Xalqaro-jinoyat-huquqi pdf


“O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi”


Download 110.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi110.37 Kb.
#1402661
1   2   3   4   5
Bog'liq
xalqaro-jinoyat-huquqi

“O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi” degan yangi jumla
qo‘shilishining kutilayotganligi, qaysidir ma’noda davlatimizning bu masalada
hech qachon ortga qaytmasligini tasdiqlaydi.
Statistik ma’umotlarga qaraganda, bugungi kunda 58ta mamlakat
qonunchiligida o‘lim jazosi bekor qilingan, 31ta davlat qonunchiligida nazarda
tutilgan hisoblanadi. Shuningdek, ushbu jazo turi 77ta mamlakatda
qo‘llanilmoqda. Ularning orasida Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya
3
Umarxanova D.SH., X.R.Ochilov. Xalqarojinoyathuquqi: Darslik/ Ma’sulmuharriry.f.d. B.I.Ismailov. – T.: 
TDYU, 2019. – 208 bet.


Arabistoni, AQSHning ayrim shtatlari(38 ta shtatida qayd etilgan), Liviya,
Somali
4
kabilarni sanashimiz mumkin. Bundan tashqari, Pokiston, Kongo,
Nigeriya, Yaman kabi davlatlarda voyaga yetmaganlar ham o‘lim jazosiga
hukm etilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Xalqaro Amnitsiyaning bergan
ma’lumotlariga qaraganda Xitoy dunyoda o‘lim jazosini eng ko‘p qo‘llaydigan
mamlakat hisoblanadi. 
Endi bizda bir savol yuzaga kelishi tabiiy. Ya’ni O‘zbekiston
Respublikasiga biror bir davlat biror bir shaxsni ekstraditsiya qilishni so‘rab
murojaat qilsa-yu, so‘rov yuborilgan shaxsga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash
mumkin bo‘lsa ushbu masala qanday hal etiladi? 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 601-
moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish
to‘g‘risidagi so‘rovni ijro etish tartibi qayd etilgan bo‘lib,unga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka
tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rov O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zarolik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni
ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rovni yuborgan xorijiy davlat vakolatli organining
shunga o‘xshash vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining
so‘roviga binoan shaxsni ushlab berish amalga oshirilishi haqidagi yozma va’dasi
bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish quyidagi
hollarda amalga oshirilishi mumkin:
agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilayotganida sodir
etilgan qilmish uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bir yildan
4
https://uz.wikipedia.org


kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni yoki og‘irroq
jazoni nazarda tutsa;
agar o‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risida so‘rov yuborilgan shaxs olti
oydan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki
og‘irroq jazoga hukm qilingan bo‘lsa;
so‘rovni yuborgan xorijiy davlat o‘ziga nisbatan so‘rov yuborilgan
shaxsning faqat so‘rovda ko‘rsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka
tortilishini hamda sud muhokamasi tugaganidan va jazoni o‘taganidan keyin
mazkur davlat hududini erkin tark eta olishini, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining roziligisiz uchinchi davlatga chiqarib yuborilmasligini,
topshirilmasligini yoxud ushlab berilmasligini, xuddi shuningdek qiynoqlarga,
zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa
tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan o‘lim jazosi

Download 110.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling