Xalqaro-jinoyat-huquqi pdf


qo‘llanilmasligini kafolatlasa


Download 110.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi110.37 Kb.
#1402661
1   2   3   4   5
Bog'liq
xalqaro-jinoyat-huquqi

qo‘llanilmasligini kafolatlasa
5
.
Yuqoridagi normadan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, so‘rov
yuborilgan shaxsga nisbatan so‘rovni yuborgan davlat o‘lim jazosini
qo‘llamaslikni kafolatlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi so‘rovni amalga
oshirishi mumkin.
Shu o‘rinda aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi har bir davlat bilan
imzolagan ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnomada o‘lim jazosi bilan bog‘liq
holatlarni hal etish masalasini belgilagan. Shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi hamda Turkiya davlati o‘rtadida 2018-yil 30-aprel kuni Ekstraditsiya
to‘g‘risida bitim imzolangan. Ushbu bitimning 6-moddasida O‘lim jazosi bilan
bog‘liq holatga to‘xtalgan bo‘lib, unga muvofiq:
Agar ushlab berish so‘ralishiga sabab bo‘layotgan jinoyat uchun
so‘rayotgan Tomon qonunchiligida o‘lim jazosi belgilangan bo‘lib, so‘ralayotgan
Tomon qonunchiligida bunday jazo nazarda tutilmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan
5
 
O‘zbekistonRespublikasiningJinoyat-protsessualkodeksi
. Qabulqilingansana 22.09.1994, Kuchgakirishsanasi 
01.04.1995


Tomon ushlab berishni rad qilishi mumkin, basharti so‘rayotgan Tomon o‘lim
jazosi tayinlangan taqdirda, uning ijro etilmasligini kafolatlamasa.
Biz yuqorida tahliliy fikrlarni keltirib o‘tdik, endi mavzu yuzasidan
o‘zimizning takliflarimizni berib o‘tsak.
Birinchidan, ekstraditsiya sohasida xalqaro shartnomaviy huquqiy
amaliyotni birxillashtirish maqsadida ekstraditsiya to‘g‘risida shartnoma
imzolayotgan davlatlar BMTning “Ushlab berish to‘g‘risida”gi namunaviy
shartnomasidan kelib chiqishlari maqsadga muvofiq.Mazkur namunaviy
shartnoma qabul qilinganiga ko‘p yillar o‘tgan bo‘lsa ham jinoyatchilikka qarshi
kurash borasidagi so‘nggi o‘zgarishlarni ham o‘zidaifoda etgan.
Ikkinchidan, bugungi kunda jinoyatchilikning keskin rivojlanayotganligini
inobatga olgan holda ekstraditsiyani davlatlararo doimiy hamkorlik jarayonining
ajralmas qismiga aylanishini ta’minlash hamda uning nafaqat og‘ir va o‘ta og‘ir
jinoyatlar,balki uncha og‘ir bo‘lmagan boshqa tur jinoyatlar uchun ham
qo‘llashni mustahkamlash maqsadga muvofiq.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda xulosa sifatida aytishimiz
mumkinki, yashash huquqi har bir insonning tabiiy huquqi hisoblanib, unga bu
huquqni davlat emas, balki Yaratganning o‘zi ato etgan. Chezare Bekkaria
Jinoyatchlikning oldini olishda jazoning shavqatsizligi emas, balki uning
muqarrarligi ko‘proq ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. Demoqchimizki,
o‘lim jazosi bilan bog‘liq holatlarda so‘rovning rad etilishi davlatimizning
insonparvarlik tamoyiliga asoslanib ish yuritishidan, qolaversa, jinoyat va
jazoni hal etish masalasida inson hayotini hamisha ustuvor bilishidan dalolat.
Zero, inson hayoti oliy qadriyat, o‘lim jazosini qo‘llamaslik esa insonparvarlik
belgisidir.



Download 110.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling