Xalqaro islom akademiyasi


Turistik marshurutlarda ekskursiyani tashkil qilish


Download 82.02 Kb.
bet7/8
Sana16.01.2023
Hajmi82.02 Kb.
#1096502
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Turizm marshuruti kurs ishi

Turistik marshurutlarda ekskursiyani tashkil qilish.
Ekskursiya so’zi lotincha ekskursion-qisqa muddatli safar yoki sayohat, sayohatga jo’namoq, sayohat qilib kelmoq ma’nolarini anglatadi. Turizm so’zi paydo bo’lmasdan, insonlarda atrof-muhitga qiziqish, uzoqlarda nimalar bor, tog’lar ortida yoki daryoning yoki qir-tepaliklardan keyin nimalar borligiga oid ko’plab savollarning to’planinib qolishi natijasida ularni safarga 67 (uydan chiqib ketishga) chorlaydigan ichki his-tuyg’u-qiziqishning harakatga kelishi bo’lgan.
Hozirgi rivojlangan jamiyatimizda jahonda ekskursiyaga-sayohat-sayrga chiqmagan bironta inson bo’lmasa kerak degan xulosaga to’xtalamiz. Ushbu sayr larning asosiy sababchisi tabiatdagi biologik xilma-xillik, betakrorlik, boyliklar bo’lgan. Jamiyatdagi dastlabki sayohatlar albatta o’zga yurt, mamlakat lar haqidagi xabarlar natijasida yuz bergan.
Ekskursiya xizmatlarini turizmning yuragi deb ta’riflashadi. Haqiqat dan ham turist mehmonxonaga joylashganidan so’ng birinchi navbatda ekskur siyaga chiqishga harakat qiladi. Ichki turizmda barcha davlatlarda ekskursiya xizmatlari birinchi o’rinda turadi. Chunki mamlakat ichkarisidagi aholi turizmning deyarli barcha turlari bo’yicha doimo ekskursiya xizmatlaridan foydalanadi. Shu o’rinda turist bilan ekskursantni farqlash lozim bo’ladi, chunki turizmni rejalashtirishda turistning talabi nafaqat ekskursiya xizmatlari bilan chegaralanmasdan, balki boshqa ko’rsatiladigan xizmatlarni ham hisobga olishni taqoza qiladi.
Turist-O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo’nab ketgan) jismoniy shaxs2.
Ekskursant -tunab qolmaydigan va ekskursiya marshrutida 24 soatdan ko’p bo’lmaydigan shaxsning sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, qiziqish, ko’rish, bilish, tanishish yoki boshqa maqsadlarda sayohatga chiquvchi hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, turizmni rivojlantirishning muhim asoslaridan biri turistik resurslarga marshrutlar ishlab chiqish hisoblanadi. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishning turizm rivojiga ta’sirini nazariy jihatdan olib qaralganda yana bir imkoniyatga to’xtalish juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu imkoniyatlar turizm ob’ektida va turizm marshruti davomida turistlarga xizmat qiladigan infratuzilmalarning hosil bo’lishidir. Turistik resursga–ob’ektga turistlar kelish boshlangandan mahalliy aholida turistlarga xizmatlar ko’rsatish istagi paydo bo’ladi, turistlarning nimalarga qiziqishini, ularning ehtiyojlarini o’rgana boshlaydi.
Shuningdek, O’zbekistonda xalq xo’jaligini isloh qilishning asoslari iqtisodiyotni boshqarishni takomillashtirish tamoyillarini mukammal ishlab chiqish bilan bog’liq hisoblanadi. Bu yo’nalishda azaliy rivojlanib kelayotgan xalq xo’jaligi tarmoqlarini jadal yuksaltirish albatta birinchi navbatdagi vazifalardir. Endi jahon integratsiyasida faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatimiz xalq xo’jaligi rivojiga dunyoda yangi iqtisodiy istiqbolli, samarali sohalarni kiritish zamon, vaqt talabidir. Bu yangi iqtisodiy tarmoqlardan eng muhimi turizm sohasidir.
Jahon mamlakatlarida keskin rivojlanib borayotgan turizm mamlakat iqtisodiyotida eng serdaromad soha hisoblanadi. Shuning uchun ham O’zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik bo’lgan masaladir. Bu masalaning dolzarbligi shundaki, turizm bozorining xalqaro rivoji o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, hozirgi kunda bu bozor munosabatlarini bilish, turizmni rivojlantirish muammolarini to’g’ri aniqlashni talab qiladi. Chunki, xalqaro turizmni bilmasdan dunyo turizmi hamjamiyatiga, hamkorligiga qo’shilish va O’zbekistonda turizmni xalqaro va mahalliy darajada rivoj lantirish qiyin kechadi.
Xalqaro turizmni shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri esa turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrut larga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarni ko’plab jalb qiladi. SHuning uchun ham, turistik marshrutlarni mukammal ishlab beraoladigan malakali mutaxassislarga talab juda katta bo’lib bu kursni o’qitish, o’rgatish O’zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Download 82.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling