46. Miqdoriylik nazariyasi namoyondalari qanday xulosa qilishgan?
a) Faqat qimmatli metallargina (oltin va kumush) pul vazifasini oʻtay oladi deyishgan
b) Jamiyatning boyligi faqat qimmatli metallarning mavjud zaxirasi bilan oʻlchanadi degan xulosaga kelishgan
c) Qaysi jamiyatda oltin va kumush zaxirasi koʻp boʻlsa, oʻsha jamiyat boy hisoblanadi degan xulosaga kelishgan
d) Pulning xarid quvvati muomaladagi pul miqdoriga teskari proporsional degan xulosaga kelishgan
47, Quyidagi qayd etilganlarning qaysi biri inflyatsiyani vujudga keltiruvchi sabablar hisoblanadi?
a) Davlat byudjeti taqchilligi
b) Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi
c) Mamlakat toʻlov balansining passiv boʻlishi
d) Barcha javoblar toʻgʻri
48. Nominallik nazariyasi namoyondalari qanday xulosa qilishgan?
a) Pulning xarid qobiliyati bozorda oʻrnatiladi degan xulosaga kelishgan
b) Muomalada emissiya qilingan barcha pullar yuradi degan xulosaga kelishgan
c) Baholar darajasi pul miqdoriga toʻgʻri proporsional degan xulosaga kelishgan
d) Pulning qiymati unda yozib qoʻyilgan nominal boʻlishi va u davlat tomonidan belgilanishi lozim degan xulosaga kelishgan
49. Metallik nazariyasi namoyondalari qanday xulosa qilishgan?
a) Oltin va kumush pulning barcha vazifalarini bajara oladi degan xulosaga kelishgan
b) Muomaladagi pul miqdori va pulning aylanish tezligi pulning xarid quvvatini belgilovchi omil degan xulosaga kelishgan
c) Baholarning tortilgan oʻrtacha darajasi va tovarlar miqdori uning xarid quvvatini belgilovchi omil degan xulosaga kelishgan
d) Bank depozitlarining summasi va depozit chek muomalasining tezligi pulning xarid quvvatini belgilovchi omil degan xulosaga kelishgan
50. Quyidagi qarashlarning keynschilarga xos boʻlgan gʻoyasini toping?
a) Pulga boʻlgan talab narxlarning mutlaq darajasiga bogʻliq
b) Pulga boʻlgan talab ishlab chiqarish miqyosiga bogʻliq
c) Pulga boʻlgan talab pul oboroti tezligiga bogʻliq
d) Boylikni zarar koʻrish xataridan asrash uchun pul shaklida saqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |