1.Nima uchun toʻla yoki kengaygan qiymat deyiladi?Chunki ayirboshlash jarayonida:
a) Bir tovarga qarama-qarshi faqat bitta tovar emas, balki koʻp tovarlar ishtirok etadi
b) Bir tovarga qarama-qarshi koʻp turdagi tovarlar emas, balki faqat bitta tovar ishtirok etadi
c) Bir necha tovarlar oʻz qiymatini faqat bitta tovarda ifoda etadi
d) Oddiy tovar koʻrinishidagi umumiy ekvivalent vujudga keladi
2.Nima uchun umumiy yoki ekvivalent qiymat deyiladi?
a) Chunki ayirboshlash jarayonida bir necha tovarlar oʻz qiymatini faqat bitta tovarda ifoda etadi
b) Chunki ayirboshlash jarayonida bir tovarga qarama-qarshi faqat bitta tovar emas, balki koʻp tovarlar ishtirok etadi
c) Chunki ayirboshlash jarayonida bitta tovar oʻz qiymatini faqat bitta tovarda ifoda etadi
d) V va S javoblar toʻgʻri
3.Nima uchun qiymatning pul shaklidagi ekvivalentga oʻtish zarurati tugʻildi?
a) Chunki tovar ayirboshlash jarayoni muayyan hudud doirasida keng rivojlanib ketdi
b) Chunki tovar ayirboshlash jarayoni bitta tovar oʻz qiymatini faqat bitta tovarda ifoda etishini taqozo etadi
c) Chunki tovar ayirboshlash jarayoni hududlararo keng rivojlanib ketdi
d) A va V javoblar toʻgʻri
4.“Soʻm-kupon” qancha vaqt muomalada boʻldi?
a) 1993-yil noyabrdan 1994-yil avgustgacha
b) 1992-yil noyabrdan 1994-yil 1-iyulgacha
c) 1993-yil dekabrdan 1994-yil 1-iyulgacha
d) 1994-yil yanvardan 1994-yil 1-noyabrgacha
5. Milliy pulimiz – soʻmni joriy qilish yoʻlining oʻziga xos xususiyati nimada boʻldi?
a) Avvalo u boshqa mamlakatlar tajribasiga tayandi
b) Halol ishlab topilgan pulning 2/3 qismi almashtiriladigan boʻldi
c) Yangi va eski pul nisbati 1:1 boʻldi
d) Yangi va eski pul nisbati 1:1000 boʻldi
6.Konvertirlangan soʻm deganda nimani tushunasiz?
a) Muayyan valyutaning boshqa valyutaga erkin almashuvi tushuniladi
b) Soʻmning boshqa valyutalarga erkin almashuvi tushuniladi
c) Pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalanganligi tushuniladi
d) Soʻm kursining rasmiy koʻtarilishi (revalvatsiya) tushuniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |