Xalqaro-jinoyat-huquqi pdf


Download 110.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi110.37 Kb.
#1402661
  1   2   3   4   5
Bog'liq
xalqaro-jinoyat-huquqi



O‘lim jazosi bilan bog‘liq holatlarda ekstraditsiya masalasini hal etishdagi xalqaro
siyosatning o‘ziga xos jihatlari
Reja:
1. Kirish. Jinoyat ishlari bo‘yicha ekstraditsiya institutining mazmuni.
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha ekstraditsiya masalasining bugungi kundagi holati. 
3. O‘lim jazosi bilan bog‘liq holatlarda ekstraditsiyani hal etishdagi davlatlar
olib borayotgan siyosatning qiyosiy tahlili. 
4. Jinoyat ishlari bo‘yicha ekstraditsiya(aynan o‘lim jazosi bilan bog‘liq
holatlar) institutidagi mavjud muammolar.
“Yomonga jazo berish – garchi qonun va 
siyosat yuzasidan to‘g‘ri bo‘lsa ham, ammo adolatli
hukmdorning asl yo‘li – shafqat-muruvvatdir. Bir shaxs 
o‘limga qanchalik sazovor bo‘lsa ham, uning o‘limini orqaga
surish, bu haqida shoshmaslik yaxshi…”
Alisher Navoiy (“Saddi Iskandariy”dan)
1
Yuqorida ko‘rsatilgan mavzuga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yondashishdan
avval, ekstraditsiya tushunchasiga, ushbu tushunchaning mazmun-mohiyatiga,
lug‘aviy ma’nosiga, shuningdek, ekstraditsiyaning ahamiyatli jihatlariga biroz
to‘xtalsak. Avvalo shu narsani aytish joizki, jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro
hamkorlik munosabatlarining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ekstraditsiya
institutini keltirishimiz mumkin. 
Ekstraditsiya so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib,
bir davlatdan boshqa bir (xorijiy) davlatga o‘z fuqarosini (yoki chet el
fuqarosini) ushlab berish
2
tushuniladi. Ekstraditsiya masalasida xorijiy
fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ushlab berishda, xalqaro
shartnomalarda ko‘rsatilganidek, faqat tegishli davlatlar o‘rtasida tuzilgan
1
https://uz.wikipedia.org
2
https://uz.wikipedia.org


shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki “o‘zarolik prinsipiga” asosan yo‘l
qo‘yiladi.
Ekstraditsiya instituti xalqaro hamda milliy darajada javobgarlik
muqarrarligini ta’minlashi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Xorijdagi boshqa
davlat fuqarolarining huquqiy maqomi, shuningdek, ma’lum jinoiy qilmishni
sodir etganlikda gumonlanayotgan, ayblangan yoki sudlangan fuqarolarga
nisbatan jinoiy ta’qibni amlaga oshirish tartibi xorijiy davlatning jinoyat ishlari
bo‘yicha xalqaro hamkorligiga oid milliy qonunchiligi yoki va ushbu davlat
bilan ikkinchi davlat o‘rtasidagi xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinishini
qayd etishimiz lozim. Davlatlar ekstraditsiya qilishda avvalo mazkur shaxsning
ekstraditsiya qilinish imkoniyatiga e’tibor qaratadilar. Negaki, ekstraditsiyani
amalga oshirishdan avval bir qancha holat va cheklovlar mavjud bo‘lishi
mumkinligi va ular bugungi kunda mavjud imzolangan yoki ratifikatsiya
qilingan shartnomalarga yoki davlatlarning o‘zaro munosabatlariga bog‘liqdir.
Fikrimizni yanada aniqlashtiradigan bo‘lsak, sodir etilgan jinoyat uchun
ekstraditsiya qilish imkoni mavjud bo‘lgan taqdirda ham, ikkala davlat ham
mazkur jinoyatni jinoyat sifatida tan olinishi muammosi bilan ekstraditsiya rad
etilishi mumkin. Ya’ni bir davlatda mazkur qilmish jinoyat bo‘lib, birida jinoyat
bo‘lmasa, ekstraditsiya so‘rovi rad etilishi mumkin. Bundan tashqari,
ekstraditsiya masalasi sodir etilgan jinoyat uchun kamida bir yil ozodlikdan

Download 110.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling