Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Download 1.42 Mb.
bet27/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

О ‘zbekistondagi ekologik ahvol;
Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik 0 ‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosat strategiyasi bilan belgilanadi va uning
muhim tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
• teng huquqlik va o‘zaro foyda, o‘zga davlatlar ichki ishlariga
aralashmaslik;
• hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik,
tinchlik va xavfsizlikni saqlash;
• tashqi aloqalami ikki tomonlama vako‘p tomonlama rivojlantirishga
kelishish.
Milliy siyosatning shakllanishi va xalqaro hamkorlikning asosiy
yo‘nalishlari mamlakat ekologik salohiyatini saqlashga asoslanadi.
Ekologik muammolaming ko‘lami va murakkabligi, tabiiy resurs-
larning qo‘llanilishi va ulardan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish
bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim masaladir. Shu sababli bu sohalami
moliyalashtirish resurslardan hamkorona foydalanish va mavjud ekologik
muammolami hamkorlikda yechishni taqozo etadi. Shunga bogMiq tarzda
0 ‘zbekiston xalqaro ekologik makonda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro
hamkorlik asosida integratsiya jarayoniga qo‘shilishni o‘z oldiga maqsad
qilib qo'ygan.
()‘zbekistonRespublikasil992-yilBMTgaa’zobo‘ldi. 1993-2000-yillar
mobaynida quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan ishga aloqador bog‘ lanishlar
o'rnatildi: BMT, YUNEP, TASIS, BMTning iqtisodiy va ijtimoiy
masalalar bo‘yicha departamenti, YUNIDO, YUNESKO, VOZ, VMO, Yer
Kengashi, Konvensiya Kotibiyati, Butun Jahon banki, GEF. 1992-yilda
Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan BMTning atrof-muhit va rivojlanishga
bag‘ishlangan konferensiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi
xalqaro aloqalar yangi pog'onaga ko'tarilishiga turtki bo‘ldi.
0 ‘zbekiston Rio Deklaratsiyasini ratifikatsiya qilgani holda,
1993-yilda BMTning iqlim o'zgarishlari konvensiyasiga, 1995-yilda
Biologik xilma-xillik konvensiyasiga qo‘shildi.
O'zbekiston atrof-muhit va barqaror rivojlanish bo'yicha ko'plab
xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan. 0 ‘zbekiston 1998-yildan BMTning
Yer Xartiyasi loyiha hujjatidagi Yer Kengashi ishida faol ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston biologik yo‘nalishdagi barcha konvensiyalarning
amaldagi to'liq huquqli a’zosidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi biologik
xilma-xillikni saqlash bo‘yicha olgan majburiyatlarini bajarish ishini
davom ettirib. ko'chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi konvensiya, chegaralararo tashiladigan xavfli chiqindilar
va ularni yo'qotishni nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel konvensiyasi,
ozon qavatini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va ozon
qallamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal bayonnomasi, Yovvoyi
fauna va floraning yo‘qolib borayotgan turlari xalqaro savdosi bo‘yicha
konvcnsiyada faol ishtirok etmoqda.
Bulardan tashqari 0 ‘zbekiston Yevropa hamkorligi doirasida
« Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha tashkilot, iqtisodiy hamkorlik
va rivojlanish tashkiloti (OESR), NATO kabi xalqaro tuzilmalar bilan faol
aloqa bog‘lagan.
O‘zbekiston Yevropa uchun Iqtisodiy komissiya bilan hamkorlik
o‘matib, uning «Yevropa uchun atrof-muhit» jarayonida ishtirok etmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi sohasida Osiyo regionidagi xalqaro
tashkilotlar, xususan, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va
ijtimoiy komissiyasi, EKO va boshqa qator mamlakatlar bilan uzviy aloqa
bog‘lagan. Shuningdek, soha bo'yicha AQSH, Hamdo‘stlik mamlakatlari
bilan ham aloqa mavjud.
YUNEP tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda Hududiy ekologik
markaz tashkil etilib, har bir respublikada uning milliy ofislari faoliyat
ko‘rsatmoqda.
O'zbekistonning tashabbusi bilan 1995-yili Toshkentda Markaziy
Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro
seminar o‘tkazildi. Unda 20 ta Xalqaro tashkilot va 30 dan ortiq mamlakat
vakillari ishtirok etdilar.
1995-yilda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xalqaro
tashkilotlaming Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish masalalari
bo'yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Insoniyat boshiga ko‘lanka solib
turgan ekologik falokatlaming oldini olish bo‘yicha xalqaro hamkorlik
ma’lum darajada shakllangan va muhim tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lsa-
da, hali bu boradagi ishlami yanada izchil faollashtirish zarur. Chunki
hozirgacha atrof-muhit muhofazasi va insoniyatga yetarli, qulay yashash
sharoitlari yaratish masalalarini boshqarib turuvchi tom ma’nodagi keng
ko‘lamli, ta’sirchan, xolis, yagona xalqaro tizim vujudga kelgani yo‘q.


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling