Xalqaro innovatsion indeksni aniqlash imsead tashqiloti tomonidan quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi


Download 14.25 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi14.25 Kb.
#256279
Bog'liq
5 keys


5-KEYS

Xalqaro innovatsion indeksni aniqlash IMSEAD tashqiloti tomonidan quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi:

1.Institutlar, ya’ni siyosiy muhit va xavfsizlik, huquqiy shartsharoitlar va ishbilarmonlik muhiti, biznesni ochish imkoniyatlari, soliq tizimi va hokazo;

2.Ishchi kuchi kapitali va ilmiy tadqiqotlar. Bu yerda ta’lim sohasining asosiy ko‘rsatkichlari, texnika va matematika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari soni, tadqiqotchilar soni va jinsi, ilm-fan sohasiga xarajatlar inobatga olinadi.

3.Infratuzilma, shu jumladan elektr, logistik ta’minot, axborot-kommunikatsiya vositalarining rivojlanganligi, internet tarmog‘i ommaviylashgan darajasi.

4.Bozor imkoniyatlari, ya’ni kredit olish, qimmatli qog‘ozlar yoki venchur kapitali bozori orqali mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari, iste’mol bozorining umumiy hajmi va boshqalar.

5. Biznes imkoniyatlari, ya’ni oliy toifali mutaxassislar mavjudligi, biznes sohasining innovatsiyalarni yaratish hamda moliyalashtirishdagi ishtiroki va bunda xorijiy investorlarning ulushi.

6. Ilmiy-texnikaviy mahsulot – patentlar, foydali modellar, ilmiy maqolalar soni, ularning iqtibosligi, yuqori texnologik mahsulot va IT-mahsulot eksporti hajmi.



7. Innovatsion mahsulot - original savdo belgilari, sanoat namunalari, innovatsion mahsulot eksporti hajmi va internetdagi faollik. Yevropa Ittifoqida mintaqaga kiruvchi mamlakatlarning innovatsion salohiyatini baholashda 27 ta indikatordan iborat, 4 guruh ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Mazkur guruhlarga mavjud shart-sharoit, investitsiya, innovatsion faollik ko‘rsatkichlari va ularning ta’siri o‘rganiladi.
Download 14.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling