Xalqaro innovatsion universitet pedagogika fanlari kafedrasi


Munis Xorazmiyning «Savodi ta’lim» asari


Download 0.76 Mb.
bet28/35
Sana23.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1796001
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
Boshlang\'ich va uzluksiz ta\'lim pedagogikasi MAJMUA

Munis Xorazmiyning «Savodi ta’lim» asari
Xorazm adabiy muhitini tarixini ko‘zdan kechirsak, badiiy ijod sohasida Abulg‘oziy Bahodirxon boshlab bergan ishlar XVII asrdan keyin yanada rivojlan- di, keng quloch yoydi, an’anaga aylandi. Shu an’anani yuksak pog‘onaga ko‘targan Munis Xorazmiy katta iste’dod egasi: buyuk shoir, adolatgo‘y tarixchi olim, mohir tarjimon va noziktab xattot sifatida el orasida shuhrat topdi, e’tibor qozondi.
Shermuhammad Munis Xorazmiy Xorazm adabiy muhitida ustozlik maqomida turadigan mutafakkirlardan biridir. Ijodkor sifatida mo‘tabar mavqega sazovor bo‘lgan Munis haqida tazkiralarda tarixiy va badiiy asarlarda ma’lumotlar yetib kelgan. Ahmad Tabibiyning «Majmuat ush-shuaro», Laffasiyning «Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai hollari» tazkiralarida Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlarida Munis ehtirom bilan eslanadi.
Munis haqidagi dastlabki ilmiy maqola Rahmat Majidiy tomonidan yozilgan. Shoir asarlari, faoliyati A. Bobojonov, V. Zohidov, V. Abdullayev, J. Sharipov, A. Murodov, N. Jumayevlarning tadqiqotlarida tahlil va talqin etilgan.
Xiva shahriga tutash Qiyot qishlog‘idagi Avazbiy oilasida 1778-yili bo‘lajak xorazm faxri, ulug‘ shoir Munis Shermuhammad Avazbiy o‘g‘li tavallud topdi. Uning padari buzrukvori Avazbiy mirob fan va madaniyat qadriga yetadigan, ijod ahlini hurmat qiladigan, ma’rifatparvar inson bo‘lgan. Shul bois u o‘g‘li Shermuhammadning ilm va ijod bilan bog‘liq barcha orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘ldi.
Shermuhammad boshlang‘ich ta’limni qishlog‘idagi maktablardan birida oldi. Keyin o‘qishni Xiva madrasalarida davom ettirdi. Ilm sirlarini o‘sha davrdagi mashhur ustoz Saideshonxo‘jadan o‘rgangan. Shermuhammad o‘qish jarayonida, olim va shoir Hasanmurod Qori Laffasiyning xabar berishicha, arab va fors tillarini puxta o‘rgangan hamda xattotlik san’atini egallagan.
Munisdan bizga katta meros qolgan. Shoirning 10000 baytga yaqin she’riy merosi mavjud. Devonida gazal, muxammas, ruboiy, tuyuq, qita, qasida, chiston, kabi o‘ndan ortiq mumtoz janrlarda bitilgan asarlari jamlangan. Munis hayoti davomida ikki devon tuzgan . Birinchisi 1804-805-yillarda jamlangan. U ilmda» ilk devon» nomi bilan yuritiladi. Ikkinchisi 1813-1814-yillarda jamlangan bo‘lib, «Munis ul-ushshoq» deb nomlangan. «Munis ul-ushshoq» devoni debocha bilan boshlanadi. Unga shoirning 8446 bayt asari kiritilgan. Ushbu devonning 10 dan ortiq qo‘lyozma va toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu
Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida shakllanadi.
Tarixchi olim sifatida Munis «Firdavsul-iqbol» (Baxt bog‘i ) asarini Xiva xonlari tarixiga bag‘ishladi. Unda 1812-yilgacha bo‘lgan davr yoritilgan, keyingi voqealar esa Munisning jiyani Ogahiy qalamiga mansubdir. Munis sheriyatida chuqur ma’naviy-axloqiy muammolarga e’tibor qaratiladi. Asarlarida jamiyatdagi mehr-oqibat, insof, adolat, do‘stlik, go‘zallikni, anglash kabi insoniy fazilatlarni sog‘inish tuyg‘ularini ifodalaydi. Ularni avaylashga va zamondoshlar yuragidagi mudroqni uyg‘otishga intiladi. Hayotning mazmun- mohiyatini chuqur idrok qiladi:
Ma’rifatparvarlik Munis sheriyatining yetakchi g‘oyalaridandir. «Savodi ta’lim» risolasi uning bu boradagi xizmatining salmoqli qismini tashkil etadi. Garchi bu asar asos e’tibori bilan xattotlik ilmiga oid bo‘lsa-da, unda Munisning ustozi Ibn Xonjib haqida, yozuvning madaniyat taraqiyotidagi o‘rni, xususan, husnixat ta’limi va umuman, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi qimmatli fikrlari mavjud. Shoir asarning yozilishi sabablari, tarixi haqida asarning o‘zida ma’lumot beradi. Yozuv san’atiga bag‘ishlangan «Savodi ta’lim» she’riy asari 1804-yil dekabr oyida yozib tugatilgan.
Asarning hajmi 352 misradan iborat. Uni shartli ravishda 3 qismga bo‘lib o‘rganish mumkin. Birinchi - muqaddima qism. U 18 ta kichik bobdan tarkib topgan. Ularda hamd, nat va risola nazmining sabablari, qalam tarifi, xat tarifi, yozuv asboblarining qulayligi, yaxshiligi, ularni tayyorlash mahorati kabi masalalar yoritilgan. Ikkinchi - asosiy qism. U 22 ta kichik bobdan iborat. Ularda arab harflarini yozish yo‘llari, usullari va mahoratiga e’tibor qaratiladi. Uchinchi - xotima qism. Unda risola tarixi bitilgan. Uning toliblar ko‘ngliga ilm rag‘batini uyg‘otishga xizmat etishi muallif tomonidan orzu qilinadi.
Shoir va tarixchi olim Munis Xorazmiyning she’riy asarlarida ham, tarixiy kitoblarida ham ma’rifatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari ilgari suriladi. U barchani mardlik va jasoratga, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishga da’vat etadi. Munis endigina ijodi gullab -yashnagan bir paytda, ya’ni 1829-yilda vabo kasaliga chalinib vafot etadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling