Xalqaro iqtisodiy integratsiya


Download 28.44 Kb.
bet4/6
Sana28.09.2023
Hajmi28.44 Kb.
#1689409
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
M.ISHXalqaro iqtisodiy integratsiya

Uchinchi bosqich - savdo va ishchi kuchi, kapital aylanishida Yagona tariflarni o‘rnatgan holda, bojxona ittifoqi tuzishdir. Integratsiyaning bu bosqichida davlatlar faqat o‘zaro to‘siqlarni bartaraf etibgina qolmay, balki tashqi savdo to‘siqlarining Yagona tizimini va uchinchi davlatlarga nisbatan bojxona poshlinalarining Yagona tizimini tashkil qiladilar. Ya’ni xuquqiy nuqtai nazardan Bojxona Ittifoqi (BI) ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida o‘zaro va uchinchi mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan soliq siyosatini o‘tkazilishini aks ettiradi, bu Yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va ana shu makon doirasida har qanday bojxona chegaralarini bartaraf etishni anglatadi. Bunda ishtirokchi mamlakatlar chegaralari bilan belgilangan Yagona
bojxona makoni vujudga keladi. Bunday tashkilotlar tuzilmalari qatoriga Yevropa Ittifoqiga asos bo‘lgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini misol qilib kiritish mumkin.
To‘rtinchi bosqich - real iqtisodiy integratsiyaning boshlang‘ich fazasi-Iqtisodiy ittifoqning tashkil topishidir. Bu bosqichda davlatlar o‘z milliy chegaralari orqali faqat tovarlar emas, balki barcha ishlab chiqarish omillari kapital, ishchi kuchi, texnologiya va ma’lumotlarni erkin harakati haqida kelishadilar. Natijada umumiy bozor makoni, umumiy bozor shakllanadi. Bojxona ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqatgina savdoni emas, balki iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarini ham qamrab oluvchi qonuniy me’yorlarni uyg‘unlashtirish masalalarini ham hal etish bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham ichki bojxona to‘siqlari va boshqa cheklashlarni bartaraf etish orqali uchinchi mamlakatlar bilan savdoda umumiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurki, buning natijasida milliy chegaralar orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining har qanday to‘siqlarsiz o‘tishiga sharoit yaratiladi. Umumiy bozorni shakllantirishda jamoatchilik fondlarini yaratish zaruriyati tug‘iladi. Bundan tashqari millatlararo muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarning tuzilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yevropa Ittifoqi tajribasidan ma’lumki, bunday tashkilotlarni tashkil etmasdan turib milliy qonunchilik me’yorlarini soddalashtirish va integratsion birlashma ishtirokchilarining umumiy qarorlarini bajarilishini nazorat qilish tizimini joriy etish mumkin emas. Bunda ishtirokchi mamlakatlar chegaralari bilan belgilangan Yagona bojxona makoni vujudga keladi.

Download 28.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling