Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Download 97.39 Kb.
|
6- savol Xitoy yuani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi:0-3A-14-guruh talabasi Qodirov A Talaba (F.I.Sh) Qabul qildi: Ilmiy rahbar: I.f.dok., professor: Sirojiddinov N
- 2. Yuan internatsionalizatsiyalashuvining Xitoy Xalq Respublikasi, boshqa mamlakatlar va jahon iqtisodiyoti uchun iqtisodiy oqibatlari qanday
- 3. Tahlilingiz natijalari bo’yicha tavsiyalar bering va xulosa chiqaring.
- Foydalanilgan adabiyotlar (ilmiy maqolalar)
- TOSHKENT-2018
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI “XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR” FAKULTETI “JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR” KAFEDRASI TAHLILIY ISH Mavzu: Xitoy Yuanni xalqaro valyuta qilishni maqsad qildi Bajardi:0-3A-14-guruh talabasi Qodirov A Talaba (F.I.Sh) Qabul qildi: Ilmiy rahbar: I.f.dok., professor: Sirojiddinov N (F.I.SH) 1. Yuanni internatsionalizatsiya qilishda Xitoy tomonidan qanday maqsadlar ilgari surilgan? Xitoy Xalq banki rahbari, Zhou Xiaochuan so’zlariga ko’ra, hozirda Xitoy hukumati asta sekinlik bilan Yuanning internatsionallashuvini moliyaviy bozorlarni keng ochish orqali qo’llab kelmoqda. Uning fikriga ko’ra Xitoy Yuanining internatsionallashuvi jarayonida yetarlicha chora-tadbirlar ko’rilib, Yuanning savdo va investitsiyada ishlatilishini ta’nimlashini aytib o’tdi. Bilamizki, yuan SDR valyutalar savatchasiga kiritilgan va fundamental qadamlar allaqachon bosib o’tilgan. Hukumat yoki Markaziy bank oldida ichki va xalqaro kapital bozori o’rtasidagi kapital bozorini yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar movjudligini ham takidlab o’tdi. Xitoy Xalq banki rahbarining so’zlariga ko’ra, Yuanning internasionallashuvi bosqichma-bosqich bo’ladi va buning jadallashuviga esa moliyaviy bozorning keng ochilishi yordam beradi. Dastlab Xitoy tomonidan yuanni internatsionallashtirish maqsadlarini ko’rib chiqishdan avval uning dastlabki qadamlari va maqsadlarini ko’rib chiqamiz. Birinchi qadamlardan biri bu - Xalqaro Valyuta Fondi boshqaruv kengashi 2015 yil noyabrda Xitoy milliy valyutasi Yuanni SRD savatchasiga kiritishga qaror qilishi bo’ldi. Endilikda, savatchada AQSH dollari, yevro, funt sterling, yena va yuanni ko’rishimiz mumkin. Xitoy Xalq banki Xalqaro Valyuta fondining qarorini ochiq kutib oldi va bunga asosiy sabab sifatida iqtisodiy rivojlanish va global iqtisodiyotdagi faol ishtirok alohida takidlab o’tildi. 2009 yildan buyon, Xitoy dastlab Yuan milliy valyutasini jahon darajasiga olib chiqqanida, birinchi marta global to’lovlar uchun eng ko’p ishlatiladigan valyutalar darajasiga birinchi marta chiqadi. Hozirda esa eng ko’p savdoda ishlatiladigan kuchli o’likdan o’rin olgan. SDR savatchasiga kirishgacha bo’lgan davrni tahlil qilib chiqqanimizda, Xitoyning xalqaro savdosida Yuanni internatsionallashtirish jarayonlariga guvoh bo’lamiz. Masalan, 2014 yilda Xitoy amalga oshirgan savdosining 22% o’z milliy valyutasida amalga oshirilgan. Ya’ni bu SDR ga kirish uchun amalga oshirilgan qadamlardan biridir. Shuningdek, 2015 yil oxiriga kelib esa Xitoy Yuani dunyoning eng yirik yettinchi zahira valyutasiga aylandi. Hattoki, Xitoy o’zi amalga oshirayotgan investitsiya va qarzlari ham o’z milliy valyutasida amalga oshirildi. Bu jarayonda kapital hisobi liberallashuvi asosiy internatsionallashuvning asosiy shartlaridan biri edi. Bir necha ekspertlarning fikriga ko’ra, valyuta internatsionallashuvi mamlakat iqtisodiy o’sish jarayoni yanada tezlashtirishi va xorijiy kapitalga bo’lgan yo’llarning ochilishi esa resurslarning to’gri yo’naltirish, shuningdek, Xitoy iqtisodiyoti samaradorligi oshirishi va global nobalanslikni kamaytirishga yo’l ochar edi. Albatta, ayriboshlash kursi erkin harakatlansa. Shuningdek, ichki va xorijiy investrolar o’z portfellarini diversifikatsiya qilish imkoniyatini yaratib beradi. Xitoy esa o’z navbatida o’z milliy valyutasida qarz berish yoki qarz olish orqali o’zining jamg’arma xarajatlarini kamaytishi mumkin. Yuanning internatsionallashuvini ikki tomonlama tahlil qilib chiqamiz. Birinchidan, bu Xitoy uchun xalqaro monetar tizimini islohoti uchun katalizator bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, Xitoy milliy valyutasini internatsionallashtirish orqali global moliya bopzirida o’z o’znini mustahkamlaydi. Demak, yakuniy xulosa sifatida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) uchun Yuan internatsionallashuvidan qo’yilgan asosiy maqsadlar va uning ijobiy tomonlari: Xitoy korxonalari yuan internatsionalizatsiyasida tranzsaksion xarajatlarni kamaytirish orqali xalqaro savdo va investitsiyaning ayriboshlash risklarini kamaytirishi mumkin. Xitoy AQSH ni hisobga olmaganda to’g’ridan-to’gri xorijiy investitsiyalar uchun eng yirik hudud hisoblanadi va allaqachon to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning muhim resursiga aylanib ulgirdi, shuning uchun XXR ning milliy valyutasi yuan internatsionallashuvi yetarlicha monetar samaradorlikni va mamlakatning jahon iqtisodiyotiga samaraliroq integratsiyalashuvida imkoniyat yaratadi. XXR yuan milliy valyutasi internatsionallashuvi moliyaviy sektor rivoji uchun juda ham qo’l keladi. Milliy valyutaning xalqaro savdo va investitsiya uchun doimiy foydalanilishi ko’plab bozor ishtirokchilarinini jalb qilib va global moliyaviy bozor bilan bog’liqlikni kuchaytirgan holda moliyaviy bozorning kengayishini taminlaydi. jadval XXR milly valyutasi, yuan internatsionallashuvining afzalliklari va oqibatlari
Manba: Avtor tomonidan ilmiy maqola va XVF rasmiy sayti tahlili orqali tuzildi. Hozirda, XXR ning milliy valyutasi, yuan, ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning zahira valyutasidan o’rin olgan. Yuqorida men yuanning internatsionallashuvi maqsadlarini keltirb o’tdim va ular orasida eng muhimlardan biri sifatida, Xitoy hukumati moliyaviy sektorni erkin rivojlanishini keltiradi va xalqaro savdo va investitsiyaning samaradorligini taminlashini Xitoy Xalq Banki rahbari ham alohida takidlab o’tadi. 2. Yuan internatsionalizatsiyalashuvining Xitoy Xalq Respublikasi, boshqa mamlakatlar va jahon iqtisodiyoti uchun iqtisodiy oqibatlari qanday? Birinchi navbatda, XXR yuani internatsionallashuvi mamlakat monetar siyosati nazoratini qiyinlashtiradi va uning samaradorligi va mustaqilligini kamaytirishi mumkin. Lekin, bazi iqtisodchilarning fikriga ko’ra, yuan yetakchi xalqaro valyuta bo’lgani sari, XXR monetar siyosati samaradorligiga qisqa davrda katta tasir qilmaydi, lekin uzoq muddatda esa uning mustaqilligi yo’qolib borishi mumkin. Biroq, yuanning internatsionallashuvi kapital harakatiga bo’lgan barcha cheklovlarni olib tashlanganini bildirmaydi, yani XXR hukumati hali ham rezidentlarning xorijiy valyuta instrumentlaridagi moliyaviy tranzaksiyalari uchun bazi cheklovlarga ega. Bundan tashqari, yuan internatsionallashuvi rezident yoki norezidentlar uchun milliy valyuta instrumentlarini sotish yoki sotib olish miqyosini kengaytiradi, oqibatda esa Xitoy Xalq Bankining ichki foiz stavkalari va ochiq bozor operatsiyalari orqali pul taklifiga bo’lgan ta’sir doirasini cheklaydi. Shuningdek, Gong Kong, Xitoyning tez sur’atda rivojlanishi sababli offshor yuan bozori, uning Xitoydagi moliyaviy bozorlari bilan yaqin bog’liqligi , Xitoy Xalq banki uchun monetar agregatlarni nazorat qilishda va ichki foiz stavkalari o’rnatishdagi shaffoflikka ta’sir qiladi. Shuningdek, yuan internatsionallashuvi valyuta siyosati mustaqilligini kamaytiradi. Ya’ni ayriboshlash kursi moslashuvchanligisiz, Xitoy makroiqtisodiy va tashqi savdo moslashuvchanligini yo’qotishi mumkin. Shuningdek, yuan xalqaro valyuta savatchasida bo’lganligi sababli, zahira valyutasi davlatining xalqaro monetar va moliyaviy tizimi mukammallashadi va uning ichki iqtisodiyotiga ta’sir oshadi. Ya’ni makroiqtisodiy siyosatdagi noto’g’ri har bir siyosat milliy valyutaning kuchli qardsizlanishiga olib keladi, bu esa nafaqat Xitoyga balki butun dunyo iqtisodiyotiga ta’sir qiladi. Keling keyingi qismda butun dunyo valyuta zahiralari taqsimotini tahlil qilib chiqamiz va u orqali yuanning qanchalik ta’sir doirasi yuqori yoki nisbatan past ekanligini bilib olamiz. Xitoy SDR savatchasiga 2016 yilda kirishiga qaramasdan butun dunyo reservining faqatgina 1.1 %ni tashkil etadi xolos, va bu ko’rsatkich 2014 yilda 1.08% ni tashkil qilgan edi. Bundan farqli o’laroq, ikki dominant valyutalar AQSH dollari va yevro ning umumiy ulushi 2017 yil 3-charigaga ko’ra 83.5%ni tashkil etgan. 1 Barcha markaziy banklar ham valyuta zaxiralari qanday taqsimlanganligi haqida XVFga oshkor qilmaydi. 2017 yilning uchinchi choragida zaxiralarning 14,6 foizi taqsimlanmagan edi. Biroq, bu raqam pasayishi haqida XVF ma’lumotiga ko’ra ko’rishimiz mumkin. Masalan, 2014-yilning uchinchi choragida faqat uch yil avval 41,2% edi. Bu shuni anglatadiki, Markaziy banklarning ko'pchiligi XVFga valyuta zaxiralarini taqsimlash to'g'risida hisobot bermoqda. 1-diagramma. 2017 yilning uchinchi choragida rasman "taqsimlangan" zahira valyutalarining 85,4%i. Manba: http://www.businessinsider.com/dollar-remains-top-reserve-currency-as-central-banks-shun-yuan-2018-1 Statistik ma’lumotlarni tahlil qilganimizda, 2016 yilning 4-choragida Xitoy yuani COFER2 ma'lumotlariga ko’ra global zaxira valyutasi sifatida 1.08% ulushga ega bo'ldi. Buning ustiga, 2017-yilda birinchi ikki chorakda o’sish harakatiga ega bo’lmaganligini kuzatish mumkin. Uchinchi chorakda esa u 1,1% darajaga ko'tarildi. Bundan yakuniy xulosaga kelish mumkinki, Markaziy banklarni ushbu valyutani saqlash uchun bo’lgan qiziqishlari hali ham sezilarli darajada oshmagan. Lekin, XXR ning ayni paytdagi iqtisodiy salohiyati va uning ta’sir doirasi shuni ko’satadiki, xalqaro savdo katta hajmga egaligi va yirik moliyaviy bozor jadallashuvi Markaziy banklarning Xitoy milliy valyutasiga bo’lgan qiziqishini oshirishini istisno qila olmaymiz. Masalan, Fransiya o’z zahirasiga XXR yuanini qo’shganligini 2016 yilda rasman e’lon qilganligi ham Xitoyning Yevropa iqtisodiyotida muhim o’ringa ega ekanligigan dalolat beradi. 2-diagramma. Xitoy milliy valyutasi, yuanning global reservlarda potensial o’sish sur’ati.3 Manba:Bofa Merrill lynch Global Research estimates, IMF. Uzoq muddatda, ya’ni keyingi o’n yil ichida Xitoyning global zahiradagi ulushi 4.5% dan oshishi va u funt sterling yoki yenaga yetib olishi mumkinligi haqida XVF ham ta’kidlab o’tmoqda. Demak, yuanning kelajakda ta’sir doirasi jahon iqtisodiyoti uchun oshib borishiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Biroq ayni paytda, uning ta’sir doirasi boshqa SDR savatchalaridagi valyutalar darajasiga yetib ulgurmadi, lekin moliyaviy va tashqi savdoda XXR ning milliy valyutasi harakati yilda-yilga oshib bormoqda. 3. Tahlilingiz natijalari bo’yicha tavsiyalar bering va xulosa chiqaring. Xitoyning iqtisodiy rivojlanishi va uning moliyaviy sektordagi o’rni hozirgi kunda mukammal ko’rsatkichlarga egadir. XVF ning XXR milliy valyutasini SDR savatchasiga kiritishi ham bir necha sabablarga ega. Yuqorida aytganimizdek, Xitoyning jahon iqtisodiyotiga ta’sir doirasi va uning jahon iqtisodiyotidagi ulushi shuni ko’rsatadiki, Yuan SDR savatchasiga kirishi nisbatan mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy rivoji uchun ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb o’ylayman. Lekin, mamlakatdagi rivojlanish darajasi va ichki va tashqi monetary siyosatni nazorat qilishda Xitoy Xalq banki uchun qiyinchilik yaratadi. Ya’ni markaziy bank endilikda ichki foiz stavkasini erkin tasir eta olmaydi. Umuman, yuanning SDR savatchasiga kirishi Xitoyning jahondagi o’rnini ham siyosiy ham iqtisodiy tomondan oshirdi desam xato bo’lmaydi. Shuningdek, biz yuqorida sanab o’tgan bir necha ijobiy oqbatlarini ham nafqat XXR uchun balki jahon iqtisodioyoti uchun ko’rib chiqdik. Mening fikrimcha, Xitoy Xalq banki ichki va tashqi monetary siyosatni endilikda, mustaqil shakllanishini taminlashi lozim va bu uzoq muddatda albatta, milliy iqtisodiyot uchun kata ta’sirga ega. Xitoy Xalq bank rahbari aytib o’tganidek, hukumat yoki Markaziy bank oldida ichki va xalqaro kapital bozori o’rtasidagi kapital bozorini yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar hali yetarlicha. Xitoy Xalq banki rahbarining so’zlariga ko’ra, Yuanning internasionallashuvi bosqichma-bosqich bo’ladi va buning jadallashuviga esa moliyaviy bozorning keng ochilishi yordam beradi. Demak bundan xulosa qilishimiz mumkinki, Xitoy milliy valyutasi, yuan global zahira sifatida o’sishi ham uzoq muddatni qamrab oladi va yaqin o’n yillikda uning global valyuta zahiralari orasidagi ulushi ham keskin oshmasligini tahmin qilishimiz mumkin. Lekin XXR ichki ofshor yuan bozori esa jahon iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlar yaratishi mumkin. Bu esa uning kamchiliklaridan biri sanaladi. Foydalanilgan adabiyotlar (ilmiy maqolalar): The Internationalization of the Renminbi and the International Monetary System, International Economics Department Meeting Summary, 2016; The Benefits and Costs of Renminbi Internationalization, Liqing Zhang and, Kunyu Tao, 2017; Does internationalizing the RMB make sense for China?, Yukon Huang and Clare Lynch, 2015; China’s RMB Internationalization Strategy: Its Rationales, State of Play, Prospects and Implications, Hyo-Sung Park, 2016; Internet saytlari: https://www.marketwatch.com/story/could-chinas-yuan-replace-the-dollar-as-a-reserve-currency-2018-01-17 https://ria.ru/economy/20180309/1516033808.html www.theeconomist.com www.ray-idaho.ru/blog/2013/06/25/медленная-интернационализация-юаня/ 1 http://www.businessinsider.com/dollar-remains-top-reserve-currency-as-central-banks-shun-yuan-2018-1 2 COFER - Currency Composition of Official Foreign Exchange 3 https://www.marketwatch.com/story/could-chinas-yuan-replace-the-dollar-as-a-reserve-currency-2018-01-17 TOSHKENT-2018 Download 97.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling