34. Pul agregati deganda nima tushuniladi?
a) Pul massasi hajmining bir qismi tushuniladi
b) Pul massasining tarkibiy qismi tushuniladi
c) Jamgʻarmaga berib xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul vositasi tushuniladi
d) Muomaladagi faqat naqd pullar massasi tushuniladi
35. Oʻzbekiston Respublikasi bank amaliyotida qoʻllanilayotgan M0 pul agregati tarkibiga quyidagilarning qaysi biri kiradi:
a) Naqd pullar
b) Transaksion depozitlar
c) Muddatli depozitlar
d) Jamgʻarma depozitlar
36. Naqd pulsiz hisob-kitob deganda nima tushuniladi?
a) Naqd pul ishlatmasdan pul mablagʻlarini schyotdan-schyotga oʻtkazish tushuniladi
b) Naqd pul ishtirokisiz sotuvchi va sotib oluvchi schyotlarida yozuv orqali amalga oshiriladigan hisob-kitob tushuniladi
c) Pul oborotining asosiy qismi (90%dan ortiqrogʻi) ni tashkil qiluvchi hisob-kitob tushuniladi
d) A va V javoblar toʻgʻri
37. Mol yetkazib beruvchi uchun juda qulay hisoblangan hisob-kitob shaklini koʻrsating
a) Hujjatlashtirilgan akkreditiv
b) Inkasso
c) Toʻlov topshiriqnomasi
d) Toʻlov-talabnoma topshiriqnomalari
38. Quyidagilarning qaysi biri naqd pulsiz hisob-kitoblar shakliga taalluqli?
a) Aksept
b) Akkreditiv
c) Chek
d) Inkasso
39. Pul tizimi deganda nima tushuniladi?
a) Pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qoʻllaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi
b) Parallel valyutalar tizimi tushuniladi
c) Ikki yoqlama valyuta tizimi tushuniladi
d) “Oqsoqlanuvchi” valyuta tizimi tushuniladi
40. Emissiya deganda nima tushuniladi?
a) Tovar, xizmat va kapitallarning mamlakat tashqarisiga chiqishi tushuniladi
b) Qimmatli qogʻozlar chiqarish huquqi berilgan banklar tushuniladi
c) Qimmatli qogʻozlar chiqarish huquqi berilgan kooperativlar, aksionerlik jamiyatlari tushuniladi
d) Muomalaga bank biletlari, pul va qimmatli qogʻozlarni chiqarish tushuniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |