|
Integratsiya
tiplari
|
Belgilari
|
1
|
Pereferensial savdo kelishuvlari
|
O‘zaro savdoda tariflar va boshqa to‘siqlar olib tashlanadi. Uchinchi mamlakatlarga nisbatan milliy tariflar saqlanadi. Davlatlararo boshqaruv organlari
tuzilmaydi.
|
2
|
Erkin savdo zonalari
|
Bitim shakli. Bunda qatnashchilar bir-birlariga nisbatan bojxona tariflari va kvotalarini olib tashlash to‘g‘risida ahdlashadilar. Uchinchi mamlakatlarga nisbatan har kimning o‘z siyosati mavjud bo‘ladi. Misol uchun: NAFTA, ANZSERTA. ilgarigi Yevropa iqtisodiy hamjamiyati
|
3
|
Bojxona ittifoqi
|
Uchinchi mamlakatlarga nisbatan Yagona bojxona siyosati. Biroq bunda ham jiddiyroq ichki qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. Yevropa iqtisodiy
hamjamiyati buning misoli bo‘lishi mumkin
|
4
|
Umumiy bozor
|
Ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarishning barcha harakati uchun to‘siqlarni to‘liq bartaraf etish. Iqtisodiy siyosatni to‘liq kelishish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tenglashtirish kabi masalalar
qal etish jarayonida turadi.
|
5
|
To‘liq iqtisodiy integratsiya
|
Yagona iqtisodiy siyosat ia buning oqibati sifatida qonunchilik bazasini birxillashtirish. Shartlari:
umumiy soliq tizimi; Yagona standartlarning mavjudligi; mehnat to‘g‘risidagi Yagona qonunlar va boshqalar
|
5.1
|
Iqtisodiy ittifoq
|
Yuqori iqtisodiy rivojlanish bosqichida paydo bo‘ladi. Iqtisodiy siyosat (hatto Yagona iqtisodiy siyosat) kelishiladi va shuning asosida barcha to‘siqlar olib tashlanadi. Davlatlararo (davlatlardan yuqori turuvchi) organlar tashkil etiladi. Barcha qatnashchi mamlakatlarda yirik iqtisodiy islohotlar
amalga oshiriladi.
|
5.2
|
Valyuta ittifoqi
|
Iqtisodiy Ittifoq shakli va ayni bir uning yirik qismi. Quyidagilar valyuta ittifoqining xarakterli belgilari hisoblanadi: - Milliy valyutalarning kechishilgan (birgalikdagi) muomalasi; qatnashchi mamlakatlarning Markaziy banklari tomonidan maqsadga qaratilgan holda qo‘llab-quvvatlanadigan qatiy begilangan valyuta kurslarining o‘rnatish;
ushbu xalqaro valyuta birligining emissiya markazi hisoblangan Yagona mintaqaviy bank shaklantirilishi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda valyuta ittifoqi deganda kliring bitimlari tushuniladi.
|
Bunday tashkilotlar tuzilmalari qatoriga Yevropa Ittifoqiga asos bo‘lgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini misol qilib kiritish mumkin.