga 
soluvchi 15 modda kiritilgan. 
XJS  o‘ttiz  a’zo  davlatlar  tomonidan  o‘zgartish  ratifikatsiya  yoki 
qabul  qilingandan  1  yil  o‘tgach  agressiya  jinoyatlari  ustidan  o‘z 
yurisdiksiyani amalga oshirishi mumkin. 
Sudning  sudloviga  tegishli  jinoyatlarga  nisbatan  muddatlar  o‘tib 
ketishi belgilanmaydi. 
Bundan  tashqari  sud  vaqtda  cheklangan.  Uning  yurisdiksiyaga  
2002  yil  1  iYuldan  so‘ng,  ya’ni  XJS  Statuti(yurisdiksiya  ratione 
temporis).    kuchga  kirgan  kundan  keyin  sodir  etilgan  jinoyatlar  kiradi. 
Ugandadagi  nizo  20  yildan  ortiq  davom  etayotgan  bo‘lsada,  sud 
yurisdiksiya 2002 yil 1 iyuldan so‘ng keyin sodir etilgan jinoyatlar tatbiq 
etiladi. 
Davlat  Statut  kuchga  kirganidan  keyin  uning  a’zosi  bo‘lsa,  Sud 
Statutning  ushbu  davlat  uchun  kuchga  kirgan  kundan  boshlab 
qo‘llaniladi,  agarda  davlat  mazkur  davlat  Kotibga  ma‘lum  jinoyatga 
nisbatan  sud  yurisdiksiya  tan  olish  to‘g‘risida  bayonot  taqdim  etmagan 
bo‘lsa. 
2014 yil 17 aprel kuni Ukraina hukumati Rim statuting 12-moddasi 
3-bandiga  asosan  uning  hududida  2013  yil  21  noyabrdan  2014  yil  22 
fevralga  qadar  bo‘lgan  davrda  sodir  etilgan  jinoyatlardan  boshqa 

166 
 
jinoyatlarga  nisbatan  XJS  Yurisdiksiyani  qo‘llash  to‘g‘risida  murojaat 
etgan.    Siyosatga  muvofiq  Kanselariya  bayonotni  qabul  qilib  prokuror 
Ukraina  vaziyatning  o‘rgana  boshladi.  Ukraina  2000  yilning  20 
yanvarida  Rim  statusuni  imzoladi.  2007-yil  29  yanvarda  Ukraina 
imtiyozlar va sud immunitetlari to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilgan va 
Rim  Statuti  a’zosi  bo‘lmagan  mazkur  Shartnomaning  yagona  a’zo  - 
davlati hisoblanadi. 
2009  yil  22  yanvarda,  Falastin  milliy  ma’muriyati  Kotibiga  Statut 
a’zosi  bo‘lmagan  davlatlarga    Sud  vakolatini  qabul  qilish    imkon 
beruvchi Rim Statutining 12-moddasiga (3) muvofiq ariza yubordi. 
Sud jinoyatni sodir etgan shaxs va uning fuqaroligidan  qat‘iy nazar 
Yurisdiksiyani  amalga  oshirishi  mumkin,  basharti  BMT  Xavfsizlik 
Kengashi  BMTning  Ustavi  VII  bobi  qoidalariga  asosan  unga  vaziyatni 
bersa.  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Xavfsizlik  Kengashi  o‘zining 
Tinchlikni  saqlash  maqsadida  BMT  a’zolariga  nisbatan  har  qanday 
harakatni  amalga  oshirish  vakolatidan  foydalanib,  1593  (2005)  qaror 
bilan    Sudandagi  vaziyatni  sudga  topshirdi.    Shunday  qilib  BMT 
Xavfsizlik  Kengashi,  Tekshiruv  xalqaro  komissiya  hisobotini  e’tiborga 
olib Darfur (S/ 2005/60) Sudan vaziyat xalqaro tinchlik va xavfsizlikka 
tahdid  tashkil  etishda  davom  etmoqda  va  xalqaro  insonparvarlik 
qonunlarini buzilgan va inson huquqlarini tahqir qilish sodir etilgan deb 
topdi.  Va  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Ustavining  VII  bobi 
qoidalariga  asosan  Darfurdagi  2002  yil  1  iYuldan  keyingi  vaziyatni 
Xalqaro Jinoyat Sudi prokuroriga berish to‘g‘risida qaror qildi. 
Statutga  ko‘ra  Sud  faqat  a’zo  davlat  hududida  sodir  etilgan 
jinoyatlar  bo‘yicha  (hududiylik  prinsip)  va  maxsus  kelishuvga  asosan 
har  qanday  boshqa  Davlat  hududida  ishtirokchi-davlatlar  (millati 
tamoyili)  jinoyatlarga  nisbatan  Yurisdiksiyaga  ega.  Sud  har  bir 

167 
 
ishtirokchi-davlat  hududida  o‘z    maqsadlariga  erishish  uchun  zarur 
bo‘lgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. 
Sud  yurisdiksiya  Statuning  26-moddasiga  ko‘ra,  jinoyat  da’vo 
komissiyasi vaqtda 18 yoshga ostida shaxslarga nisbatan amal qilmaydi. 
XJS  vakolatlari  BMT  Xalqaro  Sudi  va  Inson  huquqlari  bo‘yicha 
Yevropa sudi vakolatlaridan  farq qiladi. 
BMT  Ustavi  bilan  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  asosiy  sud 
organi  sifatida  ta’sis  etilgan  Xalqaro  Sud  tinchlikni  buzilishiga  olib 
kelishi mumkin bo‘lgan xalqaro nizolarni yoki vaziyatlarni tinchlik yo‘li 
va  muzokaralar  bilan  hal  etishga  intiladi.  BMT  Xalqaro  sudi  xalqaro 
huquq  qoidalariga  muvofiq    davlatlar  bilan  BMT  vakolatli  organlari 
ixtisoslashtirilgan muassasalar konsultativ xulosalarini bo‘yicha huquqiy 
nizolarni hal etish vazifasi  yuklangan. 
Inson  huquqlari  bo‘yicha  Yevropa  sudi  Inson  huquqlari  bo‘yicha 
Yevropa  Konvensiya  (1950)  va  unga  bayonotga  ko‘ra  uning  a’zo 
davlatlari  o‘z  zimmalariga  olgan  majburiyatlarning  bajarilishini 
ta‘minlash maqsadida tuzilgan. Yevropa konvensiyasi qoidalariga talqini 
va qo‘llanilishi bo‘yicha barcha masalalar, Konvensiya qoidalarining har 
qanday buzilish holatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, konvensiya bilan 
tan  olingan  har  qanday  shaxsl,  nodavlat  tashkilot  yoki  guruhlarning 
Yevropa  konvensiyasi  a’zo  davlatlari  tomonidan  buzilish  holatlari 
ustidag shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. 
Xalqaro  Sud,  Inson  huquqlari  bo‘yicha  Yevropa  sudi,  XJS  farqli 
o‘laroq,  jinoiy  sud  huquqiga  ega  emas.  Bundan  tashqari  XJS  unga 
xususiy  shaxslar  tomonidan  berilgan  murojaatlarni  ko‘rib  chiqishga 
vakolatli emas. 
Shu  bilan  birga,  bu  uch  xalqaro  sud  muassasalari  bir  umumiy 
maqsad  dunyoda  adolat  erishishni  ko‘zlaydi.  Har  bir  sud  inson 
huquqlarini  himoya  qilish  bilan  bevosita  yoki  bilvosita  bog‘liq  bo‘lib, 
qonun ustuvorligini, saqlashga intiladi. Boshqa huquqiy odatlar asosida, 
ular,  o‘zaro  munosabatlar  asosini  tashkil  etuvchi  umumiy  xalqaro  odil 
sudlovini yaratadilar
125

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling