Xalqaro innovatsion universitet pedagogika fanlari kafedrasi


-ma’ruza: XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji


Download 0.76 Mb.
bet27/35
Sana23.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1796001
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
Boshlang\'ich va uzluksiz ta\'lim pedagogikasi MAJMUA

6-ma’ruza: XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji
Reja:
1.Turkiston o‘lkasida diniy-islomiy tarbiya muassasalari va pedagogik fikr taraqqiyoti.
2.Turkistonda jadidchilik harakati va ta’lim tarbiya.
3.Maktab va madrasalarda ta'lim mazmuni.
4. Qizlar maktabi va unda ta'lim mazmuni.
5. Munis Xorazmiyning “Savodi ta'lim” asari – husnixatga doir dastlabki qo'llanma sifatida.


Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ta’lim-tarbiya, maktab, fan va madaniyat
Movarounnahrda bir yuz ellik yil hukmronlik qilgan temuriylar sulolasi XVI asr boshlarida inqirozga uchradi. Uning o‘rniga Shayboniylar hukmronligi o‘rnatildi. Shayboniyxon (1451—1510) Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga qay darajada harakat qilgan bo‘lsa ham, uning o‘limidan so‘ng o‘zaro kurashlar avj olib ketib, oqibatda bu hududda uch xonlik, Buxoro va Xiva, XVIII asr oxiriga kelib esa, Qo‘qon xonligi tashkil topdi.
Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatilishiga erishildi. Jumladan, Hindistonda shoh Akbar, Sharqiy Ovrupoda Ivan Grozniy bilan xalqaro munosabatlar o‘rnatildi.
Abdullaxon atrofiga yozuvchi, shoir va olimlarni yig‘ib, ularga homiylik qildi. Shoirlar orasida Mushfiqiy o‘z madhiyalari, lirik she’r va hajvlari bilan shuhrat topdi. Buyuk muarrix Hofiz Tanish Buxoroda «Abdullanoma» nomli katta tarixiy kitob yozdi.
Bu davrda tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy «Dastur al-iloj», Muhammad Yusuf «Tahqiq al-humayyot», «Zubdat ul-kahholin» asarlarini; shoir va adiblardan Muhammad Solih, Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vosifiy, Ubaydiy, G‘oyibiy Samarqandiy barakali ijod qildilar.
Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, qiroat, tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy- nazariy bilimlar o‘rgatilgan. Buxoro amirligida XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat ko‘rsatgan. O‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan. O‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan bo‘lib, masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o‘qtuvchilik qilgan. Qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayo‘llar uylarida tashkil etilgan, qizlarni otinoyi, otinbibi, bibiotin, bibixalifa deb atalgan ayol o‘qituvchilar o‘qitishgan.
O‘quvchilarga avval harflar o‘rgatilgan, keyin bo‘g‘inlar, ularni qo‘shish orqali so‘z tuzish, «Haftiyak» kitobini o‘qish o‘rgatilgan. O‘quvchilar Navoiy,
Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, So‘fi Olloyor asarlarini, «Chor kitob» ni o‘qib saboq olganlar. Qizlar maktablarida uy-ro‘zg‘or tutish, pazandachilik, odob- axloq, pokizalik sirlarini o‘rganishga ko‘proq ahamiyat berilgan.
Madrasa o‘rta va oliy o‘quv yurti hisoblangan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan. Buxoro amirligi shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo‘lgan. Madrasada arab, fors tilida yozilgan kitoblar o‘qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. O‘qish «Avvali ilm» deb nomlangan fors tilidagi o‘quv qo‘llanmasini o‘zlashtirishdan boshlangan. Keyin arab tili grammatikasi o‘qitilgan. Fiqh kursi majburiy kurs hisoblangan.
Madrasani bitirganlardan mudarris, mutavali, qozi, imomlar, fan arboblari, shoirlar yetishib chiqqan. Ulardan Boborahim Mashrab, Muhammad Amin Kosoniy Namangoniy, Faziy Namangoniy, Shavqiy Namangoniy, Sayido Nasafiy, Abulg‘ozi Sofiy Olloyor, Dilshod-Barno, Uvaysiy, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Abulg‘oziy Bahodirxon ana shunday ilm sohiblaridandir.
XVI-XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay to‘xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o‘ziga xos o‘rinda turadi. Xiva xoni Abulg‘oziyxon tarixshunosligi maktabiga asos solgan.
Abulg‘oziy Xorazmda ilm-fanni, madaniyatni taraqqiy ettirish maqsadida o‘z saroyiga binokorlar, tabiblar, shoirlar, tarixnavislar, adibu xattot va boshqa kasb egalarini to‘pladi. Abulg‘ozixon fan va madaniyat tarixiga ikki muhim asari « Shgajarai turk» va «Shajarai tarokima» bilan o‘chmas nom qoldirgan. Abulg‘ozixonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o‘z asarlarini oddiy xalq uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o‘zbek tili yozma yodgorligi deb hisoblashgan.

  1. asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvarlar orasida So‘fi Olloyor (asli ismi Ollohyor) mashhur bo‘lib, uning asarlaridan maktab va madrasalarda o‘quv qo‘llanmalari sifatida keng foydalanilgan.

So‘fi Olloyor «Siroj ul-ojizin», «Sabot ul-ojizin», «Murod ul-orifin», «Najot ul-tolibin» kabi asarlarni yaratgan. «So‘fi Olloyor» nomi bilan xalq orasida mashhur bo‘lgan «Sabot ul-ojizin» asari maktablarda savod chiqarilishi bilan o‘qitilar edi. Unda islom dinining asosiy aqidalari bayon etilgan. Ular insoniy fazilatlar, badiiy hikmatlar tarzida ifodalanadi. Kitobda ilgari surilgan masalalar oyatu hadislarga muvofiq yozilgan. Asar fors va arab tilini bilmagan oddiy xalq uchun mo‘ljallab yozilgan edi.
Barcha madrasalarda majburiy fan sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob as- solihin», «Maslak ul-muttaqin», «Sabot ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Hadis» o‘qitilgan.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ayo‘llar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘qimishli, ma’rifatli, ziyoli ayo‘llar tomonidan ko‘plab maktablar tashkil etilgan va u otinlar maktabi deb nomlangan.
Markaziy Osiyoda otinlar maktabining asoschilaridan, ayollar ta’limida katta xizmat qilgan, o‘ziga xos maktab yaratib shuhrat qozongan otinlardan biri Jahon otin Uvaysiy (1779-1845) hisoblanadi.
Jahon otin Uvaysiy Marg‘ilon shahar Childuxtaron mahallasida, Farg‘ona tumani, Arsun qishlog‘ida 1780-yilda tug‘ilgan. Uning otasi Qaynar devona yoki Devonai Qalandar deb yuritilgan. (Uning ismini Siddiqbobo deb ataganlar). Onasining ismi Chinnibibi edi. Ularning Uvaysiydan tashqari Oxunjon hofiz degan o‘g‘li ham bor edi.
Uvaysiy oilasi o‘z davrining ilg‘or va marifatli oilalaridan edi. Otasi kosibchilik qilgan, onasi esa savodli ayol bo‘lib, maktabdorlik qilgan va mahalla ahli qizlarini o‘qitgan. U 1796-97-yillarda onasi otinlik qilgan xususiy maktabda dastlab xalfalik va keyinchalik mustaqil ravishda otinlik qilgan. Jahonotin o‘z maktabida ta’lim- tarbiya sohasida o‘ziga xos ilg‘or usullarni qo‘llashga harakat qilganligini ko‘ramiz.
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, XIX asr sharoitida maktablarning aniq bir ta’lim tizimi haqida gapirish bir oz qiyin. Bu davrda asosan maktablarning, ya’ni ta’lim muassasalarining quyidagicha boshlang‘ich maktablar tuzilishiga ega ekanini kuzatamiz:
Maktablar:

  1. o‘g‘il bolalar maktablari —o‘g‘il bolalarga diniy ta’lim-tarbiya beradigan boshlang‘ich maktablar;

  2. otinoyi maktablari — qiz bolalarga islom qoidalarini o‘rgatadigan va boshlang‘ich ta’lim beradigan maktablar.

Madrasalar o‘g‘il bolalarga diniy ta’lim beruvchi oliy ta’lim muassasalari yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim o‘choqlari (otinoyi maktablaridan tashqari) vaqf daromadlaridan kelgan mablag‘ hisobiga ta’minlanardi.
Qizlarga boshlang‘ich diniy ta’lim beradigan otinbibi maktablari esa asosan xususiy bo‘lib, otinlarning uylarida tashkil qilinardi. Bunday maktablar muayyan bir o‘quv rejasi va dasturiga ega emas edilar. O‘quvchilar ham sinflarga bo‘lib emas, balki bolalar o‘qitiladigan kitoblarni o‘zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo‘lib o‘qitilgan.
Domla yoki Otinoyi darsni berilgan vazifani o‘qitib ko‘rish va yangi topshiriq berishdan boshlar edi. Hech bir domla yoki otinoyida o‘ziga xos ishlar, umumiy o‘quv darsligi yo bo‘lmasa o‘quv uslubi bo‘lmas edi.
Uvaysiy o‘z maktabida qizlarga boshlang‘ich ta’lim berar ekan, Jahon otin ularning zehnini o‘stirishga katta ahamiyat beradi. Otin o‘z shogirdlariga savod o‘rgatibgina qolmay, ular orasidan iqtidorli qizlarni tanlab sharq she’riyati bilan tanishtiradi. Qizlarni nazm bo‘stoniga yetaklaydi.
Tajribali murabbiya o‘zining muammo san’ati orqali shogirdlari zehnini o‘stirishga harakat qilgan. Xuddi ana shu she’riy topishmoqlar orqali qancha- qancha yosh qalblarga ziyo oqib kirgan. Oltmish yildan ko‘proq umr ko‘rgan Uvaysiydan bizga kattagina adabiy meros yetib kelgan. Uning qo‘lyozma devon- lari O‘zbekiston fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon Davlat pedagogika universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. Shoira devonining qo‘lyozmalarini aniqlash, ommalashtirish va tadqiq etishda akademik

  1. Qayumov, professor X. Razzoqov va E. Ibrohimovalarning xizmatlari kattadir.

Jahon otin Uvaysiy o‘zbek pedagogikasi maktablari tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk shaxs desak adashmagan bo‘lamiz.
U o‘zining maktabdorlik va ijodiy faoliyati bilan yoshlar ta’limida yuksak o‘ringa ega. Uvaysiyning ma’rifiy faoliyati ayo‘llar savodxonligini oshirish, aqliy tarbiya, musiqa san’ati, qobiliyatli qizlar bilan ish usullari alohida o‘ringa ega. U o‘z davrining yosh talabalariga hayotga muhabbat tuyg‘ularini singdirib borgan, tez fikrlash, chiroyli so‘zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan chiston-topishmoq usullarini yaratishni o‘rgatgan. Shuning uchun ham Uvaysiy ijodiy merosini o‘rganish va uni hozirgi davr maktablar ta’lim-tarbiya tizimi mazmuniga kiritish muhimdir

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling