Xalqaro iqtisodiy integratsiya
Download 28.44 Kb.
|
M.ISHXalqaro iqtisodiy integratsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
Birinchi bosqich -zamonaviy talqinda pereferensial savdo kelishuvlari. Erkin savdo hududlari iqtisodiy integratsiyaning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Erkin savdo hududlari amalda ikki va undan ortiq davlatlarning o‘zaro savdosida bojlar, litsenziyalar va kvotalarni muzlatish va asta sekinlik bilan bekor qilish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi natijasida yuzaga keladi.
Ikkinchi bosqich - ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida bojxona tariflari va boshqa cheklashlarni bekor qilib, erkin savdo hududlarini tashkil etish. Ishtirokchi mamlakatlar bu bosqichda o‘zaro savdo to‘siqlarini bekor qiladi, lekin uchinchi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarda to‘la erkinlikni saqlab qoladilar (masalan, bojxona poshlinalarini yoxud boshqa cheklashlarni bekor qilish yoki yangiliklarni kiritish va savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar tuzish huquqlari). Buning oqibatida mamlakatlar o‘rtasida ularning chegaralarini kesib o‘tayotgan tovarlarning kelib chiqishini nazorat qiladigan va tegishlicha uchinchi mamlakatlardan imtiyozli ravishda tovarlarni olib kirishga to‘sqinlik qiladigan bojxona chegaralari hamda postlari saqlanib qoladi. Bunday erkin savdo hududlarga (zonalarga) 1960 yildan buyon mavjud bo‘lgan Yevropa erkin savdo uyushmasini misol qilib keltirish mumkin. Erkin savdo hududlarining ijobiy tomonlariga ishtirokchi mamlakatlar savdo siyosatida barqarorlikni o‘rnatilishini kiritish mumkin. Bunday hududlarga a’zo mamlakatlarni xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb etish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi, ular xalqaro mehnat taqsimotidan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Erkin savdo hududlarining salbiy tomonlariga keladigan bo‘lsak, ular ichki bozor raqobatining kuchayishi bilan belgilanadi, chunki bu milliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir etishi va bankrotlik xavfini kuchaytirishi mumkin. Bu bosqichda millatlararo tartibga soluvchi tashkilotlarni tashkil etish ko‘zda tutilmaydi. Bu esa o‘z navbatida birgalikda qarorlar qabul qilish jarayonlarini sekinlashtiradi. Download 28.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling