Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari a b s t r a c t s


TA’LIM YO’NALISHLARI UCHUN TEXNOLOGIK XARITALARNI


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1025087
1   2   3   4
Bog'liq
3.2. TA’LIM YO’NALISHLARI UCHUN TEXNOLOGIK XARITALARNI

TA’LIM YO’NALISHLARI UCHUN TEXNOLOGIK XARITALARNI 
SHAKLLANTIRISHDAGI YONDASHUV 
Daliyev Sh.K., Eshonqulov E.Sh., Soliyev A.O’. 
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti, Samarqand, O’zbekiston 
E-mail: daliyev.sherzod@mail.ru 
So’nggi yillarda yurtimizda oliy ta’lim tizimidagi muammolarga bo’lgan e’tibor yanada 
kuchaymoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qancha qarorlar va farmonlar ishlab chiqildi. 


485 
Jumladan, “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847 sonli qarori oliy ta’lim tizimidagi yangi islohotlarning debochasi bo’lib 
xizmat qilmoqda. Hozirgi davrda dunyo miqyosida axborot oqimini shiddat bilan ko’payib borayotganini 
hisobga olib, ma’lumotlarni elektron tizimlarda to’plash orqali, ular ustida turli amallar bajarish dolzarb 
masala bo’lib qolmoqda. Bunday axborot tizimlari, har qanday sohada bo’lgani kabi oliy ta’lim 
muassasalari axborot makonida ham muhim ahamiyatga ega. Bu yerdagi ma’lumotlarning xavfsizligi va 
hujjatlar aylanmasi ham maxsus tizimlar orqali amalga oshirish davr talabidir. 
OTM ta’lim yo’nalishlari uchun avtomatik texnologik xaritalarni shakllantirishda axborot maydonini 
tashkil etish va ma’lumotlarnı tahlil qilish jarayonini avtomatlashtirish hisoblanadi. Bunda esa oliy ta’lim 
tizimida eng asosiy axborot manbai bo’lgan, tarmoq (global yoki lokal) texnologiyasi asosida ishlovchi 
“Talaba-dekanat-o’quv-uslubiy boshqarma axborot maydoni” dasturiy vosita hisoblanadi. Dasturiy vosita 
tarmoq texnologiyasi asosida YII 2 Framework asosida ishlab chiqiladi. Bunda web-sahifalar yaratish va 
uning dizaynini hosil qilish uchun HTML5 (Hyper Text Markup Language) va CSS3 (Cascading Style 
Sheets) interfeysidan foydalaniladi. Web-sahifalarni qayta ishlash uchun JQuery va JavaScript tilining 
skriptlari qo’llaniladi. YII 2 Framework MVC (model-view-controller) paradigmasidan foydalanadi. Shu 
sababdan dastur quyidagi uchta katta qismdan tashkil topadi: modellar, ko’rinishlar va kontrollerlar. Ushbu 
uch xil fayllar mos ravishda models, views, controllers kabi papkalarda joylashishi talab qilinadi. Models 
papkasida joylashgan fayllar ma’lumotlar bazasida joylashgan jadvallarning nomi bilan mos tushsa, 
controllers papkasida joylashgan fayllarga esa jadval nomiga controller qo’shimcha qo’shilgan holatda 
bo’ladi. Views papkasida esa jadval nomlariga mos papka nomlari joylashadi. Ushbu papkalarning 
barchasida _form.php, _search.php, create.php, index.php, update.php, view.php fayllar joylashadi. 
Dasturiy vosita adaptatsiya qilinishi yuzasidan quyidagi imkoniyatlarga ega hisoblanadi: 
- dasturdagi ma’lumot faqat bir o’quv yili uchun kiritib olingach, yangi o’quv yili yoki semester 
qo’shgan holda, qo’shilgan o’quv yiliga ma’lumotlarning eksporti va importini amalga oshirish; 
- tizim foydalanuvchisiga yangi rol qo’shish hamda bu va boshqa rollarning vazifalarini dinamik 
ravishda o’zgartirib borish; 
- dasturdagi ma’lumotlarni to’liq o’chirib yubormasdan, arxivga tashlab qo’yish; 
- dastur ko’rinish (dizayn va interfeys) ini o’zgartirish; 
- dasturning muloqot tili sifatida yangi til qo’shish; 
- boshqa muassasa uchun dastur ma’lumotlarini moslash; 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling